Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
101
TA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM VA IMKONIYATI
CHEKLANGAN YOSHLAR O‘ZARO MULOQOTINING
IJTIMOIY PERTSEPTSIYASI
Turdiyev To’xtaboy Mamatmurod o’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti
Jismoniy tarbiya va sport
Annotatsiya
: Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati
cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik ertsepsiyasi
tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning ahamiyati va bu jarayonda shakllanadigan o‘zaro
munosabatlar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi.
Pertsepsiya-yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi va baholashi – jamiyatdagi
tenglik, bag‘rikenglik va empatiya kabi ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Аннотация
:
В
статье
анализируется
социально-психологическое
восприятие
взаимодействия
здоровой
и
инвалидной
молодежи
в
образовательных учреждениях. Важность инклюзивного образования и
складывающиеся в этом процессе взаимоотношения рассматриваются как
важный фактор повышения эффективности образования. Восприятие – то, как
молодые люди воспринимают и оценивают друг друга – служит развитию в
обществе социальных ценностей, таких как равенство, толерантность и
сопереживание.
Abstract
: Abstract: This article analyzes the socio-psychological perception of
interaction between healthy and disabled young people in ducational institutions. The
importance of inclusive education and the relationships formed in this process are seen
as an important factor in increasing the effectiveness of education. Perception - how
young people perceive and evaluate each other - serves to develop social values such
as equality, tolerance and empathy in society.
Kalit so‘zlar
: Inklyuziv ta’lim, sog‘lom yoshlar, imkoniyati cheklangan, yoshlar,
o‘zaro, muloqot, pertsepsiya, ijtimoiy integratsiya, empatiya, bag’rikenglik, ijtimoiy
moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv muhit, o’qituvchi ro‘li, ijtimoiy
hamkorlik.
Ключевые
слова
: Инклюзивное образование, здоровая молодежь, инвалид,
молодежь, взаимодействие, общение, восприятие, социальная интеграция,
эмпатия, толерантность, социальная адаптация, психологическая поддержка,
инклюзивная среда, поддержка учителя, социальное сотрудничество.
Keywords
: Inclusive education, healthy youth, disabled people, youth,
interaction, communication, perception, social integration, empathy, tolerance, social
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
102
adaptation, psychological support, inclusive environment, teacher's role, social
cooperation.
Bugungi kunda taʼlim tizimi inklyuziv taʼlim tamoyillari asosida rivojlanmoqda.
Ushbu jarayonda sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning irgalikdagi taʼlim
olishi, o‘zaro muloqoti hamda jamiyatda moslashuvchanlik obiliyatlarini rivojlantirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Muloqotning pertseptsiyasi esa ushbu
jarayonning samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ushbu maqolada
sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro muloqoti va uning ijtimoiy
hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi.Shuningdek, o‘zaro muloqotning ahamiyati
taʼlim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqot
faqat bilim olish jarayonigina emas, balki shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish,
bag‘rikenglik va empatiya kabi fazilatlarni shakllantirish uchun ham muhimdir.
Bunday muloqot jamoaviylikni rivojlantiradi, yoshlar bir-biridan o‘rganadi, turli
hayotiy tajribalarga ega bo‘ladi.
Imkoniyati cheklangan yoshlarni to‘laqonli jamoaning bir qismi sifatida qabul
qilishga yordam beradi. Jamiyatda imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z o‘rnini
topishiga zamin yaratadi. Muloqotga taʼsir qiluvchi shaxsiy, ijtimoiy va psixologik
omillar ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning
muloqotini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Inklyuziv muhit yaratish, maxsus
treninglar tashkil qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ushbu jarayonni
rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqola, jamiyatda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish
hamda ijtimoiy integratsiyani kuchaytirishga oid muhim gʻoyalarni o‘z ichiga oladi.
Muloqotga taʼsir qiluvchi omillar bu o‘zaro muloqotning samaradorligi quyidagi
omillarga bog‘liq:
•Psixologik omillar- bu imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan
ishonchi va sog‘lom yoshlarning empatiya darajasi.
•Atrof-muhit omillari - taʼlim muassasasidagi inklyuziv muhit hamda jamoaning
ijtimoiy va madaniy normativlari.
• O‘qituvchilar va murabbiylar roli - o‘qituvchilar muloqotni tashkil etish va
qo‘llab-quvvatlashda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular yoshlar o‘rtasidagi hurmat va
bag‘rikenglikni rivojlantirishda namuna bo‘lishi kerak.
Zamonaviy taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim tamoyillari muhim o‘rin
egallamoqda. Bu tamoyillar imkoniyati cheklangan yoshlarning teng huquqli taʼlim
olishini va sog‘lom tengdoshlari bilan muloqot qilishini taʼminlaydi. Shu o‘rinda,
yoshlarning o‘zaro muloqotidagi hissiy va ijtimoiy tushunchalar — pertseptsiyalar
inklyuziv jarayon samaradorligining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
Pertsepsiya — bu odamlarning boshqa shaxslar bilan muloqoti davomida ularni
qanday qabul qilishi va tushunishi bilan bog‘liq jarayon. Taʼlim muassasalarida
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
103
sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning bir-birini qabul qilishi, hurmat qilishi
va tengdoshlik tamoyillariga rioya qilishi jamiyatdagi kelgusidagi munosabatlarni
shakllantiradi. Pertseptsiyaning psixologik tahlili deganda biz muloqotda paydo
boʼladigan hissiyotlar va ularning talqin qilinishi, yaʼni pertseptsiyasi muhimdir.
Masalan: Sog‘lom yoshlar tomonidan- ular ko‘pincha imkoniyati cheklangan
tengdoshlarini himoya qilish istagini his qiladilar, ammo noto‘g‘ri tushunilgan hollarda
rahmdillik noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Imkoniyati cheklangan yoshlar
tomonidan esa, ular o‘zlarini kamsitilgan his qilishi yoki jamiyatda teng mavqega ega
ekanliklarini his qilishi mumkin.
Shuning uchun ijtimoiy psixologiya boʼyicha o‘tkaziladigan treninglar va
mashg‘ulotlar pertseptsiyani ijobiy tomonga o‘zgartirishda muhim o‘rin tutadi.
Tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, pertsepsiya — bu atrofdagi odamlar va voqealarni
shaxsiy his-tuygʼular va tajriba orqali qabul qilish va baholash jarayonidir. Taʼlim
muassasalarida bu jarayon yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi, hurmat qilishi
va o‘zaro muloqotni qurish usullarini belgilaydi.
Sog‘lom yoshlar nuqtayi nazaridan: Imkoniyati cheklangan tengdoshlarini
himoya qilish yoki ularga yordam berish hissi. Baʼzan esa rahm-shafqat yoki noto‘g‘ri
tushunilgan hurmat (masalan, ularni teng huquqli emas, balki ojiz deb qabul qilish).
Imkoniyati cheklangan yoshlar nuqtayi nazaridan: O‘ziga nisbatan kamsitilish
yoki ajratib qo‘yish hissi. Shuningdek teng huquqli munosabatni xohlash, lekin baʼzan
o‘z kamchiliklari tufayli muloqotga kirishishda qiyinchilikka duch kelish.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik ahamiyati.
1. Ijtimoiy integratsiya: Sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning
birgalikdagi taʼlimi jamiyatda tenglik, bag‘rikenglik va hamkorlikni ivojlantirishga
yordam beradi.
2. Empatiya va bagʼrikenglik: Birgalikda taʼlim yoshlar o‘rtasida empatiya yaʼni,
boshqa odamning his-tuyg‘ularini tushunish va qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
3. Jamoaviy hamkorlikni shakllantirish: O‘quvchilar birgalikda ishlash orqali bir-
biridan oʼrganadilar, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarning yaxshilanishiga
olib keladi.
Pertsepsiyaga taʼsir qiluvchi omillar
1. Psixologik omillar: Sogʼlom o‘quvchilarning empatiya darajasi. Imkoniyati
cheklangan yoshlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi
2. Taʼlim muassasasining muhitiga bog‘liq omillar: Inklyuziv muhitning
mavjudligi. O‘qituvchilarning inklyuziv taʼlimga yondashuvi va muloqotni
rag‘batlantirish usullari.
3. Ijtimoiy stereotiplar: Imkoniyati cheklangan shaxslarni zaif yoki yordamga
muhtoj deb qabul qilish.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
104
Ularni jamiyatda teng huquqli shaxs sifatida tan olishdagi to‘siq. Sog‘lom va
imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotni samarali tashkil qilish uchun
quyidagilar tavsiya etiladi: inklyuziv muhitni yaratish ya’ni ta’lim muassasalarida
barcha yoshlar uchun teng sharoitlar yaratilishi lozim. Trening va seminarlar tashkil
etishda biz muloqotni rivojlantitishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazishni
tushunishimiz kerak. Shuningdek, jamiyatda inklyuziv ta’limning afzalliklari haqida
keng tushuntirish ishlari olib borish. Bundan maqsad esa ota- onalar va jamoatchilikni
jalb qilishdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Inklyuziv taʼlim orqali sog‘lom va imkoniyati
cheklangan yoshlarning o‘zaro muloqoti nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatdagi
ijtimoiy integratsiyani ham kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli, bunday
muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash hamma uchun dolzarb vazifa
hisoblanadi. Taʼlim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar
oʼrtasidagi muloqotni rivojlantirish inklyuziv taʼlimning asosiy maqsadlaridan biridir.
Bu jarayon, nafaqat taʼlim sifatini yaxshilash, balki jamiyatdagi tenglik, bag‘rikenglik
va birgalikda yashash tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi. To‘g‘ri tashkil
etilgan muloqot har ikki guruh uchun ijtimoiy va psixologik rivojlanish imkonini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Karimov, A. "Inklyuziv taʼlim tamoyillari" (O‘zbekiston Respublikasi
pedagogika institutlari ilmiy maqolalari).
2.Xusanov, N. "Taʼlim tizimida psixologik moslashuv" 3. O‘zbekiston
Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy sayti (www.xtv.uz).
4.Nabiyeva,G.A.(2021).Imkoniyati
chelangan
bolalarning
ta’lim-tarbiya
olishlari.
5.R.Shomaxmudova.
”
Maxsus
va
inklyuziv
ta’lim
“
uslubiy
qo’lllanma.Toshkent-2021-yil.
6. UNESCO: "Inclusive Education: The Way of the Future".Booth, T., Ainscow,
M. "Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools".Mittler, P.
"Working Towards Inclusive Education: Social Contexts".
7.https://cyberleninka.ru/article/n/imkoniyati-cheklangan-bolalar- maktablarida-
ta-lim-jarayonini-tashkil-etish.
8.Po’latova P.M.<Maxsus pedagogika (oligofreno pedagogika )>”O’qituvchi”-
2005y