Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
88
O’ZBEKISTONDAGI ISLOMIY ILMIY TATQIQOT
MARKAZLARI VA ULARNING JAMIYATDAGI O’RNI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O'zbekistondagi islomiy ilmiy tatqiqot
markazlarining roli va jamiyatdagi ahamiyati tahlil etiladi. Mamlakatda islomiy ilm-
fan va madaniyatning rivojlanishi, shuningdek, diniy bilimlarni chuqurlashtirish
maqsadida tashkil etilgan markazlar, ularning tadqiqotlari, dasturlari va ta'lim
yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Markazlar islomiy an'analar, qadriyatlar va zamonaviy
ilmiy yondashuvlarni birlashtirib, jamiyatdagi diniy va axloqiy masalalarga yechim
taklif qiladi. Maqolada shuningdek, islomiy ilm-fan rivojlanishining ijtimoiy, madaniy
va iqtisodiy jihatlari ham yoritiladi. Natijada, islomiy tatqiqot markazlari
O'zbekistonda ijtimoiy barqarorlik va madaniy merosni saqlashda muhim rol
o'ynayotganligi haqida xulosa chiqariladi.
Kalit so’zlar:
Imom Al Buxoriy, Imom at Termiziy, Islom, O’zbekiston,
UNESKO.
O'zbekistondagi islomiy ilmiy tatqiqot markazlaridan biri bu Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi
markazi (arabcha:
ناتسكبزوأ ةيروهمجل ءارزولا سلجم يدل ناتسكبزوأ يف ةيملاسلإا ةراضحلا زكرم
.
Center of Islamic Civilization in Uzbekistan under the Cabinet of
Ministers of the Republic of Uzbekistan
) — Oʻzbekistonda islom tarixiga oid ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilimiy markazdir.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 23 iyunda
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul
qildi.[2]
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining O‘rta asrlar Samarqand-
Hirot me’morchilik uslubida qurilayotgan binosiga tushadi. Bino 7 gektardan ortiq
maydonda joylashgan. Uch qavatli binoning balandligi 145 metr va kengligi 115 metr.
Markaziy gumbazning balandligi 64 metrni tashkil qiladi.
Markaz binosida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyi alohida
o‘rin tutadi.
Birinchi qavatda ilmiy-tadqiqot markazi, ma’lumotlarni raqamlashtirish va
restavratsiya ishlari laboratoriyalari, muzey eksponatlari va nodir qo‘lyozmalar fondi,
200 o‘rinli zamonaviy kafeteriya, vestibyul va kassalar joylashgan.
Ikkinchi qavatda 15 000 kvadrat metrlik ko‘rgazma zaliga ega muzey
jihozlanadi. Unda buyuk ajdodlarimizning ijodiy salohiyatini ko‘rsatib beruvchi turli
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
89
davrlarga tegishli eksponatlar va artefaktlar tematik tartibda namoyish etiladi. Ularning
namoyishi uchun so‘nggi avlod texnologiyalari va raqamli uskunalar qo‘llaniladi.
Muzey markazida, 64 metrli gumbaz ostida Usmon Qur’oni joylashadi. Usmon
Qur’oni – islom dunyosining ulug‘ va bebaho yozma yodgorligi hisoblanadi.
Shu qavatda, alohida kirish qismiga ega bo‘lgan 550 o‘rinli xalqaro
konferensiyalar uchun mo‘ljallangan ko‘rkam zal jihozlanadi.
Uchinchi qavatda 100 ming qo‘lyozma va litografiya, milliondan ortiq kitob
fondiga ega kutubxona joylashadi. Shu qavatning o‘zida Islom sivilizatsiyasi
markazining ilmiy bo‘limlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Xalqaro islom
akademiyasi joylashadi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tarkibiga quyidagilar kiradi: ilmiy-tadqiqot
bo‘limlari, nodir qo‘lyozmalar milliy reyestrini yuritish bo‘limi, qo‘lyozmalar fondi,
kutubxona va arxivlar, xalqaro bo‘lim, ziyorat turizmi, manbashunoslik va nashriyot
faoliyati bo‘limlari.
Markaz binosida restavratsiya laboratoriyalari, ustaxonalar, artefaktlar va
qo‘lyozmalar uchun izolyatorlar, qo‘lyozmalar va qimmatli nashrlarni tarjima qilish va
kodlash bo‘limlari ham jihozlanadi.
Aniq va keng ko‘lamli ilmiy dalillar (manbalar va materiallar) asosida
O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri ekanini ko‘rsatish,
ajdodlarimizning diniy va dunyoviy fanlarning rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettirish;
Mustaqil mamlakatimizda milliy va diniy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan siyosat va uning amaliy natijalarini yoritish;
Tarixiy faktlarga tayangan holda islom sivilizatsiyasining O‘zbekiston hududida
bosqichma-bosqich, obyektiv va tizimli rivojlanishini namoyon etish;
XXI asrda jahon taraqqiyoti kontekstida O‘zbekistonda fan, madaniyat,
zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishini ko‘rsatish;
Islomning o‘zbek xalqi ma’naviy va ma’rifiy turmushidagi ijobiy o‘rni va
ahamiyatini ko‘rsatish, yoshlarning ilm o‘rganishga, har tomonlama rivojlanishiga,
respublikada millatlararo va dinlararo tinchlik va hamkorlikni ta’minlashga da’vat
qilish;
O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat misolida
islomning siyosiylashtirilishi, uning shiorlaridan yomon niyatlarda foydalanish har bir
mamlakat va butun jahon hamjamiyati uchun katta xavf tug‘dirayotgani, dunyoviy va
ma’naviy jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurati va imkoniyatlari haqida
tushuntirish berish;
Jamiyatning ma’naviy yangilanishiga hissa qo‘shish orqali ma’rifatli islom
g‘oyalarini tarqatish va targ‘ib qilish, yoshlarimizda buyuk o‘tmishga bo‘lgan faxr
tuyg‘usini shakllantirish, ajdodlarimizning bebaho ijodiy merosi bilan faxrlanish va
o‘rta asrning yorqin aql-zakovati davomchilari bo‘lish istagini uyg‘otish;
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
90
Islomning haqiqiy gumanistik, tinchlikparvar va bag‘rikeng mohiyatini keng
ommaga yetkazish.[3]
Markaz UNESCO, ICESCO, IRCICA kabi
nufuzli
xalqaro
tashkilotlar
ko‘magida dinlararo va madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shishi
lozim.
Imom al Buxoriy xalqaro ilmiy tatqiqot markazi : Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy-tadqiqot
markazini
tashkil
etishdan
koʻzlangan
asosiy maqsad – movarounnahrlik alloma, muhaddis olim ImomBuxoriy hamda Oʻzb
ekiston va musulmon dunyosidan
yetishib chiqqan mutafakkir va allomalarning
ilmiy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qoʻshgan
hissasini chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish, kelgusi avlodni millatlar va
dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinch-totuv hayotni qadrlash va mustahkamlash
ruhida tarbiyalash, shuningdek, xalqaro miqyosdagi maʼnaviy-maʼrifiy muloqot
va hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.
Qurʼondan keyingi manba hisoblangan
Buxoriy“asarining
Buxoriy (810-870) maqbarasi joylashgan
maskan
Ismoil qishlogʻi)da Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazini tashkil etish toʻgʻrisida 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida
oʻtkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-
sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 27-martdagi
PQ-2855-son
„Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son
„Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori
Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) davlat
muassasasi shaklida tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil 11-yanvarda Samarqand
viloyatiga tashrifi
chogʻida
zamonviy
va
milliy arxitektura yutuqlari asosida yangidan bunyod etilgan va jihozlangan Markaz
binosi hamda manzarali daraxt va gul koʻchatlari oʻtqazilib, koʻkalamzorlashtirilgan
6,5 ga maydon foydalanish uchun topshirildi.
Markaz binosida ilmiy-tadqiqot
faoliyatini olib borish uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega va zaruriy axborot
texnologiyalari hamda mebellar bilan jihozlangan xonalar, zamonaviy kutubxona,
Imom Buxoriy hayoti va faoliyati bilan bogʻliq eksponatlar joylashgan muzey tashkil
etilgan.[4]
Imom
Buxoriy
xalqaro
ilmiy-tadqiqot
markazi muzey fondidagi
mavjud vitrinalardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hayot yoʻli va
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
91
ilmiy-maʼnaviy merosi haqida maʼlumot beruvchi musavvirlik ishlari, nodir asarlar va
boshqa eksponаtlar oʻrin olgan.
Imom Buxoriy hayotiga oid musavvirlik ishlari taniqli rassom Alisher
Aliqulov boshchiligidagi Husan Qosimov, Murod Azlar Xodjayev, Baxtiyor
Alimxonov, Husan Xolov, Masʼud Xolov va boshqa rassomlar tomonidan bajarilgan.
Muzey eksponotlari orasidan xarita ham oʻrin olgan boʻlib, unda Imom Buxoriyning
ilmiy safarlari aks etgan. Xaritaning pastki qismida lavh (XIX asr), chiroq (IX
asr), qalamdon (XIX asr), siyohdon (IX asr) va juzgir (XIX asr) oʻrin olgan.
Hadis ilmining taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Imom Buxoriy va
boshqa mutafakkirlarning ilmiy va diniy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning
ilmiy-izohli tarjima va
qiyosiy
matnlarini nashr etish
orqali o‘zbek xalqi
va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga tegishli ilmiy
tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jahonda sodir boʻlayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va
mamlakat hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning maʼrifiy-madaniy
rolini va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganish va keng jamoatchilikka
yetkazish;
Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va arxiv fondlarida
saqlanayotgan allomalarning ijodiy merosiga tegishli hamda islom dunyosi uchun
muhim
ilmiy
ahamiyatga
ega
boʻlgan qoʻlyozma, toshbosma asarlarning elektron nusxalarini toʻplash va ularni
kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
islom madaniyati va sivilizasiyasini ilmiy tadqiq etish sohasidagi xalqaro
aloqalarni
kuchaytirish
maqsadida
ilmiy-nazariy
va
uslubiy
masalalarga
bagʻishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar va ilmiy
maʼruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil
etish;
Islom
diniga
oid
ilmiy,
tarixiy-madaniy
va
maʼnaviy-
maʼrifiy meros salohiyatini,
shu
jumladan qoʻlyozmalar va arxiv fondlarida
saqlanayotgan manbalarni hisobga olgan holda, oʻrganish va tadqiqot natijalari
yuzasidan qomuslar, kataloglar, alʼbomlar, ilmiy-ommabop hujjatli filmlar, axborot-
resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida, xususan Internetda eʼlon
qilishni tashkil etish;
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (ISESCO) va
mazkur yunalishda xorijiy davlatlarda tashkil etilgan markazlar bilan islom tarixi,
falsafasi, huquqi, manbashunosligi va madaniyati boʻyicha ilmiy loyihalar, xalqaro
hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish va uning natijalarini nashr etish;
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
92
„Jaholatga qarshi – maʼrifat“ gʻoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir
etilayotgan
asossiz
xurujlarning
oldini
olish,
shuningdek diniy
aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik,
soxta
tariqatlar
va
jamoalarning maqsadlari, gʻoyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy shakllarini va
faoliyat usullarini oʻrganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-maʼrifiy asoslarini
ishlab chiqish hamda amaliyotda qoʻllash uchun tavsiya etish.[5]
2019-yil 22-iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida
„Oʻzbekistondagi qoʻlyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va
mutaxassislar malakasini oshirish“ mavzusiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy oʻquv
seminari oʻtkazilib, unda Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va
madaniyatini tadqiq qilish markazining (IRCICA) bosh direktori, professor Xolit Eren
ham ishtirok etadi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga „Sahih al-
Buxoriy“ asarining XI asrga oid qoʻlyozmasi foto nusxasi hamda Sulton Abdulhamid
tomonidan XIX asrda tayyorlangan Muqaddas Kaʼba va uning hududi aks etgan kitob
albomini sovgʻa qiladi.
Markaz 33 xalqaro tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Bular:
„Al-Furqan“ islom merosi fondi;
„OXFORD“ islom taʼlimi markazi;
„Cambridge“ markaziy osiyo forumi tashkiloti;
Gyote universiteti;
Al-Azhar universiteti;
Osnabruck universiteti;
Kastomonu universiteti;
Istanbul universiteti;
Anqara universiteti;
Islom tadqiqotlari markazi;
Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini oʻrganish markazi;
Bulgʻor islom akademiyasi;
Malayziya islom ilmlari universiteti.[6]
Yana eng yirik markazlardan biri bu Imom at Termiziy ilmiy tatqiqot markazi
hisoblanadi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi — Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-
tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2774-sonli
qarori asosida tashkil etilgan.
Markazda 40 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi.Ilmiy
tadqiqotlar markazi islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini,
hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda
termiziy allomalar va bu yerdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har
tomonlama chuqur oʻrganish va keng targʻib etish, yuksak insoniy gʻoyalar va
muqaddas qadriyatlarni oʻzida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
93
ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur
darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar
tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib boorish, turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan
bugungi kunda allomalarning ma’naviy merosini chuqur oʻrganish, ulardagi ezgu
gʻoya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sogʻlom
dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash
kabi vazifalarni amalga oshiradi. 10 nafar ilmiy xodim buyuk allomalar ilmiy merosiga
bagʻishlangan mavzularda, 5 nafari falsafa doktori (PhD), 5 nafari fan doktori (DS's)
dissertatsiyasi ishlarini himoyaga tayyorlamoqda. Boʻlimda 6 nafar ilmiy xodim
faoliyat olib boradi.
Xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallar, xalqaro anjumanlar toʻplamlar, xalqaro va
mahalliy gazetalarda 200 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilindi. 2017-
2022 yillar davomida Markaz ilmiy xodimlari tomonidan 58 ta termiziy va boshqa
allomalarning merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, risolalar, darsliklar, sharhlar
va tahqiqlar nashr qilindi. Bundan tashqari 13 ta termiziy va boshqa allomalarning
merosiga oid ilmiy va ommabop kitoblar, qo‘lyozma tafsiri tahqiqi va oʻquv
qoʻllanmalar nashr qilish uchun tayyor holga keltirildi.
O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallari bilan hamkorlikda “Buyuk
termiziylar”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” va boshqa ruknlar ostida 100 da ortiq
koʻrsatuv-videoroliklar va radioeshittirishlar tayyorlandi. O’tgan yillar davomida
Markazning ilmiy xodimlari “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻarazli
niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” va “Jaholatga qarshi
ma’rifat” shiorlari ostida Surxondaryo viloyatidagi OTM lardagi oʻquvchi va yoshlarni
qamrab olgan 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy, targʻibot tadbirlari, suhbat va
uchrashuvlar oʻtkazdilar.Xalqaro aloqalar va ziyorat boʻlimi Markazning xalqaro
aloqalarini muvofiqlashtiruvchi va turizmni rivojlantiruvchi tuzilmasi hisoblanib, u
Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini oʻrganish va keng targʻib etish
maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga
qoʻyish, xalqaro konferensiya, simpozium, koʻrgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-
treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, turizmni
rivojlantirish kabi funksiyalarni bajaradi. Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat olib
boradi. Hozirgi vaqtda boʻlim tomonidan Imom Termiziy va termiziy allomalarning
benazir merosini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish
maqsadida Markaz tomonidan 30 ga yaqin xalqaro-mahalliy konferensiya, anjumanlar,
xalqaro va mahalliy foto koʻrgazmalar tashkil etildi. Xorijdagi nufuzli universitet va
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan 10 dan ortiq memorandum imzoladi. Markaz ilmiy
xodimlari 100 ga yaqin xalqaro onlayn va oflayn konferensiya va seminarlarda oʻz
ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
94
Markaz tomonidan “Sunani Termiziy” asarining 3 jildli sharhi va “Buyuk
termiziylar” risolalari Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islom merosi fondi, Oksford
islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyat markazi va mamlakat oliy oʻquv
yurtlari, oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlarida xalqaro va mahalliy taqdimotlar
oʻtkazildi.
Markaz
xodimlari Buyuk
Britaniya, Turkiya, Malayziya, Rossiya kabi
davlatlardagi turdosh markazlar va universitetlarda tashkil etilgan malaka oshirish va
oʻquv kurslarida ishtirok etdi/ Yana bir ilmiy xodim Buyuk Britaniyadagi Oksford
islom tadqiqotlari markazi grantini qoʻlga kiritib, ilmiy stajirovkasini oʻtkazib keldi.
Shuningdek, Markazning 1 nafar xodimi Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Taraqqiyot Dasturining yoshlarni bandlikka koʻmaklashish dasturi doirasida
“Startap tashabbuslari” yoʻnalishida yoshlar oʻrtasidagi innovatsion gʻoyalar boʻyicha
oʻtkazilgan koʻrik tanlovida xalqaro tashkilot grantini qoʻlga kiritdi.
O’tgan yillar davomida Markaz dunyoning 10 ta davlatdagi 30 ta ilmiy markazlar
va universitetlari bilan xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻydi. Xususan, Buyuk
Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi, London islom madaniyati markazi,
London al-Furqon fondi, London Imom Moturidiy markazi, AQShning Yunion,
Kentukiy universitetlari, Saudiya Arabistonining Riyoz shahridagi “Informatsiya va
arab-rus tadqiqotlari” markazi, Germaniyaning ifa (Institut für Auslandsbeziehungen)
tashqi aloqalar intituti va “Afghanistan Naween Research and Studies organization”,
Turkiya Shehir universiteti, Sakarya universiteti, Marokash Abdumalik Sa’diy
universiteti, Islom tarixi, san’ati va madaniyati ilmi-tadqiqot markazi (IRSIKA),
Turkiya Ulugʻdogʻ universitetlari, Hindistodagi Jamiya Milliya Islamiya, Xalqaro
islom tadqiqotlar akademiyasi, Aligarh islom universiteti, Patna shahridagi Xudobaxsh
jamoat kutubxonadi, Dehlidagi Navdatul-ulamo islom talim muassasasi, Rossiyadagi
Balgar islom akademyasi, Ufa shahridagi Moskva Islom Instituti, Qozon federal
universiteti, Afgʻoniston Imom Rabboniy ta’lim universiteti va Javzjon universitetlari
bilan aloqalar bogʻlandi va oʻzaro hamkorlik oʻrnatishga kelishib olindi. Markaz
xodimlari 2022-yil 16-20-may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan
“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida oʻzlarining ma’ruzalari bilan ishtirok
etishdi.
Axborot-resurs markazi O’zbekistonda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari
va qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk
mutafakkirlaning qoʻlyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni
toʻplash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Boʻlimda 2 nafar ilmiy xodim faoliyat
olib boradi. Markazning qoʻlyozmalar fondida allomalar merosiga oid 100 ga yaqin
toshbosma asarlar mavjud. Bundan tashqari 500 ga yaqin Imom Termiziy va termiziy
allomalar merosiga oid qoʻlyozma asarlarning elektron bazalari, 1000 ga yaqin islom
merosiga oid qoʻlyozma asarlarning elektron bazalari shakllandi. 1000 ziyod termiziy
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
95
olimlarning qoʻlyozmalarini oʻz ichiga olgan “Termizlik olimlar asarlarining jahon
fondlaridagi qoʻlyozmalari katalogi” nashr qilindi. Turkiyada saqlanayotgan 100 dan
ziyod termiziy olimlarning qoʻlyozmalari katalogi tayyorlandi.[7]
“Vaqf” xayriya jamoat fondi va O’zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi
“Movarounnahr” nashriyoti, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, “O’zbekiston
Fanlar akademiyasi” Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, “Hilol-
Nashr” nashriyot-matbaasi tomonidan 1000 dan ziyod kitoblar Markazga begʻaraz
yordam sifatida taqdim etildi.
Shunungdek, Oʻzbekiston
Mahkamasi huzuridagi
O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan
Markaz fondiga Hakim Termiziyga oid qalamiga mansub qoʻlyozmalar majmuasining
elektron nusxasi xorijdan olib kelindi.Axbobort texnologiyalar va multmedia boʻlimi
ma’naviy
merosni
oʻrganishda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy
ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Boʻlimda 4 nafar
ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Internet va ijtimoiy tarmoq saytlarida Markazning
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir 1500 ta ma’lumotlar, videolar, infografiklar va rasmlar
joylashtirildi.[8]
O'zbekistonda islomiy ilmiy tadqiqot markazlari mamlakatning diniy va madaniy
hayotida muhim rol o'ynaydi. Ular islom ilm-fanini rivojlantirish, diniy tadqiqotlarni
chuqurlashtirish va zamonaviy muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Bu
markazlar islomiy an'analar va zamonaviy bilimlarni birlashtirib, yosh avlodni
tarbiyalashda, ilm-fan va diniy ma'rifatni oshirishda faol qatnashmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistondagi islomiy ilmiy tadqiqot markazlari, nafaqat
diniy bilimlarni o'rganish va tarqatish, balki jamiyatda ilmiy va ma'rifiy darajani
oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ular islom madaniyatining qadriyatlarini
saqlab qolish va uni kelajak avlodlarga etkazishda xizmat qilmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.A. Raximdjanov va O.K. Ernazarov “Dinshunoslikka kirish” Ozbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, Toshkent 2018
2. A.Abdusamedov, B.Jalilov, A.Tashanov “Dinlar falsafasi” Toshkent Innovatsiya-
Ziyo, 2020 3. Z.M. Islomov, N.A. Muhamedov, F.A. Sindarova “Dinshunoslik”,
Toshkent Niso Poligraf 2016
4. A.V.Narbekov “Dinshunoslik asoslari”, Toshkent 2008
5. Q.O.Mahkamovning “Dinshunoslik” Namangan 2020
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
96
6. Zagorin, Perez (2003). How the Idea of Religious Toleration Came to the West
Princeton, N.J.: Princeton University
Press ISBN 978-0-691-09270-6. OCL C 509 822
7. Vahland, Joachim (2017). "Tolerance discourses". Zeno. No. 37. pp. 7–25.
8. Gervers, Peter; Gervers, Michael; Powell, James M., eds. (2001).Tolerance and
Intolerance: Social Conflict in the Age of the Crusades. Syracuse University
Press.