Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
53
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
CHET TILLARINI VIZUAL O’RGATISH
Mirzaolimova Farangiz Farhodjon qizi
Andijon davlat chet tillari instituti 1-bosqich talabasi,
farangizxonfarkhodovna@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga chet
tillarini vizual hamda zamonaviy va samarali metodlar orqali o‘rgatish masalasi
yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tillarni ana shu ilg‘or uslublar asosida o‘qitishning
afzalliklari, pedagogik ustunliklari va amaliyotda qo‘llanish imkoniyatlari haqida so‘z
boradi. Mazkur yondashuvlar bolalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish
va ularning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi
ta’kidlab o‘tiladi.
Kalit so’zlar:
metod, interaktiv, kinestetik, vizual, maktabgacha ta’lim
Annotation:
This article explores the issue of teaching foreign languages to
preschool children through visual aids and modern, effective methods. It also
highlights the advantages, pedagogical strengths, and practical application of these
innovative approaches. These methods are emphasized as playing an important role in
increasing children's interest in language learning and in developing their
communicative skills
Key words:
method, interactive, kinesthetic,visual, preschool
Аннотация
: В данной статье рассматривается вопрос обучения
иностранным языкам детей дошкольного возраста с использованием наглядных
средств, а также современных и эффективных методов. Также подчеркиваются
преимущества, педагогические достоинства и возможности практического
применения этих инновационных подходов. Отмечается, что такие методы
играют важную роль в повышении интереса детей к изучению языков и развитии
их коммуникативных навыков.
Ключевые слова:
метод, интерактивный, кинестетический, визуальный,
дошкольное образование
Hozirgi kunda chet tillarini o’rganishga bo’lgan talab tobora ortib
bormoqda.Mamlakatimizda maktab va oliy ta’lim bosqichidagi ko’plab yoshlarga
xorijiy tillarni o'rganishga zaruriy sharoitlar yaratilgan.Shuningdek, bolalarga bilim
berishning ilk bosqichini qamrab olgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham bundan
mustasno emas. 5-7 yosh oralig’i bolalarda so’z boyligi o’sishining eng cho’qqisiga
to’g’ri keladi. Bu davrda bolalarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega
bo’lish, atrofdagi insonlar bilan erkin muloqot qilish, taqlid qilish va so’zlarni tezda
eslab qolish qobiliyatlari yuqori darajada rivojlanadi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun murakkab grammatik qoidalar, formulalar
orqali tilni o’rgatishdan ko’ra ularga qiziqarli, interaktiv va vizual metodlardan
foydalanib bilim berish ancha samara beradi.Sababi, ular uchun hikoyalarni tushunish,
o’yinlarda g’alaba qozonish qiziqarliroq. Yangi so’zlarni esa o’z ko’zi bilan ko’rib,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
54
eshitib yoki his qilib yodlaganda xotirasida uzoq vaqt saqlanishi ham ko’zda
tutiladi.Bunda bola o’zini qandaydir murakkab tilni o’rganayotgandek his qilmaydi,
aksincha ushbu usullar uning nafaqat til o’rganishiga katta hissa qo'shadi balki, o’zini
erkin his qilishi va o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Tillarni vizual o’rgatish metodi o’z ichiga o’quvchiga diagrammalar, xaritalar va
rasmlar orqali tildagi yangi so’z va qoidalarni, tilning umumiy mohiyatini yetkazib
berishni oladi.Misol uchun: boshlang’ich yangi so’zlarni o’rgatish jarayonida bir
mavzu doirasidagi lug’atlarni surat ko’rinishida, maket o’yinchoq ko’rinishida yoki
iloji bo’lsa haqiqiy holatida bolalarga ko’rsatish nafaqat ularning xotirasida uzoq vaqt
saqlanib qoladi balki, dars jarayoni bolalar uchun zerikarli majburiyatdek emas,
qiziqarli va esda qolarli bo’ladi. Shu bilan birgalikda ularda kichik va katta
motorikaning rivojlanishiga hissa qo’shadi.Yana bir usullardan biri surat chizdirish
orqali kichik yoshdagi o’quvchilarga tilni o’rgatish.Bu holatda ustoz ham, o’quvchi
ham professional rassom bo’lishi shart emas.O’quvchi o’z qobiliyatidan kelib chiqib
suratni chizishi, rang berishi va uni tasvirlab berishi, surat nomini, ranglarini
o’rganayotgan tilida aytishi kerak bo’ldi.Ushbu usul bolalarda ijodkorlik qobiliyatini
yanada yaxshilaydi, o’z fikrini mustaqil tarzda bildirish mobaynida bolada tanqidiy
fikrlash bilan birgalikda yangi til ham rivojlanadi.
Bu turdagi o’rganishda dars o’tilish muhiti va atmosferasi ham muhim
ahamiyatga ega.Xona yetarli darajada ko’rgazmalar bilan to’ldirilganligi, shuningdek
qiziqarli dars mashg’ulotlari olib borish uchun yetarli shart-sharoitlarning borligi ham
ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki: 65 foiz insonlar vizual o’rganuvchilar, ya’ni
ularda ko’rish va bajarish orqali o’rganish ehtimoli yuqoriroq.30 foiz insonlar esa
eshitib ma’lumotni qabul qilishlari osonroq va qolgan 5 foizini esa kinestetik insonlar
tashkil qilar ekan.Bundan ko’rinib turibdiki, aynan vizual o'rgatish samaraliroq ekan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun xorijiy til o’rganishda vizual,
interaktiv va ijodiy metodlardan foydalanish nafaqat bilimni mustahkamlashga, balki
ularning tafakkuri, muloqot ko’nikmalari va o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga
xizmat qiladi.Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimida aynan mana shunday
yondashuvlarni keng qo’llash til o’rgatish samaradorligini oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Splashlearn. How to teach Visual learners- 10 effective ways
2.
Teacherblog.ef.com
3.
The Montessori Method by Maria Montessori