Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
46
SPORT TURLARIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH
VA SIFAT DARAJASINI OSHIRISH VOSITALARI
Bekmuradova Gulnora O’ktamovna
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi xizmatchisi
Annotatsiya:
sport faoliyatining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy
metodlar, strategiyalar va texnologiyalarni qo'llash muhim ahamiyatga ega. Maqolada
mashg'ulot rejalashtirishning asosiy tamoyillari, o'qitish metodikasi, jismoniy
tayyorgarlik dasturlari va sport usullarining ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
o’qitish metodikasi, mashg’ulotlarni rejalashtirish, sport usullari,
o’quv dasturlari, sport usullari, individual sport, jamoaviy sport, sport psixologiyasi.
Аннотация:
Использование современных методов, стратегий и технологий
имеет важное значение для повышения эффективности спортивной
деятельности. В статье анализируются основные принципы планирования
тренировок, методы обучения, программы физической подготовки и значение
спортивных методов.
Ключевые слова:
методы обучения, планирование тренировок,
спортивные
методы,
программы
тренировок,
спортивные
методы,
индивидуальные виды спорта, командные виды спорта, спортивная психология.
Abstract:
The use of modern methods, strategies and technologies is important
for increasing the effectiveness of sports activities. The article analyzes the basic
principles of training planning, teaching methods, physical training programs and the
importance of sports methods.
Key words:
teaching methods, training planning, sports methods, training
programs, sports methods, individual sports, team sports, sports psychology.
Sport mashg‘ulotining vazifalari: sog‘likni mustahkamlash va ma’naviy tarbiya
talablari, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini
egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish,
sport gigienasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarni
egallashdan iborat. Sport mashg‘uloti davomida faqat yuqori mahoratnigina
egallamasdan, sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum
mehnat va himoyasi uchun zarur bo‘lgan hayotiy zaruriy malakalarni egallash
vazifalari hal qilinadi. Musobaqalashish mashqlari – bu sport turiga xos bo‘lgan va
to‘liq muayyan sport turining talablariga binoan bajariladigan yaxlit harakat
faoliyatidir. Ko‘pgina musobaqalashuv mashqlari harakat tuzilishi bo‘yicha
cheklangan va qisqa yo‘nalishiga ega bo‘ladi; bular monostrukturali mashqlardir.
Bunga tezkorlik kuchini talab qiladigan mashqlari (sakrashlar, uloqtirish, og‘irlikni
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
47
ko‘tarish, sprint) va chidamlilikni talab qiladigan submaksimal, katta va o‘rtacha
zo‘riqish bilan bajariladigan ssiklik (yugurish, suzish va boshqa)harakatlar kiradi.
Trenirovkada musobaqalashish mashqlari asosiy o‘rinni tutadi, chunki ular yordamida
sport klassifikatsiyasi bilan belgilangan maxsus talablarning majmuyi yaratiladi.
Biroq, bu kompleks mashg‘ulotlarda nisbatan kam qo‘llaniladi. Chunki ular
organizmni tez charchatadi,har doim ham samarali bo‘lmagan stereotiplarni
mustahamlanishiga sabab bo‘ladi vah.k. Musobaqalashish mashqlari mashg‘ulotlarda
katta variativligi bilan ajralib turishi zarur. Maxsus tayyorgarlik mashqlari
musobaqalashish harakatlarini shakli va xarakteriga o‘xshash harakatlarni o‘z ichiga
oladi. Masalan, yengil atletikachilarda muayyan masofaning ajratilgan qismlari
bo‘yicha yugurishi, musobaqalashish kombinatsiyasining elementlari va bo‘laklarini
yoki immitatsiya mashqlarni bajarishi shular jumlasidandir. Mashqlar tanlab olingan
musobaqalashish mashqi bilan qandaydir yaxlitlikka ega bo‘lgan taqdirdagina maxsus
tayyorgarlik mashqlari darajasida bo‘lishi mumkin. Sport mashg‘ulotining qayd
qilingan vositalari faqatgina jismoniy vositalar bo‘libgina qolmay, balki sportchini
texnik, taktik va irodaviy tayyorlash vositasihamdir. Harakat sifatlarini va
organizmning funksiyalarini takomillashtirishda maqsadga muvofiq tanlangan
mashqlar kompleksi, interval mashq qilish usuliyatini (navbatdagi nagruzkalar orasida
belgilangan vaqtda dam olish), uzluksiz mashq qilish (dam olinmasdan mashqlar
kompleksi uzluksiz bajariladi) va yuqorida qayd qilingan turli xil usuliyatlar
qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun avvalo reja tuzish zarur.
Rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
• Maqsadlarni belgilash: har bir sport turi uchun aniq va o‘lchovli maqsadlar
qo‘yilishi kerak. Masalan, musobaqalarda ishtirok etish, jismoniy tayyorgarlik
darajasini oshirish yoki texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
• Trening dasturi: mashg‘ulotlar dasturi sportchining yoshiga, jismoniy
tayyorgarlik darajasiga va maqsadlariga mos ravishda tuzilishi lozim. Dasturda turli xil
mashqlar, texnikalar va taktikalar kiritilishi kerak.
• Vaqtni boshqarish: mashg‘ulotlar vaqti samarali boshqarilishi, shuningdek,
tanaffuslar va tiklanish davrlari hisobga olinishi zarur.
O'qitish metodikasi.
O'qitish jarayonida turli metodlardan foydalanish muhimdir. Bu metodlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi.Demonstratsiya. Murabbiy tomonidan texnik
ko‘nikmalarni
ko‘rsatish
orqali
sportchilarni
o‘rgatish.
Amaliy
mashg‘ulotlar.Sportchilarni amaliy mashqlar orqali o‘qitish, bu esa ularning
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.Tahlil va baholash. Mashg‘ulotlar davomida
sportchilarning faoliyatini tahlil qilish va baholash, ularning yutuqlari va
kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi.Jismoniy tayyorgarlik dasturlari. Jismoniy
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
48
tayyorgarlik dasturlari sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini oshirishda
muhim ahamiyatga ega. Bu dasturlar quyidagi komponentlardan iborat bo‘lishi
mumkin.Yurak-qon tomir tizimini kuchaytirish uchun yurish, yugurish yoki
velosipedda harakat qilish.Muskul massasi va kuchini oshirish uchun og'irliklar bilan
ishlash.Stretching
mashqlari
orqali
tananing
moslashuvchanligini
oshirish.Sportchilarni motivatsiya qilish ularning natijalariga bevosita ta'sir qiladi.
Motivatsiya strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.Sportchilarni rag'batlantirish,
ularning muvaffaqiyatlarini e'tirof etish.\ Sportchilar bilan birgalikda aniq maqsadlar
belgilash va ularga erishishga yordam berish. Sport psixologiyasi yordamida stressni
boshqarish va musobaqa oldidan tayyorgarlik ko‘rish. Zamonaviy texnologiyalar sport
mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Ular quyidagilarni o‘z
ichiga oladi.Sportchilarni monitoring qilish va ularning yutuqlarini kuzatib borish
uchun mobil ilovalar va dasturlar. Mashg‘ulotlar davomida videoni qayd etib,
sportchilarning texnik ko‘nikmalarini tahlil qilish. Sportchilarning jismoniy holatini
kuzatish uchun sensorlar va aqlli soatlar.Sport turlarida mashg‘ulotlarni tashkil etish
va sifat darajasini oshirish murabbiylar, sportchilar va boshqa mutaxassislar uchun
muhim vazifadir. Rejalashtirish, o'qitish metodikasi, jismoniy tayyorgarlik dasturlari,
motivatsiya
va
innovatsion
texnologiyalar
yordamida
sport
faoliyatining
samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish orqali
sportchilar o‘z maqsadlariga erishishda muvaffaqiyat qozonadilar va sport sohasida
yangi yutuqlarga erishadilar.
Foydalanilgan adabiyot va havolalar:
1.
Bondarevisky E .YA. Xankeldiyev SH. X. O’quvchi yoshlarning jismoniy
tayyorgarligi. Meditsina –T.: 1986.-204 b.
2.
Abdullayev A. Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi. Bakalavr talabalar
uchun darslik.- T. 2018. -410.b.
3.
Kerimov F.A. “Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar’’. Toshkent. ’’Zar qalam’’ -
2004.-447.b.
4.
Abdumalikov R., Yunusov T.T. va boshqalar. «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya
taolimining rivojlanishi», metodik tavsiyanoma. T., O‘zDJTI nash, 1992.