Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
121
“JAHLDOR YOSHLAR” ADABIY HARAKATI: 1950-YILLAR BRITANIYA
ADABIYOTIDA IJTIMOIY REALIZMNING YUKSALISHI
Xamrakulova Dildoraxon Muxammadali qizi
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
dildoraxamrakulova07@gmail.com
, (93)9452922
1950-yillar Britaniyasida madaniy hayotdagi eng muhim tendensiya
demokratiklashuv jarayoni bo‘lib, bu adabiyotda elitarlik va modernizmga nisbatan
tanqidiy yondashuvning kuchayishida namoyon bo‘ldi. Bu davr yozuvchilari ilgari past
baholangan janrlar — detektiv va josuslik hikoyalari, jazz musiqasi va ommaviy
madaniyatning boshqa shakllarini o‘z asarlariga integratsiya qilib, keng omma uchun
mo‘ljallangan adabiy uslublarni shakllantirdilar. Jamiyatdagi sinfiy ierarxiya, Britan
imperiyasining tanazzuli va urushdan keyingi ijtimoiy o‘zgarishlar "Jahldor yoshlar"
deb ataluvchi yangi adabiy oqimning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bu harakatga mansub yozuvchilar, jumladan, Jon Osborn, Kingsli Amis, Jon
Breyn, Arnold Uesker va Jon Ueyn o‘z asarlarida posangisi ijtimoiy sinf vakillarining
hayoti, ruhiy iztiroblari va jamiyatga nisbatan tanqidiy munosabatlarini realistlik va
ba’zan naturalistik uslubda tasvirladilar. Ular murakkab ijtimoiy va ma’naviy
muammolarni keng qamrovli badiiy metodlar orqali ifoda etdilar.
Jon Osborning 1956-yilda chop etilgan “G”azabnoklikda ortingga qara” (“
Look
Back in Anger”
) dramasi bu harakatning dramaturgiyadagi nuqtai nazarini belgilab
berdi. Undagi qahramon Jimmi Porter — urushdan keyingi yosh avlodning noroziligi,
beqarorligi va o‘z joyini topa olmasligi timsoli bo‘lib xizmat qiladi (Osborne, 1956).
Shu tarzda antiqahramon obrazi yangi estetik paradigma asosiga aylandi.
Kingsli Amisning “Omadli Jim” (“
Lucky Jim”
1954) romani universitet muhitini
yumor va satira orqali tasvirlab, intellektual muhitning ikkiyuzlamachiligini fosh etadi.
Asar qahramoni Jim Diksоn mustaqillik va shaxsiy rivojlanish uchun kurashadi (Amis,
1954). Uning obrazi "Jahldor yoshlar" ruhini aks ettiruvchi ramziy timsolga aylandi.
Jon Breyn esa “Yuqoridagi xona” (
Room at the Top)
(1957) asarida ishchi sinfdan
chiqqan qahramonning ijtimoiy siljishga intilishi va bu jarayonda yuzaga kelgan
axloqiy zidiyatlarni namoyon qiladi (Braine, 1957). Bu roman urushdan keyingi
Britaniyadagi sinfiy to‘siqlar va shaxsiy orzularning qarama-qarshiligini ochib beradi.
Arnold Uesker dramaturgiyasi esa “Jahldor yoshlar” harakatini ijtimoiy
realizmning yangi bosqichiga olib chiqdi. Uning “Oshxona” (
The Kitchen)
va
“O’zaklar” (
Roots)
pyesalarida ishchi sinf hayoti, mehnat munosabatlari va oiladagi
murakkabliklar psixologik chuqurlik bilan berilgan (Wesker, 1959, 1958).
Bu harakatning umumiy xususiyati — mavjud jamiyat tartibiga nisbatan shubha,
sinfiy ierarxiyaga qarshi tanqid va inson qadrini markazga qo‘ygan ijtimoiy realizmni
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
122
ilgari surishdir. Garchi ular bir butun harakat sifatida tuzilmagan bo‘lsada,
yozuvchilarning ijtimoiy muammolarga tanqidiy munosabati, tili va uslubiy
o‘zgarishlari Britaniya adabiyotida yangi davrni boshlab berdi. Ular jamiyatdagi
mavjud zidiyatlarni san’at orqali fosh etishda katta o‘rin tutdilar.
Xulosa
“Jahldor yoshlar” adabiy oqimi urushdan keyingi Britaniyadagi ijtimoiy va
ma’naviy inqirozni ifodalovchi, sinfiy tuzumga tanqidiy yondashuvni ilgari suradigan
muhim adabiy hodisadir. Bu oqimga mansub yozuvchilar o‘zlarining badiiy ishlari
orqali faqat bir avlodning emas, balki butun jamiyatning ichki zidiyatlarini yoritishga
muvaffaq bo‘lganlar. Ular tomonidan yaratilgan ijtimoiy realizm Britan adabiyotining
keyingi rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Amis, K. (1954).
Lucky Jim
. London: Victor Gollancz Ltd.
Braine, J. (1957).
Room at the Top
. London: Eyre & Spottiswoode.
Osborne, J. (1956).
Look Back in Anger
. London: Faber and Faber.
Wesker, A. (1958).
Roots
. London: Jonathan Cape.
Wesker, A. (1959).
The Kitchen
. London: Jonathan Cape.