Mualliflar

  • Mirislomov Mirdavlat

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119957

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Multimediali texnologiyalar geografiya ta’limi elektron xarita geografik kinofilmlar slayd-shou animatsiya

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu maqolada maktab geografiya darslarida multimedia ilovalaridan kengroq foydalanish asnosida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish va mazkur fan xususidagi umumiy tasavvurlarini kengaytirish xususida so‘z boradi.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

234

GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIA ILOVALARIDAN

KENGROQ FOYDALANISH XUSUSIDA AYRIM MASALALAR

Mirislomov Mirdavlat

CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti GIBA yo‘nalishi talabasi

+998999932305

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab geografiya darslarida multimedia

ilovalaridan kengroq foydalanish asnosida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini
yuksaltirish va mazkur fan xususidagi umumiy tasavvurlarini kengaytirish xususida
so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Multimediali texnologiyalar, geografiya ta’limi, elektron xarita,

geografik kinofilmlar, slayd-shou, animatsiya


Kirish.

Zamon shiddat bilan o‘zgarayotgan bir vaqtda,geografiya darslarini

hamon ana’naviy usulda o‘tishni davom etish biz kutgan natijani bermasligi
mumkin.Shu bois,boshqa fanlar qatorida geografiyada ham multimedia vositalaridan
samarali foydalanish talab etiladi.Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim
berish vakadrlami qayta tayorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb
masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning
o‘zi nima degan savol tug‘ladi? K o‘pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil
qilishmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib,multimedia bu - informatikaning dasturiy
va texnikaviy vositalariasosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari
asosida

o

’quv

materiallarini

o‘quvchilarga

yetkazib

berishning

mujassamlanganholdagi ko‘rinishi deb hisoblash mumkin.Ma’lumki, inson m
a’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80% ) vaeshitish (~15%) organlari orqali qabul
qiladi (bu avvaldan aniqdanganva kino hamda televideniyeda undan samarali
foydalaniladi).Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir
vaqtdaishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou,animatsiya,
video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlaminge ’tiborini ko‘proq jalb
qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimedialitexnologiyalar axborotni maksimal
samarali tarzda taqdim etishgaimkon beradi.Videodan farqli ravishda multimediali
texnologiyalar axborotlarniboshqarishga imkon beradi, ya’ni interfaol bo‘lishi
mumkin.Multimediali taqdimot ma’lumotni to‘g ’ridan to‘g ’ri qabul
qilishnita’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha m a’lumotlarniko‘radi
va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. M a’lumotniqabul qilish katta
mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli
ravishdamultimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasmva
tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar,animatsiya va uch


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

235

o‘lchamli grafikalami o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish(nusxalash)
xarajatlarining kamligini va saqlashmuddatining uzoqligini ta’minlaydi [1; 34 ]

Asosiy qism.

Geografiya darslarida foydalaniladigan o‘qitishning texnik

vositalarini quyidagi guruhga bo‘lishimiz mumkin:

- o‘qitishni audiovizual vositalari;
- o‘qitishda videotexnika vositalaridan foydalanish;
- o‘qitishda axborot vositalaridan foydalanish.
O‘qitishni audiovizual vositalariga o‘quv kinosi, teleeshittirishlar, diafilmlar,

diopozitivlar, transparantlar kiradi. O‘qitishni audiovizual vositalariga o‘quv kinosi,
teleeshittirishlar, diafilmlar, diapozitivlar va transparantlar kiradi. Geografiya
darslarida kinofilmlardan foydalanish. Kinofilmlardan geografiya darslarida
foydalanish dars mavzusi, dars turi, boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin. Dars jarayonida kinofilmlardan to‘la foydalanish mumkin, uning
bo‘limlaridan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofilmni namoish
qilishni darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim
kinofilmlardan to‘la, ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin.

Kinofilmlar dars jarayonida foydalanishga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- maxsus o‘quv maqsadlarida chiqarilgan filmlar;
- ilmiy- ommabop kinofilmlar;
- tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag‘ishlangan filmlar

(tog‘lar,o‘rmonlar, daryolar, ko‘llar, hayvonot dunyosi va h. k.)

- badiiy filmlar;
-videofilmlar.
Maxsus o‘quv filmlari aniq bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi. Masalan,

tog‘lar, Sahroi Kabir cho‘li, tundra, o‘rmonlar va h.k. Ilmiy-ommabop kinofilmlar
asosan keng halq ommasiga mo‘jallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim
qismlaridan foydalanish mumkin. Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga
bag‘ishlangan kinofilmlardan ham dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan,
hayvonlarni ayrim turlariga, okean mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga
bag‘ishlangan filmlar. Badiiy filmlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlaridan
foydalanish mumkin. Bunday filmlar toifasiga sarguzasht filmlar ko‘proq kiradi. Unda
tasvirlangan tabiat manzaralari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan dars jarayonida
foydalanish mumkin. Turli xil videofilmlardan ham mavzuga mos joylaridan
foydalanish mumkin. Yuqorida aytilganidek kinofilmlardan darsning boshida, ya’ni
o‘tilgan darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o‘tishda, olingan bilimlarni
mustahkamlashda foydalanish mumkin. Takrorlash darslarida mavzu bo‘yicha
kinofilm yoki uning bir qismi namoyish qilinadi va o‘quvchilardan unga izoh berish
yoki uni tushuntirib berish talab qilinadi. Yangi mavzuni o‘rganishda mavzuga oid
kinofilm to‘la ko‘rsatiladi. Bunda filmga o‘qituvchi izoh beradi. O‘tilgan mavzuni


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

236

mustahkamlashda ham kinofilmlardan foydalanish mumkin. Bunda kinofilm namoyish
qilinadi va uning mazmuni o‘quvchilardan so‘raladi. Ayrim xollarda kinofilmlar darsni
kirish qismi sifatida ko‘rsatiladi. Filmni dars jarayonidagi o‘rni darsning maqsadi,
mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. O‘quv filmlaridan bilim olish
manbai sifatida ham foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha
o‘quv qo‘llanma sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, berilgan savollarga javob
topish, namoyish qilinayotgan materiallarni mavjud material bilan, darslik bilan,
o‘qituvchini ma’ruzasi, qator boshqa filmlarni mazmuni bilan solishtirish. Filmlar
o‘quvchilar bilimini tekshirishda va o‘rganilgan mavzu mazmunini o‘zlashtirish
darajasini aniqlashda, o‘tilgan materiallarni umumlashtirishda yoki ma’lum mavzuni
umumiy tavsifini o‘tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari filmlar yordamida
sinf sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin yoki bo‘lmasa o‘quvchilar bevosita
ko‘rolmaydigan jarayonlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, “Qora metallurgiya”,
“Sintetik tolalar”, “Tropik o‘rmonlar”, “Cho‘llar”, “Dashtlar”. Dars jarayonida filmlar
bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan iborat:

a) o‘quvchilarni ma’lum bir mavzu bo‘yicha kinofilmni ko‘rishga tayyorlash;
b) o‘quvchilarni filmni ko‘rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish;
v) ko‘rilgan film mazmunini mustahkamlash;
g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tekshirish [2; 222].
O‘quvchilarni dars oldidan aniq filmni ko‘rishga tayyorlash film mazmunini faol

tushunishga va uni to‘la o‘zlashtirishga imkon beradi. Filmni o‘quvchilar o‘qituvchi
kuzatuvida ko‘rishadi. Agar filmni ko‘rish jarayonida nazorat bo‘lmasa o‘quvchilar
filmga diqqat berishmaydi va boshqa narsa bilan shug‘ullana boshlaydilar yoki bir-
biri bilan gaplashib o‘tirishadi. Natijada film mazmuni yuzaki o‘zlashtiriladi. Agar film
qiziqarli bo‘lsa o‘quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha qilishadi. Ammo ularni
faoliyati shunda ham nazorat qilinsa filmni mazmunini tahlil qila olishmaydi. Shuning
uchun film boshlanishidan oldin o‘qituvchi filmni maqsadini, unda nimalar
tasvirlanganini, qanday savollarga o‘quvchilar javob topishini kirish suhbatida
tushuntiradi. Bundan tashqari o‘qituvchi kirish suhbatida filmni qaerlariga e’tibor
berishni, qaerlarini alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntradi. Masalan, “O‘zbekiston
tabiiy geografiyasi” kursida “Qizilqum” mavzusini o‘tishda quyidagilarga e’tibor
berish lozim: - asosiy relef shakllariga; - o‘simlik bilan qoplanish darajasiga; -
hayvonot dunyosiga [3; 132].

Filmni ko‘rish jarayonida o‘quvchilar qo‘yidagi savollarga javob berishlari

lozim: “Barxan nima”, “Qum tepaliklari” nima; cho‘lda asosiy transport vazifasini
bajaruvchi hayvonni aniqlang. Geografiya ta’limida o‘quv kinofilmlaridan
foydalanishni yana bir asosiy shartlaridan biri o‘qituvchini film namoyishida faol
ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli film bo‘lgan taqdirda ham o‘qituvchi darsni
boshqarishi shart hisoblanadi. Film namoyishi jarayonida o‘qituvchi ko‘rsatilayotgan


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

237

kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda film namoyishini to‘xtatib
bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kengroq
tushuntirib berishi, so‘ngra film namoyishini davom ettirishi mumkin. Filmni ko‘rish
davomida o‘qituvchini izohlari o‘quvchilarga xalaqit bermasligi lozim. Shuning uchun
faqat kerakli joylaridagina izox berish lozim. Agar kinofilmda metodik xatolar bo‘lsa
o‘qituvchi uni to‘g‘rilab ketishi lozim. Ma’lum bir voqea xodisalarni mohiyatini
o‘quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari uchun filmni namoyishini biroz to‘xtatib
turish mumkin. Namoyish etilgan filmda berilgan bilimlarni mazmunini
mustahkamlash. Bunda filmda keltirilgan dalillar, mulohazalar, ta’surotlar, ilgari
olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan bilimlar bilan darslik matni
orasidagi aloqalar ochib beriladi. Dars yakunlanadi va xulosa qilinadi. Mazkur ishlarni
amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazadi va suhbat
davomida frontal so‘rov amalga oshiriladi. Filmni ko‘rib bo‘lgandan so‘ng xomaki
chizmalar, rasmlar chizish mumkin, jadvallar to‘ldirish mumkin, filmga annotatsiya
tayyorlash mumkin, filmga taqriz yozish mumkin yoki maxsus yozma ish tayyorlatish
mumkin. O‘quvchilar filmda ko‘rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari, filmda
namoyish etilgan geografik ob’ektlarni kartalardan topishlari yoki filmdagi geografik
ob’ekt, voqea va xodisalarni yozuvsiz kartaga tushirishlari, ular asosida grafiklar
tuzilishlari mumkin. Kinolashtirilgan darsni samaradorligini asosan, filmni ko‘rish
natijasida olingan yangi bilimlar, ma’lumotlarni darsni oxirida mustahkamlash orqali
bilib olish mumkin. Natijada filmni ayrim lavhalari qayta namoyish qilinadi va
o‘zlashtirilmagan bilimlar haqidagi joylari yana qaytadan namoyish etiladi va
takrorlanadi. Eng asosiysi, o‘qituvchi izohi muhim o‘rin tutadi. Filmni eng murakkab
joylarida o‘qituvchi namoyishini to‘xtatib batafsil izox bermog‘i lozim. Shundagina
darsni maqsadi amalga oshdi desa bo‘ladi [4; 136].

Kinofilmlar darsga o‘ziga xos xususiyatlarni beradi, o‘quvchilarni bilish

faoliyatini jadallashtiradi, bilimlarni bevosita ko‘rish orqali o‘zlashtirishga imkon
beradi, filmda geografik voqea va hodisalarni sodir bo‘lishini kuzatishga imkon
beradi. Ammo kino filmlar geografiya darslarini asosiy tarkibiy qismlarini ochib bera
olmaydi. Masalan, bilimlarni tekshirish, uyga vazifa, tushuntirish va mustahkamlash.
Geografiya o‘qituvchisi kinofilmlardan foydalanib dars o‘tishga tayyorgarlik
ko‘rayotganda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Darsni ta’limiy va tarbiyaviy
maqsadlarini ishlab chiqish, darsni mazmunini ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan
ekranli va statistik ko‘rgazmalar fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos
keladigan ko‘rgazmali vositalarni tanlash. Tanlab olingan ekran materiallarini dars
mazmuniga mosligi aniqlanadi. Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so‘zi ko‘zda
tutilmog‘i lozim. Bundan tashqari film namoishi jarayonida o‘quvchilarga beriladigan
savollar va ularga beriladigan javoblar (filmni ko‘rish jarayonida) oldindan aniqlab
olinishi lozim. Filmni namoyishi davomida qisqa-qisqa izohlar ko‘zda tutilmog‘i


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

238

lozim. Filmni eng ma’qul joylarida namoyish to‘xtatilib o‘quvchilar bilan suhbat
o‘tkazish ko‘zda tutilmog‘i lozim. Ma’lum bir paytlarda filmni to‘xtatib izoh berish
uchun darsga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi plyonkani to‘xtatiladigan joylarini
belgilab qo‘yishi lozim, agar biror lavhani alohida ko‘rsatish lozim bo‘lsa mazkur
lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab qo‘yiladi [5; 102].
O‘quvchilar filmni ko‘rish jarayonida diktorni so‘zini qiyin qabul qilishadi, shuning
uchun pauzalarda o‘qituvchi filmda namoyish etilgan geografik voqea va hodisalarga
izox berib o‘tishi lozim. Agar diktorni so‘zlari yoki filmni muzikasi o‘qituvchiga
yoqmasa u filmni ovozini o‘chirib o‘zi tushuntirishi lozim. Filmni namoyish
qilayotganda boshqa o‘quv vositalaridan albatta karta bo‘lmog‘i shart. O‘quvchi
filmni ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur biladigan so‘nggi darslarda filmdan
foydalanish masalasini hal qilish mumkin. Filmning mazmuni zamonaviy talab
darajasida bo‘lmog‘i lozim. Buni ayniqsa xalq xo‘jaligi tarmoqlarini namoyish qilishda
e’tiborga olish lozim. Darsda filmlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo‘llash
turiga bog‘liq. Film darslarda muntazam va nomuntazam qo‘llanishi mumkin. Filmlar
muntazam ko‘rsatilganda o‘quvchilarda uni ko‘rish, tahlil qilish, qabul qilish
ko‘nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomuntazam, ya’ni onda-soda
dars paytida film namoyish qilinsa u samara bermaydi, o‘quvchilarda unga ko‘nikma
hosil bo‘lmaydi [6; 103 ].

Darsni audio va video qo‘llanmalardan foydalanib tashkil qilganda dars

jarayonini o‘qituvchi boshqarib turish mumkin. Bunda o‘qituvchi matnni o‘rganishda
izohlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, kartalar, jadvallar alohida
tushuntiriladi. Darsni oxirida o‘qituvchi kompyuter orqali o‘quvchilarga savollar
berishi mumkin. O‘quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan
javoblari o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Geografiya ta’limida kartalar asosiy o‘quv
vositasitalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun kartalar bilan mustaqil ish
bajarayotganda elektron kartalardan foydalanish mumkin.

Elektron kartalar orqali quyidagi ishlarni bajarishi mumkin: - elektron karta orqali

tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar tuzish. Masalan, iqlim kartalaridan
foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi tavsifini tuzish yoki bo‘lmasa
iqtisodiy geografik kartalardan foydalanib ayrim mamlakatlar yoki hududlarga
iqtisodiy ta’rif berish va h.k; - internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning
turli soxalari bo‘yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin Masalan, kundalik
iqlim haqida, mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo‘jaligi va geosiyosiy sharoit haqida
va h.k; - geografiya ta’limida videofilmlar juda katta ahamiyaitga ega [7; 167].

Xulosa.

O‘quvchilarda geografiya fani to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarning

shakllanishida multimedia vositalarining ahamiyati beqiyos.Shu boisdan mazkur
vositalardan fan haqida umumiy tushunchalar shakllantirilib boriladigan 5-,6-7-
sinflarda

ko‘proq

foydalanish

tavsiya

etiladi.Va

bunda

tayyorlanadigan


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_1-qism_Iyun-2025

239

videomateriallarning

vaqt

chegarasiga

ham

alohida

ahamiyat

berilishi

zarur,videoroliklarning qisqa muddatli bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi,ammo ular
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va ma’no kasb etishi kerak.

Geografik kinofilmlarni tomosha qilish mobaynida ham pauzalar qilinishi,

olingan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan imkon qadar soddaroq tilda tushuntirib
berilishi,o‘quvchilar bilan ularning fikrini o‘rtoqlashish,olingan informatsiyani tahlil
qilish talab etiladi.O‘z o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish lozim,bunday videoroliklardan
muntazam foydalanish o‘quvchining o‘z shaxsiy tasavvurlarida blok bo‘lib qolishiga
olib kelishi mumkin, shu uchun ko‘proq o‘quvchilarni o‘z-o‘zlari bilan fikrlashlariga
undash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

[1].

Ta’limda

multimedia

ilovalari.

M.M.Nafasov,

F.R.Murodova,

Z.R.Murodova, I.I.Hayitova, T.E.Delov

[2]. Qurbonniyozov R. Geograftya o‘qitish metodikasi. UrDU, Urganch, 2001,

222b

[3]. Vaxobov X., Saydamatov F. Geografiya ta’limida test topshiriqlari tuzishning

o‘ziga xos xususiyatlari. “Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy
muammolari” Resp. ilm. amal. konf. materiallari. T. 2006. b 132-136.

[4]. Vaxobov X., Abduraxmonov B. O‘rta maxsus o‘quv muassalarida

o‘rganiladigan geonazariyalar. “Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy
muammolari”. Resp. ilmiy. amaliy konf. materaillari: T. 2006 b.136-138

[5]. Vaxobov X., Saydamatov F., Eshpo‘latova N. Geografiya ta’limida

qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. Xalq ta’limi. 2007. №1,
b.102-105

[6]. Vaxobov X. Geografiya. “ O‘qituvchi”, T. 2000. 103.b
[7]. Vaxobov H., Mirzamahmudov O.T. Geografiya o‘qitish metodikasi.

Namangan 2016 y.


Bibliografik manbalar

. Ta’limda multimedia ilovalari. M.M.Nafasov, F.R.Murodova, Z.R.Murodova, I.I.Hayitova, T.E.Delov

. Qurbonniyozov R. Geograftya o‘qitish metodikasi. UrDU, Urganch, 2001, 222b

. Vaxobov X., Saydamatov F. Geografiya ta’limida test topshiriqlari tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari. “Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy muammolari” Resp. ilm. amal. konf. materiallari. T. 2006. b 132-136.

. Vaxobov X., Abduraxmonov B. O‘rta maxsus o‘quv muassalarida o‘rganiladigan geonazariyalar. “Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy muammolari”. Resp. ilmiy. amaliy konf. materaillari: T. 2006 b.136-138

. Vaxobov X., Saydamatov F., Eshpo‘latova N. Geografiya ta’limida qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. Xalq ta’limi. 2007. №1, b.102-105

. Vaxobov X. Geografiya. “ O‘qituvchi”, T. 2000. 103.b

. Vaxobov H., Mirzamahmudov O.T. Geografiya o‘qitish metodikasi. Namangan 2016 y.