Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
199
SAYLOV JARAYONIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY
MADANIYATNING O‘RNI
Tojiboyeva Zohidaxon Yuldashboy qizi
Andijon davlat pedagogika Instituti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu tezizda saylov jarayonlarining huquqiy ong va huquqiy
madaniyat shakllanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Saylovlar fuqarolarning huquqiy
bilimlarini oshirish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda
ijtimoiy faollikni rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Shuningdek, saylov
jarayonining
shaffofligi
[ochiqligi]
va
adolatliligi
huquqiy
madaniyatni
shakllantirishga ta’siriini ko‘rsatishi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Saylov, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratiya, fuqarolik
jamiyati, siyosiy ishtirok, saylov huquqi, shaffoflik, adolatlilik.
Demokratik jamiyatda saylov jarayonida fuqarolarning davlat boshqaruvida
ishtirok etishi eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Saylovlar erkin, shaffof va
tog’ridan to’g’ri o‘tishi uchun fuqarolar o‘z huquqlarini to‘liq tushunishi, qonunlarni
hurmat qilishi va o‘z burchi bilan mas’uliyatini anglab yetishi lozim. Buning uchun
esa huquqiy ong va huquqiy madaniyat kerakli miqdorda rivojlangan bo‘lishi kerak.
Huquqiy ong – bu fuqarolarning ya’ni aholining saylov jarayoniga oid bilim va
tushunchalari, qonunlarga bo‘lgan xurmati. Huquqiy madaniyat esa – fuqaroning
huquqlarini bilish, qonuniy yo‘llar bilan ularni amalda qo’llay olishi, boshqalarning
huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qobiliyatidir.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida saylov jarayonining shaffofligini
ta’minlashda yoshlar va xotin qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish muhim
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Jumladan yoshlar va xotin qizlarni ijtimoiy-
siyosiy faolligini yuksaltirish, saylovdagi savodxonligini oshirish bo’yicha o’quv
qo’llanmalar bilan birga media-ta’lim reuslarini tayyotlash, yanada qiziqarli bo’lishi
uchun zamonaviy texnalogiyalarda ko’zgazmali materiallar tayyorlash muhum o’rin
tutadi.
Saylov Jarayonida Huquqiy Ongning Roli
Huquqiy ongi yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov jarayonida. Saylovlarda faol
ishtirok etadi – Har bir fuqaro o‘z ovozi orqali davlat boshqaruvida ishtirok etishi
mumkinligini tushunadi. Nomzodlarni tanlashda ongli qaror qabul qiladi – Huquqiy
ongli fuqaro manipulyatsiya yoki noto‘g‘ri axborot ta’siriga tushib qolmaydi.
Saylov jarayoni qonuniyligini nazorat qiladi – Fuqarolar saylov qonunlariga rioya
qilinishini kuzatib borishi, huquqbuzarliklarni aniqlashi va bu haqida tegishli
organlarga murojaat qilishi mumkin. Saylov natijalariga nisbatan ongli munosabat
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
200
bildiradi – Natijalardan norozi bo‘lsa, qonuniy vositalar orqali o‘z fikrini bildiradi.
Agar huquqiy ong past bo‘lsa, fuqarolar saylovlarda ishtirok etishning muhimligini
tushunmaydi, saylov jarayonida noqonuniy harakatlarga duch kelgan taqdirda ham bu
haqda xabar bermaydi.
Saylov Jarayonida Huquqiy Madaniyatning O‘rni Huquqiy madaniyat – bu
insonning huquqiy ongining hayotdagi amaliy ifodasidir. Ya’ni, qonunlarga hurmat
bilan yondashish, ularni ongli ravishda bajarish va boshqalarning huquqlarini hurmat
qilish huquqiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridir. Saylov jarayonida huquqiy
madaniyat shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, boshqalarning tanloviga hurmat
bilan yondashish, qonuniy tartibga rioya qilish orqali namoyon bo‘ladi.
Saylov Jarayonida Huquqiy Madaniyatning Ta’siri: Huquqiy madaniyat saylov
jarayonining quydagi jihatlarida muhim rol o‘ynaydi. Saylov jarayonining
qonuniyligini ta’minlash – Huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan fuqarolar saylov
qonunchiligiga amal qiladi va uni boshqalarga ham tushuntiradi.
Saylov axloqini shakllantirish – Nomzodlar va saylovchilarning bir-biriga hurmat
bilan munosabatda bo‘lishi, haqiqatga asoslangan siyosiy tashviqot olib borishi saylov
jarayonining madaniy jihatlarini mustahkamlaydi.
Saylovoldi tashviqoti madaniyatini rivojlantirish – Nomzodlar o‘z dasturlarini
targ‘ib qilishda hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolar esa o‘z tanlovini ongli
ravishda amalga oshirishi saylov madaniyatining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.
Saylov natijalarini hurmat qilish – Saylov natijalari e’lon qilingach, ularni hurmat bilan
qabul qilish yoki qonuniy asosda norozilik bildirish madaniyati rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, 2019 y. (oxirgi o‘zgarishlar bilan 2023
y.).
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi – 2030. – T.:
O‘zbekiston, 2022.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
materiallari, 2023.
Huquqiy madaniyat asoslari. – T.: Adolat nashriyoti, 2023.
Karimov N. “Fuqarolik jamiyatida saylov madaniyatining o‘rni”. – Adolat, №1, 2024.
OSCE/ODIHR Final Report on Uzbekistan Parliamentary Elections, 2024.
Mamatov A. “Yoshlarning huquqiy ongi va saylov madaniyati”. – Yosh huquqshunos
jurnali, 2023.
Saylov va demokratiya: xalqaro tajribalar. – T.: Oliy Majlis nashriyoti, 2022.
Andijon viloyati Saylov komissiyasi statistik byulleteni, 2024.
www.elections.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
rasmiy sayti.