Authors

  • Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi
    Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.127981

Keywords:

Abdulla Oripov poetik tafakkur g‘oyaviy-estetik tajriba Alisher Navoiy falsafiy she’riyat poetik obraz badiiy tafsir lirik “men” ma’naviy uyg‘onish badiiy did.

Abstract

Ushbu maqolada Abdulla Oripov ijodining g‘oyaviy-estetik asoslari, uning poetik tafakkuri va badiiy izlanishlari tahlil etiladi. Shoirning mumtoz adabiyot an’analarini, ayniqsa Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘zlashtirgan holda, o‘z davrining dolzarb muammolarini yoritishda qo‘lga kiritgan badiiy yutuqlari yoritiladi. 


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

21

ABDULLA ORIPOV IJODIDA G‘OYAVIY-ESTETIK TAJRIBA VA POETIK

TAFAKKUR.

Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi

Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti

Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Oripov ijodining g‘oyaviy-estetik asoslari,

uning poetik tafakkuri va badiiy izlanishlari tahlil etiladi. Shoirning mumtoz adabiyot
an’analarini, ayniqsa Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘zlashtirgan holda, o‘z davrining
dolzarb muammolarini yoritishda qo‘lga kiritgan badiiy yutuqlari yoritiladi.
Maqolada Oripovning lirikasi va dostonlaridagi insonparvarlik, falsafiy mushohada,
ma’naviy uyg‘onish va ijtimoiy ong masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, uning
she’riy asarlarida poetik obrazlar, ramz va majozlar orqali inson tafakkuri va ichki
kechinmalarining chuqur aks etishi ko‘rsatib beriladi. Shoirning estetik didi, anglash,
tushunish va zavqlanish salohiyati orqali go‘zallik va haqiqatni ilg‘ash jarayonlari
tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, poetik tafakkur, g‘oyaviy-estetik tajriba, Alisher

Navoiy, falsafiy she’riyat, poetik obraz, badiiy tafsir, lirik “men”, ma’naviy
uyg‘onish, badiiy did.

Abdulla Oripovning mumtoz adabiyot an’analarini ijodiy o‘zlashtirish

muammolari atroflicha tadqiq etilgan. Uning bir qator she’rlari borki, nomlanishidanoq
ularning o‘tmish adabiyoti vakillarining ijodiy tajribalariga bog‘liqligi oson
anglashiladi. Bunda shoir muayyan adib yoki ijodkorning nomini eslatadi, uning
asarlarini qayd etadi yoxud ayrim qahramonlarini o‘z badiiy-estetik niyatini yoritishga
jalb etadi. Bunga «Sen Pushkinning sevgan malagi», «Genetika», «O‘zbekiston»,
«Bobur», «Olomonga», «Alvido, ustoz», «Hamid Olimjon xotirasiga», «Alisher»,
«Alisherning onasi», «Abdulla Qahhor», «Pahlavon Mahmud qabri qoshida»,
«Sozim», «Bahor», «Pushkin», «Furqat», «Albomga», «Munojotni tinglab»,
«Ozarbayjon», «Mayakovskiyga», «Armon», «Malomat toshlari», «Sergey
Yeseninga», «Erevan ko‘chasida» kabi she’rlarini misol qilib keltirish mumkin.

Abdulla Oripov ko‘plab adiblarning nomini she’riy asarlarida eslaydi. Ular

orasida Umar Xayyom, Pahlavon Mahmud, Nizomiy, Fuzuliy, Nasimiy, Alisher
Navoiy, Husayn Boyqaro, Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy, Hamza va boshqalarni


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

22

ko‘rish mumkin. Albatta, muayyan shoir nomining tilga olinishi shu ijodkordan ijodiy
o‘rganishning tashqi belgisi sifatida qabul qilinmasligi kerak.

Abdulla Oripov uchun Alisher Navoiy buyuklarning buyugi, ustozlarning

ustozi, uning "ijodi va faoliyati ulug‘ bir ummondir"

1

. Chunki Navoiy "o‘z jodu

san’atini, g‘azaliyotini faqat san’at bezagi uchungina emas, balki aniq murodu
maqsadlar uchun, ezgu g‘oyalari, niyatlari uchun xizmat qildirgan"

2

. Eng muhimi,

"Dante italyan tilini xalqaro yo‘qlamada nechog‘lik barqaror etgan bo‘lsa, Navoiy ham
shunday vazifani – jahonshumul vatanparvarlik ishini ado" etgan

3

.

Ma’lumki, Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyotini eng yuqori bosqichga

ko‘targan mutafakkir san’atkordir. Shuning uchun ham Navoiy haqli ravishda “g‘azal
mulkining sultoni” deb e’tirof etilgan va undan keyin yashab ijod etgan xalqimizning
deyarli barcha iste’dod sohiblari Navoiyning san’at maktabidan saboq olishgan. Bu
masalada adabiyotshunoslik, ayniqsa, navoiyshunoslikda juda ko‘p qimmatli fikr-
mulohazalarning ilgari surilishiga sabab ham ana shu. Zero, Navoiyning ijod
maktabidan ta’lim olish, buyuk mutafakkir shoir tajribalariga tayanib did, saviya va
mahoratni yuksaltirish har bir iste’dod uchun ijodiy muvaffaqiyatning daxlsiz
garovidir. Chunki Navoiy she’rlarining ta’siri va ilhomlantirish jozibasi mutlaqo
boshqacha. Ulardagi falsafiy mushohadalar, hayot, davr va inson taqdiri xususidagi
kutilmagan xulosalar, bir-biridan jonli va go‘zal tasvirlarni ikkinchi bir shoirda
uchratish qiyindir. Xuddi shuning uchun ham Abdulla Oripov mumtoz
adabiyotimizning boshqa vakillariga nisbatan Alisher Navoiy she’riyatiga qattiq
bog‘langan va ijodining ilk davrlaridayoq yoshlarni Navoiyning "ulug‘ maktabidan"
saboq olishga chorlagan edi

4

. Masalaning muhim tomoni shundaki, Abdulla Oripov bu

ulug‘ maktabdan saboq olish qanday ibratli va oliy natijalar berishini amalda isbotlay
oldi. Shu bois ham uning hazrat Alisher Navoiyga munosib izdosh ekanligi bugun hech
kimda shubha tug‘dirmaydi.

Haqiqatda ham o‘zni tanish, o‘zining mustaqil ijodiy qiyofasini topishda

mumtoz adabiyot vakillarining ta’sirlarini hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
Abdulla Oripov "Sozim" degan she’rida bejiz:

Xayol kabi keng erur olam,
Mayda gapni ko‘tarmagay she’r.
Kerak bo‘lsa mening uchun ham
Javob berar bobom Alisher,

1

Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилдлик. - Т., 2001. 4-жилд. – Б. 129.

2

Ўша китоб. – Б. 130.

3

Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилдлик. - Т., 2001. 4-жилд. – Б. 118.

4

Орипов А. Устозлар сабоғи // Шарқ юлдузи. – Т., 1966. № 11.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

23

-

demagan. Chunki u she’rni mayda fikr va yuzaki his-tuyg‘ulardan himoya

qilish malakasini ulkan san’atkorlardan, birinchi navbatda, Alisher Navoiydan
o‘rgangan. "Men, - deydi shoir, - Navoiydan masalaning mohiyatiga kirishni, she’rni
sehrli tayoqchaday o‘ynatishni o‘rgandim. U kishi mazmun ifodasining ustasi. She’r
aytish mumkin, lekin she’rni mazmun bilan faqat Navoiy qoyillatib aytadi"

5

. Chunki

Navoiy butun ijodiy faoliyati davomida ma’no va mazmun ustunligiga asoslanib, har
qanday she’riy shakl ma’no uchun vosita ekanligini namoyish qilishga erishgandi.
Ma’no olami – Navoiy uchun izlanish, fikran va ruhan harakatda bo‘lish va kashf etish
olami edi. Fikr va mazmun Abdulla Oripov she’riyatida ham insonni, zamonni, olam
sir-asrorlarni bilish ehtirosidir. Uning she’rlarida fikr, eng avvalo, haqiqat, iztirob,
dunyoning ming bir ziddiyatlari qarshisida hayrat va hayronlikdir. Shoir she’rlaridagi
ma’no va mazmun yaxshilik va go‘zallikka e’tiqod, yomonlik va qabohatning har
qanday ko‘rinishiga nafratni ifoda qiladi. Abdulla Oripov she’rlaridagi g‘oya va
tuyg‘ular she’rxonga tabiat, zamon, tarix sirlarini ochadi. Shuning uchun uning
she’riyatida yangi fikr va mazmun yuqori mavqeda turadi, poetik obrazlar, tasvir
vositalari, ramz va majozlar ham hech bir shoir tomonidan kashf etilmagan mazmun
yoxud mohiyatning ta’sirchanligiga xizmat ettiriladi. Xuddi Navoiyning lirik
qahramoniga o‘xshab, Abdulla Oripovning lirik "men"i ham tabiatan faylasuf va
mutafakkir. U o‘zini bilishga, ichki olamini chuqur mushohada qilishga alohida
ahamiyat beradi. Bu undagi eng kuchli ma’naviy kayfiyatdir.

Alisher Navoiy - birinchi navbatda ishq va muhabbat kuychisi. Ishq- muhabbat

ulug‘ shoir g‘azaliyotida bosh mavzu va sarbon tuyg‘udir.

"G‘azal yozmasam ham, - deydi A.Oripov, - Navoiy bobomiz asarlari

mutolaasidan charchaganim yo‘q. U kishining biror bayti yoki misrasini har
o‘qiganimda, yangi-yangi qirralarni kashf qilaman..."

6

. Xuddi ana shu kashf etish

salohiyati Abdulla Oripovning muhabbat iztiroblari ifodalangan she’rlarida nihoyatda
yorqin namoyon bo‘ladi.

Muhabbat mavzusi uning she’riyatidagi eng go‘zal va nurli sahifalarini tashkil

etadi, desak aslo xato qilmaymiz. U ishq mavzuida yozgan she’rlari bilan zamonaviy
o‘zbek she’riyatida muhabbat lirikasining beqiyos kuychisi sifatida tanildi va tan
olindi. Abdulla Oripov uchun muhabbat o‘tkinchi bir zavq, ruhiy bir huzur, umri qisqa
ehtiros emas, balki inson mavjudligining asosi, umr va hayot mohiyatining ziyosidir.

Magistirlik dissertatsiyada Abdulla Oripovning Alisher Navoiy tajribalaridan

ilhomlanib, o‘zining lirik she’rlaridagina emas, balki dostonlarida ham xarakterli ijodiy
yutuqlarga erishganligi ko‘rsatib berildi va «Jannatga yo‘l» dramatik dostoniga alohida

5

Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилд. – Б. 62.

6

Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилд. – Б. 232.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

24

to‘xtalindi. Shuningdek, tadqiqotda oshiq, ma’shuqa obrazlarining poetik tadqiqi va
talqini borasida ham mulohazalar bildirilgan.

Abdulla Oripov she’riyatining barkamol bir shaklda namoyon bo‘lishi mumtoz

adabiyotimizdagi obrazlar tizimining, tasvir prinsiplarining o‘ziga xos tarzdagi qayta
jonlantirilishi bilan ham bog‘liq. Muhimi, shoir an’analar ichida ko‘rinmay ketadigan
holatdan saqlanib, shu ulkan ummon ichidan o‘ziga tegishli duru javohirlarni terib,
ularga mohirlik bilan sayqal berar ekan, shu jarayonda bu durdonalarning faqat va faqat
o‘ziga mansubligini ham isbotlab bera olgan.

Insonning ruhoniy hayoti bilan uyg‘unlikda zuhur topgan fahm-farosat

sezgining eng oliy ko‘rinishi. U didning mohiyatini belgilovchi bosh xususiyat. Fahm-
farosatli sezim insonning achchiq, chuchuk, sho‘r, nordon, shirin singari totlar
mazasini bilish va eng muhimi, yorug‘ ochun ne’matlaridan, realliklaridan zavqlanish,
nafosatni tushunish, go‘zallikdan lazzat tuyish, anglash va fikrlash singari benazir
layoqatlarga noil etadi. Ko‘rib, bilib, eshitib, ta’m totib, anglab uyg‘ongan his-
tuyg‘ularining tabiatini (xoh quvonch yoki g‘azab, mehr-muhabbat yoki nafrat singari)
ma’nolarda tushuntirib ham berabiladi.

Shu boisdan inson еr yuzidagi boriki tirik jonzotlarning eng mukammali, eng

oliy maqomi, gultoji. Odamzod koinotdagi eng aziz va mukarram zot, der ekanmiz,
fahm-farosat tufayli inson yuksak did va oliy saviya maqomiga erishdi.

Fahm-farosat tufayli inson idrokida uyg‘ongan anglash kechinmalari va

fikrlash samaralari o‘laroq atrof tevaragidagi narsalarning, tabiat va jamiyatda
kechayotgan jarayonlarning ismlarini, ma’nolarini, ranglarini, joylarini belgilash,
nomlash hamda bir-biridan farqlash sohibi bo‘ldi. Yana eng muhimi, inson o‘z fe’li-
faoliyatining, botinida kechayotgan ruhoniy jarayonlarning sir-sinoatlarini, еru
osmonlarning sirlarini fahmlash, anglash va o‘z bilgicha tushuntirish sari yuzlandi.
Anglash, tushuntirish hamda tushuntirish inson tabiatiga yuqtirilgan, shaxsiga ato
etilgan sezishning oliy in’ikosi, ko‘rinishi.

Xalqimizda didi – past, didi – o‘tmas, didsiz va h.k. iboralar ko‘p. Xo‘sh, bu

nimaning oqibati. Inson – koinotning eng mumtoz hilqati bo‘lsayu didsiz, didi – noqis
degan ta’nalarga yo‘liqsa. Yer yuzidagi odamlarning hammasi birdek, bir xil
saviyadagi did sohibi emasmi? Diddek kamyob va noyob fazilat ulashilganda kimgadir
bir chimdim, kimgadir hovuchlab, va yana ayrimlarga qoshiqlab nasib etgan ekan-da.
Ba’zilarga tariqdek, yana ayrimlarga zarra-zarracha ulush tegib qolgan ekan-da. Ba’zi
sho‘rpeshonalar, Qodir Egam yo‘qlaganda kechikib borgani bois zarracha fahm-
farosatdan ham benasib qolgan, quruq qaytgan ekan, deyishadi.

Bular ojiz bandaning turli xil azmoyishlari, o‘zi anglab еtgan, tushuntirishga

o‘ringan mitti tahminlari. Zarra haqiqatchalari. Lekin ularda tariqchalik bo‘lsin jon


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

25

bormikan? Zero, еr yuzidagi biron-bir inson o‘zining aql-xushidan shikoyat qilganini
bilishmaydi. Tirik zot borki, o‘zini esli-xushli, fahm-farosatli, aqlda bekami-ko‘st, deb
biladi. Har holda meni aqlim past, meni aqlim ojiz, men – farosatsizman, degan
notovon kimsani hech kim uchratganicha yo‘q.

Xo‘p, hamma birdek sezimga, fahm-farosatga ega ekan, nega tabiatda va

jamiyatda, umuman, еr bilan osmonlar oralig‘ida kechayotgan tug‘yonlarni,
bo‘ronlarni, evrilishlarni – jarayonlar mohiyatini bir xilda tushuntirib berolmaydi. Har
kim o‘z aqli va saviyasi darajasida, turfa ko‘rinishlarda, turli xil ma’nolarda va
ranglarda idrok va ifoda etadi. Buning boisi nimada? Axir, odamlar tushunish hamda
tushuntirishda nega bu qadar xilma-xillikka, rang-baranglikka yo‘l qo‘yishyapti?
Odamlar bir xilda gapirsa bo‘lmaydimi? Shirinni shirin, achchiqni achchiq, yaxshini
yaxshi, yomonni yomon, yorug‘likni yorug‘, qorong‘ulikni zim-zimiston, deya bir
xilda baholasa bo‘lmaydimi? Nega, ayrimlar yorug‘lik og‘ushida qop-qora dog‘,
qorong‘ulik bag‘rida bir tutam ziyo ko‘radi? Nega ularga ana shu tahlit layoqat ato
etilgan?! Bu xildagi favqulotda va kutilmagan ko‘rimlilik, sezimlilik iqtidori
ko‘pchilik odamlarnikidan farq qiladi-yu. Bu, axir, beburdlikka kirmaydimi?

Yo‘q, aslo. Insonga Qodir Egam tomonidan noil etilgan bekaron bir fazlu hislat

bor. Bu – zavqlanish salohiyati. Aqli va fahmi-farosati, idroki va sezimiga ko‘ra koinot
sir-asrorlaridan, ko‘rinishlari va hodisalaridan rohatlanadi, bahra oladi, rohat-farog‘at
sezadi, zavq-nash’a tuyadi. Kimdir muzika tinglab adoqsiz surur daryosida elanadi.
Imdir kitob o‘qib olam-olam zavq oladi. Yana kimdir turfa taomlar tayyorlashdan,
ularni aziz-qadrdonlari bilan tanovvul qilishdan cheksiz huzur-halovat tuyadi.

Demak, inson еru osmonlar orasidagi, tabiat va jamiyatdagi, odamlar fe’li-

atvori va faoliyatidagi yaxshiliklardan, bir so‘z bilan aytganda, go‘zalliklardan
ta’sirlanishi, hissiy sezimning bosh manbai bu – zavqlanish ekan.

Endi, hamma gap kimning, nimadan va qanday zavq tuyishida. Hamma gap

mohitga kelib bog‘lanayapti. Shu o‘rinda biroz lirik chekinishga o‘rin bersak.
Kamsuqum, zahmatkash, xush fe’lli bir do‘stim bor. O‘zi jurnalist. Ko‘proq fantastik
asarlar mutolaasida tarbiyasi shakllangan. Fantastik hikoyalarmi, qissa yoki
romanlarmi, xususida gap ketgudek bo‘lsa, hech kimga gal bermasdan haftalab
so‘zlashi mumkin. Gapirganda ham to‘lib-toshib, bir dunyo zavq-suro‘rini jilovlay
olmay, hayajoni ortib, to‘lqinlashib so‘zlaydi.

Ilmda o‘qib-o‘rganish bilan odam o‘z saviyasini oshira borishi, didini muttasil

o‘stirib takomillashtirishi mumkin, degan qarashlar bor. Xususan, рус mutafakkiri
A.I.Gersen yozadi: “Mutoalasiz haqiqat, ma’rifat egasi bo‘lish ham mumkin emas; did-
saviya ham bo‘lmaydi, yozish yoki gapirish uslubi ham yuzaga chiqmaydi, tushuncha-
tasavvurlarini har tomonlama kengaytirishi ham mumkin emas. Bu borada Gyote bilan


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

26

Shekspir butun boshli dorulfunun desa bo‘ladi. Mutolaa tufayli odam asrlar yukini
boshdan kechiradi; albatta bu fandagidek eng so‘nggi ilmiy kashfiyotni olib, uning
yo‘rig‘iga ergashib etagidan tutib ketaverish degan gap emas. Gazeta va jurnallarni
o‘qish yaxshi narsa; lekin men bir necha kitoblar haqida gapiryapman; ularsiz inson
bekami-ko‘st, komil bo‘lishi dargumon”.

7

Sirtdan qaraganda A.I.Gersen o‘z nuqtai nazarida haqdek, to‘g‘ri mulohaza

yuritayotgandek tuyuladi. Bu narsa ikki jihatdan asosli. Birinchidan, rus mutafakkiri
ushbu fikrlarini aytganda, avvalo, iste’dod egalarini nazarda tutib gapirayapti;
ikkinchidan, adabiy-ilmiy mehnatning estetik tafakkurni takomillashtirishdagi
salohiyatini ko‘zlab jon koyitayapti.

Avvalo, shu narsani ta’kidlash joizki, insonning bilim-hofiza ko‘lami hadsiz-

adadsiz. Uning idroki, ilm ufqlari ham shu qadar bekaron. Biz, asosan, idrok va u bilan
uzviy omuhtalikda namoyon bo‘lguvchi badiiy didning zuhur topish imkoniyatlariga
ko‘proq to‘xtalish niyatidamiz, albatta. Ilm orqali sajiyani yuksaltirish haqida gap
ketganda bilim turlari, insonning qaysi ijtimoiy muhitda kamol topib shakllanganligi
va eng muhimi, Tangri Taolo yuqtirgan maylini e’tibordan chetda qoldirish mumkin
emas. “Agar senga bo‘lib o‘tgan barcha narsalar to‘g‘risida bilim bergan bo‘lsam,
bandalarim orasida shunday bir kishi ham mavjudki, endi bo‘ladigan narsalarning
bilishini ham ato etgandurman; ya’ni sen o‘z ilm-ma’rifating bilan butun dunyoga
ustoz bo‘lishing mumkin, ammo u bandamga shog‘ird bo‘lishga ham ojizlik qilursan”.

8

Ko‘rinadiki, insonga inoyat etilgan bilimlar ummoniyu unga еtishish, simirib

yuborish imkoniyatlari qanchalik adadsiz bo‘lmasin, afsuski, inson umri cheklangan.
U ana shu bir chimdim, bir tutam, bir zarra misoli yalt etgan umri badalida erishgan,
еtishgan, anglab еtgan va tushuntirishga intilgan ma’nolar mohiyati ham inson umri
monand o‘lchovli, hisobli. Shu boisdan, odam qanchalik balandga intilmasin, boshi
osmonga еtmaydi, bo‘yidan baland sakrolmaydi, degan hikmat bor. Yana, agar Xudo
yuqtirmasa eshak bozorga dallol ham bo‘lolmaysan, deyishadi. Yana, agar Hizr nazar
qilmasa kultepada ag‘anab o‘tib ketasan, deb ham qo‘yishadi.

Demak, did, fahm-farosat bobida Olloh nazari, va qolaversa, hayotiy tajriba

bilan ijtimoiy-madaniy muhitning roli beqiyos. Konkret misollarga murojat etaylik.
Tiriklik chog‘idayoq nomi shon-sharaf bilan burkangan, 70 jild asarlarini chop ettirgan
fransuz mutafakkiri Volter ilm orqali olam va odamni tushunishda bir yoqlamalikka
yo‘l qo‘yganligini kuzatish mumkin. Xususan, “... Osiyoliklar biron-bir janrda ham
yaxshi asarlar yaratisha olmadi. Va yuksak did bir nechtagina Yevropa millatining

7

Русские писатели о литературном труде. Т.2. Л., 1955, - С. 31.

8

Қуръони Қарим. Каҳф сураси. 82-оят изоҳи.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

27

mulki bo‘lib qoldi...”,

9

deb yozadi. Bu o‘rinda buyuk fransuz mutafakkirini ayblash

nojoiz. Sababi, uning dunyoqarashi, adabiy didi va estetik saviyasi Yevropa madaniyati
ta’sirida shakllangan va kamol topganligini hisobga olmaslik mumkin emas. Shu
boisdan ham u butkul o‘zgacha badiiy prinsiplarga asoslangan Sharq san’atining
go‘zalligini “hazm qilolmaydi”. Boshqacha aytganda, mohiyatini anglashga “tishi”
o‘tmaydi. Uning uchun Esxil, Shekspir va Yevropa klassik san’ati so‘nmas va sinmas
muxtashamlikka ko‘tarilgan porloq namuna va norma edi.

Shamolning esganini ko‘rganmisiz, - deb so‘rashibdi o‘zaro suhbatlashib

ketayotgan ikki Sharq donishmandidan. Sochlariga mosh-guruch oq oralagan hiyla
yoshrog‘i darrov javob berishga tutinibdi:

- Ha, ko‘rganman, - keyin oradan hiyla fursat o‘tgach, — his qilganman,

-

debdi.

Yana bir zum o‘tgach, o‘sha shamollarning beshigida katta bo‘lganman, deb qo‘shib
qo‘yibdi.

Soch-soqoli oqargan, aso tutgan mo‘ysafidga so‘z navbati kelganda, uzoq

o‘yga cho‘mib qolibdi.

-

Bu savolni inson nima uchun dunyoga kelganligini bilasizmi,

-

deya

tushunaman,

-

debdi u...

Mo‘yqalam sohibi shabadani ko‘radi, qo‘sh qo‘llab so‘rashadi, yuz-qo‘llarini

silab ham qo‘yadi. Endi, so‘z san’atkori shabadani his etibgina qolmaydi, yana shivir-
shivir gap-so‘zlariyu hayqiriqlarini ham eshitadi. Dramaturg

-

sahna san’atkori shabada

bilan chang-to‘zonlarning yoqalashuvidan dong qotib, hangu mang qoladi. Temir
changallarini bir-birining yoqasidan bo‘shatib, ajratib qo‘yadi. Nonvoydan to‘rtta
shirmoy non olib, har ikkisining qo‘liga tutadi-da, uy-uyiga kuzatib qo‘yadi.

Bu ko‘hna ochunda inson yangi ham, eski ham emas. U

-

boqiy. Xususan,

birgina shabadani oladigan bo‘lsak, shamolning bodi saboligini bilganligi, qaddi-
bastiyu qosh-ko‘zlarini ko‘rganligi, qayoqdan kelib qayoqlarga ketayotganligini
anglagani va nihoyat, ko‘nglini tushunganligi boisidan ham unga “shamol”, “nasim”,
“shabboda”, deb nom berib qo‘yibdi.

Xa, darhaqiqat, o‘n sakkiz ming olam sir-sinoatlarini anglashga intilganligi

boisidan ham inson oliy hilqat. U dunyoyu bu dunyosi uchun, yashash uchun zarurligi
boisidan ham hayot aziz, fayzli va farahli. Go‘zallik, ezgulik, adolat, deb atalmish bir
ko‘p qadriyatlarni tirikligining bosh a’moliga aylantirgan. So‘z deb atalmish sehrli
mo‘jizani boshiga ko‘taradi.

Dunyoning g‘alati yo‘rig‘iga boq,
Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq.

9

Вольтер. Эстетика. М., 1974, - С. 270.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

28

Lekin hammasidan ma’no bittadir,
Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq.
Yoki,
Shudgorda qarg‘alar to‘dasin ko‘rsang,
Sira ajablanma, bo‘lma hangu mang.
Sen еrni ag‘darib shudgor qilgan chog‘,
Yuzaga chiqqandi qurtu chuvalchang.
Yoki,
Paydo bo‘lganida zamin va zamon,
Avval yaralgandir daraxt va hayvon.
Bul ikki soddani aldamoq uchun
Aqlini pesh qilib chiqqan so‘ng Inson.
A.Oripov to‘rtliklari inson va jamiyat kemtiklaridan bahs yuritadi. Ne tongki,

inson unib o‘sgan muhitining farzandi. Shu bois u o‘zini baxtli qiladigan, jamiyatni esa
gulga o‘raydigan tiriklik shevalarini izlaydi. Inson ko‘ngliyu fikrlari o‘zi tug‘ilib
o‘sgan jamiyatning bandisi. Ruhoniy va ijtimoiy mutelikka qarshi kurash g‘oyalari
odamning ma’naviy erkinligini ta’minlaydi. Shaxs va jamiyatni baxtli qilish g‘oyalari
falsafiy she’riyatimizning mundarijasini tashkil etmoqda.

Ikkinchidan, har qanday mutelik ko‘rinishlariga qarshi komillik hislat-

fazilatlari bilan kurashuvchi insonni voyaga еtkazish g‘oyalari falsafiy
she’riyatimizning yana bir xususiyati bo‘lib qoldi. Bu dunyoning barcha jahannam
azoblarini, ko‘rguliklarini boshidan kechirgan, va lekin, ruhan sinmagan odamning
aql-zakovati, ma’naviy kamoloti mutelikka qarshi bosh ko‘taradi. U o‘z haq-
huquqlarini yaxshi bilgan va tanigan yolg‘iz Shaxsning nidosigina, azoblarda yonib
kuygan qalbning isyonigina emas. U ko‘ngil erkinligiga еtishish asosida o‘z baxtini
yaratishga safarbar Inson. Faqat uning ko‘nglini tahlika, hadik kemiradi. Negaki, odam
ming-ming yillardan buyon baxtning ta’mini, rangini, tarovatini qaror topdirish uchun
yozg‘iradi. Yoqa yirtib olishadi. Nega dunyo notugal?

Bu ochunda ijtimoiy tengsizlikni, nohaqlikni, jaholatu yovuzlikni kimlar va

qanday omillar yuzaga keltirgan? Bedodliklardan “dod” deya dunyoga sig‘magan bu
isyonkor shaxs baxtning borligiga, haqiqatning qaror topishiga shubha bilan qaraydi.
Negaki, uning mutafakkir ongi-dunyoqarashi ijtimoiy hamda ma’naviy yovuzlikni aslo
tasavvur qila olmaydi. Adolatning oyoqosti qilinishiga ham, baxt degan tushuncha
boru aslida uning shakllari ming xilligiga ham jaholat sabab. Ruhoniy saodat yonida
jaholatni undirib o‘stirgan yovuz omilar sabab.

Uchinchidan, falsafiy she’riyatda nafaqat yolg‘iz shaxs isyonigina emas, yana

Olam ham notugal, Odam ham qaram, degan mushohadakorlik alohida yo‘nalishni


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

29

tashkil etadi. Ana shu nomukammallik olam bilan odamni birlashtirgan bosh omil.
Olam ichidagi odamni va odam ichidagi olamlarni to‘kis va go‘zal qilish mas’uliyati
hukmron. Asqad Muxtorning “Hayot shu ekan-da”, “Daraxtlar”, “Yolg‘iz edim”,
“Safaringda kor keladi” singari o‘nlab she’rlari katta cho‘g‘ga ega.

Tabiiyki, shoirning ijtimoiy nuqtai nazari, individual tafakkur tabiati va ijodiy

yo‘sini (skladi), badiiy umumlashma-xulosalar mohiyatiga ko‘ra hamisha farqlanib
kelgan. Uning mundarijasi tarixiy shart-sharoitlar mazmuni bilan to‘yinib, hamisha
davr ruhini ifodalagan. Ushbu yo‘nalishga mansub asarlar mazmuniga ko‘ra shaxs
fojeasi, shaxsning ana shu muhit iskanjasini yorib chiqishga qaratilgan isyoni va ruh
erkinligiga erishish kabi tarmoq shaxobchalariga bo‘linadi.

To‘rtinchidan, falsafiy she’riyatdagi muhim tadqiqotchilik yo‘nalishlaridan

yana biri o‘zlikni bilish bilan bog‘liq. Xususan, odam tabiatni bilishi, jamiyatni
tushunishi va o‘zini anglashi orqali o‘zligini yanada teran anglata boradi. Ko‘ngil deb
atalgan bekaron dunyoning “ko‘chalari” tabiat va jamiyatga tutashib ketadi. Tabiat va
jamiyatda ko‘ngil suv ichadigan marjon buloqlar turna qator. Shu boisdan ham
tabiatning ruhida ko‘ngil qulfi, ko‘ngil zulfida esa tabiatning kaliti yashirin. Ularning
har ikkisi bir-biriga suyanchiq. Bir-biriga ochqich. Bir-biri ila et bilan tirnoq.
Ko‘rinadiki, bugungi falsafiy she’riyatning badiiy tadqiqotchilik yo‘nalishlari turfa va
rangin.

Xulosa

1. Badiiy so‘z jozibasi va muvaffaqiyatini xolis va samimiy tasvir belgilaydi.

Abdulla Oripovning barcha asarlari shu xususiyatlarga ega. Ulardagi badiiy obrazlar
xalq og‘zaki ijodi qahramonlari kabi sodda, oddiy bo‘lsa-da, ularni bezovta
qilayotgan tuyg‘ular umuminsoniy, badiiy tasvir ifodasi esa zamonaviydir.

2. Shoirda “nimani aytish”dan ko‘ra “qanday aytish”, yana ham aniqrog‘i,

“nimani qanday aytish” muhim sanaladi. Ijodkor hayoti davomida ko‘rgan, eshitgan,
tuygan, egallagan, anglagan, yo‘qotgan, kuzatganlari asosida real olam va odamlardan
ulgi oladi hamda shaxsiy rivojlanish trayektoriyasiga ega badiiy olam va odamlarni
yaratadi. Abdulla Oripov asarlaridagi olam o‘zida tarixiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy,
etnik, ma’naviy-axloqiy ma’lumotlarni tashiydi, shular orqali o‘quvchilarga ta’sir
qiladi va ularni o‘zgartiradi. O‘zgargan odamlar esa olamni o‘zgartiradi. Adib
asarlarini tahlilga tortish, xususan, obraz poetikasida ta’sirchanlik darajalari, sabablari
va ildizini aniqlash shu bois juda muhim.

3. Abdulla Oripov asarlaridagi badiiy obrazlar borliqning shunchaki nusxasi

emas. Ular ijodkorning kashfiyoti, ijodiy mehnati mahsulidir. Abdulla Oripov
asarlarida farishta kabi qusurdan xoli va shayton kabi fazilat begona obrazlar


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

30

uchramaydi. Bunday obrazlar jonsiz, ishonchsiz, xira bo‘ladi. Hayotda odamlar muhit
va sharoit tufayli turli bo‘lganday, asarlardagi badiiy obrazlar ijodkor shaxsiyati, davr
talablari, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida farqlidir.

4. Adabiyotning asosiy xususiyatini jilolantirgan obrazning nazariy adabiyot

kontekstidagi o‘rni beqiyos. Chunki obraz poetikasi yozuvchilarning ijodiy amaliyoti
va mahorati tufayli uning mazmun-mohiyati yanada oydinlashib boradi. U voqelik
hodisalarini, odamning ichki dunyosini, ijodiy anglash va umumlashtirish, uning
ma’naviy hayotiga faol ta’sir ko‘rsatishning ta’sirchan yo‘li bo‘lgan va bundan keyin
ham shundayligicha qolaveradi.

5. badiiy tasvir vositasi ijodkorning o‘z obrazini tushunishi, tasavvur qilishi,

unga aniq badiiy vazifa yuklashi, atrof-olamga munosabatini shakllantirishi, fe’l-
atvoriga mos badiiy til bilan ta’minlashi, obrazning shaxsiy mantig‘idangina kelib
chiqib harakatlantirishini anglash maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. – T., O‘zbekiston, 1997. – B.137.
2. Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. – T.,
O‘zbekiston, 2009. – 40 B.
3. Mirziyoev Sh.M. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi. – T., Adolat, 2024. – 112
B.
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar
1) Milliy nashrlar
4. Haqqul I. Ibrat va mahorat maktabi (G‘.G‘ulom va A.Oripov she’riyati
munosabatiga doir) // O‘zbek tili va adabiyoti. – T., 1983. – № 4.
5. Afoqova N. Abdulla Oripov lirikasida badiiy san’atlar. – Bux., 1994.
6. Qosimov B., Ernazarova G. Milliy badiiy tafakkur. – T., 2004. – B.112.
7. Sharafiddinov O. Talant xalq mulki. - T., 1979. – B. 158-171

References

I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:

Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. – T., O‘zbekiston, 1997. – B.137.

Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. – T., O‘zbekiston, 2009. – 40 B.

Mirziyoev Sh.M. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi. – T., Adolat, 2024. – 112 B.

II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar

Milliy nashrlar

Haqqul I. Ibrat va mahorat maktabi (G‘.G‘ulom va A.Oripov she’riyati munosabatiga doir) // O‘zbek tili va adabiyoti. – T., 1983. – № 4.

Afoqova N. Abdulla Oripov lirikasida badiiy san’atlar. – Bux., 1994.

Qosimov B., Ernazarova G. Milliy badiiy tafakkur. – T., 2004. – B.112.

Sharafiddinov O. Talant xalq mulki. - T., 1979. – B. 158-171