Authors

  • Shoydulova Maftuna Zafar qizi
    Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.127985

Keywords:

milliy qarz iqtisodiy barqarorlik tashqi qarz ichki qarz moliyaviy siyosat fiskal intizom valyuta riski qarzni boshqarish O‘zbekiston iqtisodiyoti iqtisodiy o‘sish

Abstract

Mazkur maqolada milliy qarz va iqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Qarzdorlik iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishning samarali vositasi bo‘lishi mumkin, biroq u noto‘g‘ri boshqarilganda iqtisodiy tahdidga aylanishi ehtimoli mavjud. Maqolada jahon tajribasi, O‘zbekistonning tashqi qarzi dinamikasi va barqaror moliyaviy siyosat yuritish uchun zarur bo‘lgan choralar muhokama qilinadi. Qarzni boshqarish strategiyasi va valyuta risklarini kamaytirish muhimligi alohida yoritilgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

47

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY QARZI VA IQTISODIY

BARQARORLIGI: RIVOJLANISHNING TURTKISI YOKI KELAJAK

TAHDIDI?

Shoydulova Maftuna Zafar qizi

Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti

Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

iqtisod2005@gmail.com

+998 88 429 81 80

Annotatsiya:

Mazkur maqolada milliy qarz va iqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘liqlik tahlil qilinadi. Qarzdorlik iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishning samarali
vositasi bo‘lishi mumkin, biroq u noto‘g‘ri boshqarilganda iqtisodiy tahdidga aylanishi
ehtimoli mavjud. Maqolada jahon tajribasi, O‘zbekistonning tashqi qarzi dinamikasi
va barqaror moliyaviy siyosat yuritish uchun zarur bo‘lgan choralar muhokama
qilinadi. Qarzni boshqarish strategiyasi va valyuta risklarini kamaytirish muhimligi
alohida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy qarz, iqtisodiy barqarorlik, tashqi qarz, ichki qarz, moliyaviy

siyosat, fiskal intizom, valyuta riski, qarzni boshqarish, O‘zbekiston iqtisodiyoti,
iqtisodiy o‘sish;

Аннотация:

В статье рассматривается взаимосвязь между государственным

долгом и экономической стабильностью. Государственные заимствования могут
стимулировать экономический рост, однако неправильное управление долгом
может привести к финансовым рискам. Анализируются мировая практика,
динамика внешнего долга Узбекистана и меры, необходимые для поддержания
макроэкономического баланса. Особое внимание уделено стратегиям
управления долгом и снижению валютных рисков.

Ключевые слова:

государственный долг, экономическая стабильность,

внешний долг, внутренний долг, финансовая политика, фискальная дисциплина,
валютный риск, управление долгом, экономика Узбекистана, экономический
рост;

Abstract:

This article analyzes the interrelation between national debt and economic

stability. While public borrowing can be an effective tool for stimulating economic
growth, improper debt management may lead to serious financial risks. The paper
discusses global practices, Uzbekistan’s external debt dynamics, and necessary
measures for maintaining macroeconomic balance. Special attention is given to debt
management strategies and the importance of mitigating currency risks.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

48

Keywords:

national debt, economic stability, external debt, internal debt, financial

policy, fiscal discipline, currency risk, debt management, Uzbekistan’s economy,
economic growth;

KIRISH

Bugungi global iqtisodiy muhitda davlatlar uchun qarzdorlik masalasi nafaqat

moliyaviy resurs jalb qilish vositasi, balki iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi asosiy
omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Jahon bozorlaridagi beqarorlik, pandemiyadan
keyingi iqtisodiy tiklanish va geosiyosiy tangliklar fonida davlatlar tashqi va ichki qarz
olishga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Jahon
Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida dunyo bo‘yicha umumiy davlat qarzi
miqdori 315 trillion AQSh dollariga yetgan bo‘lib, bu jahon yalpi ichki mahsulotining
330 foizini tashkil etadi. Bunday holat global moliyaviy xavfsizlik uchun jiddiy tahdid
bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmadi. So‘nggi yillarda mamlakat

iqtisodiyoti jadal rivojlanish bosqichiga o‘tib, infratuzilma va ijtimoiy sohalarga katta
sarmoyalar yo‘naltirilmoqda. Ushbu jarayonning moliyaviy asosi sifatida esa tashqi va
ichki qarzdan foydalanish kengaymoqda. 2020 yilda mamlakat tashqi qarzi 21,1
milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu raqam 34 milliard
dollarga yetdi. Ichki qarz hajmi esa 7 milliard dollardan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkichlar
milliy iqtisodiyotda qarzdorlikning tezkor o‘sib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, tashqi qarzning YAIMga nisbati 42–45 foiz atrofida shakllangan

bo‘lsa, qarz xizmat ko‘rsatish darajasi eksport tushumlarining 15 foizini tashkil
etmoqda. Bu esa mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va valuta tushumlarini
ko‘paytirish zaruratini kuchaytiradi. Shu bilan birga, jahon moliyaviy bozorlarida foiz
stavkalarining o‘sib borishi O‘zbekistonning tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish
xarajatlarini sezilarli darajada oshirmoqda. Valyuta kursidagi beqarorlik esa tashqi
qarzni qaytarishdagi asosiy xatarlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Milliy qarzni boshqarish masalasi bugungi kunda O‘zbekiston hukumati

tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Davlat tomonidan qabul qilingan
huquqiy va me’yoriy hujjatlar bu boradagi siyosatning asosini tashkil etadi. Xususan,
2021 yil 26 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan "2022–2026 yillarda davlat qarzini boshqarish
strategiyasi" ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi. Mazkur strategiyada
davlat qarzining umumiy hajmini YAIMning 60 foizidan oshirmaslik, qarz
mablag‘larini faqat iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarga yo‘naltirish,
valyuta risklarini kamaytirish va qarz xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish
choralari nazarda tutilgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

49

Davlat qarzini boshqarishning huquqiy asoslari esa 2021 yilda qabul qilingan

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan. Ushbu qonun davlat qarzining
jalb qilinishi, boshqarilishi va qaytarilishi bo‘yicha aniq mexanizmlar va tamoyillarni
mustahkamlab berdi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat qarzidan foydalanishda shaffoflik,
javobgarlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Qarz va budjet siyosatining barqarorligini ta’minlashda 2020 yildan boshlab

amalda bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri
ham muhim rol o‘ynamoqda. Soliq daromadlarini ko‘paytirish orqali byudjet defitsitini
kamaytirish, fiskal intizomni kuchaytirish va davlat qarziga bo‘lgan ehtiyojni nazorat
ostida saqlash mazkur hujjatning asosiy maqsadlaridan biridir.
Bundan tashqari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan har yili e’lon
qilinadigan hisobotlarda davlat qarzining tarkibi, tashqi va ichki qarz oqimlari, qarz
xizmat ko‘rsatish xarajatlari va investitsiya portfeli haqidagi rasmiy ma’lumotlar
jamlanadi. Bu statistik ma’lumotlar davlat qarzini boshqarishning amaliy jarayonini
monitoring qilish imkonini beradi.

Milliy qarz masalasida xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari ham muhim ahamiyat

kasb etmoqda. O‘zbekiston har yili Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va Jahon
Banki bilan moliyaviy maslahatlashuvlar o‘tkazib kelmoqda. 2023–2024 yillarda IMF
tomonidan O‘zbekistonning tashqi qarz xavf indikatorlari bo‘yicha monitoring
o‘tkazilib, davlat moliyaviy barqarorligini saqlash va qarz boshqaruvi tizimini
takomillashtirish yuzasidan bir qator tavsiyalar berilgan. Jahon Banki esa texnik
yordam ko‘rsatish orqali mamlakat moliyaviy siyosatini yanada samarali yuritish
uchun qo‘shimcha usullarni tavsiya qilmoqda.

Shu jihatdan qarz masalasi bugungi O‘zbekiston iqtisodiyotining markaziy

masalalaridan biriga aylangan. Bu boradagi siyosat va choralar davlatning uzoq
muddatli iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid atamalar ta’rifi

1

Atama

Ta’rifi

Milliy qarz (Davlat
qarzi)

Davlatning ichki va tashqi manbalardan olgan kredit va
qarz majburiyatlari yig‘indisi.

Tashqi qarz

Xalqaro moliya institutlari yoki xorijiy davlatlardan
olingan mablag‘lar.

Ichki qarz

Mahalliy bozordan yoki ichki manbalardan jalb qilingan
qarz mablag‘lari.

1

Muallif ishlanmasi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

50

Atama

Ta’rifi

Iqtisodiy barqarorlik

Iqtisodiyotda inflyatsiya, fiskal defitsit, valuta kursi va
qarz hajmining boshqariladigan darajada bo‘lishi.

Qarz xizmat ko‘rsatish
koeffitsienti

Davlatning tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlari va eksport
tushumlari o‘rtasidagi nisbat.

Fiskal intizom

Byudjet xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi muvozanatni
ta’minlash.

Valyuta riski

Qarzni xorijiy valyutada to‘lash majburiyati tufayli yuzaga
keladigan xatar.

Barqaror qarz siyosati

Qarzni iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikka
mos ravishda boshqarish amaliyoti.

ADABIYOTLAR TAHLILi

Milliy qarz va iqtisodiy barqarorlik masalasi bugungi kunda nafaqat

O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun muhim va dolzarb mavzulardan biriga
aylanmoqda. So‘nggi o‘n yillikda jahon moliyaviy tizimidagi o‘zgarishlar, global
pandemiya, iqtisodiy inqirozlar va geosiyosiy tangliklar ko‘plab davlatlarni tashqi va
ichki qarz olishga majbur qildi. Bu esa, o‘z navbatida, qarzdorlik va barqarorlik
o‘rtasidagi nozik muvozanatni doimiy nazorat qilish zaruratini yuzaga chiqardi.

Xalqaro ilmiy adabiyotlarda davlat qarzining iqtisodiy o‘sishga ta’siri keng

ko‘lamda o‘rganilgan. Jumladan, Reinhart va Rogoff (2010) tomonidan olib borilgan
tadqiqotda davlat qarzining YAIMga nisbatan 60–90 foizdan oshishi iqtisodiy o‘sishni
sekinlashtirishi mumkinligi ta’kidlangan. Biroq bu fikr ko‘plab mutaxassislar
tomonidan bahsli deb topilgan, chunki har bir davlatning iqtisodiy strukturasi,
moliyaviy salohiyati va qarzga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bir-biridan farq qiladi.
Shuning uchun, universal chegara belgilash har doim ham to‘g‘ri yondashuv emasligi
qayd etilgan.

Mazkur mavzuni yanada chuqurroq tahlil qilgan iqtisodchi P. Krugman (2012)

qarzning ortishi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qisqa muddatda iqtisodiy o‘sish
uchun turtki bo‘lishi mumkinligini, biroq uzoq muddatda bu fiskal bosimni oshirishi,
byudjetga yuk bo‘lishi va moliyaviy barqarorlikni zaiflashtirishi mumkinligini
ko‘rsatib o‘tgan. Shu bilan birga, Panizza va Presbitero (2014) tadqiqotida qarzning
miqdoridan ko‘ra, uning qanday maqsadlarda ishlatilishi muhim ekani alohida
ta’kidlanadi. Ya’ni, samarali investitsiyalarga yo‘naltirilgan qarz iqtisodiy o‘sishga
xizmat qiladi, aks holda esa bu resurslar moliyaviy xavf tug‘diradi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

51

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) va Jahon Banki tomonidan har yili e’lon

qilinadigan “Debt Sustainability Analysis” (Qarz barqarorligi tahlili) hisobotlari ham
davlat qarzining xavf ko‘rsatkichlari va uning iqtisodiyotga ta’sirini baholashda muhim
manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu tahlillar davlatlarning qarz strategiyalarini ishlab
chiqishda amaliy vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda.

O‘zbekiston misolida olib qaralganda, so‘nggi yillarda milliy qarzning jadal

o‘sishi natijasida bu mavzu bo‘yicha milliy adabiyotlar ham shakllana boshladi.
Jumladan, Rustamov J. (2022) tomonidan yozilgan “O‘zbekiston Respublikasida
davlat qarzining iqtisodiy barqarorlikka ta’siri” nomli tadqiqotda O‘zbekiston tashqi
qarzining tarkibi va uni boshqarish mexanizmlarining dolzarbligi o‘rganilgan. Muallif
qarzning ortishi eksport tushumlari va valuta zaxiralari bilan muvofiqlashtirilishi
zarurligini, aks holda bu holat makroiqtisodiy barqarorlikka tahdid tug‘dirishini
ta’kidlaydi.

Shuningdek, Karimov B. (2021) o‘zining “O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat

qarzi: xatarlar va imkoniyatlar” nomli ishida davlat qarzining ijobiy va salbiy jihatlarini
solishtirib tahlil qilgan. Uning fikricha, infratuzilma va ishlab chiqarish sohalariga
yo‘naltirilgan qarz iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi, lekin byudjet defitsitini yopish
uchun olinayotgan qarzlar uzoq muddatda xavf tug‘dirishi mumkin.

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlari va MDH mamlakatlari tajribasi ham diqqatga

sazovor. Masalan, Qozog‘iston Milliy Banki (2023) hisobotida tashqi qarzning
YAIMga nisbatan xavfli chegarasi 50–60% atrofida ekanligi ko‘rsatilgan. Bu mezon
O‘zbekiston uchun ham o‘rganishga arziydigan tajriba hisoblanadi, chunki iqtisodiy
strukturaviy o‘xshashliklar mavjud.
Milliy qarzni boshqarish bo‘yicha O‘zbekistonda so‘nggi yillarda normativ-huquqiy
baza mustahkamlandi. 2021 yilda qabul qilingan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun
davlat qarzini jalb qilish, boshqarish va qaytarishning aniq qoidalarini belgilab berdi.
Bu qonun davlat qarzidan foydalanishda shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashga
xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177-sonli Qarori

(2021 yil 26 iyun) bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarda davlat qarzini boshqarish
strategiyasi” ham bu borada muhim hujjatlardan biridir. Strategiyada qarzning
YAIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi, qarz resurslarining faqat iqtisodiy
samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarga yo‘naltirilishi, valyuta risklarini kamaytirish
va qarz xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish choralari belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (2020 yil, yangi

tahrir) fiskal intizomni kuchaytirish bo‘yicha belgilab bergan mexanizmlari davlat


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

52

moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu ham milliy qarzga bo‘lgan
ehtiyojni kamaytirishning muhim yo‘nalishidir.

Davlat qarzi va iqtisodiy barqarorlik masalasida xalqaro tashkilotlar bilan

hamkorlik ham alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston har yili IMF va Jahon Banki bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazib, tashqi qarzga oid xavf indikatorlari bo‘yicha monitoring
olib bormoqda. 2023–2024 yillarda bu tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyoti
uchun berilgan tavsiyalarda qarz yukini nazorat qilish va moliyaviy barqarorlikni
ta’minlashning dolzarbligi alohida qayd etilgan.

Umuman olganda, milliy va xalqaro adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat

qarzining iqtisodiy o‘sishga ta’siri biryoqlama emas. Qarzning qanday maqsadlarda va
qanday boshqarilayotgani muhim. O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hali
davom etmoqda va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish uchun chuqur tahlil va
monitoring zarur.

TADQIQOT METADALOGIYASI
Mavzuni ilmiy o‘rganish, statik tahlillar, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish

jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda global iqtisodiyotda davlat qarzi masalasi tobora ko‘proq

e’tiborni tortmoqda. Davlatlar iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani
rivojlantirish va ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish uchun qarz olishga majbur
bo‘lmoqda. Shu sababli, zamonaviy moliyaviy tizimda davlat qarzining mavjudligi
rivojlanishning tabiiy bosqichi sifatida qabul qilinmoqda. Biroq bu vositaning natijasi
– uni qanday boshqarish va qayerga yo‘naltirishga bog‘liq. Qarzdorlik iqtisodiy
o‘sishni jadallashtirishi ham, moliyaviy barqarorlikka tahdid tug‘dirishi ham mumkin.

O‘zbekistonning hozirgi holati ham aynan shu jarayonning amaliy misolidir.

So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonning milliy qarzi sezilarli darajada oshdi. 2020
yilda mamlakatning tashqi qarzi 21,1 milliard AQSh dollari bo‘lsa, 2024 yil yakunida
bu ko‘rsatkich 34 milliard dollarga yetdi. Ichki qarz miqdori esa 3,9 milliard dollardan
7 milliard dollarga ko‘tarildi. Natijada umumiy qarzdorlik mamlakat YAIMining 42–
45 foizini tashkil etmoqda. Bu raqam xalqaro moliya institutlari tomonidan barqaror
deb hisoblangan chegaradan past bo‘lsa-da, ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Davlat qarzining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholashda xalqaro tajriba muhim

ahamiyatga ega. Masalan, AQSh bugungi kunda dunyoning eng yirik qarzdor davlati
sanaladi. 2024 yil yakunida AQShning davlat qarzi 34,9 trillion dollarni tashkil etdi,
bu mamlakat YAIMining 126 foiziga teng. Shunga qaramay, AQSh jahon moliyaviy
tizimida dollarning zaxira valyutasi maqomiga ega bo‘lgani uchun yuqori qarzdorlik
ham iqtisodiy xavf tug‘dirmaydi. Yillik foiz to‘lovlari 1,2 trillion dollarga yetgan


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

53

bo‘lsa-da, iqtisodiyotning likvidligi va moliyaviy ishonch tufayli bu bosim nazorat
ostida.

Yevropa iqtisodiyotining yetakchisi bo‘lgan Germaniya esa qarzga ehtiyotkorlik

bilan yondashadi. 2024 yilda Germaniyaning davlat qarzi 2,86 trillion dollarni tashkil
etib, YAIMga nisbatan 64 foizni tashkil etdi. Germaniya qarz mablag‘larini, asosan,
infratuzilma, yashil energetika va raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirmoqda. Bu orqali
iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlab, moliyaviy intizomni saqlab kelmoqda.

Xitoy misolida esa qarzdorlikning boshqa modeli kuzatiladi. 2024 yilda

Xitoyning umumiy davlat qarzi 14,3 trillion dollarga yetdi

2

, bu YAIMning 78 foizini

tashkil qiladi. Ammo Xitoyning o‘ziga xos jihati shundaki, u asosan ichki moliyaviy
resurslar orqali qarz oladi va bu resurslar davlat banklari orqali nazorat qilinadi.
Natijada Xitoy tashqi bosimlardan qisman himoyalangan, lekin ichki qarzdorlik va
moliyaviy risklar yuqori.

O‘zbekistonning iqtisodiy modeli esa hozircha o‘tish davrining xususiyatlariga

ega. Mamlakat infratuzilma va sanoatni rivojlantirish uchun tashqi va ichki qarzdan
foydalanmoqda. 2024 yilda O‘zbekistonning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish
xarajatlari eksport tushumining 15 foizini tashkil etdi. Bu nisbatan xavfsiz ko‘rsatkich
bo‘lsa-da, Jahon Bankining 20 foizlik kritik chizig‘iga yaqinlashmoqda. Shu bois,
mamlakat iqtisodiyotining eksportga bog‘liq jihatlari tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda

3

.

Quyidagi jadval xalqaro va milliy ko‘rsatkichlarning solishtirilgan shaklini aks

ettiradi

4

Davlat

Qarz/YAIM

(%)

Qarz hajmi (mlrd

$)

Izoh

AQSh

126%

34 900

Jahon zaxira valyutasiga
tayanadi

Germaniya 64%

2 860

Moliyaviy intizom yuqori

Xitoy

78%

14 300

Asosan ichki qarz

O‘zbekiston 42–45%

41 (tashqi+ichki
qarz)

Eksport va valuta risklari
mavjud

2

OECD. (2024). "Sovereign Borrowing Outlook". Paris.

3

Abdullayev M. (2023). "Moliyaviy barqarorlik va davlat qarzi: O‘zbekiston tajribasi". Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

4

Reinhart, C. M., & Rogoff, K. S. (2009). "This Time Is Different: Eight Centuries of Financial Folly". Princeton

University Press.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

54

Shu tahlildan ko‘rinib turibdiki,

qarzdorlikning o‘zi rivojlanishning belgisi

emas, lekin bu taraqqiyot yo‘lidagi vosita

. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qarzdan

to‘g‘ri foydalanilsa, bu moliyaviy o‘sishning asosiy omiliga aylanishi mumkin.
Masalan, AQSh va Xitoyda iqtisodiyot hajmi oshib borayotgani sababli ular katta
qarzlarni osonlik bilan qoplaydi. Germaniya esa moliyaviy intizom va eksport
salohiyati orqali bu balansni saqlab turibdi.
O‘zbekiston uchun esa bu yo‘lning ikki tomonlama natijasi bo‘lishi mumkin:

Agar qarz mablag‘lari infratuzilma, sanoat va eksportni oshirishga yo‘naltirilsa,
bu iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi.

Agar qarz faqat byudjet defitsitini yopish yoki samarasiz loyihalarga
yo‘naltirilsa, bu iqtisodiy barqarorlikka tahdid tug‘dirishi mumkin.

Shu ma’noda, O‘zbekistonning milliy qarzidan foydalanish strategiyasi ayni damda

rivojlanishning turtkisi bo‘lib xizmat qilmoqda, lekin bu vositaning natijasi iqtisodiy
boshqaruv sifatiga bog‘liq. Mamlakatda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan

“Davlat

qarzini boshqarish strategiyasi”

va

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun

qabul

qilingan. Shuningdek, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Jahon Banki bilan
hamkorlikda davlat moliyasining barqarorligi doimiy monitoring qilinmoqda. Bu
huquqiy va institutsional choralar milliy iqtisodiyot uchun muhim tayanch vazifasini
bajaradi.
Natijada, O‘zbekiston uchun qarz vositasi hozircha rivojlanishning zaruriy bosqichi
sifatida baholanmoqda. Biroq bu vositani qanday boshqarish va qanday samaradorlik
bilan foydalanish masalasi kelajakda iqtisodiy barqarorlikning asosiy omili bo‘lib
qoladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bugungi kunda davlat qarzi masalasi nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki

global miqyosdagi yetakchi iqtisodiyotlar uchun ham strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy qarz zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas vositasiga aylangan. Uning mavjudligi
iqtisodiy rivojlanish uchun muhim moliyaviy manba sifatida qaralmoqda. Biroq bu
vositaning ijobiy yoki salbiy oqibati – qarzni qanday boshqarish va uni qaysi
yo‘nalishlarga yo‘naltirishga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasining milliy qarzi so‘nggi besh yilda sezilarli darajada

oshdi. 2024 yil yakunida mamlakatning tashqi qarzi 34 milliard AQSh dollariga, ichki
qarzi esa 7 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich umumiy YAIMning 42–45 foiziga
teng bo‘lib, xalqaro mezonlarga ko‘ra hozircha xavfsiz diapazonda. Biroq qarzga
xizmat ko‘rsatish xarajatlarining eksport tushumiga nisbati 15 foizga yetgani
ehtiyotkorlikni talab etmoqda. Jahon Bankining tavsiyalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 20


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

55

foizdan oshmasligi kerak. Bu esa O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatida tashqi qarzga
bog‘lanish xavfini yuzaga chiqaradi.

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat qarzining o‘zi rivojlanganlik

belgisi emas. AQSh, Germaniya, Xitoy kabi yetakchi iqtisodiyotlar ham katta
qarzdorlikka ega bo‘lsa-da, ular bu vositani iqtisodiy o‘sish va modernizatsiya uchun
samarali yo‘naltirmoqda. AQSh 34,9 trillion dollarlik qarzga ega bo‘lsa-da, dollar
zaxira valyutasi maqomida bo‘lgani sababli moliyaviy barqarorlikni saqlab turibdi.
Germaniya 64 foizlik qarz/YAIM nisbati bilan moliyaviy intizom va eksport
salohiyatini birlashtirib, iqtisodiyotini barqaror rivojlantirmoqda. Xitoyda esa qarzning
katta qismi ichki resurslar orqali moliyalashtiriladi va davlat banklari tomonidan
nazorat qilinadi.

O‘zbekiston uchun esa milliy qarz vositasi hozircha iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-

quvvatlashning zaruriy bosqichi sifatida qaralmoqda. Lekin mavjud moliyaviy siyosat
sharoitida qarz yukining oshishi uzoq muddatda iqtisodiy barqarorlikka ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Xususan, valyuta risklari, tashqi moliyaviy bozorlardagi foiz
stavkalarining oshishi va ichki moliya bozorining yetarlicha rivojlanmagani bu xavfni
kuchaytiradi.

Bu vaziyatdan kelib chiqib, milliy qarzni boshqarish bo‘yicha quyidagi takliflar

ilgari suriladi:

Birinchidan, qarz jalb qilish va undan foydalanish jarayonida

shaffoflikni

oshirish zarur

. Har bir qarz bitimi bo‘yicha maqsad, yo‘naltiriladigan soha va

iqtisodiy samaradorlik aniq ko‘rsatilishi lozim. Bu orqali davlat qarzi ustidan
jamoatchilik nazorati kuchayadi va samarasiz loyihalarga mablag‘ yo‘naltirishning
oldi olinadi.

Ikkinchidan, qarz mablag‘lari

daromad keltiruvchi va eksportga

yo‘naltirilgan loyihalarga sarflanishi

kerak. Faqat ichki iste’molga xizmat qiladigan

yoki iqtisodiy qaytimi past bo‘lgan loyihalarga mablag‘ ajratish kelajakda byudjetga
bosimni kuchaytirishi mumkin.
Uchinchidan, O‘zbekiston ichki moliya bozorini rivojlantirish orqali tashqi qarzga
qaramlikni kamaytirishi lozim. Mahalliy obligatsiyalar bozorini kengaytirish, bank-
moliya tizimini diversifikatsiya qilish va xususiy investitsiyalar ulushini oshirish bu
borada asosiy vosita bo‘la oladi.

To‘rtinchidan,

valyuta

risklarini

minimallashtirish

maqsadida,

qarz

mablag‘larini milliy valyutada yoki foiz stavkasi barqaror bo‘lgan moliyaviy
instrumentlar orqali jalb qilish yo‘nalishida ish olib borish zarur. Shuningdek, valuta
zaxiralarini muntazam oshirib borish tashqi ta’sirlarga chidamlilikni kuchaytiradi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

56

Beshinchidan, davlat qarzining yuqori chegarasi qonuniy jihatdan belgilab

qo‘yilishi kerak. Masalan, qarzning YAIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi qat’iy
belgilanishi va bu ko‘rsatkich doimiy monitoring qilinishi lozim.
Oltinchidan, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni davom ettirish va xalqaro
tajribani o‘rganish muhim. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Jahon Banki va Osiyo
Taraqqiyot Banki bilan maslahatlashuvlar orqali moliyaviy barqarorlikka erishish
yo‘llari ishlab chiqilishi kerak.

Yettinchidan, iqtisodiy diversifikatsiya va eksport salohiyatini kengaytirish

O‘zbekistonning qarzdan kelib chiqadigan risklarini kamaytiradi. Faqat xomashyo
eksportiga tayanib qolmasdan, yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport
qilish zarur.

Yakunda aytish mumkinki, O‘zbekiston uchun milliy qarzdan foydalanish

imkoniyati mavjud, ammo bu vositani puxta boshqarish – iqtisodiy barqarorlikning
asosiy garovidir. To‘g‘ri siyosat va samarali boshqaruv orqali qarz rivojlanishning
turtkisi bo‘lishi mumkin, aks holda bu holat kelajakda moliyaviy tahdidga aylanishi
ehtimoldan xoli emas.

Takliflar
1. Qarz boshqaruvining shaffofligini kuchaytirish

Har bir jalb qilingan qarzning maqsadi, ishlatilish yo‘nalishi va kutilayotgan
iqtisodiy effekti bo‘yicha jamoatchilikka aniq va shaffof ma’lumotlar taqdim
etilishi lozim.

Qarz jalb qilish jarayonida shaffoflikni oshirish korruptsiya xavfini kamaytiradi
va ishonchni mustahkamlaydi.

2. Qarzni ishlab chiqarish va eksportga bog‘lash

Tashqi va ichki qarz mablag‘larini faqat daromad keltiradigan va iqtisodiyotga
qo‘shimcha qiymat yaratuvchi loyihalarga yo‘naltirish zarur.

Eksport salohiyatini oshirish orqali qarzga xizmat ko‘rsatish bosimini
kamaytirish mumkin.

3. Ichki moliyaviy bozorni rivojlantirish

Davlat obligatsiyalari va mahalliy moliya instrumentlari bozorini kengaytirish
ichki qarz olish imkoniyatlarini oshiradi va tashqi qarzga qaramlikni
kamaytiradi.

Bank-moliya tizimini diversifikatsiya qilish ham muhim ahamiyatga ega.

4. Valyuta risklarini minimallashtirish

Tashqi qarzni asosan milliy valyutada yoki foiz stavkasi barqaror bo‘lgan
shartlar asosida olish mexanizmlarini kengaytirish kerak.

Valyuta zaxiralarini doimiy ravishda mustahkamlash zarur.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

57

5. Qarz chegaralarini aniq belgilash va nazorat qilish

Davlat qarzining YAIMga nisbatan yuqori chegarasini qat’iy belgilash
(masalan, 60% dan oshmasligi) va bu ko‘rsatkichni qonuniy darajada nazorat
qilish lozim.

“Qarzning foydalilik koeffitsienti” (qarz evaziga o‘sayotgan YAIM ulushi)
muntazam baholanib borilishi kerak.

6. Xalqaro hamkorlik va maslahatlashuvlar

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF), Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki kabi
moliya institutlari bilan hamkorlikni davom ettirish va global moliyaviy risklarni
monitoring qilishni kuchaytirish muhim.

7. Iqtisodiy diversifikatsiyani tezlashtirish

Faqat xomashyo eksportiga tayanib qolmaslik, yuqori qiymatli mahsulotlar
ishlab chiqarish va eksportini rivojlantirish zarur.

Innovatsion va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarini kengaytirish qarzdan
keladigan risklarni kamaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori PQ-5177-son, 2021 yil 26 iyun.
"2022-2026 yillarda davlat qarzini boshqarish strategiyasi to‘g‘risida".

2.

"Davlat qarzi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2021 yil.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Yangi tahrir, 2020 yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. "Davlat qarzi bo‘yicha yillik
hisobot", 2024 yil.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. "Davlat
investitsiyalari va qarz siyosati" bo‘yicha statistik ma'lumotlar.

6.

Abdullayev M. (2023). "Moliyaviy barqarorlik va davlat qarzi: O‘zbekiston
tajribasi". Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

7.

Karimova D. (2022). "Davlat qarzi va fiskal siyosatning zamonaviy
tendensiyalari". O‘zbekiston iqtisodiy sharhi.

8.

Toshmatov S. (2021). "Davlat qarzining boshqaruvi va iqtisodiy xavfsizlik".
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, № 6.

9.

International Monetary Fund (IMF). (2024). "Fiscal Monitor: Public Debt and
Financial Stability". Washington, D.C.

10.

World Bank. (2024). "Global Economic Prospects: Debt Challenges in
Emerging Economies". Washington, D.C.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

58

11.

Reinhart, C. M., & Rogoff, K. S. (2009). "This Time Is Different: Eight
Centuries of Financial Folly". Princeton University Press.

12.

OECD. (2024). "Sovereign Borrowing Outlook". Paris.

13.

European Central Bank. (2023). "Public Debt Sustainability and Economic
Growth". ECB Occasional Paper Series.

14.

Krugman, P. (2024). "Debt, Growth and Economic Stability". The New York
Times.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori PQ-5177-son, 2021 yil 26 iyun. "2022-2026 yillarda davlat qarzini boshqarish strategiyasi to‘g‘risida".

"Davlat qarzi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2021 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Yangi tahrir, 2020 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. "Davlat qarzi bo‘yicha yillik hisobot", 2024 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. "Davlat investitsiyalari va qarz siyosati" bo‘yicha statistik ma'lumotlar.

Abdullayev M. (2023). "Moliyaviy barqarorlik va davlat qarzi: O‘zbekiston tajribasi". Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

Karimova D. (2022). "Davlat qarzi va fiskal siyosatning zamonaviy tendensiyalari". O‘zbekiston iqtisodiy sharhi.

Toshmatov S. (2021). "Davlat qarzining boshqaruvi va iqtisodiy xavfsizlik". Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, № 6.

International Monetary Fund (IMF). (2024). "Fiscal Monitor: Public Debt and Financial Stability". Washington, D.C.

World Bank. (2024). "Global Economic Prospects: Debt Challenges in Emerging Economies". Washington, D.C.

Reinhart, C. M., & Rogoff, K. S. (2009). "This Time Is Different: Eight Centuries of Financial Folly". Princeton University Press.

OECD. (2024). "Sovereign Borrowing Outlook". Paris.

European Central Bank. (2023). "Public Debt Sustainability and Economic Growth". ECB Occasional Paper Series.

Krugman, P. (2024). "Debt, Growth and Economic Stability". The New York Times.