Authors

  • Qarshiyev Baxtiyor Eshqobilovich
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
  • Abdullayev Kamoliddin Yusupovich
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
  • Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
  • Tursunov Ne’mat Normeyliyevich
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.130322

Keywords:

Пахта tozalash samaradorligi uskuna navlar

Abstract

Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan biridir. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyasi paxtaning naviga, yani tozalanish darajasiga qarab qo‘llaniladi, tozalanish darajasi paxta navining ilashuvchanlik koeffitsentiga bog‘liqdir.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

59

PAXTA TOZALASH SANOATIDA QO‘LLANADIGAN TOZALAGICHLAR

VA ILMIY MANBA’LARNI TAHLILI.

t.f.f.d., dots. Qarshiyev Baxtiyor Eshqobilovich.

t.f.f.d..Abdullayev Kamoliddin Yusupovich

t.f.f.d. Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li

tadqiqotchi: Tursunov Ne’mat Normeyliyevich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti


Annotatsiya.

Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi

asosiy jarayonlardan biridir. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyasi paxtaning
naviga, yani tozalanish darajasiga qarab qo‘llaniladi, tozalanish darajasi paxta navining
ilashuvchanlik koeffitsentiga bog‘liqdir.

Kalit so‘zlar:

Пахта tozalash, samaradorligi,uskuna, navlar

Paxtani tozalash texnologik jarayoni tola sifatini belgilovchi asosiy jarayonlardan
biridir. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyasi paxtaning naviga, yani tozalanish
darajasiga qarab qo‘llaniladi, tozalanish darajasi paxta navining ilashuvchanlik
koeffitsentiga bog‘liqdir. Paxtani har xil iflosliklardan tozalash uchun kerakli
uskunalar turlarini tanlashda ularning fizik-mexanikaviy xususiyatlarini (o‘lchamlari,
kelib chiqishi, paxtaga ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Paxtani iflosliklardan tozalash mashinalari asosan qoziqchali barabanlar seksiyasi va
arrachali barabanlar seksiyasidan iborat bo‘ladi. Mayda iflosliklardan qoziqchali
barabanlar seksiyasida, yirik iflosliklardan esa arrachali barabanli seksiyada
tozalanadi.
Paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (paxtadan
iflosliklardan, ulyuk va puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi.
Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma
massasining paxtada bo‘lgan barcha aralashma massasiga nisbati bilan foiz hisobida
aniqlanadi:
Uskunalarning tozalash samaradorligiga ularning ish unumdorligi, paxtaning namligi
va iflosligi katta ta’sir qiladi. Uskunalarning ish unumdorligi ularning eng yuqori
tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Paxtaning namligi normal darajagacha
kamaytirilganda tozalash samaradorligi ko‘payib, iflos aralashmalarning paxtadan
ajralishi osonlashadi va ko‘payadi. Namligi normal darajadan yuqori bo‘lgan paxtani
tozalaganda uskunalarning tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari, shu
paxtaning tolasida qo‘shimcha nuqsonlar ham ko‘payadi. Uskunalarning tozalash


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

60

samaradorligi paxtaning iflos qo‘shilmalarining miqdoriga qarab o‘zgaradi: iflos
qo‘shilmalar qancha ko‘p bo‘lsa, tozalash vaqtida shuncha ko‘p iflosliklar ajratiladi.
Ma’lumki, paxta xomashyosini tozalashda qabul qilinadigan reglamentlangan rejasini
ishlab chiqishda turli omillar, ammo birinchi navbatda, qayta ishlanadigan materialni
birlamchi iflosligi, seleksion va ishlab chiqarish navlari hisobga olinadi.
Paxta tozalash korxonalarida qo‘llaniladigan tozalagichlarni mayda va yirik organik
iflosliklardan tozalovchi turlariga bo‘linadi. Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan
tozalash asosan barabanli va qisman shnekli tozalagichlarda bajariladi. Paxtani mayda
iflosliklardan tozalash muhim jarayon hisoblanib, u keyingi bosqichda paxtani qayta
ishlash, ya’ni jinlash va tolani tozalash jarayonlariga katta ta’sir etadi. Agar paxtadagi
mayda iflosliklar yetarli darajada tozalanmasa, u passiv ifloslikdan aktiv ifloslikka
o‘tadi va keyingi jarayonlarda, ya’ni jinlash va tola tozalashda ajratilishi qiyinlashadi,
tiqilishlar sodir bo‘ladi, tola va chigit shikastlanadi.
Paxtadan mayda iflosliklarni ajratuvchi barcha tozalagichlar bir xil tamoyilda ishlaydi,
ya’ni paxta xomashyosi qoziqli barabanlarda titkilanib, to‘rli yuzali sirtlar orqali
harakatlantiriladi. Bu jarayon bir necha marotaba takrorlanadi va paxta xomashyosi
mayda iflosliklardan tozalanadi. Tozalanish samaradorligi qoziqli barabanlar aylanish
soniga, to‘rli yuzasiga, texnologik tirqishlarga, paxta xomashyosining boshlang‘ich
ko‘rsatkichlari va boshqalarga bog‘liq. Tituvchi qoziqli barabanlarning aylanishlari
soni paxta xomashyosi chigitini mexanik shikastlanishi ortishi, to‘rli yuzasining
maydoni esa, paxta xomashyosining iflos aralashmalar tarkibiga o‘tishi bilan
chegaralangan.
Hozirgi paytda paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalovchi tozalagichlarni
ishlab chiqarishni muqobillash uchun tarkibida bir juft qoziqli-parrakli baraban bo‘lgan
EH.178 rusumli bo‘linma ishlatiladi
(1-rasm). Bu bo‘linmalardan to‘rttasi yig‘ilib, 1XK rusumidagi (2-rasm) sakkiz
barabanli tozalagich ishlab chiqariladi. EH.178 bo‘linmalarning qulayligi - ulardan
foydalanib hohlagan sonli qoziqli-parrakli barabanga ega mayda iflosliklardan
tozalovchi tozalagich hosil qilinishi mumkin. Bu bo‘linmalardan UXK agregatida ham
foydalanilgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

61

1-rasm. EH.178 rusumli tozalagich bo‘linmasi sxemasi

1-rama, 2- qoziqli-parrakli baraban, 3- to‘rli yuza.

2-rasm. 1XK rusumli paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning

texnologik sxemasi

1-boshlang‘ich me’yorlashtirilgan qoziqli bo‘lim EH. 178.01 (ta’minlovchi

g‘o‘lachalar bilan); 2, 4- ustun, 3- me’yorlashtirilgan

qoziqli-parrakli bo‘lim EH. 178.02, 5- bunker

Uzoq yillardan buyon paxta xomashyosini mayda ifloslikdan tozalovchi

tozalagichlarida ishlatilinib kelinayotgan qoziqli-parrakli barabanlar (3-rasm) val 1,
disk 2 va qoplama 3 dan tashkil topgan. Qoplama 3 qobirg‘asimon bo‘lib, bu
qobirg‘alarga ikki qator, 150 mm. qadamlarda 75 dona qoziqlar payvandlangan.
Barabanda qoplamalar soni to‘rtta, shu hisobdan barabanda jami 300 dona qoziqcha


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

62

bor. Qoplamalar disklarga va bir biriga bolt-gaykalar 5,6 yordamida mahkamlangan.
Ular mahkamlangan joyda baraban perimetri bo‘yicha parraklar hosil bo‘lgan, shu
munosabat bilan bu tozalash barabanlari qoziqli-parrakli baraban deb nomlangan. Bu
barabanlarning asosiy kamchiligi-ularni tayyorlash texnologiyasining murakkabligi va
ekspluatatsiya jarayonida qoziqchalarning qobirg‘alarga payvandlangan joydan ajralib
ketishi oqibatida tez-tez almashtirilishidir.






Производительность пневмотранспортного устройства варьируется в


3-Qoziqli-parrakli baraban

Paxta xomashyosini yirik organik iflosliklar – ko‘sak po‘chog‘i, g‘o‘za cho‘plari va
barglaridan tozalash uchun paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida asosiy ishchi
organi arrachali baraban bo‘lgan tozalagichlardan foydalaniladi. Arrachali tozalagich
asosini arrachali baraban, ildiruvchi cho‘tka, kolosnikli panjara va cho‘tkali ajratuvchi
baraban tashkil etadi.
Ishlab chiqarishda keng qo‘llanilgan arrali tozalagich CHX-3M2 da (4-rasm) paxta
xomashyosi ikkita asosiy arrachali barabanda tozalanadi va bu barabanlardan yirik
iflosliklar bilan tushgan paxta xomashyosi bo‘laklari bitta regeneratsiya barabanida
tozalanib ajratib olinadi va asosiy paxta xomashyosi oqimiga qo‘shiladi. CHX-3M2
tozalagichidagi texnologik jarayonni ko‘rib chiqsak, u qo‘yidagicha amalga oshadi:
paxta xomashyosi ta’minlash valiklari 1 yordamida qoziqchali barabanga 2 uzatiladi
va uning yordamida titkalanib g‘alvir 3 yuzasiga urilib mayda iflosliklardan tozalanadi.
Qoziqchali barabandan uzatilgan paxta xomashyosi arrachali baraban 5 arrachalari
tishiga qo‘zg‘almas cho‘tkalar 4 yordamida ilashtirilib harakat yo‘nalishida
kolosniklarga 6 urilib, tozalanadi. Birinchi arrachali barabanda tozalangan paxta
xomashyosi ajratuvchi cho‘tkali baraban 7 yordamida ajratilib ikkinchi arrachali
barabanga uzatiladi va tozalash jarayoni ikkinchi marta amalga oshiriladi. Tozalangan
paxta xomashyosi cho‘tkali baraban 7 yordamida ajratilib mashinadan chiqariladi va
keyingi jarayonga uzatiladi. Birinchi va ikkinchi arrachali barabanda ajralgan chiqindi


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-7

63

aralash paxta xomashyosi bo‘laklari regeneratsiya qiladigan arrachali barabanga
tushib, tozalanadi.

4-rasm. CHX-3M2 arrachali tozalagich

1- ta’minlovchi valiklar, 2- qoziqchali baraban, 3- g‘alvir,

4- ildiruvchi cho‘tka, 5- arrachali baraban, 6- kolosnikli panjara, 7- cho‘tkali

ajratuvchi baraban

Adabiyotlar

1.

Справочник по первичная обработка хлопка, 2004. Мехнат.Тошкент.

2.

Зикрияев Э. Первичная обработка хлопка, 1999, Тошкент.

3.

Пахтани дастлабки ишлаш бўйича “Ўзпахтасаноат”АЖ,

Тошкент,2019 й

4. Пахтани дастлабки ишлаш бўйича справочник,Тошкент,2008 й

References

Справочник по первичная обработка хлопка, 2004. Мехнат.Тошкент.

Зикрияев Э. Первичная обработка хлопка, 1999, Тошкент.

Пахтани дастлабки ишлаш бўйича “Ўзпахтасаноат”АЖ, Тошкент,2019 й

Пахтани дастлабки ишлаш бўйича справочник,Тошкент,2008 й