ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-7
20
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda
sahnalashtirish o’yinlarining mohiyati
Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-kurs
talabasi
Rahimova Xosiyat Uralovna
Annotatsiya
. Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqini
rivojlantirishda sahnalashtirilgan o’yinlarning o'rni muammosi yechim topgan.
Kalit so‘zlar
: maktabgacha katta yosh, bolalarning nutqini rivojlantirish,
sahnalashtirilgan o’yinlar.
Аннотация. В статье решается проблема роли театрализованных игр в
развитии речи старших дошкольников.
Ключевые слова: дошкольный старший возраст, развитие речи детей,
театрализованные игры.
Annotation. The article found a solution to the problem of the role of
dramatized games in the development of speech of older preschool children.
Key words: speech development of older children after school, dramatized
games.
Badiiy adabiyot vositasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini o‘rganib
chikish nihoyasida biz ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konseptual
psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini aniqladik:
I. Sahnalshtirilgan o’yinlarni tashkil etish bolalarni ma’naviy jihatlarini
idrok qilish quyidagi tamoyil asosida amalga oshiriladi:
a) maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy tushunchalar hosil qilish;
b) asarlarning mazmuni haqida fikr yuritish;
s) asarlardagi hayotiy voqealarni tahlil qilish orqali xulosa chiqarish.
d) qahramonlarni ijro etishda emotsiya hosil qilish.
2. Amalga oshirilgan kuzatish va o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki,
bolalarning ma’naviy shakllantirish, eng avvalo, ularning badiiy adabiyotga
qiziqishlari, ularni amaliy-estetik jihatdan tahlil qila olishlari orqali amalga
oshiriladi hamda mashg‘ulotlar davomida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hissiy holatlardan
foydalanish, ijro etish, obrazni ochib bera oish, intellektual ta’sir o‘tkazish va
bolalarni o’zaro muloqatga kirishshi muhim ahamiyatga ega.
3. Bolalarga turli ertaklar o’qib berish, badiiy asarlarni o‘rgatish jarayonini
ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
4. Bolalarni biron-bir ertakni sahnalashtirish jarayonining muvaffaqiyatini
ta’minlashda guruhda ijodiy muhit, do‘stona munosabat o‘rnata olish lozim.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-7
21
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ayon bo‘ladiki, bolalarni biron-bir ertakni
sahnalashtirish jarayonida ertakni yaxshilab o’rganib chiqish, voqealar ketma-
ketligini ta’minlash, turli hil ertak kitoblar bilaan tanishib borish badiiy adabiyot
vositasida bolalarni nutqini o‘stirish dolzarb pedagogik muammo sifatida o‘z
yechimini kutmoqda.
Insonning ichki dunyosi, ma’naviy qiyofasi, hulq-atvori, muomalasi, odob-
ahloqi, madaniyati uning tili orqali namoyon bo‘ladi. Chunki xar qanday kishining
madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, faxm-farosati, fikrlash doirasining kengligi
yoki torligi, katta xayotga tayyor yoki tayyor emasligiuning nutqida o‘z aksini
topadi. Kimning tili boy bo‘lsa, kim so‘zlarni adabiy til asosida to‘g‘ri, aniq, ravon,
ifodali va tushinarli talaffuz qilsa, o‘z ona tiliga chuqur hurmat va extirom bilan
qarasa, u bilimli sanalib, kishilar orasida obro‘-e’tibor qozonadi.
Kishi dunyoga mukammal inson bo‘lib kelmaydi. U tug‘iliboq ertak yoki
dostonlardagi qaxramonlardek aqilli, dono, bilimdon bo‘lib qolmaydi. Inson tevarak
atrofdagi narsa va xodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go‘zal qo‘ynida,
qurshovida, ular bilan muloqatda bo‘ladi, o‘sib ulg‘ayadi va kamol topadi.
Yaxshilardan ibrat oladi, yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik,
ezgulik sari intiladi. Budan ko’rinib turibdiki bolalarga go‘dakligidanoq o‘zbek xalq
ertaklarini bola ongiga singdirib borish bolani yolg‘onchilik-rostgo‘ylik yaxshiik va
yomonlik, o’g‘rilik va to‘g‘rilik kabi sifatlarni singdirib borishga intiladi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko‘ngil ochishni, ermakni xoxlaydilar. Chunki
bu narsalar ular hayoti davomida tabiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha
kichik yoshdagi bolalar xamma narsani o‘yin va so‘zlar orqali o‘zlashtiradilar.
Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o‘z ona tillarining har tomonini
ya’ni nozik taraflarini ham o‘rgatib boradi. Chunki so‘z
orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili
ravon, aniq so‘zlashga moslashib boardi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so‘z,
ibora va gaplarni qiziqib o‘rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi
bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg‘ulotlar
ularning hayotiga yo‘l ochib beradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so‘zlarni
o‘rgatayotganida o‘yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi. O‘yin
orqali bola o‘zining lug‘at boyligini kengaytirib to‘playdi. Lekin kichik yoshdagi
hamma bolalar ham o‘rganayotgan so‘zlarning ma’nosini to‘g‘ri
tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga
kiradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon,
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-7
22
silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash juda yaxshi
natija beradi. Bunda o‘qitilayotgan ertakdagi ayrim so‘z va iboralar bilan ishlash, bir
tomondan, ertakning mazmunini oson hamda to‘liq o‘zlashtirishga yordam bersa,
ikkinchi tomondan bolalar lug‘atini boyitish, undagi hodisalarni anglash
ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, so‘z va gaplarni o‘zida o‘zlashtirishga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T: O‘qituvchi 1993
2. Xasanboyeva O.U. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi T:ILm ziyo 2006
3. ST Xabilova, M Nazarova “MENTAL EDUCATION OF PRESCHOOL
CHILDREN” Innovative research in modern education 97-99 2023.5.17
http://aidlix.com/index.php/ca/article/view/651
4. S Xabilova “EDUCATION OF FUTURE PRESCHOOL TEACHERS IN A
MODERN SPIRIT” International Bulletin of Medical Sciences and Clinical
Research
3(4) 132-135 2023.4.26
http://www.researchcitations.com/index.php/ibmscr/article/view/1234
5.Xabilova, S. (2023). THE PECULIARITY OF FORMING THE
PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL
COMPETENCE
OF
EDUCATORS.
Educational Research in Universal Sciences, 2(6), 202–204. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/3373
6.X Nuritdinova
maktabgacha tayyorlov yoshdagi bolalarni maktab
ta’limiga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari
” евразийский журнал
академических
исследований
2022/3/17
academy.uz/index.php/ejar/article/view/1492
7.x nuritdinova
shakllantirishning amaliy vazifalari
” zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya:
nazariy va amaliy izlanishlar 2022/12/15
https://zenodo.org/record/7445514
8. Development of creativity of students of higher educational
institutionspedagogical justification M Kuvvatova, F Kholmuminova International
Conference On Higher Education Teaching 1 (3), 110-11
9. to develop the creativity of students of higher education importance qm
hikmatullayevna ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali 2 (12), 262-264
10. requirements for the development of students'creative abilities based on a
competence-based APPROACH M Quvvatova, R Abdusalomova Наука и инновация
1 (9), 137-139
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-7
23
11.Choriyeva .S.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini
ekologik jihatdan tarbiyalash asosiy masala sifatida, Tadqiqotlar jahon ilmiy –metodik
jurnali. 12-son_1-to’plam_Aprel -23, 39-43 betlar
12.Choriyeva .S.Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini
oshirishning ahamiyati. Tadqiqotlar jahon ilmiy –metodik jurnali.12-son_1-
to’plam_Aprel -23. 50-54 betlar
13.Choriyeva.S.Talabalarni ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga
tayyorlash tizimini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari. Kasb-
hunar ta’limi Профессиональное образование Professonal education Ilmiy-uslubiy,
amaliy, ma’rifiy jurnal 2023-yil, 3-son.
