INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
278
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
QIRG‘IZISTON MILLIY TARIX KONSEPSIYASI VA UNING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI
Axmedov Jalol Tursunmuratovich,
Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistent
Narzullayev Dilshod Yusuf o’g’li
104-24TVM guruhi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida bugungi qirg‘izlar
yashaydigan hudud o‘ziga xos o‘rin egallashi xususida so‘z boradi. Markaziy Osiyo
mintaqasining ajralmas qismi Qirg‘iziston hududiga to‘g‘ri keladi. SHu nuqtai
nazardan Qirg‘iziston milliy tarix konsepsiyasi va uning o‘ziga xos jihatlarini
o‘rganish muhim jarayonlardan biridir.
Kalit so‘zlar:
millat, elat, etnos, urug‘, Markaziy Osiyo, Dashti Qichoq, Manas, Xan-
shu, SHi-ji, gyangun, Oltoy.
Qirg‘iziston o‘z mustaqilligiga erishgach, boshqa qo‘shni respublikalarida bo‘lgani
kabi bu erda ham milliy tarix va mintaqa xalqlari tarixi bo‘yicha turlicha yondashuvlar
yuzaga kela boshladi. Bundan ko‘zlangan maqsad qirg‘iz xalqi tarixini yangidan
yaratish hamda mintaqa tarixiga nisbatan qirg‘izistonlik tarixchilarning munosabati
bo‘ldi. CHunki sovet davrida yozilgan va maktab darsligi sifatida o‘qitilib kelingan
tarix darsliklarida va ilmiy nashrlarda O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari tarixi qanday
yoritilgan bo‘lsa, shunga o‘xshash holat qirg‘iz xalqi tarixi uchun ham xos bo‘lib,
o‘tgan etmish yillik davr ichida biryoqlamali yondashuv ustuvorlik qilib kelgan edi
[1.1]. Buni yaxshi anglagan qirg‘iz ziyolilari, ayniqsa, qirg‘izistonlik tarixchilar
jamoasi o‘z xalqining haqqoniy tarixini yozishga dolzarb masala sifatida qaradilar.
Qirg‘iziston xalqining milliy birligini saqlash va milliy davlatchilikni rivojlantirish
uchun 1990-yillargacha yozib kelingan va xalqning ongiga singdirilgan sovetcha
yondashuvni yo‘qotish va uning o‘rniga haqqoniy tarixni taqdim qilish uchun ham
qirg‘iz jamoatchiligi, ham hukumat bu masalaga jiddiy ravishda e’tibor qarata
boshladilar. Buni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti A. Akaev “Kirgizskaya
gosudarstvennost
i narodnыy epos “Manas” (Bishkek, 2003)” nomli kitobida ko‘tarib chiqilgan
masalalar orqali ham kuzatish mumkin [1.2]. A. Akaev qirg‘izistonlik etakchi
tarixchilar bilan maslahatlashgan holda qirg‘iz davlatchiligi 2300 yil ilgari tashkil
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
279
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
topgan degan g‘oyani ilgari surdi. Bunda miloddan oldingi so‘nggi mingyillikning
oxirgi choragiga tegishli “Xan-shu” (Xan sulolasi tarixi), “SHi-ji” (Tarixiy xotiralar)
nomli qadimgi xitoy manbalarida “gyan-gun” ko‘rinishida tilga olingan ko‘chmanchi
elat nomining aslida “qirg‘ir” (qirg‘iz) bo‘lgani to‘g‘risida jahon tarixshunosligida
keng taqalgan qarash turtki bo‘ldi [1.3]. Qirg‘izistonlik olimlar qadimgi qirg‘iz xalqi
ajdodlarining Janubiy Sibirda, aniqrog‘i, Enisey daryosi bo‘ylarida yashaganliklari,
qadimgi “gyangun” elati yashagan hudud ham aynan shu hududlarga to‘g‘ri kelishi
kabi dalillarga tayandilar.
Bir qaraganda qirg‘izistonlik tarixchilarning bu qarashi to‘g‘ridek ko‘rinadi. Biroq
ushbu dalilning talqini va aholi etqazilishi masalasida qirg‘iz olimlarining yondashuvi
bilan to‘laqonli kelishib bo‘lmaydi. Buni ushbu masalada o‘zbekistonlik bir qator
tarixchilar tomonidan bildirilgan munosabatlar ham ko‘rsatib turibdi. Jumladan,
E.Rtveladze,
A. Sagdullaev, SH. Kamoliddin kabi o‘zbekistonlik etakchi tarixchilar bu masalada
faqatgina xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga tayanish o‘zini to‘laqonli
oqlamasligini, xitoy manbalaridagi ma’lumotlar unchalik aniq emasligini, shuning
uchun agar boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan tasdiqlanmasa, ularning quruq
o‘ziga asoslanib bo‘lmasligiga urg‘u berishdi.
Biroq, ushbu tadqiqotchilarning bu kabi qarashlariga ham to‘laqonli qo‘shilib
bo‘lmaydi. Birinchidan, yuqorida keltirib o‘tilgan qadimgi xitoy manbalaridagi
ma’lumotlar anchagina ishonchli bo‘lib, “Xan-shu”, “SHi-ji” kabi asarlar xitoy
imperatorlari saroylarida xizmat qilgan ko‘plab tarixchilar jamoasi tomonidan
to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lgan va ular takror-takror ko‘zdan kechirilgan
va tahlil qilingandan keyin kitob holiga keltirilgan. Xitoy imperatorlari saroyida
mavjud an’analarga ko‘ra, birorta elchi yoki sayyoh tomonidan berilgan xabarlar
asosida saroyda har yili tarixiy ma’lumotlar to‘planib borgan va ularning aniqligi
masalasiga ham katta e’tibor qaratilgan.
Qolaversa, qadimgi xitoy manbalaridagi “gyangun”lar bo‘yicha berilgan
ma’lumotlarning aniq-tiniq berilgani, turli afsonaviy syujetlardan holi ekani ko‘zga
tashlanadi. Ushbu atamani “qirg‘ir” ko‘rinishida tiklash va uni “qirg‘iz” etnonimining
eng qadimgi ko‘rinishi deb qaraladiki, “gyangun” atamasining so‘nggi tovushi -n
xitoy bo‘lmagan qo‘shni xalqlardagi so‘z so‘nggidagi -r ni ifodalagani, shuningdek,
oltoy tillari oilasida, ayniqsa, turkiy tillardagi so‘z o‘rtasi va so‘z oxiridagi -r
undoshining keyinchalik -z ga aylanganidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, gyangun –
qirg‘ir – qirg‘iz birligi anchagina oydinlashadi [1.4].
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
280
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
Qirg‘iz etnonimining ancha qadimiyligi birgina bugungi qirg‘iz xalqi uchun emas,
butun turkiy xalqlar uchun ham faxrlansa arziydigan tarixiy voqelikdir. CHunki bu
atama turkiy xalqlar tiliga xos eng eski atamalardan biridir. Aslida qadimgi qirg‘izlar
ko‘plab turkiy xalqlarning etnik shakllanishida qatnashgan ilk turkiy etnik
komponentlardan biri bo‘lib, bugungi Sibir xalqlari – xakas, tuva, oltoy-kiji va
hokazolar etnogenezida ularning o‘ziga xos ulushi bor. SHuningdek, o‘zbeklaring
etnik shakllanishida ham “qirg‘iz” nomli turkiy urug‘ anchagina faol qatnashgani
bilinadi. Buni o‘rta asrlarga tegishli “92 bovli o‘zbek urug‘i” ro‘yxatida “qirg‘iz”
nomli etnonimning uchrashi, respublikamizning turli viloyatlarida – Qashqadaryo,
Samarqand va yana bir qator viloyatlarda Qirg‘iz, Qirg‘iz-saroy, SHaman-qirg‘iz kabi
etnotoponimlar uchrashi va ular aholisining o‘zbeklar ekanligi ham tasdiqlaydi.
Qirg‘izlar ham mintaqa xalqlari singari o‘zlarini ko‘plab turkiy sulolalarni o‘z
tarixining bir parchasi deyishga haqlidirlar. O‘z navbatida ular ham o‘zlarining
davlatchilik tarixini ancha qadimiy deb yozar ekan, qandaydir ma’noda haq bo‘lib
chiqishadi. O‘zbek davlatchiligi deyarli uch ming yillik bir tarixga ega deb hisoblab,
mintaqa tarixida yashab o‘tgan sulolalar va ular tomonidan boshqarilgan davlatlarni
o‘zbeklarning ajdodlariga tegishli deb bilinganidek, qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar,
qoraqalpoqlar va tojiklar ham u yoki bu darajada ushbu davlatlarga tarixiy meros
sifatida qarashlari o‘z asoslariga ega [1.5].
Aslida bunday yondashuvni Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar uchun ham bildirish
mumkin. Masalan, qozoq davlatchiligining ham qadimiy emasligi, ular ko‘p yillar
davlatsiz yashab, ruslar yoki sho‘rolar hukumati davrida qozoq davlati tashkil topgani
haqidagi bo‘lmag‘ur da’volar qo‘shni qozoq xalqini qanchalik bezovta qilayotgani
ko‘rinib turibdi. YUqorida aytib o‘tilganidek, qirg‘izlar ham, qozoqlar ham
mintaqada yashab o‘tgan davlatlarning meroschilaridir. SHu o‘rinda takrorlab o‘tish
kerakki, qadimgi davr va o‘rta asrlarda mintaqada yashab o‘tgan davlatlar mintaqa
xalqlarining barchasi uchun u yoki bu darajada tegishli bo‘lib, ulardan birortasini
faqatgina “o‘zbek xalqiniki” yoki “qirg‘iz xalqiniki” deb bo‘lmaydi [1.6].
Umuman olganda, qirg‘iz xalqining o‘zagini qadimgi qirg‘iz qabilalari, Janubiy Sibir
va Oltoy hududlaridagi turli turkiy elatlar tashkil etib, ularning asl vatani qadimda
Enisey daryosi havzalariga to‘g‘ri keladi. SHu bilan birga, ularning Markaziy
Osiyoning ichki hududlarida, xususan, Tyanshan tog‘lari etaklarida yashay
boshlashini o‘rta asrlar bilan bog‘lash xato bo‘ladi. YUqorida rivojlangan o‘rta
asrlarga tegishli arab va fors manbalarida qirg‘izlar SHosh va Farg‘ona atroflarida
yashaydigan turkiy elatlardan biri sifatida tilga olingani keltirib o‘tildi. Biroq bu
holatni e’tiborga olmagan ayrim tadqiqotchilar o‘zlarining biryoqlamali
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
281
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
yondashuvida
davom
etayotganliklari
ko‘zga
tashlanadi.
Jumladan,
SH. Kamoliddinning yozishicha, X asrga qadar qirg‘izlar Janubiy Sibir va Oltoy
tog‘larining yon bag‘rlarida yashaganlar, hozirgi vaqtda Sibirda yashovchi xakaslar
bilan qirg‘izlar ilgari bir xalq bo‘lgan, ularning yashash tarzi va madaniyati 2300 yil
oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, XX asr boshlarida ham deyarli o‘zgarishsiz
shundayligicha saqlangan, qirg‘izlarning an’anaviy hayot tarzi ko‘chmanchilik,
xo‘jalik faoliyati esa qadimdan yaqin vaqtlargacha har doim chorvachilik va
yilqichilik bo‘lgan, ularning eng katta dushmani o‘zga erlardan bostirib kelgan tashqi
yovlar emas, balki o‘zining yaqin qo‘shnisi – turk tilida so‘zlashuvchi o‘troq va
shahar aholisi bo‘lgan [1.7].
Ushbu tadqiqotchining ayrim qarashlari to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, biroq bu borada
bildirilgan fikrlarini to‘laqonli to‘g‘ri deb qabul qilish qiyin. CHunki bugungi turkiy
xalqlarning deyarli barchasi bunday yo‘lni, ya’ni ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka
o‘tish, boshqa qardosh qabilalar bilan yovlashish bosqichlarini bosib o‘tgan va bu
holatni faqatgina qirg‘izlarda bo‘lgan deb baholash tarixiy ob’ektivlikka to‘g‘ri
kelmaydi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin o‘tgan yillar mobaynida Qirg‘iziston olimlari
orasida millatchilik ruhidagi qarashlar avj oldi.. Masalan, O‘. Qarataev turk xalqlari
tarixida ma’lum bo‘lgan deyarli barcha qabilalar va urug‘larni qirg‘iz etnonimlari
qatoriga kiritgan [1.8]. Ushbu yillarda qirg‘iz tarixchilaridan bir qismining mintaqa
xalqlari tarixi yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga ham to‘laqonli qo‘shilib bo‘lmaydi.
Ayniqsa, SH. Kamoliddin tomonidan tanqid qilingan O‘. Qarataevning ayrim fikrlari
anchagina munozaralidir. Qirg‘iz etnonimlarining deyarli barchasini bir orada yig‘ib,
ularga ilmiy izohlar berishga intilgan O‘. Qarataevning o‘zbek urug‘lari bilan bog‘liq
biryoqlama yondashuvi yaqqol ko‘rinib qolgan. Masalan, u birorta qirg‘iz urug‘ini
keltirib, unga izoh berar ekan, bunday urug‘ nomi qardosh turkiy xalqlar orasida ham
uchrashini aytib o‘tishiga to‘xtalgani ko‘zga tashlanadi. O‘. Qarataev deyarli barcha
turkiy xalqlar bilan bog‘liq etnonimlarni tahlil qilishi diqqatga sazovor, biroq u
o‘zbeklar bilan bog‘liq etnonimlarni keltirib o‘tar ekan “o‘zbeklashgan”, “o‘zbek deb
aytilib ketgan”, “aslida o‘zbek emas” degan iboralarni qo‘llashini qabul qilib
bo‘lmaydi.
Aslida u qozoq, no‘g‘oy, qoraqalpoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar orasida ham
uchraydigan etnonimlarga to‘xtalganda deyarli bunday yondashuvda bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ayrim qirg‘iz olimlarining qirg‘iz xalqi tarixi, aslini
olganda, turkiy xalqlar o‘tmishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni bo‘rttirib ko‘rsatish,
qirg‘izlarni turkiy xalqlar orasida eng qadimgi va eng buyuk xalq sifatida talqin qilish
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
282
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
kabi yondashuvlarga qo‘shilib bo‘lmaydi. Qirg‘izlar ham Markaziy Osiyoning
boshqa xalqlari kabi mintaqada kechgan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarni
boshdan kechirgan, etnogenezida turli turkiy urug‘lar faol ishtirok etgan xalqlardan
biridir. Keyingi yillarda qirg‘izistonlik tarixchilar va ilmiy jamoatchilik o‘zlarining
tarixi va taqdiri qo‘shni xalqlar bilan chambarchas bog‘liq ekanini tushunib eta
boshladilar. Qirg‘iz olimlari orasida mintaqa tarixiga, tarixiy merosiga umumiy deb
qarash konetsepsiyalari kuchaygani ham buni tasdiqlab turibdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Дробышев Ю.И. Кыргызы в Центральной Азии (IX в.) // Восток (Oriens),
2010, № 6.
2.
Aкаев A. Киргизская государственность и народный эпос “Манас” . Бишкек,
2003 г.
3.
Бичурин Н. Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в
древние времена. В 3-х томах. –М. - Л.: Изд. АН СССР. – том I. – 1950.
4.
Bregel Y. An historical atlas of Central Asia / by Yuri Bregel. p. cm. – (Handbook
of Oriental Studies. Section eight. Central Asia ; vol. 9). – Brill, Leiden – Boston,
2003.
5.
Ахмедов Б.А. Историко-географическая литература Средней Азии. XVI –
XVIII вв. Письменные памятники / Б.А. Ахмедов. – Ташкент: Фан, 1985.
6.
Ртвеладзе Э.В. О некоторых аспектах новейших исследований истории
Центральной Азии // Современные мифы о далеком прошлом народов
Центральной Азии. Изд. 2-е доп. – Тошкент, Чолпон, 2007.
7.
SH.Kamoliddin
Markaziy
Osiyo
tarixi
zamonaviy
tarixshunosligidagi
yondoshuvlar. Toshkent: 2019.
8.
Qarataev.O‘. Qirg‘iz etnonimlar so‘zligi, Bishkek, 2003 y.
9.
Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен илатийа» //
Средняя Азия в древности и средневековье. – М.: Наука, 1977.
10.
Чороев Т.К. Зарождение Кыргызского Каганата. – Бишкек, Кыргызская
Республика: Издательство “Раритет”, 2005.
11.
Сагдуллаев А.С. История и миф // Ртвеладзе Э.В., Сагдуллаев А.С.
Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии. Изд. 2-е
доп. – Ташкент: Чулпон, 2007.
12.
Axmedova,
Y.
S.
(2024).
INVESTITSIYA
LOYIHALARI
SAMARADORLIGINI
BAHOLASHNING
MAZMUNI
VA
MOHIYATI.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(2), 521-524.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
Volume 01, Issue 10, 2024
283
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE
universalconference.us
13.
Axmedova, Y. S., & qizi Mamadiyorova, F. S. (2024). XODIMLARNI
MOTIVATSIYALASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Educational Research in
Universal Sciences
,
3
(1), 611-614.
14.
Sunatullayevna, A. Y. (2024). Issues of Formation and Management of the
Innovation Strategy of Higher Education Institutions.
American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
2
(2), 123-128.
15.
Sunatullayevna, A. Y., & Sh, M. F. (2024, February). MOTIVATSIYANING
BOSQARUVDAGI AHAMIYATI. In
International conference on multidisciplinary
science
(Vol. 2, No. 2, pp. 86-90).
16.
Axmedova, Y. S., & Shaldarbekova, A. B. (2024). JAMOAGA
MOSLASHTIRISH
PERSONALNI
BOSHQARISHDA
BIR
OMIL
SIFATIDA.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(4 SPECIAL), 445-447.
17.
Axmedova, Y. S., & Akromjon o‘g‘li, N. A. (2024, March). BOSHQARUVDA
MOTIVATSIYANING AHAMIYATI. In
Actual Problems in Higher Education in
the Era of Globalization: International Scientific and Practical Conference
(Vol. 7,
pp. 12-14).
