Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
66
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
MA’NAVIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISHDA TEATR SAN’ATINING
O‘RNI
Suvanova Chehroza Rustamovna
,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“San’at sohasida prodyuserlik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqola, ma’naviy tarbiyani takomillashtirishda teatr
san’atining o‘rni va ahamiyatini tahlil etadi. Teatr, o‘zining estetik va ma’naviy ta’sirini
orqali shaxsiyatni shakllantirishda, axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashda va yoshlarni
yuksak ma’naviyatga yo‘naltirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada
teatrning tarbiyaviy imkoniyatlari, uning axloqiy va estetik ta’siri, hamda yosh
avlodning dunyoqarashini shakllantirishdagi roli keng yoritiladi. Shuningdek, teatr
asarlari orqali insoniy tuyg‘ular, adolat, haqiqat va muhabbat kabi universal qadriyatlar
targ‘ib qilinadi. Maqola, teatrning jamiyatdagi tarbiyaviy funksiyalarini yanada
rivojlantirish uchun zarur choralar va takliflarni ham keltiradi.
Kalit so‘zlar:
Ma’naviy tarbiya, teatr san’ati, tarbiyaviy ta’sir, axloqiy
qadriyatlar, yosh avlod, estetik tarbiya, dunyoqarash, madaniy meros, shaxsiyatni
shakllantirish, ma’naviyat.
Abstract:
This article analyzes the role and importance of theater art in
improving spiritual education. The theater, through its aesthetic and spiritual influence,
serves as an important tool in the formation of personality, education of moral values
and guidance of young people to high spirituality. In the article, the educational
opportunities of the theater, its moral and aesthetic influence, as well as its role in the
formation of the worldview of the young generation are widely covered. Also, universal
values such as human feelings, justice, truth and love are promoted through theater
works. The article also provides necessary measures and suggestions for further
development of educational functions of theater in society.
Key words:
Spiritual education, theater art, educational influence, moral values,
young generation, aesthetic education, worldview, cultural heritage, personality
formation, spirituality.
Hozirgi kunda bolalar ma’naviyati millatning ertasi bilan bog‘liqligi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda teatrning ijodiy faoliyatining mahsuli
bo‘lmish spektakl badiiy yaxlitligi, uning sifati masalalari katta ahamiyatga ega
bo‘lmoqda. Farzandlarimiz yuragida ezgulik va go‘zallik olovini yoqish, teatrga
ishtiyoq uyg‘otish hozirgi kunda bosh maqsadga aylandi. Shunday ekan, joriy kunlarda
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
67
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
“stasionlardagi” spektakllarni, ayniqsa ko‘chma va “gastrol” spektakllarni badiiyligi
qay darajada ekanligi dolzarb masalaga aylandi.
Bolaning umuminsoniy, milliy ezgu g‘oyalarni, mazmun-mohiyatini anglamog‘i
uchun spektakllar badiiy yaxlitlikda, mutaxassislar tomonidan qabul qilingan holatda
ko‘rsatilishi lozim. Teatr san’ati mahsuloti bo‘lmish spektakl qayerda ko‘rsatilmasin
tomoshabin tafakkurini uyg‘otishi, unda fikrini ishlatishga, ishtiyoqini jonlantirish
kerak. Sahna asarini mazmunli, dramatic harakatlar asosida tug‘ilgan murakkab
ziddiyatlarni tomoshabinlar ular tarkibiga ilg‘or tomoshabinlar – talaba, magistr,
journalist, teatrshunoslar kiradi) qalb ko‘zi bilan o‘ziga singdiradi va tafakkurda o‘sha
voqelikka nisbatan munosabat paydo bo‘ladi. Albatta bu teatr san’atini oliy
maqsadlaridan biridir, lekin, ochig‘ini aytganda, ba’zi teatrlarni yillik rejani
bajarmoqchi bo‘lib qilgan harakatlari, ommaviy tomoshabin axtarib kommertsiya
masalalarini shoshma – shosharlik bilan bajarishi umuman boshqa salbiy holat yuzaga
kelishiga sabab bo‘lmoqda. Tan olish kerak sahna bezaklari texnik sabablarga ko‘ra
yengillashtirilgan, so‘zlari qisqartirilgan, sahnaviy ifodalash xususiyatlari
oddiylashtirilgan ko‘chma spektakllar bolalarni vujudini parchalamoqda, didini
buzmoqda. Bundan tashqari, bunday “yig‘inma”lar sahnada emas, balki bog‘chalarda
yerda, ayvonchada, bo‘sh “gruppada”; maktablarda esa “faollar zal”ni prezidumlarida
ko‘rsatiladi va teatr san’atini namunali tomoshasi sifatida qabul etiladi…
Bunday “tomoshalar”ning saviyasini oshirish uchun ularni tuman yoki
viloyatlardagi “sahna”si mavjud madaniyat uylarida, hokimiyatlarni majlislar va
konsert uchun “zallar”ida ko‘rsatish mumkin, lekin afsuski ko‘pincha maktab yoki
bog‘cha tashkilotchilari bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Ularning aytishicha tomosha
ko‘rsatilsa bas: bolalarga badiiylik emas balki syujet oqimi yetarli…
O‘lkamizning barcha viloyatlarida sodir bo‘layotgan bunday “ma’naviy-
tarbiyaviy ishlar” chin insonlarni, halol mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Bunday
didbuzar, o‘rtamiyona spektakllar har doim, har qanday vaziyatda yaxshilik bilan
yomonlik orasidagi ziddiyatlarni biryoqlama, ko‘r-ko‘rona, aralashtirib yuborib
ko‘rsatadi. Xalq ertagida, zamonaviy ertakda hamma yaxshi, yomonni o‘zi yo‘q…
Yosh avlodni ko‘nglida ezgulik va go‘zallikka moyil jihatlarini parvarish qilish o‘rniga
bunday spektakllar ularni dunyoqarashini parchalaydi: tayyor xulosalar bolalarni
fikrlash xislatiga chek qo‘yadi…
Respublika miqyosida 30 dan ortiq davlat teatrlari va 20 dan ortiq nodavlat teatr-
studiyalari o‘z ijodiy, ijodga yaqin faoliyati jarayonida ko‘chma spektakllar ko‘rsatadi.
Ba’zilari faqat xizmat safarlarda kun kechirishadi. Satira teatri tashkil bo‘lganiga 15
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
68
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
yildan oshgan bo‘lsada, haligacha o‘z sahnasiga ega emas. “Diydor” teatri ham –
“g‘ildirakli teatr” hisoblanadi va faqat ko‘chma spektakllar ko‘rsatib daromad topadi.
Lekin ushbu ikki davlat teatri (ular maosh pulini, uskuna va kommunal xizmatlari
uchun mablag‘ni “dotatsiya” shaklida vazirlikdan oladilar), “Ilhom”, “Eski machit”,
“Alladin” nodavlat teatrlariga nisbatan respublika teatr festivallarida, ko‘riklarida
spektakllarini ko‘rsatmagan. Ko‘rsatgan bo‘lsa ham mutaxassislar ularni ko‘rmagan va
matbuotda biror marotaba yoritmagan… Satira teatri, “Diydor” teatr studiyasi va
boshqa davlat teatrlari barchasi o‘z repertuarlaridagi bolalar uchun spektakllarini bilan
ko‘proq daromad topadi. Demak ularning “statsionar”dagi spektakllaridan bolalar
uchun ko‘rsatiladigan ko‘chma spektakllari ko‘proq va ular hisobotlar bo‘yicha ba’zida
80% tashkil etadi. Bog‘cha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, talabalar – tashkil etiladigan
tomoshabin hisoblanadi. Ularni teatrga olib kelsa bo‘ladi, ularni oldiga ko‘chma
spektakllar olib borsa bo‘ladi. Son jihatidan albatta yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa
bo‘ladi. Toshkent shahri bo‘yicha “O‘zbekteatr” IICHB rahbariyati va shahar xalq
ta’limi boshlig‘i tasdiqlaydigan “Ro‘yxat” (grafik) ham mavjud. Har yili
tasdiqlandigan ushbu “ro‘yxat” bo‘yicha har bir teatr (“kattalar” uchun teatrmi, bolalar
teatrmi) aniqlangan oyda tumanlardagi maktablarda spektakl ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, har bir teatr yil mobaynida 3-4 tumanlarda xizmat ko‘rsata oladi va
son jihatdan juda ko‘p o‘quvchilarga “xizmat” ko‘rsatadi. Lekin bir savol tug‘iladi –
“kattalar” uchun teatr bu borishda o‘ziga xosligini yo‘qotmaydimi? Yana bir savol –
sifat ko‘rsatkichlarichi? Axir, bolalar teatri spesifikatsiyasi tuzilganidan beri
aniqlangan. “Kattalar” teatrlarini o‘ziga xosligi yo‘qmi? – Mayli, deylik opera va balet,
operetta, Muqimiy nomidagi musiqali teatr bolalarni va yoshlarni musiqaviy janrlarga
jalb qilyapmiz, deb o‘zini oqlar, lekin qolganlarichi? Satira teatri komediyalar qo‘yib,
o‘ziga xolisligini yo‘qotmasin, milliy akademik teatr mafkuramiz negizidagi
g‘oyalarni targ‘ibot etuvchi spektakllar yaratsin. Bolalar va yoshlar teatrlari esa
ko‘proq “statsionar” faoliyat ko‘rsatib, badiiy yaxlit asarlarni o‘zining tomoshabinga
to‘liq ko‘rsatib, o‘ziga xosligini, spetsifikatsiyasini saqlasin, o‘z maqomini oqlasin.
To‘g‘ri ba’zi teatrlar respublika miqyosida o‘z faoliyatini ko‘rsatib o‘z nomini oqlashi
kerak. Bu borada ikkita misol keltirsak masalaning murakkabligi ko‘rinadi.
2006-yili o‘rtalarida Respublika qo‘g‘irchoq teatri Navoiy shahriga, Respublika
yosh tomoshabinlar teatri Samarqand shahriga gastrol safariga borib kelishadi, lekin
natijada faqat sifat masalasiga to‘xtalsak. Samarqand shahri yosh tomoshabinlarni
ko‘proq ma’naviy ozuqa olishdi. To‘g‘ri, Respublika qo‘g‘richoq teatri bir spektakl
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
69
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
olib borishdi, yosh tomoshabinlar teatri esa – ikkita. Lekin hamma gap – safarga kim
qanday tayyorgarlik ko‘rgan, safarga ajratilgan mablag‘ni oqlaganmi yo‘qmi.
M.Ashurovaning “Assalom Navro‘z” musiqali qo‘g‘irchoq shou-konsert
spektaklida 10 aktyor ishtirok etish kerak. 12 lavhadan iborat spektaklda “planshet”
qo‘g‘irchoqlari ham o‘ynatiladi (bir qo‘g‘irchoqni 2-3 aktyor jonlantirishi kerak).
Radist, sahna ishchisini hisobga olmasak, teatr rahbariyati “gastrol”ga faqat ikkita
aktyorni yubordi. Spektaklni badiiy yaxlitligiga oldindan putur yetkazildi. Natijada
safarga sarflangan mablag‘dan daromad ancha kam bo‘lib, teatr xodimlari bir necha
kundan keyin qaytib kelishadi. Bundan tashqari, Navoiy shahridan norozilik xatlari
ham keladi.
Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida ijodiy safafrga borishdan 2 oy oldin
“Sho‘x jin” va “Zaharli tomchilar” spektakllari ustida jiddiy ish olib borildi. Ayniqsa
F.Maqsudov tomonidan “statsionarda” qo‘yilgan “Sho‘x jin” O‘zbekiston xalq artisti
L.Saydullayev ushbu spektaklni qaytadan sahnalashtirdi desa ham bo‘ladi.
Spektakl bolalarni psixologiyasini, istak va talablarini hisobga olib qo‘yildi.
Natijada “Quvnoq jin” deb nomlangan, zamonaviy ashulalar kiritilgan, tempi, ritmi
jonlantirilgan musiqali spektakl yuzaga keldi. Aktyorlarni o‘zalariga ma’qul kelgan
ushbu “variant” gastrol safaridan so‘ng asosiy sahnada ham ko‘rsatilmoqda.
Mutaxassisilar va maktab tashkilotchilari xulosasiga ko‘ra: “Quvnoq jin” spektaklini
tarbiyaviy ahamiyati oshdi – bolalar spektakl ko‘rsatilishi jarayonida sahnadan
voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishadi. Sahna va zal orasida ijodiy, ma’naviy
muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida sahnalashtirilgan “Zaharli
tomchilar” spektaklini ishtirokchilari soni 15 kishini tashkil etsa ham “gastrol”
repertuariga kiritildi. Sahnalashtiruvchi – rejissyor O.Salimov sahnalashtirgan ushbu
spektakl o‘zini “ansambl”ligi, mavzusi bilan balki asosiy qahramonlarni tavba –
tazarru holatiga tomoshabinlar o‘z davrlari, ikkilanishlari bilan o‘rtoqlashishi bilan va
bu ma’noda tiniqligi va dolzarbligi bilan alohida ajralib turdi. Spektaklni “ko‘chma
variantida ko‘p bo‘lmasa ham ba’zi bir tabiiy qisqartirilishlar bo‘ldi, lekin ishtrokchilar
kamayib ketib badiiy yaxlitlikka putur yetkazilmadi. Samarqand yoshlar teatr studiyasi
rahbari B.Islomov bilan kelishilgan holda spektaklni ba’zi bir lavhalariga studiyachilar
kiritilishi ko‘zda tutildi. Repitetsiyalar gastrol safari oldida bir necha marta
o‘tkazildi… bunday hamkorlik natijasida spektakl yanada jonlandi, dolzarbligi
kuchaydi va Samarqand kollejlari, litseylari o‘quvchilarida, institut talabalarida,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
70
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil qilgan tomoshabinlarda zo‘r qiziqish
uyg‘otdi.
Gastrol safarini birinchi kunidayoq Respublika yosh tomoshabinlar teatri
ijoskorlari H.Olimjon nomidagi musiqali teatrni sahnasiga o‘rnatilgan ovoz
kuchaytirish uskunalarining yaxshi ishlamasligi natijasida jiddiy muammolarni
yechishga to‘g‘ri keldi. Tezkorlik bilan Toshkentdan zamonaviy mikrofonlar,
dinamiklar olib kelindi va spektakllarni badiiy yaxlitligi saqlanib qolindi. Ayniqsa,
“Quvnoq jin” spektakli “partiturasiga” kiritilgan Shohruxxon va boshqa mashhur
Estrada ashulachilarini qo‘shiqlari ta’sirida bolalar raqsga tushishdi – spektaklni badiiy
butunligini ta’minlab berishdi.
Bugun teatr san’atida insonni ma’naviy yuksakligini yerga uruvchi g‘ayri
axloqiy, biryoqlama maishiy hukmronlik qilayotgan bir paytda bolalarimizni qalbi,
ezgulik va go‘zalikka tashna shuurini faqat badiiy jihatdan butun, zamonaviy shaklda
qo‘yilgan sahna asarlari yoritish mumkin. O‘rtamiyona, chala-chulpa sahnalashtirilgan
“tezpishar” tomoshalar madaniyatsizlikdan o‘zga narsaga boshlamaydi. Bu ma’noda,
taetrning o‘zi bugun madaniy-ma’rifiy ko‘makka muhtoj bo‘lib turibdi. Demak, teatrga
tahlika solib turgan bu masala madaniyat sohasi rahbarlarini, teatr san’ati
mutaxassislarini jiddiy o‘ylantirishga mahbur qilishi kerak. Nega spektakl
mutaxassislar qabul qilgan holatida saqlanmaydi? Axir jamoa ko‘rigidan o‘tgan
spektakl, kino, televidenie, radio tasviriy san’at mahsulidek “standart” holatida
ko‘rsatilishi lozinku? Joriy hayotda, prokat bilan bog‘liq jarayonda spektakl o‘sha ilk
bor teatrshunos xotirasidan o‘rin olgan holatida qolish kerakku? Axir premyeradan
so‘ng spektakl namunaviy teatr san’ati namoyandasi sifatida matbuotda yoritiladi,
tahlil qilinib diplomlar, dissetatsiyalar, kitoblar sahifalaridan o‘rin oladi. Yarim yil, bir
yildan keyin parchalangan ushbu spektakl bilan nega hech kimni ishi yo‘q? prokatdan
tushib qolmay uzil-kesil holatida bolalarga to‘ppa-to‘g‘ri ko‘rsatilishi davri bilan
qiziqadi? Bu ma’noda teatr mahsulini badiiy barkamollik sifatida ko‘radigan bo‘lsa, u
bolaning ichki dunyosini asrab qolishi gumon bo‘lib turibdi. Buning uchun biz
mutaxassislar teatrini joriy hayotidagi badiiy yaxlit spektakllar saqlanishi uchun yangi
izlanishlar, ixtirolar qilishimiz kerak. Hozirgi kunda faqat ilg‘or, yetuk rejissyorlar o‘zi
sahnalshtirilgan spektakllarni videoga yozib olmoqda va o‘zining sahxsiy
videotekasiga yig‘moqda. To‘g‘ri bu videoga yozilgan spektakllar tomoshabinga
ko‘rsatib bo‘lmaydi, lekin ushbu spektaklni bir necha yillardan so‘ng repititsiya qilib
tiklasa bo‘ladi yoki rejissyorni aktyorlar bilan ishlagan usullarini o‘rgansa bo‘ladi.
Xullas videoga yaxshi spektakllarni yozib olishni davlat miqyosida hal qilish lozim.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
71
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
“O‘zbekteatr” IICHB bu masalani yechishni boshlagandi, lekin oxirigacha
yetkazmadi. bundan tashqari ma'naviy i’hlarni barakali hosilini yo‘qotmaslik uchun
teatrlarni joriy kunlardagi ijodiy faoliyatini o‘rganib turish kerak – ko‘chma
spektakllarni ko‘rsatish sifatini oshirish kerak, biryoqlamani “yig‘indi” spektakllarni
ko‘rsatilishiga chek qo‘yish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
https://www.oriens.uz/media/journalarticles/11_Baxtiyor_Amanbayev_8
2.
https://www.agro.uz/teatr-ma-naviy-ozuqa-maskani/
https://cyberleninka.ru/article/n/20172022-yillar-mobaynida-madaniyat-
va-san-at-sohasida-amalga-oshirilgan-ishlar-sarhisobi.
4.
Ikromov H. Davr va teatri.–Toshkent: Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi
davlat ilmiy nashriyoti., 2009.-240 b.
5.
“Istiqlol va milliy” teatri. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2002.-216 b.
6.
Rizaev Sh. Jadid dramasi. – Toshkent: Shark nashriyot-matbaa Bosh
taxiriyati haqida., 1997.-320 b.
7.
Tursunov T. XX asr oʻzbek tarixi teatri (1900-2007). – Toshkent: Badiiy
nashr., 2010.-568 b.
8.
Raufovich, Fayziev Turabek, and Umaralieva Gulchehra Bahodirjonovna.
"Moral as a form of spiritual culture." International Journal on Integrated Education
2.6 (2019): 21-22.
9.
Umaralieva, Gulchehra. "SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF THE
CONCEPT OF BIOAESTHETICS."
Multidisciplinary Journal of Science and
Technology
4.6 (2024): 540-545.
10.
Umaraliyeva, Gulchehra. "KAYKOVUSNING “QOBUSNOMA”
ASARIDA FARZAND TARBIYASIGA OID QARASHLARI."
Zamonaviy fan va
ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal
2.1 (2024): 200-205.
11.
Umaraliyeva, Gulchehra Bahodirjonovna. "BIOESTETIKANI BILISH
EVOLUTSIYASI."
Scientific progress
2.2 (2021): 1258-1261.
12.
Исоков,
Зиёдулло.
"САНЪАТ
ВА
МАДАНИЯТ–МИЛЛИЙ
ТАРАҚҚИЁТИМИЗ КЎЗГУСИ." Scientific progress 2.2 (2021): 1273-1278.
13.
Исоков, Зиёдулло. "ТРАДИЦИИ И ОБРЯДЫ ТЮРКСКИХ
НАРОДОВ СВЯЗАННЫЕ С НЕБЕСНЫХ СВЕТИЛЬ В ТРАДИЦИОННОМ
ЗЕМЛЕДЕЛИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ (ПО МАТЕРИАЛОВ ФЕРГАНСКОЙ
ДОЛИНЫ)." Scientific progress 2.2 (2021): 1420-1423.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 4
72
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
14.
Safaralievich, Isokov Ziyodullo. "The entry of theater art to Turkistan in
the late XIX and early XX centuries." (2023).
15.
Исоков, Зиёдулло. "Земледельческая обрядность узбеков Ферганской
долины." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.10 (2024): 331-336.
16.
Baxtiyor, Samiyev. "THEORETICAL ANALYSIS OF THE CURRENT
ACTIVITY OF CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." International
Multidisciplinary Journal for Research & Development 11.05 (2024).
17.
Umaralieva, G. B. "SPECIFIC FEATURES OF STATE AND LAW
RELATIONS." Мировая наука 3 (36) (2020): 106-109.
18.
Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE
AND ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.
19.
Umaralieva, G. B. "BIOESTHETICS: HARMONY OF FORM AND
MOVEMENT." Мировая наука 5 (38) (2020): 103-109.
20.
Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov.
"YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA
AXLOQIY O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.
