41
CHIQINDI SUYAK MAHSULOTLARIDAN CHORVA MOLLARI UCHUN
BIOLOGIK FAOL QO`SHIMCHALAR TAYYORLASH
M.F.Umarqulova
Navoiy davlat pedagogika instituti Kimyo ta’lim yo`nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: D.A.Karimova
Soʻngi yillarda dunyo aholisining goʻsht va goʻsht mahsulotlariga boʻlgan
ehtiyoji kundan kunga oshib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida ulardan hosil
boʻladigan biologik chiqindilar yaʼni chiqindi suyak mahsulotlarining koʻpayishiga
olib keladi. Bu turdagi biologik chiqindilardan chiqayotgan zararli bakteriyalar
hamda badboʻy hidlar aholi salomatligiga va ekalogiyaga juda ham katta salbiy taʼsir
koʻrsatmoqda. Biologik chiqindilarni toʻgʻri bartaraf qilish hozirgi kunda eng
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Xitoy qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida
chiqindi suyakdan kalsiyli o`g`it olishni joriy qilganligi, suyaklarni qayta ishlash
ustida tajribalar o`tkazishga qiziqiqsh uyg`otdi. Ko'p yillik tadqiqot va ishlanmalar
natijasida biz nafaqat samarali, balki ekologik jihatdan ham xavfsiz biofaol modda
yaratish ustida ishladik. Ishonchimiz komilki, suyakdan olingan biologik kaltsiyli
moddamiz fermerlarga chorvachilikni rivojlantirishda, chorva mollari go`shtining
sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bizning suyakdan olgan biologik faol mahsulotimiz bir qator o'ziga xos
xususiyatlarga ega:
tabiiy va organik - 100 foiz tabiiy va organik materiallardan
tayyorlangan bo'lib, uni o'simliklar va atrof-muhit uchun xavfsiz qiladi;
kaltsiyning yuqori miqdori- bizning biofaol mahsulotimiz chorva
mollari yemlariga qo’shiladi, bunda ularning o'sishi va rivojlanishi yaxshilanadi.
Suyakdan olingan biologik faol mahsulot fermerlar va atrof-muhit uchun bir
qator afzalliklarni beradi:
chorvachilikning
rivojlanishi,
chorva
mollarining
yemlaria
qo’shilganda, qoramol va qo’ylarning rivojlanishi, semirishini tezlashtiradi;
ekologik toza, tabiiy va organik materiallardan tayyorlanganligi uchun
chorva mollari va atrof-muhit uchun xavfsiz hisoblanadi;
kamaytirilgan yemning qo'llanilishi, xarajatlarni kamaytiradi va
ortiqcha xavfini kamaytiradi;
chorva mollarning salomatligini yaxshilash, mahsulot foydali
mikroorganizmlarni rag'batlantirish orqali qoramollar sog'lig'ini yaxshilashga
yordam beradi.
42
Insoniyat har kuni minglab tonna organik chiqindilarni ishlab chiqaradi, ular
ko‘p holatlarda katta-katta chiqindi poligoniga aylanadi, shuning uchun bu
chiqindilardan ozuqa tayyorlash uchun xom-ashyo sifatida foydalanish ko‘proq
e'tiborga loyiq bo‘lgan soha hisoblanadi. Shu bilan birga, oziq-ovqat chiqindilaridan
hayvonlarning ozuqasi sifatida foydalanish, ularning oziqlanish imkoniyatlarini
yanada oshishiga turtki bo‘ladi. Ushbu sohadagi ba’zi tadqiqotlar oziq-ovqat
chiqindilaridan hayvonlarning ozuqasida foydalanishning maqsadga muvofiqligini
ko‘rsatdi.
Suyak chiqindilarini qayta ishlash jarayonida kollagen hosil bo'ladi. Go`sht
mahsulotlari chiqindilari atamasi deganda go`sht mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun yaroqsiz bo'lgan xom ashyo yoki go`sht mahsulotlarini ishlab chiqarish
jarayonida hosil bo'lgan foydalanilmagan qoldiq suyaklar shaklidagi mahsulotlari
tushuniladi.
Xulosa qilib aytganda, suyakdan olinadigan biofaol qo`shimchalar qo`shish
orqali
chorva
mollari
yemlariga
qo’shilganda,
qoramollarda
oqsil
yetishmovchiligining oldi olinadi. Shu bilan birga, tez sur`atlar bilan ko`payib
borayotgan aholining oziq-ovqat ehtiyojiga bo’lgan ta`lablari qondiriladi. Atrof-
muhitga tashlanadigan chiqindilar miqdori kamayadi va
etrof-muhitga
yetkaziladigan zarar kamayadi.
Ushbu olib borgan tadqiqotimizda biz oziq-ovqat chiqindilaridan biologik yem-
hashak olish tamoyillarini ishlab chiqdik. Chiqindilarni qayta ishlash yo‘li orqali biz
fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sohalaridagi oziq-ovqat zanjirini uzilib qolmasligini
ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Go’sht chiqindilaridan olinadigan
qo‘shimcha mahsulotlar ozuqaviy va sanitariya-gigiyena nuqtai nazaridan hayvonlar
ozuqasida foydalanish uchun mos ekanligi hamda olingan turli xil ovqat prototiplari
hayvonlar uchun ozuqa bozorining barcha talablariga javob berishi aniqlandi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. EC, Joint Research Centre, Institute for Environment and Sustainability
(2012). Characterisation factors of the ILCD Recommended Life Cycle Impact
Assessment methods. Database and Supporting Information, first ed. EUR 25167.
Luxembourg. Publications Office of the European Union.
2. Eskin, N. A. M., & Robinson, D. S. (2000). Food shelf life stability.
Chemical, biochemical and microbiological changes. CRC Press LLC.
