Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi omonim va sinonim so‘zlarning semasologiyasi haqida so‘z yuritiladi. Omonimlar va sinonimlarning kelib chiqishi, ularning turlari stilistik va amaliy ahamiyati o‘zbek tilshunoslari tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi. Maqolada omonimlarning kontekstual qo‘llanilishi va sinonimlarning uslubiy imkoniyatlari batafsil ko‘rib chiqiladi, shuningdek, omonim va sinonimlarning o‘rni, ularning o‘rgatilishi va til didaktikasi bo‘yicha tavsiyalar ham keltiriladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi doirasida sun’iy intellect va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalarida omonim va sinonimlarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.