ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
62
ILK O’RTA ASRLARDA SUG’DDA XRISTIANLIK
Bozorov Javlon Ochil o’g’li
Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya kafedrasi magistranti
+998 93 153 36 65
Annotatsiya:
Qadimgi So’g’diyonada yashagan ajdodlarimizning e’tiqodlari o’ta
mustahkam bo’lganligi ma’lumdir. Shu sababli ular So’g’diyona tuprog’iga begona
dinlarga e’tiqod qiluvchilarning kirib kelishlaridan hech qachon cho’chimaganlar.
Maqolada quyida taqdir taqozasi bilan Samarqandga kelib yashagan xristianlar haqida
Ma’lumot beriladi.
Kalit soʻzlar:
So’g’diyona, Xalkedon, Juzjoniy, pravoslav cherkovi, Vizantiya,
xristian, Urgut, Mar Abadan,
Abul-Faranj, patriarx, apostol.
Abstract:
It is known that the beliefs of our ancestors who lived in ancient
Sogdiana were very strong. Therefore, they were never afraid of the entry of believers
of foreign religions into the land of Sogdiana. The article provides information about the
Christians who, by the will of fate, came to live in Samarkand.
Keywords:
Sogdiana, Chalcedon, Dzhuzhany, Orthodox Church, Byzantium,
Christian, Urgut, Mar Abadan, Abul-Faranj, patriarch, apostle.
Rim imperiyasi hududida paydo bo’lgan dunyoviy dinlardan biri- xristianlik o’z
shakllanish jarayonida har xil voqyealarni boshidan kechirdi. Boshqa dinlarda
bo’lganidek, bu dinning ichida oqimlar paydo bo’ldi, ular o’rtasida ziddiyatlar kuchaydi.
Eramizning V asri o’rtalarida xristian dinida paydo bo’lgan oqimlar orasida ziddiyat
juda kuchaydi. Xalkedon saborida bo’lib o’tgan janjaldan so’ng, sharqiy Suriya cherkovi
(nestorianlik) Konstantinopol pravoslav cherkovidan ajralib ketdi. Shundan so’ng
nestorianlarga qarshi ta’qib avj oldi. Nestorianlar o’z jonlarini qutqarish uchun dastlab
Eron, so’ngra O’rta Osiyoga qochishga majbur bo’ldi. Nestorianlar Eronda ham
quvg’inga uchradilar va O’rta Osiyoga ko’chib ketdilar. Tarixiy manbalarda
aytilishicha, So’g’diyonaning poytaxti Samarqandda ilk xristian mitropoliyasi VI
asrlarda tashkil bo’lgan va so’g’diylar orasida xristian aqidalarini targ’ib qila boshlagan.
Samarqanddagi xristian mitropoliyasining faoliyat ko’rsatishiga hech kim qarshilik
qilmadi, aksincha So’g’d va Vizantiya o’rtasidagi savdo aloqalarining rivoji bu yerdagi
xristianlar uchun ham qulaylik yaratdi. Shu sababli bo’lsa kerak, Samarqanddan, xristian
dinining markazlarida yasalgan ko’plab marosim buyumlari, kulolchilik mahsulotlari,
xochlar topilgan.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
63
Samarqanddan tashqari, uning janubiy tomonidagi Shovdor tog’larining etagida
joylashgan Urgut shahri atrofidan ham xristianlarga oid yodgorliklar topilgandir. X
asrda So’g’diyonaga tashrif buyurgan arab tarixchisi Ibn Xauqal Urgutda ham bo’ladi
va bu yerda yashaydigan xristianlarning hayoti bilan tanishadi. Uning yozishicha, bu
yerning obihavosi o’ta muloyim bo’lib, bu yerda yashaydigan xristianlar o’zlariga
monastir qurib olganlar, ular hech qanday ozor chekmasdan osoyishta yashaganlar.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining olimlari Urgutda
qadimda yashagan xristianlar tarixini o’rganish maqsadida 1995-1997 yillarda tadqiqot
ishlarini olib bordilar. Arxeologlar Urgut shahrining janubiy tomonidagi Gulbog’
darasidan xristianlarga oid muhim yodgorlikni topish muvaffaq bo’ldilar. Bu yerdagi
baland qoyatoshga 300 ga yaqin xristian yozuvlari o’tkir tig’ vositasiga yozilgan ekan.
Bu noyob yozuvlar bilan tanishgan fransiyalik, germaniyalik va angliyalik olimlar,
haqiqatan ham ushbu yozuvlar xristianlar tarixini oydinlashtirishda muhim ahamiyatga
ega ekanligini aytdilar. Shuningdek, Gulbog’ darasidan xristianlar bo’yinlariga taqib
yuradigan xochlar, ularning yashagan turar joylarining qoldiqlari ham topildi. Bu
ashyoviy dalillar haqiqatan ham qadimda Urgut shahrining janubiy tomonidagi so’lim,
xushmanzara daralarda xristianlar yashaganliklarini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Tarixchi Juzjoniy musulmonlar va xristianlar o’rtasida bo’lib o’tgan yana bir nizoni
yozib qoldirgan. Tarixchining yozishicha, Samarqandda yosh xristian yigit o’z ixtiyori
bilan musulmonchilikni qabul qilgan. Musulmonlar bu yigitning qilgan ishini
ma’qullashib olqishlaganlar. Yigitning otasi musulmonlar o’g’limni to’g’ri yo’ldan
ozdirishdi, deb mo’g’ul hukmdoriga arz qilishadilar. Hukmdor xristianlar tarafini oladi
va yigitni chaqirib o’z diningga qayt deya majbur qiladi. Islom dinini qabul qilgan yigit
o’z so’zida qat’iy turib oladi. So’ngra, hukmdor yigitni qatl qildiradi. Hukmdorning
qilgan ishidan norozi bo’lgan musulmonlar uning ustidan Oltin O’rda xoni Berkaga
shikoyat qiladilar. O’zi ham musulmon bo’lgan Berka, bu nizoni keltirib chiqargan
barcha xristianlarni qirib tashlashga buyruq qiladi.
Xristian dini Samarqanddan tashqari Toshkent viloyati, Sirdaryoning qo’yi
oqimidagi Sig’noqqa ham yoyilgan. Hozirgi kunda O’rta Osiyoda saqlangan xristian
yodgorliklari har tomonlama, keng ko’lamda o’rganilmoqda.
Manbalarda 549-yili nasroniy-eftaliylar patriarx Mar Abadan o’zlari uchun
yepiskop tayinlashni iltimos qilganliklari to’g’risida ma’lumotlar bor. Ularga yepiskop
etib Xusrav Anushervon saroyida xizmat qilgan ruhoniy tayinlanadi. Bu davrda Buxoro
harbiylari orasidagi turklarning ko’pchiligi xristianlik dini ordenlari bilan
taqdirlangan
1
. V asr boshida Samarqand Sug’dida xristianlik diniy markazi
1
Никитин А. Б. Христианство в Центральной Азии (древность и средневековье). Восточный Туркестан
и Средняя Азия, М., 1984,-С.124.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
64
(metropoliya) tashkil etilgan. Bunga asosiy sabab Samarqandning Sug’d markazida
joylashganligi, sug’dliklarning ko’pchiligi xristianlikni qabul qilganligi va bu dinining
Buyuk ipak yo’li bo’ylab faol targ’ibotchilari bo’lganligi, deb hisoblash mumkin.
Sharqiy Turkistondan topilgan sug’diy tildagi xristian matnlarida keltirilgan
ma’lumotlar buni isbotlaydi.
Olimlar xristianlar III asrga kelib, allaqachon Sug’d va Baqtriyaga qarab harakat
qilgan, deb hisoblaydi
2
. Ba’zi manbalarga ko’ra, apostol (targ’ibotchi) va yevangilist
Matveyning jasadi Suriyadan olib kelingan va qochoq xristianlar tomonidan II yoki III
asrlarda Issiq-Ko’l yonida dafn etilgan. Chunki ular Yettisuvga qarab harakat
qilganlarida Transoksianiya hududini chetlab o’ta olmas edi.
Turk hoqonligining paydo bo’lishi bilan Markaziy Osiyoda bir qancha vaqt
siyosiy vaziyat barqarorlashdi. Karvon yo’llarida xalqaro savdo jonlandi, nasroniylik
cherkovining missionerlik faoliyati uchun shart- sharoitlar yaratildi. Xristianlik
g’oyalari ko’chmanchi xalqlar ijtimoiy hayotiga kirib keldi.
Sug’dda xristianlik dinining tarqalishi Markaziy Osiyodagi madaniy jarayonlar
rivoji uchun ham keng yo’l ochdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, milodiy III asrda
Marvda, V asrda Sug’dning markazi bo’lgan Samarqandda xristian jamoalari va
metropoliyasi vujudga kelgan edi. Keyinchalik bu din sug’diy nasroniylar orqali
Sharqiy Turkiston (Qoshg’ar) ga yoyildi
3
. Ma’lumki, bu vaqtda sug’dliklar Sharqiy
Turkistonni zabt etish bilan birga xalqaro savdoda ustuvor mavqyeni egalladi va
xristianlikning Xitoy chegaralarigacha tarqalishida bevosita ishtirok etdi. Sug’dlik
savdogarlar orasida asosan nasroniylik oqimining vakillari ko’pchilikni tashkil etardi.
Sug’diylar din bilan birga bu o’lkalarga o’z madaniyatlarini ham yoydilar.
Arxeologik manbalarga asoslanib, III-VI asrdan to XII-XIV asrlargacha bo’lgan
davrda Markaziy Osiyo hududida xristanlikning tarqalish ko’lamini besh bosqichga
bo’lish mumkin.
Suriya manbalariga ko’ra, Patriarx Yeshuyab II (628-643 yillar) bir qancha
shaharlarda, jumladan, Samarqandda VI asr boshida yepiskop rahbarligidagi xristian-
nasroniylik jamoasini tashkil qilgan. VII asrda xristianlik kuchaygan va VIII asrda
yepiskop o’rniga metropolit tayinlangan. Bu juda muhim hodisa bo’lgandi. 1046 yilda
Abul-Faranj ham Samarqandda nasroniylik metropoliti bo’lganligini aytib o’tgan
4
.
2
Богомолов Г.И., Буряков Ю.Ф., Жукова Л.И., Мусакаева А.А., Шишкина Г.В. Христианство в Средней
Азии // Из истории древних культов Средней Азии. Христиан¬ство. Ташкент, 1994.-С.12.
3
Буряков Ю. Ф. Христианство в Средней Азии в древности и средневековье/ Культура народов
Центральной Азии.Религия и демократия. Самарканд: МИЦАИ, 1999. –С.12.
4
Бартольд В.В. О христианстве в Туркестане в домонгольский период. // Соч.т.2. ч.2. М 1964. - С.290 .
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
65
Nasroniylarning tili suryoniy bo’lib, bu tilni sug’dliklar yaxshi bilganlar.
Sug’ddagi mahalliy aholining suryoniy tilini yaxshi egallashlaridan maqsad, xristianlik
dini amallarini bexato bajarish bo’lgan. Panjikentdan sopolga yozilgan Bibliyaning
suryoniy matnidagi lavhaning topilganligi buni tasdiqlaydi. Bundan ko’rinib turibdiki,
xristianlik dini Samarqand, Panjikent, Urgut va uning atrofidagi hududlarda keng
tarqalgan.
Urgutdan xristianlarning yana bir qator ibodat va diniy marosim payti
ishlatiladigan buyumlari topilgan. Jumladan, yuqorida aytilgan idish-kadiloda ko’plab
diniy sahnalar tasvirlangan. Bu kadilo Suriyada VIII-IX asrlarda yasalgandir. Taqib
yuriladigan xochlar Panjikent yaqinidagi Dashti - O’rdakon eski qabristonidan, Urgut
shahri yaqinidagi Sulaymontepadan va Farg’onadagi Quva yodgorligidan topilgan.
A.I. Terenojkin tomonidan ham qadimgi Afrosiyob shaharidan nasroniylarning bronza
xochi topilgan
5
.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Urgutdagi xristian yodgorliklariga bo’lgan
qiziqish ham kuchaydi. Shuningdek, xorijdagi ayrim olimlar ham Urgutda yashagan
xristianlar tarixi bilan qiziqa boshladilar.
O’zR FA Arxeologiya institutida tashkil etilgan O’zbekiston-Fransiya halqaro
qo’shma ekspedisiyasi rahbari prof F. Grene, xristianlik dini tarixi bilan
shug’ullanuvchi olim Mishel Tardyularning aytishicha, bu yerdagi qoyatoshlarga
chizilgan xochlar ikki xil ko’rinishda bo’lib, ular xristianlikning alohida ikki guruhiga
mansubdir. Bu ikki guruh o’rtasida nifoq bo’lib ular bir-birlari bilan kelishmaganlar va
yonma-yon yashamaganlar. Ammo bu yerda ikki xil xoch tasvirining yonma-yon
chizilganligi. M. Tardyuning fikricha, musofirlik va vatanidan yiroqda yashagan
xristian guruhlarini o’zaro yaqinlashtirgan bo’lishi mumkin. 1996 yili O’zR FA
Arxeologiya institutining A.E. Berdimurodov boshchiligidagi Urgut otryadi xristian
yodgorliklarini topish maqsadida shaharning
janubiy hududlarida arxeologik
qidiruvlar olib bordi. Natijada, Sufiyon qishlog’ining janubiy
qismidagi
Sulaymontepa, degan joyda ko’plab g’isht va sopol parchalariga duch kelindi va xoch
ham topildi. O’lchamlari 35x25 m. bo’lgan tepalikda avval uzum ekilganligi uchun
madaniy qatlamga zarar yetkazilgan. Madaniy qatlamning qalinligi tepalikning
shimoliy qismida -2,5 m bo’lsa, janubiy qismda esa 6 m.ga yetadi. O’sha yili pishiq
g’ishtdan qurilgan ikkita xona ochilib o’rganildi
6
. Bu yerdagi IX-XII asrlarga oid
5
Shoira Amriddinovna Indiaminova. (2023). Sughd Writing.
Eurasian Journal of Humanities and Social
Sciences
,
16
, 88–90. Retrieved from https://www.geniusjournals.org/index.php/ejhss/article/view/3231
6
Бердимурадов А.Э., Реутова М.А. Серебряные браслеты из Сулаймон тепе // ТД Международной
конференции «Археология, история и культура Средней Азии». Ташкент, 2002.- С. 93-98.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
66
arxeologik materiallar qo’lga kiritildi.Oradan ikki yil o’tib Urgut arxeologiya otryadi
Sulaymontepada qazishmalarni yana davom ettirdi, natijada 5 ta xona va bitta uzun
yo’lak ochildi. Xonalarning devorlari pishiq g’ishtdan (32x16x5 sm) bunyod etilgan
bo’lib, poliga esa 34x23x3 sm. li pishiq sopol plita yotqizilgan. Ochilgan koridorning
eni 85 sm bo’lib zunligi 4 metrdan oshadi. Ushbu yodgorliklarni o’rgangan
olimlarning fikrlariga ko’ra, ochilgan xonalar tarixiy manbalarda tilga olingan xristian
monastiridir. Arxeologik tadqiqotlar natijasida ushbu hududdan kumushdan yasalgan
uchta ajoyib bilakuzuklar topilgan. Uchala bilakuzuk butun saqlangan uchlari xuddi
ilonning boshiga o’xshatib yasalgan ammo, faqat usti qalin zang bilan qoplangan.
Markaziy Osiyo hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar paytida xristanlik
bilan bog’liq juda ko’plab osori-atiqalar ham topilgan. Bularning hammasi o’rta
asrlarda Markaziy Osiyoda xristian dini bizning hozirgi tasavvurimizga qaraganda
ancha kengroq yoyilganligini ko’rsatadi.
Samarqanddagi Registon maydonidagi qazishmalar davrida 4,5-5,5 m
chuqurlikda pishiq g’ishtdan qurilgan to’rt burchakli qabrlar topilgan bo’lib, ulardan
odam suyaklari topilgan. Qabrlarga ko’milganlardan birining yonidan metalldan
yasalgan xochsimon buyum ham topilgan. Bu qabrlarning atrofida bir xona ham bo’lib,
uning yeriga sirlangan mayolika (koshin) li g’ishtlar xoch shaklida terib chiqilgan.
Tadqiqotchilarning xulosalariga ko’ra, topilmalar nasroniylarning qabrlari va cherkovi
qoldiqlaridir.
Eron va Markaziy Osiyoda bir maromda rivojlanib va kuchayib borayotgan
xristianlik arablar istilosi oqibatida tanazzulga yuz tutdi. Zardushtiylik davlatning
rasmiy dini maqomida bo’lgan sosoniylar Eronida xristanlik shunchalik kuchayib
ketganki, ba’zi bir olimlarning fikrlaricha u zardushtiylik o’rnini egallashiga ozgina
qolgan, ammo bu jarayonni arablar istilosi tamoman to’xtatgan.
Ancha keyingi vaqtlarda, asosan X asrda Buxorodagi Bani Xanzal masjidi o’rnida,
qachonlardir xristian cherkovi bo’lganligi to’g’risida ma’lum qilinadi. Umuman
olganda, bu musulmonlar uchun oddiy hol bo’lgan. Misol uchun, somoniylar davrida
Tarozdagi mahalliy ibodatxona masjidga aylantirilgan. Buxoroda xristianlik dini bilan
bog’liq quyidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Narshaxiy o’zining “Buxoro
tarixi” asarida keltirishicha, Attaron darvozasi yaqinida xristianlarning cherkovi bo’lib,
u Buxoro va uning atrofidagi bu din vakillarining markaziy tashkiloti hisoblangan.
Arablar Buxoroni bosib olganlaridan so’ng bu cherkov buzilib, o’rniga masjid
qurilgan. Bu haqda Narshaxiy ham zardushtiylar kaliso (ibodatxona)si bo’lgan deb
qayd etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, VII-VIII asrlarda Sharqiy Turkiston va Xitoydagi
sug’diy va turkiy jamoalar orasida xristianlikning keng yoyilishida diniy adabiyotlar
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-10
67
katta rol o’ynagan. Xristianlik ta’limotiga oid asarlar suryoniy yozuvi (estrangalo)
asosida sug’d tiliga o’girilgan
7
.
Somoniylar davrida xristianlar uchun og’ir damlar boshlangan. Bu davlatda
islomning rasmiy din sifatida qabul qilinishi boshqa har qanday diniy e’tiqodlarning
rivojlanish yo’llarini tamoman yopib tashladi. Arablar hukmronligi sharoitida ham
faoliyat yuritgan boshqa dinlar ibodatxonalari, shu jumladan xristian cherkovlari ham
bu davrda siquvga olinadi. Ismoil Somoniyning shimolga yurishi natijasida Taroz va
Merki shaharlaridagi xristian cherkovlari musulmonlar masjidlariga aylantiriladi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, xristianlar XIV asrlargacha Sug’dda hayot
kechirganlar va hech bir tashqi tazyiqsiz asta-sekinlik bilan islom diniga singib ketgan.
Shunisi e’tiborliki, islom dinigacha Markaziy Osiyo mintaqasida turli diniy
e’tiqodlar birgalikda amalda bo’lgan, hududlardagi xalqlar turli dinlarga sig’ingan,
lekin shunga qaramasdan dinlarning hech biri davlat dini miqyosiga chiqolmagan. Bu
o’lkada, hozirgi zamon iborasi bilan aytganda diniy e’tiqodlar erkinligi hukm surgan.
Sug’dda barcha dinlar, jumladan xristianlik dini vakillari ham o’zaro
hamjihatlikda yashaganlar. Xristianlik dini vakillari Sug’dning barcha shaharlarida o’z
tarafdorlariga ega bo’lganlar va diniy cherkovlar faoliyat ko’rsatgan.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
Никитин А. Б. Христианство в Центральной Азии (древность и
средневековье). Восточный Туркестан и Средняя Азия, М., 1984
2.
Богомолов Г.И., Буряков Ю.Ф., Жукова Л.И., Мусакаева А.А.,
Шишкина Г.В. Христианство в Средней Азии // Из истории древних культов
Средней Азии. Христиан¬ство. Ташкент, 1994.
3.
Буряков Ю. Ф. Христианство в Средней Азии в древности и
средневековье/ Культура народов Центральной Азии.Религия и демократия.
Самарканд: МИЦАИ, 1999.
4.
Бартольд В.В. О христианстве в Туркестане в домонгольский период.
// Соч.т.2. ч.2. М 1964.
5.
Shoira Amriddinovna Indiaminova. (2023). Sughd Writing.
Eurasian
Journal of Humanities and Social Sciences
,
16
6.
Бердимурадов А.Э., Реутова М.А. Серебряные браслеты из Сулаймон
тепе // ТД Международной конференции «Археология, история и культура
Средней Азии». Ташкент, 2002.
7.
Наршахий, Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар. Бухоро тарихи / А.
Расулов тарж. Тошкент: Фан, 2005.
7
Наршахий, Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар. Бухоро тарихи / А. Расулов тарж. Тошкент: Фан,
2005.
