Authors

  • Lazizjon Pardayev
    Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.60172

Keywords:

Qizilqum nukleus uchirindi bifas qirgʻich kvarsit kremniy levallua

Abstract

Ushbu maqolada Qizilqum hududidan topilgan paleolit davri yodgorliklaridan biri bolgan Koʻkayoz yodgorligining topilishi va undagi arxeologik topilmalar haqida soʻz yuritiladi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

85

QIZILQUM PALEOLIT DAVRI YODGORLKLARI OʻRGANILISH

TARIXI.

Pardayev Lazizjon Ahmad oʻgʻli

Samarqand davlat universiteti

Arxeologiya kafedrasi magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qizilqum hududidan topilgan paleolit davri

yodgorliklaridan biri bolgan Koʻkayoz yodgorligining topilishi va undagi
arxeologik topilmalar haqida soʻz yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Qizilqum, nukleus, uchirindi, bifas, qirgʻich, kvarsit, kremniy,

levallua, Selet madaniyati, Markaziy Yevropa , A.V. Vinogradov , Yesen 2.


Abstract:

This article discusses the discovery of the Kokayoz monument,

one of the Paleolithic monuments found in the Kyzylkum region, and the
archaeological findings in it.

Keywords:

Kyzylkum, nucleus, uchirindi, biface, kergich, quartzite,

silicon, levallois, Selet culture, Central Europe, A.V. Vinogradov, Yesen 2.


1999-yilning

kuzida Oʻzbek-Fransuz geografik-arxeologik xalqaro

ekspedisiyasi Markaziy Qizilqumning shimoliy-sharqiy qismidagi Koʻkayoz
botigʻida tadqiqot ishlari olib bordi. Ushbu ekspedisiya ishtirokchisi, OʻzR FA
Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi M.M. Xoʻjanazarov tomonidan Koʻkayoz
botigʻining shimoliy sohillaridagi uchta punktdan 100 ga yaqin tosh buyumlar
yigʻib olingan edi.

1999-yilda topilgan Koʻkayoz 1 yodgorligi shu nomli botiqning shimoliy-

gʻarbiy sohilida, Koʻkayoz ovulidan 1,5 chaqirim gʻarbroqda joylashgan.
Arxeologik materiallar tekis va botiqqa qarab biroz egilgan yer yuzasidan yigʻib
olingan. Qiyalik boʻylab tepaga qarab materiallar kamayib, butunlay yoʻqolib
boradi. Topilmajoyning ustki qatlami 50 sm gacha yetadigan qumlar bilan
qoplangan. Tepalikning katta qismi jarliklar bilan kesilib, buzilib ketgan. Bu yerdan
yigʻib olingan tosh buyumlar orasidan 20 ta artefakt aniqlangan. Ushbu toshlar
orasida nukleuslar, uchirindilar, bittadan bargsimon tipdagi bifas va qirgʻich
aniqlangan. Ushbu buyumlarni yasashda xom-ashyo sifatida kulrang kvarsit va
ba’zan jigarrang kremniydan foydalanilgan.

Koʻkayoz 1 toʻplamining nukleuslari 3 dona boʻlib, ular orasida bitta koʻp

zarb maydonli, bitta uchirindilar chaqmoqlashga moʻljallangan levallua tipidagi
oʻzak va bitta ikki zarb maydonli nukleus aniqlangan. Qolgan buyumlar orasida 15


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

86

ta uchirindi boʻlib, ulardan 7 tasi butun (2 ta yirik, 4 ta oʻrta hajmli va 1 ta mayda
uchirindilar), 2 dona levallua tipidagi hamda 6 ta proksimal qismi singan
uchirindilardan iborat. Butun uchirindilarning zarb maydonchalari xarakteriga koʻra
asosan tekis maydonchali, ammo chiziqsimon va fasetkalashtirilgan tipdagilari ham
mavjud. Bundan tashqari, toʻplamning uchirindilari orasida birlamchi hamda yarim
birlamchi va kombeva tipidagilari ham aniqlangan. Toʻplam uchirindilari
dorsallarining xarakteriga koʻra unipolyar, bipolyar hamda ortogonal
yoʻnalishdagilari uchratilgan.

Koʻkayoz 1 kompleksining tosh qurollari bittadan bifas hamda

qirgʻichlardan iboratligi aniqlangan. Bifasning hajmi 143x39x18 mm boʻlib,
kulrang kvarsitdan ishlangan va qoplama yoʻnishlar hamda ikki taraflama retushlar
yordamida qirralari ishlov berilgan. Ushbu bifas deyarli oʻzining uzun oʻqi boʻylab
singan. F. Bord tipologiyasiga asoslanib, tadqiqotchilar ushbu bifasni bodomsimon
shaklli tipga xos, deb topishib, analogiya sifatida Ustyurtning Yesen 2 toʻplamidagi
bifaslar bilan taqqoslashgan.

Toʻplamdagi ikkinchi tosh qurol yirik uchirindidan ishlangan boʻlib, uning

hajmi 109x106x26 mm. Uning zarb maydonchasi tekis va orqa tarafga 125°
egilgan. Qirgʻich ham kulrang kvarsitdan ishlangan boʻlib, uning boʻrtib chiqqan
chap laterali dastavval yoʻnib yupqalashtirilgan, soʻngra tishsimon retushlar
yordamida ishlov berilgan. Ish qirrasining supportiga nisbatan qiyaligi 68° ni tashkil
etadi. Qirgʻichning ish yuzasi boʻrtib chiqqan va qirrasi egri-bugri shaklda.

1999-yilda ochilgan ikkinchi punkt - Koʻkayoz 2, botiqning shimoliy

sohilida, Koʻkayoz ovulidan 15 km sharqroqda joylashgan. Bu yerdan 67 ta artefakt
yigʻib olingan. Ular orasida nukleuslar, plastinalar, uchirindilar, bifaslar, bir dona
qayroqtosh hamda tosh boʻlakchalari aniqlangan. Toʻplamda nukleuslar atigi 4 dona
va ular orasida koʻp zarb maydonli va gardishsimon oʻzaklar mavjud.

Koʻkayoz 2 kompleksida nukleuslarni uzunasiga unipolyar, kamroq bipolyar

hamda radial-markazga intiluvchi tarzda chaqmoqlaganlar. Ba’zan radial
chaqmoqlash levallua texnikasiga oʻsib oʻtgan. Ammo toʻplamda ortogonal
chaqmoqlash texnikasi koʻpchilikni tashkil qiladi. Toʻplamdagi yoʻnilgʻilar
dorsallarining xarakteri nukleuslar tiplariga toʻliq mos keladi.

Koʻkayozdagi plastinalar fasetkalashtirilgan va ikki qirrali zarb

maydonchalarga ega. Ularning dorsallaridagi izlar birida unipolyar, birida esa
ortogonal holatda joylashgan.

Koʻkayoz 2 kompleksining tosh qurollari ikkita bargsimon bifaslar

sinigʻi va bitta qoʻndoqli bifasdan iborat. Ularning barchasi kulrang kvarsitdan
yasalgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

87

Chop etilgan materiallarga va rasmlarga koʻra Koʻkayoz 2 bargsimon

bifaslari mualliflar tomonidan toʻgʻri aniqlangan, masalan, qoʻndoqli bifaslar
haqiqatda paleolit davri uchun xarakterlidir.

Koʻkayoz 3 yodgorligi botiqning shimoliy qirgʻogʻida, ikkinchi

punktdan 5 km sharqroqda joylashgan. Toʻplamda 15 ta artefakt aniqlangan boʻlib,
ulardan bittasigina jigarrang kremniydan, qolganlari kulrang kvarsitdan ishlangan.
Bu yerdan yigʻilgan materiallar orasida nukleuslar, plastinalar, uchirindilar hamda
bargsimon bifaslarning siniqlari mavjud. Materiallar sonining kam boʻlganligi
uchun mualliflar tomonidan statistik tahlillar amalga oshirilmagan.

Toʻplamda 5 ta nukleuslar boʻlib, ular orasida plastinalar olishga

moʻljallangan ikki maydonli prizmatik, koʻndalang chaqmoqlangan, koʻp zarb
maydonli, protoprizmatik va uchirindilarga moʻljallangan levallua tipidagi
nukleuslar mavjud.

Koʻkayoz 3 industriyasida yoʻnilgʻilar 6 donani tashkil qiladi. Ulardan

3 tasi uchirindi va 3 tasi plastinalardan iborat. Ular toʻplamda mavjud boʻlgan
nukleuslarga toʻliq mos keladi. Plastinalardan biri nukleusning ustki qismidan
sindirib olingan texnik yoʻnilgʻi boʻlib, uning zarb maydonchasi fasetkalashtirilgan
va dorsalidagi negativlari unipolyar ravishda joylashgan. Ikkinchi plastina ham
uzunasiga unipolyar xarakterdagi dorsalga ega. Uning zarb maydonchasi tekis.
Uchinchi plastina proksimal parcha boʻlib, dorsalidagi izlari parallel-unipolyar
ravishda joylashgan. Uning zarb maydonchasi chiziqsimon. Ushbu plastina chap
lateralining uch qismida kichik oʻyiq mavjud.

Koʻkayoz 3 kolleksiyasining uchirindilari zarb maydonchalaridan 2 tasi

fasetkalashtirilgan va 1 tasi tekis xarakterga ega. Dorsallarining xarakteriga koʻra
ushbu uchirindilardan 2 tasi markazga intiluvchi va 1 tasi ortogonal koʻrinishga ega.
Toʻplam uchirindilaridan biri Sire aksidenti va ikkitasi levallua tipidagi yoʻnilgʻilar
sifatida tasniflangan.

Bundan tashqari, Koʻkayoz toʻplamlaridagi bifaslar seriyalarining topilishi

Oʻrta Osiyo paleolitshunosligida Yesen 2 yodgorligidan keyingi ikkinchi hodisa
boʻlib, ular A.V. Vinogradov ta’kidlaganidek, bargsimon bifas-tigʻlardir

1

.

Ustyurtning

Borsa-Kelmes

pasttekisligi

qirgʻoqlarining

janubiy

chegaralaridan topilgan va boy arxeologik materiallarni bergan Yesen 2 yodgorligi
shu nomli tepalikda joylashgan. U Ye.B. Bijanov

2

va A.V. Vinogradovlar

1

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья. М., 1981.-С. 56-57.

2

Бижанов Е. Находки памятников палеолита на юго-восточном Устюрте // Вестник КФАН УзбССР, № 3,

1979.- С. 48;


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

88

tomonidan 1977-yilda topilgan.

3

Ushbu topilmajoy maydoni 90x40 kv metrlik

uncha baland boʻlmagan usti tekis tepalikda joylashgan. “Bu yerda kuchli
kremniylashgan oxaktoshlarning yemirilayotgan konlari mavjud”

4

. Ammo, Yesen 2

va Shaxpaxti materiallari bilan tanishishimiz shuni koʻrsatdiki, ushbu yodgorliklar
materiallari oxaktosh emas, balki fikrimizcha, oxaktoshlashgan koʻl kvarsiti
ekanligi ma’lum boʻldi. Ushbu tosh jinsining sochilib yotgan boʻlaklari orasida 200
ta buyumdan iborat tosh kolleksiya yigʻib olingan. Ushbu kolleksiyaning qariyb 15
tasi tabiiy tosh boʻlaklari boʻlsa, qolganlari shubhasiz artefaktlardir.

Yesen 2 ustaxonasidan topilgan 15 ta tugallangan tosh qurollarning katta

qismi – bu bifasial ishlov berilgan yirik va yupqalashtirilgan bodomsimon bifas –
paykonlar hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi bifaslarning siniqlaridir va bu hol
yodgorlikning xarakterini belgilaydi, ya’ni Yesen 2 ustaxonadir. 1977-yilgi
yigʻilgan materiallar orasida saqlanib qolgan yagona butun bifasga qarab ularning
shakli va hajmlarini tasavvur qilish mumkin. Qolgan bifaslarning hajmi nisbatan
kichikroq va barchasining bir uchi yumaloq hamda qirralari notekis toʻlqinsimondir.
Bu bifaslar qoʻpol va koʻp hollarda qoplama xarakterga ega dagʻal yoʻnishlar
yordamida ishlangan va ba’zan qirralari mayda retushlar bilan tekislangan. Ular
butun perimetri boʻylab oʻtkir qirraga ega. Ularning ayrimlarining faqat
qirralarigagina yoʻnilgan (ba’zan faqat bir yuzadan), ammo bunday buyumlar kam
sonli

5

. Ehtimol, ularning bir qismi hali tugallanmagan buyumlardir. Ushbu

buyumlar Yesen 2 da bifaslar yasash uchun maxsus yoʻnilgan yoʻnilgʻilar emas,
balki hajmi toʻgʻri keladigan kremniylashgan oxaktosh plitkalaridan
foydalanilganligini aniqlash imkonini beradi. Toʻplamdagi bifaslar koʻpchiligining
koʻndalang kesmada yassiligi ham bu haqda guvohlik beradi

6

.

Har ikkala yodgorliklarning tosh buyumlarni yasashda qoʻllanilgan xom-

ashyosiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, Koʻkayoz punktlarida va Yesen 2 da ham
tadqiqotchilar ta’kidlaganlaridek, kremniylashgan ohaktoshlar emas, balki koʻl
kvarsitidan foydalanilgan. Ma’lumki, koʻl kvarsitlari tinch holatdagi suv
havzalarining sohillarida qumlarning birikishi oqibatida hosil boʻladi. Shu ma’noda
aytish mumkinki, har ikkala yodgorliklarda ham xom-ashyo sifatida botiqlarning
sohillarida joylashgan koʻl kvarsiti qoyalaridan foydalanilgan.

Selet madaniyati Markaziy Yevropadagi mahalliy oʻrta paleolitning alohida

fasiyasi boʻlib, keyinchalik ushbu industriyalar tashqi ta’sirlar natijasida

3

Виноградов А.В., Бижанов Е.Б. Первые палеолитические находки с Юго-Восточного Устюрта // АО, 1977.

М., 1978.- С. 522

;

4

Ўша ерда, 521 б.

5

Бижанов Е. Находки памятников палеолита на юго-восточном Устюрте // Вестник КФАН Узб.ССР, № 72.

Ташкент, 1979.- рис. 2, 1, 3;

6

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья. М., 1981. -С. 55-56;


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

89

leptolitizasiyaga uchragan, chunki mahalliy muste materiallarida soʻngi paleolit
elementlari juda zaif boʻlgan.

Selet madaniyati yodgorliklari koʻl yotqiziqlaridagi kvarsit toshlarga ishlov

berilgan ustaxonalar boʻlgani uchun ularning industriyalari orasida tugallanmagan
va tashlandiq holatdagi bargsimon bifaslar uchraganligi ularning sanasini aniqlash
murakkab masaladir. Aynan ushbu ta’rif Koʻkayoz punktlariga ham taalluqlidir.

Selet madaniyatining uchta fazaga ajratilib, uning quyi fazasi muzlik oraligʻi

davriga, ya’ni radiometrik jihatdan er. av. 41700 - 37700 yillarga toʻgʻri keladi

7

.

Selet madaniyatnining keyingi taraqqiyoti Bukk togʻlarida yaxshi aks etgan

boʻlib, ularning tosh qurollari orasida soʻngi paleolit davri elementlari nisbatan
ancha oʻsishi kuzatiladi. Ularning radimetrik sanasi er. av. 32580+420 ming yillar
bilan belgilangan. Selet madaniyatning ushbu fazasi dastlabki leptolitizasiyalashgan
bosqichi boʻlib, u Gʻarbiy Yevropaning orinyak madaniyati bilan zamondoshdir.

Selet madaniyati industriyalarida plastinalar chaqmoqlash indeksi juda past

darajadaligi xarakterlidir (8,3-10,3%). Ushbu ta’rifni ham Koʻkayoz punktlari
industriyalariga qoʻllash mumkin. Koʻkayozda garchi, plastinalar olishga
moʻljallangan nukleuslar uchrasa-da, plastinalar foizi kam va toʻgʻri qirrali
pichoqsimon plastinalar uchramaydi.

K. Valosh Moraviyadagi seletga oid materiallarning leptolitizasiya

jarayonlarini mahalliy taraqqiyot natijasida emas, balki orinyak madaniyatining
taxsirida sodir boʻlganligini yoqlab chiqdi. Brno shahri yavinidagi Boxunich
yodgorligi Moraviyadagi seleta madaniyatining ilk va levallua fasiyasiga oidligi
aniqlandi

8

.

Shuningdek, Boxunichning kvarsitdan ishlangan bargsimon bifasli

industriyasi oʻrta paleolitdan soʻngi paleolitga oʻtish davrini oʻzida aks ettirishi va
u orinyak bilan tengdosh ekanligi qayd etilgan

9

(Svoboda i Svoboda, 1985).

Shunday qilib, Koʻkayozdagi singari qadimgi koʻllar botiqlari

sohillarida hosil boʻlgan kvarsitdan ishlangan bargsimon bifasli va afrim soʻngi
paleolit davri elementlariga ega (qirgʻichchalarli) industriyalar Markaziy Yevropa
hudularidan koʻplab topilgan. Bunga yuqorida ta’kildangan selet madaniyatiga oid
Boxunich, Bobinich va boshqa yodgorliklar materiallari misol boʻla oladi.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Markaziy Yevropadagi selet madaniyati oʻrta

7

Alsworth-Jones, P. 1975. The Paleolithic leafpoint assemblages in central and south eastern Europe. Cambridge,

Ph. D. Dissertation. 300.

8

VALOCH K., 1976. Die altsteinzeitliche Fundstelle in Brno-Bohunice. Prague. VALOCH K., 1982. Neue

palaolithische Funde von Brno-Bohunice. Casopis Moravkeho Muzea, 67 : 31-47.

9

SVOBODA J., SVOBODA H., 1985. Les industries de type Bohunice dans leur cadre stratigraphique et ecologique.

L'Anthropologie, 89: 505-514.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

90

paleolitning oxirlarida paydo boʻlib, asta-sekin tashqi ta’sirlar natijasida soʻngi
paleolit bosqichiga qadam qoʻyadi va avvalgi mahalliy an’analarni, ya’ni bifaslar
ishlab chiqarishni saqlab qoladi. Markaziy Yevropa hududlarida ham kvarsitdan
bifaslar ishlab chiqarilgan ochiq tipdagi yodgorliklar (xuddi Koʻkayozdagi singari)
uchtaxonalar deb tan olingan va soʻngra bu bifaslar yodgorliklarga olib ketilgan.

Koʻkayoz komplekslari ustaxonalar boʻlganligi sababli ularda toshga ishlov

berishning turli bosqichlarida qoldirib ketilgan tosh buyumlarning uchrashi, ularni
texnik-tipologik jihatdan davrini aniqlash masalasini murakkablashtiradi. Ularda
qoʻpol tosh ushatgʻich yordamida sindirilgan nukleussimon boʻlaklardan to yuqori
darajada ishlov berilgan (ezish texnikasi yordamida, otjimnaya texnika) tosh
qurollar ham uchraydi. Ammo, ular tashqi qoplangan patinasiga koʻra monoton
xarakterda boʻlganligi ularni bir davrga oidligidan guvohlik beradi.

Tosh qurollar orasida soʻngi paleolit davri uchun xos boʻlgan qirgʻichchalar,

G.V. Shelinskiy tomonidan selet madaniyati yodgorliklarida qayd etilganidek,
tishimon qurollar, ayrim kesgichlar, tosh pichoqlar uchraydi.

A.V. Vinogradov Yesen 2 materiallarini ashel yoki ashel-mustye davri bilan

emas, balki oʻrta paleolitning oxiri yoki soʻngi paleolit davrining boshlari bilan
sanalashni taklif qiladi

10

.

Shunday qilib, Yesen 2 industriyasining A.V. Vinogradov tomonidan taklif

qilingan sanasiga, ya’ni soʻngi paleolit davrining boshlariga oidligiga qoʻshilsa
boʻladi. Koʻkayoz komplekslari avvalo, artefaktlar yuzasini qoplagan patinasi
hamda texnik-tipologik jihatdan Yesen 2 industriyasidan yoshroq koʻrinadi.

Koʻkayoz industriyalarining genezisi masalasi selet madaniyati yodgorliklari

guruhining kelib chiqishi masalasidan ham murakkabroqdir. Chunki, Markaziy
Osiyoning boshqa hududlarida Koʻkayozga oʻxshash industriyalar uchramaydi.
Shuning uchun ushbu masala bugungi kunda ochiq qoldirilmoqda. Nima boʻlganda
ham, oʻziga xos Koʻkayoz industriyalarining topilishi Oʻrta Osiyo hududlarida
soʻngi paleolit davrining yana bir ajoyib madaniyati hukm surganligidan dalolat
beradi.

1.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

2.

Alsworth-Jones, P. 1975. The Paleolithic leafpoint assemblages in

central and south eastern Europe. Cambridge, Ph. D. Dissertation.

3.

SVOBODA J., SVOBODA H., 1985. Les industries de type Bohunice

dans leur cadre stratigraphique et ecologique. L'Anthropologie

10

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья. М., 1981.-С. 57;


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-2, ISSUE-10

91

4.

VALOCH K., 1976. Die altsteinzeitliche Fundstelle in Brno-Bohunice.

Prague. VALOCH K., 1982. Neue palaolithische Funde von Brno-Bohunice.
Casopis Moravkeho Muzea

5.

Бижанов Е. Находки памятников палеолита на юго-восточном

Устюрте // Вестник КФАН Узб.ССР, № 72. Ташкент, 1979.

6.

Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы среднеазиатского

междуречья. М., 1981.

7.

Виноградов А.В., Бижанов Е.Б. Первые палеолитические находки

с Юго-Восточного Устюрта // АО, 1977. М., 1978.

References

Alsworth-Jones, P. 1975. The Paleolithic leafpoint assemblages in central and south eastern Europe. Cambridge, Ph. D. Dissertation.

SVOBODA J., SVOBODA H., 1985. Les industries de type Bohunice dans leur cadre stratigraphique et ecologique. L'Anthropologie

VALOCH K., 1976. Die altsteinzeitliche Fundstelle in Brno-Bohunice.

Prague. VALOCH K., 1982. Neue palaolithische Funde von Brno-Bohunice.

Casopis Moravkeho Muzea 5. Бижанов Е. Находки памятников палеолита на юго-восточном Устюрте // Вестник КФАН Узб.ССР, № 72. Ташкент, 1979. 6. Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья. М., 1981. 7. Виноградов А.В., Бижанов Е.Б. Первые палеолитические находки с Юго-Восточного Устюрта // АО, 1977. М., 1978.