ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
92
UDK 631.312.44
TISHLI LEMEXLI EGATSIZ TEKIS SHUDGORLAYDIGAN
PLUG
Ravshanov Hamroqul Amirqulovich
– texnika fanlari doktori, dotsent,
E-mail:
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Qarshi sh., О‘zbekiston
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining tuproq-iqlim
sharoiti, tuproqqa ishlov berishning rivojlanish yо‘nalishlari, tishli lemexlar tahlili,
ularning seriyali ishlab chiqariladigan iskanasimon lemexlarga nisbatan
afzalliklari, takroriy va tо‘qsonbosti ekinlar yetishtirishda tishli lemexli egatsiz tekis
shudgorlash texnologiyasi va uni amalga oshiradigan plugning konstruktiv sxemasi
va ish jarayoni batafsil yoritilgan.
Kalit sо‘zlar:
takroriy ekinlar, tо‘qsonbosti ekinlar, egatsiz tekis shudgorlash,
plug, texnologiya, konstruksiya, tishli lemex, paykal, ochik egat, marza, tuproqning
qattiqligi, tuproqning zichligi, energiya, tuproq fraksiyasi, tortishga qarshilik.
Аннотация.
В данной статье приводится почвенно-климатические
условия Кашкадарьинской области, направления развития обработки почвы,
анализ зубчатых лемехов, их преимущества перед серийно выпускаемыми
стандартными лемехами, технология безбороздной гладкой вспашки для
выращивания повторных и промежуточных посевов, а также схема
конструкции и процесс работы плуга.
Ключевые слова: повторные посевы, промежуточный посев,
безбороздные гладкие вспашки, плуг, технология, конструкция, зубчатый
лемех, загон, развальные борозды, свальные гребни, твёрдость почвы,
плотность почвы, энергия, фракция почвы, тяговое сопротивление.
Abstract.
This article presents the soil and climatic conditions of the
Kashkadarya region, the directions of development of soil cultivation, the analysis
of toothed ploughshares, their advantages over mass-produced standard
ploughshares, the technology of furrow-free smooth plowing for growing repeated
and intermediate crops, as well as the design scheme and the process of operation
of the plough.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
93
Key words:
repeated cropping, intercropping, non-furrow smooth plowing,
plow, technology, design, tined ploughshare, harrow, open furrows, seedbed, soil
hardness, soil density, energy, soil fraction, resistance to traction.
Jahonda qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish, ulardan yuqori hosil olish
uchun tuproq unumdorligini saqlagan holda energiya-resurstejamkor va ish unumi
yuqori bо‘lgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish va qо‘llash
yetakchi о‘rinni egallaydi. Mamlakatimizning turli tuproq va iqlim sharoitlaridan
kelib chiqib, tuproq unumdorligini saqlaydigan va oshiradigan, aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga bо‘lgan talabini ta’minlaydigan qishloq xо‘jalik ekinlar turini tо‘g‘ri
tanlagan holda yerlardan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Tuproqqa mavridli
va tо‘g‘ri ishlov berish orqali yerdan ikki-uch marta hosil olish, ya’ni takroriy
ekinlar - dukkakli don, sabzavot va oziqabop ekinlar hamda hosildan bо‘shagan
maydonlarga sovuqqa chidamli tо‘qsonbosti ekinlar - piyoz, sarimsoqpiyoz, kо‘kat,
kashnich, petrushka, salat rediska, karam ekinlarini yetishtirish mumkin.
Tuproqqa asosiy ishlov berish - eng kо‘p energiya talab qiladigan jarayon
bо‘lib, u dehqonchilikda umumiy energiya hajmining
40-50% ini tashkil qiladi [1].
О‘tkazilgan tadqiqotlarga kо‘ra [2], ag‘dargichli korpuslar bilan shudgorlashda
tuproq palaxsasini lemex orqali qirqishda 10-18%, palaxsani ag‘dargichga uzatishda
20-30%, palaxsani ag‘dargichda aylanishiga 30%, dala taxtasini ishqalanishida 10-
15% energiya sarf qilinadi. Shudgorlashda asosiy qarshilikning 70% plug
korpusining lemexi va ag‘dargichiga tо‘g‘ri keladi. Shunday bо‘lsada, pluglar uzoq
yillar davomida tuproqqa asosiy ishlov berish uchun eng kо‘p tarqalgan mehnat
quroli ekanligini va bundan keyin ham asosiy texnik vosita sifatida saqlanib
qolishini kо‘rsatmoqda.
Takroriy va tо‘qsonbosti ekinlar yetishtirish uchun tuproqni ekishga
tayyorlashda tekis shudgorlash texnologiyalari va texnik vositalaridan foydalanish
tuproqni ekishga tayyorlash muddatini kamaytiradi. Chunki ushbu shudgorlash
texnologiyalarida bir о‘tishda - shudgorlash, boronalash, molalash va tekislash kabi
agrotexnika tadbirlar bir vaqtda bajariladi.
Tekis shudgorlaydigan pluglarni tuproq palaxsasini ag‘darish usuliga kо‘ra
ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:
- tuproq palaxsasini yon tomonga siljitib ochiq egatga ag‘darish texnologiyasi
(an’anaviy) asosida tekis shudgorlaydigan pluglar (aylanma pluglar, burilma
pluglar);
- tuproq palaxsasini о‘z egati chegarasida 180
0
ga aylantirib ag‘darish
texnologiyasi asosida egatsiz tekis shudgorlaydigan pluglar (frontal pluglar) [3].
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
94
An’anaviy, ya’ni tuproq palaxsasini yon tomonga siljitib ochiq egatga
ag‘darish texnologiyasi asosida shudgorlaydigan aylanma pluglar Amerika
Qо‘shma Shtatlari, Yevropa mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasida keng
qо‘llaniladi. Hozirgi kunda О‘zbekistonda ham “Case” va “Massey Ferguson”
firmalarining 3, 4, 5 va 6 korpusli aylanma pluglari keng qо‘llanilmoqda. G‘arbiy
Yevropada aylanma pluglar soni umumiy pluglar sonining 70% ni tashkil qiladi [4,
5, 6, 7]. Ma’lumki, an’anaviy texnologiyaga asoslangan tekis shudgorlash
texnologik jarayonining mohiyati shundan iboratki, unda tuproq palaxsasi qо‘shni
jо‘yak tomon siljitilib ochiq egatga ag‘dariladi. Tuproq palaxsasini yon tomonga
siljitish qо‘shimcha energiya sarfiga olib keladi. Tuproq palaxsasini qо‘shni jо‘yak
tomon siljitib ag‘darish hamma vaqt bir yо‘nalishda kechadi. Shuning uchun
shudgorlash
agregati
dala
yuzasida
mokisimon
usulda
harakatlanadi.
Harakatlanishning shunday usuli tufayligina shudgor yuzasida egat va marzalar hosil
bо‘lishini oldi olinadi.
Egatsiz tekis shudgorlash texnologiyasi qо‘llanilganda esa dala yuzasidagi
marza va egatlar hosil bо‘lmaydi, dala yuzasi tekisligi saqlanib qolinadi, yerni
ekishga tayyorlash uchun qо‘shimcha ishlar bajarilmaydi, keyingi texnologik
jarayon uchun qulay sharoit yaratiladi, mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchi ekinni
ekishgacha bо‘lgan vaqt ancha qisqaradi, energiya va resurslar tejaladi, ildiz ozuqa
oladigan tuproq qatlamida namni yig‘ilishi yaxshilanadi, tuproq suv va shamol
eroziyasidan himoya qilinadi, hosildorlik 3-7%ga oshadi,
tuproqqa asosiy va ekish
oldidan ishlov berish davomidagi tekislash jarayonlari bо‘yicha bajariladigan
ishlar 30% ga kamayadi,
shudgorlash bilan bir vaqtda ekish ishlarini ham bajarish
mumkin, yerdan ikki marta hosil olish imkoniyati tug‘iladi. Egatsiz tekis
shudgorlaydigan pluglar aylanma pluglarga nisbatan
quyidagi afzalliklarga ega:
agrotexnik
-
yaxshi strukturali ochiq egat va marzalarsiz tutash tekis shudgor yuzasi
ta’minlanadi, hosildorlikni 15-18% ga oshiradi; ekologik -
erozion xavfli tuproq
zarralari egat tubiga kо‘miladi, yuza qatlamda 0,25-10 mm о‘lchamli tuproq
agregatlari hosil qilinadi; energetik - yoqilg‘i sarfi 25-28% ga kam. Shudgordan
keyin
tuproqni
ekishga
tayyorlash
bо‘yicha bajariladigan qо‘shimcha
operatsiyalarni qisqarishi tufayli dalani ekishga tayyorlash uchun vaqt va energiya
sarfi 1,5-1,8 martaga kamayadi; konstruksion -
material sig‘imi 50-100% ga kam;
ergonomik
-
simmetriklik va turg‘unlik, murakkab gidromexanik tizimlarni yо‘qligi,
yuqori manevrchanlik. Dalada eng maqbul mokisimon harakat usuli operatorga
kamfort va xavfsiz ish sharotini yaratadi; iqtisodiy -
kichik material hajmli va
maqbul konstruksiyaga ega bо‘lganligi tufayli narxi aylanma pluglarga nisbatan 2-
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
95
2,5 marta, an’anaviy pluglarga nisbatan esa 1,3 marta kam. Kam yoqilg‘i sarfi,
yuqori ishchi tezligi va ish unumdorligi tufayli katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Ammo, о‘tkazilgan ilmiy-texnik va patent adabiyotlar tahliliga kо‘ra, egatsiz
tekis shudgorlaydigan frontal pluglarda tortishga qarshilikni kattaligi va shudgorlash
chuqurligini nisbatan kamligi (22-25 sm) kabi ayrim kamchiliklar uchraydi. Chunki
plug korpuslari ramada bir tо‘g‘ri chiziqda frontal joylashganligi bois, lemex va
ag‘dargichlarning yuzasining yig‘indisi katta, bu tortishga qarshilikni oshiradi va
plugni yerga chuqur botishiga tо‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, zaplujniklar
о‘rnatilgan tutqich joylashgan hududda shudgor tubi notekisligi mavjud. Mazkur
kamchilikni bartaraf etish maqsadida egatsiz tekis shudgorlaydigan pluglarda tishli
lemexlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Iskanasimon lemexlar bilan
taqqoslanganda tishli lemexlar taqir va och tusli bо‘z tuproqlarda qо‘llanilganda
yuqori sifatli shudgorni ta’minlaydi, zichlashgan “plug tovoni” hosil bо‘lmaydi,
haydash chuqurligi oshadi va shudgor tubi notekisligini bartaraf etadi.
Keyingi vaqtlarda tuproqning yildan-yilga zichlashib borishi unga ishlov
berishdagi energiya sarfini yanada oshishiga olib kelmoqda. Standart iskanasimon
lemexlar bilan о‘rtacha 6-15 ga yerni shudgorlash mumkin. Ammo, о‘ta quruq
tuproqlarda lemexlar tez yeyiladi, о‘tmaslanib qoladi. О‘zbekistonda sug‘oriladigan
maydonlarning 20,8% yengil, 52,8% о‘rtacha va 26,4% og‘ir tuproqlardan tashkil
topgan. Qashqadaryo viloyati tuproqlari fizik-mexanik, fizik-kimyoviy xossalari
bо‘yicha turlicha bо‘lib, meliorativ holati va о‘zlashtirish muddatiga qarab, ularga
yilning turli fasllarida ham ishlov berish mumkin hamda takroriy va tо‘qsonbosti
ekinlar yetishtirish imkoniyatiga ega. Asosan taqir va och tusli bо‘z tuproq turlaridan
iborat. Ular yuqori qumoqlikka ega bо‘lib, о‘lchami 0,05 mm dan katta bо‘lgan
qumli fraksiya miqdori 56% gacha yetadi. Changsimon fraksiya miqdori esa (0,05-
0,01 mm) 15% dan 39% gacha о‘zgarib turadi. Taqir tuproqlar mexanik tarkibiga
kо‘ra og‘ir qumoq tuproq, serkesak shaklga moyil va 1,13 g/sm
3
dan 2,14 g/sm
3
gacha zichlikka ega [8, 9, 10]. Qashqadaryo viloyatining och tusli bо‘z tuproqlarida
0,05-0,01 mm о‘lchamdagi chang zarrachalarining miqdori 52,4-59,9%, loy
zarrachasi о‘lchamlari esa 0,001 mm gacha bо‘lib, uning miqdori 8,8-9,7% ga teng
[9].
Jahon amaliyoti shuni kо‘rsatadiki, plugning tortishga qarshiligini
kamaytirish usullaridan biri - bu tishli lemexlardan foydalanishdir [11]. О‘tkazilgan
tadqiqotlarga kо‘ra, shudgor osti zichlashgan qatlamni bartaraf etish uchun tishli
lemexlardan foydalanish о‘zgaruvchan qavariqli va chiziqli shudgor tubini
ta’minlaydi. Buning uchun lemexda tishlar soni 3 dona, uzunligi 100 mm, tishlar
orasidagi kenglik 130 mm va о‘rnatilish burchagi 45º bо‘lishi maqsadga muvofiq.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
96
Shudgorlashda tishli lemexlardan foydalanish zichlashgan shudgor osti qatlamini
hosil bо‘lishini bartaraf qiladi va shudgor tubi qattiqligini о‘rtacha 11% ga,
zichligini esa 10,8% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, tuproning maydalanish
darajasi oshadi, tuproqning strukturalilik koeffitsiyenti seriyali ishlab chiqarilgan
lemexlarga nisbatan 50% ga kо‘p bо‘ladi. Tishli lemexlar qо‘llanilganda, seriyali
iskanasimon lemexlarga nisbatan tuproq palaxsalarini kesishdagi solishtirma
qarshilik 4,6% ga, tortishga qarshilik esa 6,4% ga kamayadi.
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti va
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti olimlari tomonidan hamkorlikda takroriy
ekinlar ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlaydigan tishli lemexli egatsiz tekis
shudgorlaydigan plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi (1-rasm). Tishli
lemexli egatsiz tekis shudgorlaydigan plug rama 1, tishli lemexli chap va о‘ng
tomonlama ag‘daruvchi korpuslar 2 va 3, zaplujniklar 4 va 5, tayanch-tekislovchi
g‘altak 6, tayanch g‘ildiragi 7 dan iborat.
1-rama, 2 va 3-tishli lemexli chap va о‘ng tomonlama ag‘daruvchi korpuslar,
4 va 5-zaplujniklar, 6-tayanch-tekislovchi g‘altak, 7-tayanch g‘ildirak.
1-rasm. Tishli lemexli egatsiz tekis shudgorlaydigan plug
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
97
Takroriy ekinlar ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlaydigan egatsiz tekis
shudgorlaydigan plug don-dukkakli, sabzavot-poliz, yem-xashak va boshqa ekinlar
ekiladigan yerlarga asosiy ishlov berishda qо‘llaniladi. Egatsiz tekis
shudgorlaydigan plug 27-30 sm chuqurlikka ishlov beradi, yirik kesaklarni
maydalaydi, dala yuzasini tekislaydi va zichlaydi. U 3-4 klassga mansub bо‘lgan
traktorlar bilan agregatlanadi. Plugning qamrash kengligi 2,1 m ga teng.
Egatsiz tekis shudgorlaydigan plugning texnologik ish jarayonida tishli
lemexlar tuproq qatlamini chuqur qirqib ag‘dargichga uzatadi. Tishli lemex orqali
qisman bо‘laklangan palaxsa yerdan uzilmagan xolda ag‘dargich yuzasi bо‘ylab
yuqoriga kо‘tariladi. Palaxsa ag‘dargich yuzasi ta’sirida 160
0
-165
0
ga aylantiriladi.
Zaplujnik qanotining qо‘shimcha ta’risi natijasida tuproq palaxsalari 180
0
ga о‘z
egati chegarasida yotqiziladi. Tishli lemex va ag‘dargich ta’sirida qisman
maydalangan tuproq palaxsalari korpus va zaplujnikdan keyin joylashgan tayanch-
tekislovchi g‘altak ta’sirida tо‘liq eziladi, qisman zichlanadi va tekislanadi.
Tishli lemexlarni shudgorlash jarayoni chuqurligi va shudgor tubi tekisligiga
ta’sirini tadqiq etish maqsadida plug korpusining lemexi tig‘ini asosiga nisbatan
qiyalik burchagi, tishlarning uzunligi va kengligi har xil bо‘lgan maxsus tishli
lemexlar yasaldi (2-rasm).
1-iskanasimon tishli; 2-burchak tishli; 3-keng tishli; 4-chapkesar tishli
2-rasm. Tishli lemexlar
О‘tkazilgan ilmiy-texnik va patent adabiyotlar tahliliga kо‘ra, takroriy va
tо‘qsonbosti ekinlar ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlashda tishli lemexli egatsiz
tekis shudgorlaydigan pluglardan foydalanish tuproqni ekishga tayyorlash
muddatini kamaytiradi. Iskanasimon lemexlar bilan taqqoslanganda tishli lemexlar
1
2
3
4
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
98
qо‘llanilganda shudgor ostida zichlashgan “plug tovoni” hosil bо‘lmaydi, haydash
chuqurligi oshadi va shudgor tubi notekisligini bartaraf etiladi. Qashqadaryo
viloyatining taqir va och tusli bо‘z tuproqlarida tishli lemexlar qо‘llanilganda
lemexlarni tez yeyilishi, о‘tmaslanib qolishi kabi kamchiliklari bartaraf etiladi.
Shudgorlashda tishli lemexlardan foydalanish shudgor tubi qattiqligini о‘rtacha 11%
ga, zichligini esa 10,8% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, tuproqning maydalanish
darajasi oshadi, tuproqning strukturalilik koeffitsiyenti seriyali ishlab chiqarilgan
lemexlarga nisbatan 50% ga kо‘p bо‘ladi. Tishli lemexlar qо‘llanilganda, seriyali
iskanasimon lemexlarga nisbatan tuproq palaxsalarini kesishdagi solishtirma
qarishilik 4,6% ga, tortishga qarshilik esa 6,4% ga kamayadi. Iskanasimon lemexlar
bilan taqqoslanganda tishli lemexlar yuqori sifatli shudgorni ta’minlaydi,
zichlashgan “plug tovoni” hosil bо‘lmaydi, haydash chuqurligi oshadi va shudgor
tubi notekisligini bartaraf etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
1. Бойметов Р.И., Тукубаев А. Плуг для гладкой пахоти //
Хлопководство, - 1985. - № 12. – с.19.
2. Кашаев В.А. и др. Тенденция развития технологий и средств
механизатсии обработки почви. - М.: 1988.
3. Маматов
Ф.М., Эргашев И.Т., Равшанов Х.А. Тенденсии
совершенствования конструксии и научние основи плугов для гладкой
безбороздной вспашки. – Т.: «Ворис-нашриёт». – 2018, – С. 136.
4. Кузнетсов Й.А., Кирюхин В.Г. Почвообрабативаюшие машини//
Трактора и селхозмашини. – Франция, 1983. – № 3. – С. 28.
5. Протокол государственних приемочних испитаний импортного
навесного линейного плуга фирми “Rabewerk” (Швеция). -1983.- № 11. - c. 83-
96.
6. Сборник материалов фирми “Kverneland”.- Stavanger, Норвегия, 1999.
7. Сборник материалов фирми “Lemken”. - Alpen, Германия, 1999.
8. Муратов М., Бойметов Р.И. Технология улучшения плодородия почв.
– Ташкент, "Меҳнат", 1985. – 79 c.
9. Сергиенко В.А., Бойметов Р.И., Мансуров К.М. Основная обработка
почви зони Каршинской степи. – Ташкент. "Фан", 1982. – 63 c.
10. Мансуров К.М. Исследование процессов основной обработки почви
зони Каршинской степи с селю улучшения агротехнических показательей:
Дисс. … канд. техн. наук. – Янгиюльь: САИМЕ, 1975. – 158 с.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-2, ISSUE-11
99
11. Федюнина Т.В. Совершенствование технологии основной обработки
почви с обоснованием параметров лемеха с преривистим лезвием: Дисс. …
канд. техн. наук. – Саратов, 2001. – 143 с.
