Authors

  • Kibriev Bexroz Abdurakhmonovich
    Termez University of Economics and Service, Faculty of Medicine
  • Sulaymonova Hilola
    Termez University of Economics and Service, Faculty of Medicine

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.69218

Keywords:

Ko‘kyo‘tal epidemiologiya profilaktika vaksinalar immunizatsiya diagnostika sanitar-gigiyena kasallik tarqalishi emlash dasturi.

Abstract

Ushbu maqolada ko‘kyo‘tal kasalligining tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari o‘rganiladi. Tadqiqotda kasallikning epidemiologik xususiyatlari, tarqalish omillari va diagnostika usullari tahlil qilingan. Kasallikka qarshi samarali profilaktika choralarini amalga oshirish, jumladan emlash dasturlari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va aholining xabardorligini oshirish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan. Maqolada ko‘kyo‘tal kasalligining oldini olish strategiyalari yoritiladi.

 


background image

32



KO‘KYO‘TAL KASALLIGI ASORATLARINI ANIQLASH HAMDA

KASALLIKNING PROFILAKTIKASI VA DAVOLASH CHORA

TADBIRLARI

Kibriev Bexroz Abdurakhmonovich

Termez University of Economics and Service, Faculty of Medicine

kibriev1991@gmail.ru

Sulaymonova Hilola

Termez University of Economics and Service, Faculty of Medicine

Annotatsiya

: Ushbu maqolada ko‘kyo‘tal kasalligining tarqalishini oldini olish chora-

tadbirlari o‘rganiladi. Tadqiqotda kasallikning epidemiologik xususiyatlari, tarqalish
omillari va diagnostika usullari tahlil qilingan. Kasallikka qarshi samarali profilaktika
choralarini amalga oshirish, jumladan emlash dasturlari, sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilish va aholining xabardorligini oshirish kabi yo‘nalishlarga e’tibor
qaratilgan. Maqolada ko‘kyo‘tal kasalligining oldini olish strategiyalari yoritiladi.

Kalit so‘zlar

: Ko‘kyo‘tal, epidemiologiya, profilaktika, vaksinalar, immunizatsiya,

diagnostika, sanitar-gigiyena, kasallik tarqalishi, emlash dasturi.

Kirish qismi

.Ko‘kyo‘tal

yuqori nafas yo‘llarining yuqumli kasalligi bo‘lib,

spazmatik yo‘tal xurujlari bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarda hammadan ko‘ra ko‘proq uchraydi.

Ayniqsa 2 yoshdagi bolalarda ogʻir

kechadi.Qoʻzgʻatuvchisi –

Bordetella pertussis

aerob, kapsulali, grammanfiy tayoqcha

bakteriyadir. Bakteriyalar koʻp miqdorda toksinlar ajratib chiqaradi va nafas
yoʻllarining shilliq qavatini zararlaydi.

Asosiy qism

. Kasallik nafas yoʻllarining shilliq qavatida koʻpayadi 40 % hollarda

kasallik oʻtkir bronhit tarzida kechishi mumkin.

Ko‘kyo‘tal yuqori nafas yo‘llariga

yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi Bordetella pertussis bakteriyasining tushishi natijasida
yuzaga keladi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi, zararlanish ehtimoli 90% ni
tashkil qiladi.

Inkubatsion davri 7-14 kun, bemor 5 kunlik antibiotik terapiyadan

soʻng

izolyatsiya

qilinishi kerak. Kasallik asosan 3 stadiyada kechadi: kataral,

konvulsiya, desrement stadiyasi. Inkubatsion davrdan keyin grippsimon belgilar paydo
boʻladi, yengil tana haroratinig koʻtarilishi kuzatiladi. Aksirish, quruq yoʻtal
boshlanadi, bu davr 2 hafta davom etadi, oʻta yuqish darajasi yuqori boʻladi.

Birinchi


background image

33

1-2 hafta ichida engil sovuq, yo'tal, burun burunlari, zaiflik va kamdan-kam hollarda
isitma belgilari paydo bo'ladi. Paroksismal, spazmodik yo'tal titroqlari odatda chuqur
shovqinli nafas bilan tugaydi. Ko'p yo'tal xurujlari juda og'riqli bo'lishi mumkin va
ko'plab bemorlar uchun ular kechasi tez-tez uchraydi.

Ikkinchi stadiyada yoʻtal

hurujlari boshlanadi, harakterli koʻrinishi til tashqariga chiqishi kuzatiladi. yoʻtal
natijasida tiniq shilliq ajrab chiqadi va qayt qilishi mumkin. Konvulsiya davri 2
haftadan 6 haftagacha davom etadi. Oxirgi davrda (stadium decrementi) yoʻtal
hurujlari asta sekin kamaya boradi, 3 haftadan 6 haftagacha davom
etadi.

Antibiotiklar

berilmasa 10 oygacha davom etishi mumkin, shu sababli 100 kun

yoʻtal deb nomlangan. 6 oydan kichik koʻkrak yoshidagi bolalarda yoʻtal hurujlari
apnoe bilan kuzatiladi, katta yoshdagi odamlarda faqat quruq yoʻtal kuzatiladi – bu
kasallikning atipik kechishidir. Koʻkyoʻtal oʻpka shamollashiga, oʻrta quloq
yalligʻlanishiga va ikkilamchi infektsiyalarga sabab boʻladi. Kuchli yoʻtal chov hamda
kindik churralarini keltirib chiqaradi.


Ko‘kyo‘tal uchun xarakterli alomatlar:
1.Ko‘krak qafasida og‘riq
2.Uzoq davom etadigan yo‘tal
3.Balg‘am
4.Tumov
5.Isitma
6.Yuzning ko‘karishi
7.Qusish
8.Xirildoq ovoz
Diagnostika
1.O’pka rentgeni
2.Pulmonologiya
3.Balg’amdan bakterriologik bakposev
4.Umumiy qon tekshiruvi
Kasallikning kechki bosqichida pulmonolog maslahati ham tavsiya etiladi.
Ko‘kyo‘talni davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.antibiotiklar;
2.yo‘talga qarshi gamma-globulin;
3.antigistamin preparatlar;
4.sedativ preparatlar;
5.spazmolitiklar;
6.neyroleptiklar;
7.yo‘talga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar;


background image

34

8.ingalyatsiyalar;
9.fizioterapevtik muolajalar;
10.o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish (asoratli kechganda).
Gorchichnik va bankalardan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki ular yo‘talni
kuchaytirishi mumkin.
Bolalarda ko‘kyo‘talni davolash kattalardagiga o‘xshaydi. To‘shak rejimiga rioya
qilish va bolaga stress ta’sirini minimallashtirish tavsiya etiladi.
Ko‘kyo‘talni o‘z vaqtida davolamaslik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,
masalan:
1.pnevmoniya;
2.bronxit;
3.plevrit;
4.o‘pka emfizemasi;
5.pnevmotoraks;
6.yiringli otit;
7.qorin devori mushaklarining yirtilishi;
8.insult;
9.to‘g‘ri ichakning tushib qolishi;
10.gemorroy.
Keksa odamlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘limga olib kelishi mumkin.

Ko‘kyo‘tal bo‘yicha xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
1.chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
2.keksalar;
3.davolash-profilaktika muassasalari xodimlari;
4.bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablari xodimlari.
Ko‘kyo‘talning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

1.emlash o‘tkazishi;
2.muntazam ravishda nafas mashqlarini bajarish;
3.o‘ta sovqotishdan saqlanish;
4.chekishdan voz kechmoq

Xulosa

.Ko‘kyo‘tal kasalligining tarqalishini oldini olishda vaksinatsiya, sanitariya-

gigiyena qoidalariga rioya qilish va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish kabi
kompleks yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan
profilaktik tadbirlar samarali bo‘lib, kasallikning tarqalishini sezilarli darajada
kamaytirishga imkon yaratmoqda. Biroq, ushbu choralar yanada takomillashtirilishi va
kengaytirilishi zarur. Ko‘kyo‘tal kasalligining tarqalishini oldini olish uchun samarali


background image

35

profilaktika choralarini amalga oshirish juda muhimdir. Ayniqsa bolalar va homilador
ayollarni vaksinalashning doimiy monitoringi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya
qilish va kasallik haqida aholining xabardorligini oshirish kasallikning tarqalishini
kamaytirishdagi asosiy vositalardir. Emlash dasturlari va tibbiy xizmatlarning sifatini
yaxshilash orqali ko‘kyo‘talning oldini olish va kasallikning tarqalishini to‘xtatish
mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari ko‘kyo‘tal kasalligining profilaktikasi va
davolashda amalga oshirilgan davlat dasturlari samarali ekanligini ko‘rsatdi, lekin bu
boradagi ishlarni yanada kengaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish
zarurati mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.https://med24.uz/uz/bolezn/koklyush Ko’k yo’tal kasallik belgilari diagnostika va
davolash

2. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3.

http://gramota.ru/slovari – справочно-информационный интернет-портал

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Wayback_Machine

5. https://www.infektionsschutz.de/Коклюш

References

https://med24.uz/uz/bolezn/koklyush Ko’k yo’tal kasallik belgilari diagnostika va davolash

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

http://gramota.ru/slovari – справочно-информационный интернет-портал