47
INVESTITSIYA TUSHUNCHASI VA UNING MAMLAKAT IQTISODIY
O'SISHIGA TA'SIRI
Abdusattorov Sunnatjon ravshanovich
Termiz davlat universiteti talabasi
Hojiqulova Feruza Dona qizi
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya
: ushbu maqolada biz Investitsiya tushunchasi va uning mamlakat
iqtisodiyotida tutgan o'rni haqida gaplashamiz, va O'zbekiston misolida
investitisiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini tahlil qilamiz.
Kalit so'zlar
: investitsiyalar,xorijiy investitisiyalar, iqtisodiyot , milliy iqtisodiyot,
iqtisodiy o'sish.
Investitsiya-mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi modddiy, moliyaviy va
moliyaviy va nomoddiy boyliklarini iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida
muomlaga kiritishdir. Bu ma’lum vaqt davomida qiymatni oshirish uchun
aktivlarni bag’ishlash.Investitsiya “aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish,
ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital
qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi. Ana shu belgilarga
ko’ra investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan mazmunan farq qiladi.D.G’ozibekov
tomonidan investitsiyalarning makroiqtisodiy darajadagi va moliya nazariyasidagi
mohiyati to’g’risida ham fikrlar bildirilgan.Xususan, makroiqtisodiy darajada
investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarishga, uy-joy
fondini, tavar zaxiralarini o’stirish,intellektual salohiyatni qaytadan ishlab chiqarishni
tashkil etish jarayoni nazarda tutiladi.Moliya nazariyasida investitsiyani real yoki
moliyaviy aktivlarga yo’naltirish bilan bog’lash ya’ni bu kulgusi davrlarda
daromadlar olish maqsadida qilingan hozirgi chiqimlardir. Rossiyalik iqtisodchi olim
L.Igoshina tomonidan “Investitsiyalar pulni saqlash, ko‘paytirish yoki ijobiy
miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin
bo‘lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi” deb ta’riflangan o‘zbekiston
Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘’risida”gi
qonuning 3-moddasiga ko‘ra investitsiyalar mo‘ljallangan ob’ektiga qarab 1.kapital,
2.innovatsiya va 3.ijtimoiy investitsiyagalarga bo‘linadi:
48
-
kapital invetitsiyalar
jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror
ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga
qo’shiladigan investitsiyalar kiradi;
-
innovatsiya investitsiyalarlari
texnika va texnologiyalarning yangi avlodini
ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi;
-ijtimoiy investitsiyalar
inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish
tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shqakllarini
rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar – 22 467,1 mlrd. so‘m.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar – 86
647,0 mlrd. so‘m. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar 64 179,9 mlrd.
so‘m. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 51
911,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 %ini tashkil
etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 %i yoki
18 077,8 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28 740,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2019-
yilning mos davriga nisbatan 5,3 % punktga kamayib, 14,2 %ni tashkil etdi.
Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 28
520,9 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,1 %ini tashkil etib,
2019-yilning mos davriga nisbatan 0,3 % punktga kamaydi), O‘zbekiston
Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 22 467,1 mlrd. so‘m (11,1 % va 3,1
% punktiga kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 35
439,4 mlrd. so‘m (17,6 % va 7,6 % punktga ko‘paydi), Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi 1 814,6 mlrd. so‘m (0,9 % va 2,5 % punktga kamaydi), Respublika
budjeti 13 081,3 mlrd. so‘m (6,5 % va 2,5 % punktga kamaygan), suv ta’minoti va
kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1 947,2 mlrd. so‘m
(1,0 % va 0,1 % punktga ko‘payish) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar
o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish
manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy
investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi.
2017-2021-yillar oraligʻida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 13,2
mingtaga yetgan.
49
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xorijiy
investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar mamlakat iqtisodiyotida qanday
rol oʻynashini tahlil qildi. Tadqiqot mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalar
ishtirokida
tashkil
etilgan
korxonalarning
ahamiyati
ortib
borayotganini
koʻrsatdi.2017-2021-yillar oraligʻida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga
koʻra, 13,2 mingtaga yetgan. Iqtisodiyotimizga investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq
mamlakat orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston va Janubiy Koreya yetakchilik
qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6
foiz) va savdo (28,5 foiz) sohalarida faoliyat yuritmoqda. Chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalarda iqtisodiyotda rasman band aholining 6 foizi faoliyat yuritadi, biroq ushbu
korxonalarning
ishlab
chiqarishdagi
ulushi
15
foizni,
asosiy
kapitalga
investitsiyalardagi ulushi esa 24 foizni tashkil etadi.Bunday korxonalar respublikadagi
jami korxonalarning 2,5 foizini tashkil etsada, 2021-yilda mamlakat tashqi savdo
aylanmasining 19,8 foizi, eksport va importning mos ravishda 19,7 va 25 foizi ularning
hissasiga toʻgʻri kelgan.Tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, chet el kapitali ishtirokidagi
korxonalar faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik subyektlarining eng samarador va eng faol
qatlami hisoblanadi.2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning
taraqqiyot strategiyasiga koʻra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 milliard dollar
miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib eksport hajmini
30 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Ushbu maqsadlarga erishishda chet el
50
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, shuningdek, ularning eksport
faoliyatini ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega.
Xulosalarim va takliflarim;
Investitsiyalar mamlakatning ishlab chiqarish
qobiliyatini yaxshilashga, pul massasi va resurslarning muvozanatini saqlashga
shunindek mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan eksport ko’rsatkichini oshirish
bilan yalpi ichki mahsulot hajmini oshishiga xizmat qiladi. Investitsiyalar yordamida
infratuzilma, sanoat va xizmatlar sektori rivojlanadi. Bu esa jamiyat farovonligini
oshiradi va davlatning xalqaro savdodagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Shuningdek, investitsiyalar davlat byudjetini to'ldiradi, soliq daromadlarini oshiradi va
jamg'armalarni mustahkamlashga yordam beradi. Biroq, yuqori darajadagi tashqi
investitsiyalar ayrim hollarda iqtisodiy mustaqillikka ta'sir qilishi yoki ijtimoiy va
ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan
to'g'ri investitsion strategiyalar va islohotlar amalga oshirilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ;
1.
T.D.Maxmudov. Mintaqa iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etishning optimal
tartibga solish mexanizmini takomillashtirish(Surxondaryo viloyati misolida).
Monografiya. Termiz. 2024 yil. 134-bet.
2.N.R. Rajabov Hudud investitsion salohiyatidan samarali foydalanish //“Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar” ilmiy electron jurnali. № 3, may-iyun, 2019 yil.
3.https://www.surxonstat.uz/uz/rasmiy-statistika/macro-indicators-2.
4. JSTOR: Iqtisodiyot bo'yicha ilmiy maqolalar va tadqiqotlar uchun.
5. Xalqaro iqtisodiy ma'lumotlar va hisobotlar.Ushbu kitoblar va manbalar
iqtisodiy
bilimlarni kengaytirish va chuqurroq tushunish uchun foydali bo'lishi mumkin.
Har bir
kitob o'ziga xos mavzularni qamrab oladi va iqtisodiyotning turli jabhalarini
o'rganishga
yordam beradi.
6. investitsion holat va natijalar togrisida; kun uz
