76
SURXONDARYO VILOYATIDA YASHIL IQTISODIYOT BO‘YICHA
AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR VA KO‘RSATKICHLAR
Xayrullayev Azamat Ismatullo o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,
Iqtisodiyot, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha
yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada
yashil
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishdagi
ahamiyati va O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot
aholining turmush darajasini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekistonda olib borilayotgan
islohotlar mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishga xizmat
qiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot joriy etilishi global iqtisodiy
inqirozdan chiqish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim omil ekani
ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar: yashil iqtisodiyot, resurslar, iqtisodiy o‘sish,
barqaror rivojlanish, yashil rivojlanish.
Kirish
Yashil iqtisodiyot - iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramiz
ekologiyasini saqlash va iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirish, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotni yanada
rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi
yo‘nalishidir.
Iqtisodiyotning tashqi muhitdagi o‘zgarishlar bilan tobora mustahkam o‘zaro
bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ko‘plab shakllariga ta’siri hozirgi
davrda iqtisodiyot globallashuvining muhim xususiyati hisoblanadi. So‘nggi yillarda
jahon hamjamiyatining dolzarb muammolaridan biri barcha qit’a mamlakatlarida
“yashil iqtisodiyot”ni joriy etishdir. Globallashuv jarayoni sanoati rivojlangan
mamlakatlarning texnologik bazasini sifat jihatidan yangilashni, modernizatsiya
qilingan iqtisodiyotni ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik darajasini
oshirish barobarida hayot sifati va yashash muhitini yaxshilaydigan yangi texnologik
tartibga o‘tishni taqozo etmoqda.
Yashil iqtisodiyot konsepsiyasining asosiy maqsadi barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash va investitsiyalarni oshirish bilan bir vaqtda atrof muhit muhofazasi va
ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
77
mazkur maqsadga erishish uchun davlat va xususiy investitsiyalarni barqaror
rivojlanishning ekologik va ijtimoiy omillariga keng miqyosda yo‘naltirish zarur
bo‘ladi. Yashil iqtisodiyotning maqsadi tabiiy resurslardan oqilona foydalangan va
salbiy ekologik ta’sirlarni nisbatan kamaytirgan holda barqaror iqtisodiy o‘sishga
erishishdir. Yashil iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, uni atrof-muhit bilan uzviy
bog‘liq ekanligini unutmasligimiz lozim, aynan ekologiyaning tobora yomonlashib
borishi butun insoniyatni ushbu global muammoning yechimini topishga undaydi.
Jahonning barcha mamlakatlarida ekologik barqarorlikni taʼminlash, tabiatni
muhofaza qilish va iqtisodiy o‘sishni muvofiqlashtirish masalalari muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi ekologik va iqtisodiy manfaatlarni
birlashtirib, qo‘shni xo‘jalik tarmoqlari va texnologiyalarning innovatsion usullarini
rivojlantirishni nazarda tutadi. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda amalga
oshirilayotgan bir qator ishlarning samarasini ko‘rish mumkin. Mazkur maqolada
Surxondaryo viloyatida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar va
ularning ijobiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maqolada yashil iqtisodiyotning barqaror rivojlanishdagi ahamiyati, tabiiy
resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish zarurati
tahlil qilinadi. Yashil o‘sish konsepsiyasi 2000-yillardan buyon ko‘plab davlatlarning
iqtisodiy siyosatiga integratsiyalangan. Jahon iqtisodiyotining modernizatsiyasi
jarayonida innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda, biroq ekologik xavflarning
oldini olish muhimdir. Tadqiqot atrof-muhit va barqaror rivojlanish iqtisodiyoti
tamoyillariga asoslanib, statistik tahlil, analiz va sintez usullari orqali olib borilgan.
Yashil iqtisodiyot inson farovonligini oshiruvchi, ijtimoiy tenglikni ta’minlovchi va
ekologik xavflarni kamaytiruvchi model sifatida qaraladi.So‘nggi o‘n yilliklarda
ko‘pchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish
barqarorligi, resurslardan foydalanishni kengaytirish va atrofmuhitga zararli ta’sirlarni
kamaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Tabiiy resurslardan samarali va mas’uliyatli foydalanish orqali barqaror o‘sish
sur’atlariga erishishga qaratilgan yashil o‘sish konsepsiyasi 2000-yillarning oxirida
joriy etilganidan buyon ko‘plab hukumatlar iqtisodiy siyosatining ajralmas qismiga
aylandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yashil iqtisodiyotga o‘tish tabiiy kapitalni tiklaydi va kengaytiradi, uglerod
chiqindilarini kamaytiradi va uzoq muddatda odamlarning yashashi va ishlashi uchun
qulay muhit yaratadi.
78
2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va kelgusi
yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan. Yashil
iqtisodiyotga o‘tishning strategik mexanizmi global va milliy miqyosda barqaror
rivojlanishga o‘tishning samarali vositasi bo‘lib, atrof-muhit samaradorligi,
resurslarni tejash, tarmoqlararo xarakterga egalik tamoyillariga asoslanadi.
Mamlakatimizda
tarkibiy
o‘zgarishlarni
chuqurlashtirish,
iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, shu bilan birga,
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yashil iqtisodiyotga o‘tishning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat bo‘ldi:
- texnologik modernizatsiya va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali
iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish;
- ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan yashil mezonlarni davlat
investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga kiritish;
- davlat rag‘batlantirish mexanizmlarini rivojlantirish, davlat-xususiy
sheriklikni rivojlantirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni faollashtirish
orqali yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga
oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
- ta’limga investitsiyalarni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari
va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali yashil iqtisodiyot
sharoitida mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimini rivojlantirish;
- Orolga ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish;
- yashil iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni, jumladan, ikki va ko‘p
tomonlama kelishuvlarni mustahkamlash.
Ishda olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda
yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati mustahkam iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega.
Mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishning asosiy strategiyalarini quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq : qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini joriy etish sohasida :
- qishloq joylarda fotovoltaik konvertorlarni o‘rnatish 2030-yilgacha olis
fermer xo‘jaliklarini to‘liq elektrlashtirishni ta’minlash;
-
energetika
sohasida
yirik
fotoelektr
stansiyalarini
yaratish;
- qozon issiqlik ta’minoti tizimlarida quyosh qo‘shimchalarini joriy
1. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi va uning ahamiyati
79
Yashil iqtisodiyot – bu tabiat resurslaridan samarali va xavfsiz foydalanishga,
qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga, uglerod isitishni
kamaytirishga, shuningdek, ekologik zararlarni minimallashtirishga qaratilgan
iqtisodiy modeldir. Uning asosiy maqsadi – iqtisodiy o‘sishni tabiatni muhofaza qilish
bilan birlashtirish, atrof-muhitni asrash va inson salomatligini yaxshilashdir. Bugungi
kunga qadar O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi o‘n bitta xalqaro
konvensiya, bitim va ular doirasidagi yettita ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaga
qo‘shildi.
Mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichida barcha sohalar kabi atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik
muammolarning inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar barqaror rivojlanish kafolati bo‘lmoqda. Albatta, bu
islohotlarning huquqiy asoslari Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
Albatta, hozirgi globallashuv jarayonida sanoatning keskin taraqqiy etishi
ekologiya sohasini qonunlashtirish, amaldagi ayrim ekologik qonunlarni
takomillashtirish maqsadida ularni kodekslashtirish muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida hukumat sanoat rivojini ekologiyaga
taʼsirining oldini olish bo‘yicha 2025 yilgacha mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqishini, shuningdek, nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda
Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqishi lozimligini qayd etgan edi. Shu asosda
Ekologiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va bugungi kunda keng jamoatchilik
ishtirokida muhokamalardan o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi
o‘n bitta xalqaro konvensiya, bitim va ular doirasidagi yettita ko‘p tomonlama xalqaro
shartnomaga qo‘shildi. Jumladan, Parij bitimini ratifikatsiya qilgan tomon sifatida
2030 yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010 yildagi darajaga
nisbatan 10 foiz qisqartirish bo‘yicha majburiyat olgan. Shundan kelib chiqib, davlat
dasturining tegishli bandiga muvofiq, O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi
munosabati bilan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab
chiqildi. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda ekologik sof, resurstejamkor
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
so‘nggi yillarda Orolbo‘yi hududida bir nechta loyiha bajarildi. Buning natijasida Orol
dengizining qurib qolgan hududida saksovul va cho‘lga chidamli boshqa o‘simliklar
ekildi. Mo‘ynoq shahri infratuzilmasi keskin yaxshilandi.
O‘zbekistonda 2019-2030 yillarda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish konsepsiyasi
qator vazifalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, energiya samaradorligi ko‘rsatkichini ikki
karra oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yana-da rivojlantirish, ularning
ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining yigirma besh foizidan
80
ko‘prog‘iga yetkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli
energiya bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, sanoat korxonalari infratuzilmasini moder-nizatsiyalash,
energiya samaradorligini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va
ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayon-laridan yana-da keng foydalanish
hisobiga ularning barqarorligini taʼminlash mo‘ljallangan. Qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini keng joriy etish va rivojlantirish nazarda tutilgan bo‘lib, umumiy energiya
ishlab chiqarish salmog‘ida ushbu ekologik toza energiya ulushini 12 foizga yetkazish.
Surxondaryo viloyatida yashil iqtisodiyotga oid bir qator loyihalar va tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Viloyaatda asosan qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan resurslarni
samarali boshqarish, yangilanuvchi energiya manbalariga eʼtibor qaratish va atrof-
muhitni muhofaza qilish ishlari bilan shug‘ullanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023-yilda
qayta tiklanuvchi elektr manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57-sonli qaroriga asosan, joriy yilda
viloyatimizda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. 2023-2024 yillar davomida Davlat sherikchilik asosida BAA ning
“MASDAR” kompaniyasi tomonidan Sherabod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning iyun oyida to‘liq
foydalanishga topshirildi.
2. Sariosiyo tumanida To‘palang GES UK modernizatsiya qilinib 175 mVt
elektr energiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
3. Viloyatdagi 5878 yef ijtimoiy soha obektlari, tadbirkorlik subyektlarida va
axoli xonadonlariga 69,9 MVt quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib,
Shundan -682 ta ijtimoiy soha obyektlariga 20,5 MVt, -1 405 ta tadbirkorlik
subyektlariga 28,1 MVt, 3 791 ta aholi xonadonlariga 20,5 MVt.
Amalda 2024 yil 1 oktabr xolatiga 1 249 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat
idoralariga quvvati 19,3 MVt quyosh panellari o‘rnatilib 28 409 611 kVt soat elektr
energyasi ishlab chiqarildi, 984 ta tadbirkorlik subyektlariga 25,3 MVt, quyosh
panellari o‘rnatilib 34 155 310 kVt soat elektr energyasi ishlab chiqarildi, 4 272 ta aholi
xonadonlariga quvvati 13,2 MVt quyosh panellari o‘rnatilib 19 780 312 kVt soat elektr
energyasi ishlab chiqarildi. Maʼlumot uchun. Termiz Davlat Unversiteti tomonidan o‘z
extiyojidan tashqari Termiz shaxrining “Tinchlik” MFYda quvvati 1 MVt bo‘lgan
quyosh panellari o‘rnatildi. Joriy 2025 yilda ham ushbu keng ko‘lamli ishlar jadallik
bilan davom etmoqda.
Shu bilan birga
Angor tumani “Qadimiy Angor” MFYdagi fuqaro Xasan
Begimov xonadoniga Xamkor bankning yillik 14 foiz bilan 7 yil muddatga 300
81
mln.so‘m bank kredit va 50 mln.so‘m o‘z mablag‘lari hisobidan 50 kVt soat quvvatdagi
quyosh panellari o‘rnatildi.
Yashil energyani joriy qilish quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tijorat
banklar tomonidan 1 292 ta subyektlarga 122,5 mlrd.so‘m (143 ta yuridik shaxslarga
92.5 mlrd.so‘m, 1149 ta axoli xonadonlariga 30,0 mlrd.so‘m) kridit mablag‘lari
ajratildi.
Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi sohasida yashil iqtisodiyotning rivojlanishiga
eʼtibor qaratilayotganligini ko‘rish mumkin. Viloyaatda maxsus agrotexnik usullar va
energiya samaradorligini oshirish uchun qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning
uchun zamonaviy, sug‘orish usullari (miskal sistenalari), oqilona tabiiy resurslardan
foydalanish, kam energiya sarflashga asoslangan agrar loyihalar ishga tushirilgan.
Surxondaryoda yangi energiya manbalari, xususan, quyosh energiyasi va
biogaz texnologiyalarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilayotganini kuzatish
mumkin. Viloyaatda quyosh panellari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish,
hosildorlik va energiya samaradorligini oshirish maqsadida, agrotexnik loyihalarga
investitsiyalar kiritilmoqda. Bu loyihalarning yangicha texnologiyalarga asoslangani
atrof-muhitga taʼsirni kamaytirishga, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Surxondaryodagi yashil iqtisodiyotga oid amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar
bir qancha ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda:
-Quyosh energiyasidan foydalanish orqali elektr energiyasining ishlab
chiqarish hajmi oshdi, bu ekologik zararni kamaytirishga va yangi ish o‘rinlarini
yaratishga hissa qo‘shdi.
-Qishloq xo‘jaligida resurslarni kam sarflashga asoslangan usullar joriy
qilingani sababli, suv va energiya sarfi kamaydi, natijada xo‘jaliklarda iqtisodiy va
ekologik samaradorlik ortib bormoqda.
-Atrof-muhitga taʼsirni kamaytirish va tabiiy resurslarni saqlashga qaratilgan
loyihalar orqali yo‘llar, shaxarlardagi yashil hududlar yaxshilangan.
Yashil iqtisodiyot (Green Economy) tabiiy resurslardan samarali foydalanish,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy o‘sishni birlashtirishga qaratilgan iqtisodiy
modeldir. Bunday iqtisodiy tizimda ekologik va ijtimoiy barqarorlik asosiy maqsaddir.
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion yechimlar muhim ahamiyatga ega.
Kichik va o‘rta biznes (Ko‘B) esa bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular yangi
texnologiyalarni tez joriy qilish, yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish,
shuningdek, yoshlar va tadbirkorlarga ekologik tafakkurni shakllantirishda faol
ishtirok etadi.
Yashil iqtisodiyotning asosiy maqsadi tabiatning ekologik muhofazasini va
xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Buning uchun yangi texnologiyalar va
resurslarni samarali boshqarish muhimdir. Kichik va o‘rta biznes sohasidagi
82
tadbirkorlar yangi innovatsion yechimlarni joriy etishda katta imkoniyatlarga ega.
Ko‘B ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida ekologik toza
texnologiyalar, kam energiya sarflaydigan qurilmalar va qayta tiklanuvchi energiya
manbalariga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishga qodir.
Innovatsion yechimlar yashil iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Yashil texnologiyalar orqali kompaniyalar va tadbirkorlar resurslarni
samarali foydalanish, atrof-muhitga zararni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni
oshirish imkoniyatiga ega. Kichik biznes innovatsion yechimlar orqali bunday
texnologiyalarni tez joriy qilishi va ulardan foydalanishda yuqori samaralar ko‘rsatishi
mumkin.
Kichik biznes yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda energiyani tejash va qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, quyosh
energiyasini, shamol energiyasini, biomassa energiyasini ishlab chiqarish va joriy etish
orqali kichik biznes sohasidagi tadbirkorlar atrof-muhitga zararni kamaytirish va
resurslarni samarali foydalanishga yordam beradilar. Quyosh panellarini o‘rnatish,
energiya tejaydigan qurilmalar ishlab chiqarish, elektr energiyasini kam sarflaydigan
tizimlarni yaratish - bu innovatsion yechimlarning bir necha namunasidir. Kichik
biznes bunday texnologiyalarni joriy qilish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, hamda
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘sha oladi.
Kichik biznes ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta
ishlash va ularni foydalanish sohasida muhim xizmat ko‘rsatadi. Misol uchun, organik
chiqindilardan biogaz ishlab chiqarish, plastik qaldiklarini qayta ishlash, qayta
ishlanadigan materiallardan ishlab chiqarish- bu kabi tadbirlar kichik biznesning yashil
iqtisodiyotga qo‘shgan muhim hissasidir. Qayta ishlash sanoatini rivojlantirish orqali
chiqindilarni kamaytirish va ulardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Kichik
biznes tadbirkorlari qayta ishlanadigan materiallarni olib, ekologik toza mahsulotlarni
ishlab chiqarish orqali yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.
Xulosa
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznesning innovatsion yechimlarni
joriy etishdagi faol ishtirokining ahamiyati juda katta. Kichik biznes sohasidagi
tadbirkorlar yangi texnologiyalarni joriy qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab
chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga
asoslangan loyihalar orqali yashil iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.
Ushbu jarayonda kichik biznesning yangi imkoniyatlardan foydalanishi va ekologik
barqarorlikka qaratilgan innovatsion yechimlarni joriy qilish mamlakatning iqtisodiy
o‘sishini taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishga yordam beradi.
Surxondaryo viloyatida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan tadbirlar va innovatsiyalar foyda berishda, ekologik axvolini yaxshilash
83
va iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga yordam beradi. Viloyaatda yangi texnologiyalar va
resurslarni samarali boshqarish asosida yashil iqtisodiyotning kelajagi juda yaxshi
ekanini aytish mumkin.
Kichik biznes va innovatsion yechimlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda
quyidagi ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi:
Yangiliklar va innovatsiyalar:
Kichik biznes ekologik toza va energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy qilish orqali yangi innovatsion yechimlarni joriy qiladi. Bu
iqtisodiy samaradorlikni oshiradi va resurslardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
Ish o‘rinlari yaratish:
Yangi texnologiyalarni joriy qilish va ekologik toza
mahsulotlar ishlab chiqarish orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, bu ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishga olib keladi.
Iqtisodiy rivojlanish:
Kichik biznesning yashil iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi
milliy iqtisodning barqaror rivojlanishini taʼminlaydi, ekologik va iqtisodiy
manfaatlarni muvozanatlashtirishga yordam beradi.
Har bir tadbirkorning yoshlarga o‘rnak bo‘lishi:
Yashil iqtisodiyotga eʼtibor
qaratish orqali kichik biznes tadbirkorlari yoshlarning ekologiyaga oid tafakkurini
shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi.
Tabiatni muhofaza qilish va iqtisodiy rivojlanishni muvaffaqiyatli integratsiya
qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar boshqa mintaqalar uchun ham
namuna bo‘la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Vaxobov A. V., Xajibakiyev Sh. X. : “Yashil iqtisodiyot” darslik
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Yashil
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
https://lex.uz/docs/-4539502#-4542614
3.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotlari
https://cityeconomy.uz/uz
4.www.unep.org - Birlashgan Millatlar Atrof-muhit dasturining rasmiy sayti
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-
yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan
islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori
https://lex.uz/ru/docs/-6303230
