6
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING LIDERLIK
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING STRUKTURAVIY-MAZMUNLI
MODELI
Soatova Shoxista Abdumusayevna
Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ta’lim menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqola oliy ta’lim muassasalari talabalarida liderlik
sifatlarini rivojlantirishning strukturaviy-mazmunli modeli haqida.
Kalit so‘zlar: lider, talaba, innovatsiya, component, kompetensiya, daraja,
bosqich,dastur, model, kommunikativlik, obraz, empatiya, stess, optimizm.
Аннотация. В статье рассматривается структурно-содержательная
модель развития лидерских качеств у студентов высших учебных заведений.
Ключевые
слова:
лидер,
студент,
инновация,
компонент,
компетентность, уровень, этап, программа, модель, коммуникабельность,
имидж, эмпатия, стресс, оптимизм.
Abstract: The article examines the structural and content model of development
of leadership qualities in students of higher educational institutions.
Keywords: leader, student, innovation, component, competence, level, stage,
program, model, communication skills, image, empathy, stress, optimism.
Bugun yoshlarimizda innovatsion fikrlashni hamda aynan innovatsion fikrlovchi
rahbar va liderlarni shakllantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘zgaruvchan
jamiyatga tez moslasha oladigan, yangiliklarni nafaqat ijobiy qabul qiladigan, balki
unga intiladigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Lider – yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
Psixologik-pedagogik
adabiyotlar
tahlili
([I.I.Mahmudov
[2],
B.Ziyomuhammedov [5], S.T.Turg‘unov va boshqalar [4]) oliy ta’lim muassasasi
talabalarida liderlik sifatlarini namoyon bo‘lishini maqsadga muvofiq tarzda
rag‘batlantirish va liderlik salohiyati rivojlanishi jarayonini batafsil modellashtirish
zarurati to‘g‘risida guvohlik beradi. O‘rganilayotgan jarayon muvaffaqiyatining
muhim sharti oliy ta’lim muassasasining maxsus tashkil etilgan tarbiyaviy muhiti
hisoblanadi.
7
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun modelni pedagogik loyihalashda biz
N.V.Kuzmina [1], V.P.Simonov [3] va boshqalar ishlarida ifodalangan pedagogik
tizimlarning nazariy asoslariga tayandik.
Liderlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan ishlab
chiqilgan dasturga bog‘liq. Dasturni ishlab chiqishda quyidagi uslubiy talablarni
hisobga olish kerak: ishning asosiy maqsadlarini aniq shakllantirish; asosiy vazifalarni
aniqlash; ish shaklini aniqlash (individual, guruh); shaxsning yoshi, intellektual va
jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tegishli usullarni tanlash; rivojlanish
jarayoni dinamikasini tahlil qilish va baholash usullarini ishlab chiqish; zarur jihozlarni
va materiallarni tayyorlash.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirishning
maqsadli, mazmunli va nazorat-diagnostik komponentlardan tashkil topgan modeli
takomillashtirildi (1-rasmga qarang).
8
Vazifalar
Talabalarda
kommunikativ
kompetensiyalarni
rivojlantirish
Kasbiy faoliyat
uchun ahamiyatli
bo‘lgan
kompetensiyalarni
shakllantirish
Nostandart vazifalarni
hal etish uchun
vositaviy
kompetensiyalarni
rivojlantirish
Tamoyillar:
tizimlilik, shaxsiy rivojlanish, uzviylik, hamkorlik
Shakl:
Master-klasslar (liderlar bilan uchrashuvlar), seminar-treninglar,
to‘garak ishi, mahorat darslari, talabalar klubi, OTM loyihalarida ishtirok etish,
ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish, tanlovlar, sport tadbirlari (shaxmat turnirlari),
vebinarlar, kurslar, amaliy mashg‘ulotlar
Metod:
suxbat, o‘rgatish, tushuntirish, rag‘batlantirish, hamkorlik,
interfaol, munozarali, oyin, tajriba, mutolaa, debat, test, namuna ko‘rsatish,
motivatsiya berish
Natija:
oliy ta’lim muassasasi talabalarida liderlik sifatlari rivojlangan
Maqsad: OTM talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish
Liderlik sifatlarini rivojlantirish darajalari
Past
“Men
-
haqiqiy”,
“Men
-
ideal”ni
qiyoslash
O‘rta
“Men
-
obrazi” va
“Men –
ideal”ni
bog‘lash
Yuqori
“Men obrazi”,
“Men
-
haqiqiy” va
“Men
-
ideal”
Mezonlar:
1. Kommunikativ 2. Tashkiliy 3. Instrumental 4. Pedagogik faoliyatga
qiziqish 5. O‘z pedagogik tajribasini baholash 6. Pedagogikaga qiziqish
7. O‘z ma’lumotidan qoniqish
Liderlik sifatlarini rivojlantirish funksiyalari:
tarbiyaviy, kasbiy, moslanuvchan
Ma
q
sad
li
ko
m
p
o
n
e
n
t
Maz
mu
n
li
komp
on
e
n
t
Na
zo
ra
t-
d
ia
gn
os
ti
k
ko
m
p
o
n
en
t
9
1-rasm. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning liderlik sifatlarini
rivojlantirishning strukturaviy-mazmunli modeli
Ammo, ushbu model talabalarda individual yondashuv orqali liderlik sifatlarini
rivojlantirish yuzasidan pedagogik shart-sharoit darajasi yuqori emasligi e’tibordan
chetda qolgan. Tabiiyki, ma’lum bir metodlar orqali talabalarda liderlik sifatlarini
birdek tarbiyalash mushkul, biroq bu modelga asosan oliy ta’lim muassasasida
yaratilgan ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiya komponentlarini qamrab olgan uzluksiz
ta’sir vositalari orqali samarali natijalarga erishish mumkin.
Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi liderlik sifatlarini
rivojlantirish jarayonini maqsad va vazifalarini, tamoyillarini va funksiyalarini
maqsadli komponent ifodalaydi.
Maqsadli
komponent.
Maqsad alohida komponentlar ichida tizimni
shakllantiruvchi omildir va modeldagi barcha komponentlarning integratsiya
jarayonini bajaradi va umuman olganda, diqqatni yakuniy natijaga qaratishdir.
OTMda talabalarning liderlik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
quyidagi vazifalar majmuini o‘z ichiga oladi:
talabalarning oliy ta’lim muassasida kommunikativ kompetensiyalarni
o‘zlashtirishlari;
pedagogik faoliyat uchun ahamiyatli bo‘lgan tashkiliy kompetensiyalarni
shakllantirish va rivojlantirish;
pedagogik nostandart vaziyatlarni hal etish uchun instrumental kompetensiyalar
ko‘nikmasini rivojlantirish.
Faollik liderlik holatining mohiyatini aks ettirib, faoliyatda maqsadga
yo‘naltiriladi. Faoliyat liderlik sifatlarining rivojlanishidagi auditoriya va
auditoriyadan tashqari, o‘quv va kasbiy faoliyat kabi sohalarini aniqlaydi.
Natijada, pedagogik faoliyat turli ko‘rinishlarining qurilgan izchilligi qo‘yilgan
vazifalarni bosqichma-bosqich hal etish va maqsadga erishishga olib keladi.
“Shaxsdagi liderlik fazilatlari ko‘pincha jamoaviy muhitda namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik orasida o‘zini tutishi, o‘zgalar xulqi va faoliyatini nazorat qilishi, yetakchi,
aniq fikrlarni bildirishi, jamoaviy muhitdan energiya olishi liderlikka xos
xususiyatlarni ifodalaydi”.
Mazmunli komponent.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida liderlik sifatlarini
rivojlantirish jarayonini tashkil etishning asosiy uslubiy yondashuvlarini belgilaydi va
10
talabalarning turli vaziyatlarda kasbiy faoliyatlarni egallashlarini ta’minlovchi
tamoyillar, metodlari va vositalar, amalga oshirish mazmunini o‘zida jamlaydi.
Mazmun liderlik sifati rivojlanishi jarayonining mohiyatini aks ettiradi:
1) pedagoglik kasbida liderlik sifatlarining mohiyati va vazifasini aniqlash;
2) talabalar liderlik sifatlarini rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlarni
o‘rganish;
3) tarbiyaviy muhitda o‘zaro munosabatlar jarayonida kommunikativ
kompetensiyalarni o‘zlashtirish;
4) liderning pedagogik faoliyatda ahamiyatli bo‘lgan tashkiliy kompetensiyalarini
shakllantirish;
5) instrumental kompetensiyalarni shakllantirish asosida nostandart pedagogik
vaziyatlarda talabaning liderlik uslubini yaratish bo‘yicha mustaqil ijodiy faoliyatni
tashkillashtirish.
Bizning fikrimizcha, ushbu jihatlar quyidagi fazilatlarning shakllanishini
ta’minlaydi:
1. O‘z-o‘zini hurmat qilish – o‘zini anglash va to‘g‘ri baholay olish, o‘zining
imkoniyat va chegaralarini, kuchli va zaif tomonlarini ko‘rish hamda o‘zini kuchli va
zaif tomonlar bilan birga qabul qilish qobiliyatidir.
2. O‘zgalar hissiyotini fahmlay olish – bu o‘zga shaxsning ma’lum bir vaziyatda
boshidan kechirayotgan hissiyotlarini tan olish, uning his-tuyg‘ularini ilg‘ab olish va
ularning paydo bo‘lish sabablarini tushunish qobiliyati.
3. O‘zini ifoda etish – bu his-tuyg‘ularni va fikrlarni aniq va konstruktiv ifodalash,
shuningdek, o‘z hissiy energiyasini safarbar qilish hamda zarurat tug‘ilganda ishonchni
mustahkamlay olish qobiliyati.
4. Mustaqillik – bu o‘ziga ishonch va boshqalarning his-tuyg‘ulariga tobe
bo‘lmaslik qobiliyati.
5. Empatiya – o‘zgalarning his-tuyg‘ularidan xabardor bo‘lish va boshqalarning
tuyg‘ularini tushunish qobiliyati.
6. Ijtimoiy mas’uliyat – mas’uliyatlilik hamda boshqalar bilan konstruktiv ishlay
olish qobiliyati.
11
7. Shaxslararo munosabatlar – verbal va noverbal muloqot, hissiy yaqinlikka
tayanuvchi o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnata olish va qo‘llab-quvvatlash orqali
konstruktiv muloqot qilish qobiliyati, ijtimoiy aloqalarda o‘zini xotirjam his etish
qobiliyati.
8. Stressga chidamlilik – o‘z his-tuyg‘ularini tezkorlik bilan samarali boshqara
olish qobiliyati.
9. Impulslarni boshqarish – his-tuyg‘ularni ushlab turish, vasvasadan qochish.
10. Haqiqatni real baholash – insonning fikr va his-tuyg‘ularini obyektiv tashqi
reallik bilan solishtirish qobiliyati.
11. Moslashuvchanlik – o‘zgaruvchan sharoitlar bilan bog‘liq ravishda o‘z his-
tuyg‘ularini, fikrlarini, xulq-atvori va xatti-harakatlarini tezlik bilan o‘zgartirish
qobiliyati.
12. O‘z menini tushunish –rejalar tuzish va ularga erishish tomonlarini belgilash,
o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyati.
13. Optimizm – qiyin sharoitlarda ham umidini saqlab turish va ijobiy
munosabatda bo‘lish qobiliyati.
14. Baxtlilik – o‘zidan, boshqalardan va umuman, hayotidan qoniqish hissi.
Nazorat-diagnostika komponenti.
Talabalarda liderlik sifatlarini shakllantirish
mezonlari, ko‘rsatkichlari, darajalari va ularni baholash usullari tavsiflanadi.
Talabalarda liderlik sifatlarini rivojlantirish, talab qilingan sifatni ta’minlaydigan
darajasini baholash jarayonning har bir bosqichida sodir bo‘ladi va ishlab chiqilgan
testlar, so‘rovnomalar, amaliy vazifalar majmuasi yordamida amalga oshiriladi.
Talabalarning liderlik sifatlarini rivojlantirish natijasi nazorat-diagnostik komponent
yordamida baholanadi. Unda rivojlangan liderlik sifati asosi sifatida kompetensiyalar
majmuining shakllanganligi mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari ifodalangan.
Vazifaning murakkabligiga binoan o‘rganilayotgan jarayon muvaffaqiyatlilik mezoni
integrativ hisoblanadi.
Nazorat-diagnostika komponenti talabalarda liderlik sifatlarini aniqlash usullarini
o‘z ichiga oladi:
- Liderlik sifatlari diagnostikasi ((E.Jarikov, E.Krushelnitskiy);
- kommunikativ va tashkiliy moyilliklarning diagnostikasi (V.A.Fedorishin);
- “Men liderman” testi (A.N. Lutoshkin).
12
Shunga ko‘ra, uning ko‘rsatkichlari shakllantirilishi zarur bo‘lgan ajratilgan
kompetensiyalarga mos mavzuga oid guruhlarga bo‘lish mumkin. Shu munosabat bilan
kommunikativ, tashkiliy va vositaviy kompetensiyalar guruhi ko‘rinishida ifodalangan
rivojlangan liderlik sifati mutaxassisga kasbi qo‘ygan talablarga qanchalik mosligini
aks ettiradi.
Kommunikativ kompetensiyalar shakllanganligining ko‘rsatkichlari muloqotga
kirishuvchanlik, boshqalarni motivatsiyalash va notiqlik qobiliyatlari hisoblanadi.
Tashkiliy kompetensiyalar shakllanganligi ko‘rsatkichlari
-
jamoaviy ishda o‘ziga
javobgarlikni ola bilish, jamoani tashkil etish va o‘z-o‘zini tashkil etish malakalari
hisoblanadi.
Instrumental kompetensiyalarni shakillanish darajalari - improvizatsiyasi va
ijodkorlikni kursatishga moyillik qilish jixatlari va kasbiy faoliyatni turlariga
yondashishda qaratilgan, har qanday vaziyatda pedagogik kompetensiyani amalda
qo‘llash qobiliyatini tasdiqlovchi jamoaviy faoliyatni motivatsiyon xolati
yo‘naltirilgan.
So‘z so‘ngida aytish mumkinki, “liderlik sifatini rivojlantirib borish orqali
yoshlarda boshqaruvchilik va rahbarlikni rivojlantirish bilan bir qatorda, mamlakatimiz
taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan yaxshi kadr, jumladan, jamiyatga foydasi
tegadigan inson bo‘lishlariga zamin yaratish mumkin”.
Demak, bugungi ijtimoiy jamiyatimizda kuchli innovatsiyalar yuz berayotgan bir
sharoitda chinakam liderlik sifatlariga ega bo‘lgan yosh avlodni shakllantirishda oliy
ta’lim muassasasida talaba-yoshlarni strategik boshqaruvga tayyorlash masalalarining
o‘rganilishi eng dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Talabalarning oliy ta’lim muassasasi ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi ularning
kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qimmatli va noyob tajribadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Кузьмина Н.В., Реан А.А. Профессионализм педагогической
деятельности. – СПб.: НИИРТМ, 1993. – 89 с.
2. Maxmudov I.I. Boshqaruv professionalizmi: Psixologik tahlil. – T.:
Akademiya, 2011. – 304 b.
3. Симонов В.П. Педагогический менеджмент: ноу-хау в образовании:
Учебное пособие. – Москва: Высшее образование, 2006. – 357 с.
