Authors

  • Omonova Muxlisa Do’snazar qizi
    Alfraganus universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
  • Sotvoldiyev Shoxro’zbek Nigmatulla o’g’li
    Аlfrаgаnus universiteti “Pedаgоgikа vа psixоlоgiyа” yо’nаlishi mаgistrаnti,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.76413

Keywords:

agressiya tajovuz xulq-atvor zo’ravonlik o’smir shaxs xarakter gender.

Abstract

Hozirgi kunda o’smirlarda kuzatilayotgan agressiv xatti-harakatlarni namoyon bo’lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish lozim. Ushbu maqolada o’smir yoshidagi agressiyaning psixologik xususiyatlari, xulq - atvoridagi o’zgarishlar va o’smirlik davridagi tajovuzkorlik xususiyatining shakllanishi bo’yicha fikr va mulohazalar yoritib berilgan. Shuningdek, zo’ravonlikning psixologik xususiyatlari, uning o’smirlik davriga xos shakllanishiga ta’sir etuvchi sabablar, olimlarning ushbu muammo bo’yicha zamonaviy tadqiqotlari yoritilgan.


background image

80

O’SMIRLARDA AGRESSIYANING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Omonova Muxlisa Do’snazar qizi

Alfraganus universiteti,

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

dotsent v.b., pedagogika fanlari

bo’yicha falsafa doktori (PhD)

muxlisa.alfraganus@gmail.com

Sotvoldiyev Shoxro’zbek Nigmatulla o’g’li

Аlfrаgаnus universiteti

“Pedаgоgikа vа psixоlоgiyа” yо’nаlishi mаgistrаnti,

Anotatsiya.

Hozirgi kunda o’smirlarda kuzatilayotgan agressiv xatti-

harakatlarni namoyon bo’lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish
yoki nazorat qilish lozim. Ushbu maqolada o’smir yoshidagi agressiyaning psixologik
xususiyatlari, xulq - atvoridagi o’zgarishlar va o’smirlik davridagi tajovuzkorlik
xususiyatining shakllanishi bo’yicha fikr va mulohazalar yoritib berilgan. Shuningdek,
zo’ravonlikning psixologik xususiyatlari, uning o’smirlik davriga xos shakllanishiga
ta’sir etuvchi sabablar, olimlarning ushbu muammo bo’yicha zamonaviy tadqiqotlari
yoritilgan.

Kalit so’zlar:

agressiya, tajovuz, xulq-atvor, zo’ravonlik, o’smir, shaxs,

xarakter, gender.

Аннотация.

Необходимо выявить причины агрессивного поведения,

наблюдаемого у современных подростков, а также предупреждать или
контролировать деструктивное поведение. В статье рассматриваются
психологические особенности подростковой агрессии, изменения в поведении, а
также размышления и наблюдения о формировании агрессивного поведения в
подростковом возрасте. Также освещаются психологические особенности
насилия, причины, влияющие на его формирование в подростковом возрасте, и
современные исследования ученых по этой проблеме.

Ключевые слова:

агрессия, агрессивность, поведение, насилие,

подросток, личность, характер, пол.

Annotation.

It is necessary to identify the causes of the manifestation of

aggressive behavior observed in adolescents today, to prevent or control destructive


background image

81

behavior. This article discusses the psychological characteristics of aggression in
adolescence, changes in behavior, and the formation of aggressive behavior in
adolescence. It also discusses the psychological characteristics of violence, the reasons
affecting its formation in adolescence, and modern research by scientists on this
problem.

Keywords:

aggression, aggression, behavior, violence, teenager, personality,

character, gender.

Kirish.

Bugungi kunda jamiyatimizda yuzaga kelgan keskin, beqaror ijtimoiy,

iqtisodiy va ekologik vaziyat turli yoshdagi odamlarning shaxsiy rivojlanishi va xatti-
harakatlarida turli xil og’ishlarning kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Ular orasida
o’smirlarning tobora begonalashuvi, tashvishlarining kuchayishi, ma’naviy vayron
bo’lishi, bu esa shafqatsizlik va tajovuzkorlik bilan bog’liq bo’lib, so’nggi paytlarda
tajovuz mavzusi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, tajovuzkorlikning turli
ko’rinishlari va bolalarning shafqatsizligi tufayli ayniqsa dolzarb bo’lib qoldi.

Muhokama.

Agressiv xulq-atvor bu inson bilan vaziyatning o’zaro ta’siri

natijasidir. Agressivlik sifat va miqdor tavsiflariga ega bo’lib, barcha xossalar kabi u
ham turli darajalarda ifodalanadi. Deyarli to’liq nomavjudlikdan to yetarlicha
rivojlangan agressivlikkacha namoyon bo’ladi. Agressivlik har bir shaxsda qanchadir
miqdorda bo’lsada mavjud bo’ladi. Agressivlik darajasi yuqori bo’lgan kishilar
boshqalarga nisbatan agressiv reaksiyalarni namoyon etishga ko’proq moyil bo’ladilar.
Agressiv reaksiyalarga boshqa odamlarni qoralash, haqoratlash yoki ularga jismoniy
zarar yetkazishga yo’naltirilgan reaksiyalarni kiritishimiz mumkin.

Agressiv xulq – atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud

bo’lib, ularning har biri agressiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil
tushuntirib beradi [1].

Agressiv xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. Agressiv xatti-

harakatlar shaxsga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy zarar yetkazishi, destruktiv xulq-
atvorni yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-
harakatlarni bartaraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agressiv
xatti-harakat qiluvchi shaxs o’z xatti-harakatlarini oqlash uchun turli xil dalillarni
keltiradi va o’zidan aybni soqit qilishga urinadi.

Adabiyotlar tahlili.

Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o’smirlik

davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir mayl nishonasi sifatida vujudga
keladigan o’z mavqeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar.
Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo’lishga, atrof-
muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsiz ehtiyojlari va mayllari
shaxsning faolligini belgilar emish. Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining


background image

82

mutlaqo asossizligini ta’kidlab, o’smirda imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi
kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning
namoyon bo’lishi bilan tavsiflanishini asoslab berdilar [2].

Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy

yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan
inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi sub’ektiv ichki kechinmalari o’g’il va
qizlarni yolg’izlik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik,
qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar
jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xatti-
harakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda.
O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga
bog’liq emasligi hammaga ayondir [3].

Agar os’mirlarda agressiyaga nisbatan ta’sirni – gender omil sifatini baholasak,

– unda erkaklar (o`g’il bolalar) ancha yuqori to`g’ridan-to`g’ri va jismoniy, ayollar (qiz
bolalar) esa – bilvosita va verbal tajovuzni namoyon qiladilar. Umuman olganda, ayni
damda ayollar ko`pincha muvaffaqiyatli tarzda uning psixologik variantiga murojaat
qilsalar erkak jinsiga jismoniy kuch ishlatishga katta moyillik qayd qilinadi.

Yosh, gender va individual omillarning juda muhimligiga qaramay, tajovuzkor

xulqning shakllanishida, ko`plab tadqiqotchilar fikriga ko`ra, shaxs rivojlanishidagi
ijtimoiy sharoitlar yetakchi ahamiyat kasb etadi.

Natija va tahlil.

Bassning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga

asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy – verbal, aktiv – passiv va bevosita –
bilvosita. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib,
ko’plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin [4]. Masalan, bir
kishining ikkinchisining ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo’rovonlik qilishi ham
jismoniy, ham aktiv, ham bevosita shkala sifatida tavsiflanishi mumkin.

Bassning agressiya kategoriyalari

Agressiya tipii

Misollar

Jismoniy-aktiv-bevosita

Odamni sovuq qurol bilan jarohatlash,

uni kaltaklash va o’q otar qurol bilan
yaralash

Jismoniy-aktiv-bilvosita

Qopqon-minalarni qo’yish; yollanma

qotil bilan dushmanini yo’q qilish uchun til
biriktirish

Jismoniy-passiv-bevosita

Odamning maqsadga erishishiga yoki

istagan faoliyati bilan shug’ullanishiga


background image

83

(masalan o’tirib o’tqaziladigan namoyish)
jismonan yo’l qo’ymaslikka harakat qilish

Jismoniy-aktiv-bilvosita

Zarur vazifalarni bajarishdan bosh

tortish (masalan, o’tirib o’tkaziladigan
namoyish

paytida

xududni

bo’shatib

qo’yishdan bosh tortish)

Verbal-aktiv-bevosita

So’z bilan haqoratlash yoki boshqa

odamni kamsitish

Verbal-aktiv-bilvosita

Boshqa odamga tuhmat qilish yoki u

haqida mish-mishlar tarqatish

Verbal-passiv-bevosita

Boshqa odam bilan gaplashishdan,

uning savollariga javob berishdan bosh
tortish va boshqalar

Verbal-passiv-bilvosita

Aniqlik kiritishdan va tushuntirib

berishdan bosh tortish (masalan, nohaq
tanqid ostiga olingan odamni himoyasiga
biron-bir gap aytishdan bosh tortish)

Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va asotsial agressiv xulq-atvor turlari farqlanadi.

Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya, affekt, stress va nizo natijasida kelib
chiquvchi zo’riqish hamda xavotirlanish ijtimoiy normalarga mos keluvchi harakatlar
orqali hal qilinadi. Asotsial agressiv xulq-atvor jamiyatda qabul qilingan normalarga
zid bo’lgan harakatlarda namoyon bo’ladi.

Agressiyaning turli: bevosita jismoniy kuch ishlatishdan, raqibni so’z bilan

haqoratlab unga tahdid qilishdan tortib, boshqa bir insonni yashirincha boshqarishga,
kelgusida kutilayotgan noxushliklarga shama qiluvchi bilvosita ta’sir ko’rsatish
shakllari kuzatiladi. Shuningdek, agressiyaning ijtimoiylashuvga bo’ysunmaydigan
dardmandlik darajasiga boruvchi shakllari ham ma’lum. Psixologiyada agressiv xulq-
atvor quyidagicha tasniflanadi:[5]

1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutoqib ketish, jahl

kelganda o’zini yo’qotib qo’yish);

2. Agressiyaning jismoniy og’zaki va boshqa, butun jamiyat uchun nomaqbul

sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog’liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv
xususiyatlari, aksil ijtimoiy xulq-atvor normalarining mustahkamlanishi bilan bog’liq
bo’ladi);

3.

Jamiyatda

qabul

qilingan

axloq

qonun-qoidalarini

yetarlicha

o’zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkonini beruvchi xususiy


background image

84

sifatlarni to’liq shakllanmaganligi bilan bog’liq agressiyaning turli ko’rinishlari
(ta’lim-tarbiya ko’rmaganlik);

4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlarini poymol qilish,

birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladigan, boshqa bir kuzatuvchilar
tomonidan qat’iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar. Agressiv
xulq-atvor asosini agressivlik motivi tashkil etadi. Agressiv xatti-harakatlar shaxsga
ma’naviy, moddiy yoki jismoniy zarar yetkazishi, destruktiv xulq-atvorni yuzaga
kelishiga ta’sir ko’rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bartaraf
etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agressiv xatti-harakat qiluvchi
shaxs o’z xatti-harakatlarini oqlash uchun turli xil dalillarni keltiradi va o’zidan aybni
soqit qilishga urinadi. Agressiyani tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional holati
bo’lib uning asosini quyidagilar tashkil etadi:[6]

- nerv-psixik kasalliklar, inson nerv sistemasini nihoyatda charchaganligi.
- oiladagi psixologik muhitning nosog’lomligi va ota-onalarda pedagogik-

psixologik bilimlarning yetishmasligi.

- shaxsning harakter xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashuvi.
Agressivlikning me’yordan ortishi natijasida shaxsda asab tizimining buzilishi,

nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malakalarning pasayishi, o’z-o’ziga adekvat
baho bera olmaslik, ishonch hissining yo’qolishi, o’z-o’zini boshqara olmaslik,
xavotirlanish darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy oqibatlar
kuzatiladi [2].

Xulosa.

Agressiv xatti-harakatlar jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi

mumkin. Bu jismoniy va ruhiy zararga, shaxslararo munosabatlarning buzilishiga,
ruhiy salomatlikning yomonlashishiga, jinoyatchilikning kuchayishiga va jamoat
tartibining buzilishiga olib kelishi mumkin. Agressiv xatti-harakatlar jamiyatda turli
shakllarda va turli darajalarda namoyon bo’lishi mumkin. Ushbu hodisaning
tarqalishi ko’plab omillarga, jumladan, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va individual
xususiyatlarga bog’liq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Агапов

П.В.

Проблема

агрессивности

и

деструктивности

в

психоаналитической социологии: от Фрейда к Фромму: Дис.. канд. социолог,
наук. - М., 2000. - 152 с.

2.

Агрессия у детей и подростков: Учеб. Пособие. / Н.М. Платонова. СПб.: Речь,
2004. - 336 с. 3. Адлер А. Как управлять стремлением к превосходству. //
Адлер А. Воспитание детей.


background image

85

3.

Взаимодействие полов. — Ростов на Дону.: Феникс, 1998,- 448 с. 4. Алфимова
М.В., Трубников В.И. Психогенетика агрессивности. // Вопросы психологии.
2000. - № б. - С. 112-121.

4.

F.Rasulova. O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik
xususiyatlari. // psoxologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan dissertatsiya. T– 2018 yil. 142 b.

5.

Gainazarovna, S.T., & Ikromjon o’g’li, I. A. (2024). O’smirlarda agressiv xulq-
atvor namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining korreksiyasi va
proflaktikasi. Miasto Przyszłości, 48, 1421-1425.

6.

Kushanova, M.I. (2024). O‘smirlar agressiv xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik
tavsifi. Hozirgi zamon psixologiya ilmidagi dolzarb muommolar: yechimlar va
imkoniyatlari, 57-60.

References

Агапов П.В. Проблема агрессивности и деструктивности в психоаналитической социологии: от Фрейда к Фромму: Дис.. канд. социолог, наук. - М., 2000. - 152 с.

Агрессия у детей и подростков: Учеб. Пособие. / Н.М. Платонова. СПб.: Речь, 2004. - 336 с. 3. Адлер А. Как управлять стремлением к превосходству. // Адлер А. Воспитание детей.

Взаимодействие полов. — Ростов на Дону.: Феникс, 1998,- 448 с. 4. Алфимова М.В., Трубников В.И. Психогенетика агрессивности. // Вопросы психологии. 2000. - № б. - С. 112-121.

F.Rasulova. O‘smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari. // psoxologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T– 2018 yil. 142 b.

Gainazarovna, S.T., & Ikromjon o’g’li, I. A. (2024). O’smirlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining korreksiyasi va proflaktikasi. Miasto Przyszłości, 48, 1421-1425.

Kushanova, M.I. (2024). O‘smirlar agressiv xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik tavsifi. Hozirgi zamon psixologiya ilmidagi dolzarb muommolar: yechimlar va imkoniyatlari, 57-60.