Authors

  • O‘.N.Sultonova
    Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti p.f.d.(Dse)peof

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.81826

Keywords:

Oliy ta’lim ta’lim sifati induksiya deduksiya talaba texnika va h.k.

Abstract

Bugun Oliy ta’lim tizimida katta islohotlar va yangiliklar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra tabalabalarga har bir fanning mazmunini chuqur singdirish va har bir fan doirasida malakali kadr tayyorlash masalalari ayni ustivor mavzulardan biridir. Ushbu maqolada muallif Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanining o‘qitilishi va har tomonalama rivojlantirish, shuningdek, fizikani o‘qitishda induksiya, deduksiya metodlaridan foydalanish haqida batafsil bayon qiladi.


background image

115

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA MUAMMOLI

MASALALAR YECHISHDA.

O‘.N.Sultonova

Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti p.f.d.(Dse)peof

Annotatsiya.

Bugun Oliy ta’lim tizimida katta islohotlar va yangiliklar amalga

oshirilmoqda. Shunga ko‘ra tabalabalarga har bir fanning mazmunini chuqur singdirish
va har bir fan doirasida malakali kadr tayyorlash masalalari ayni ustivor mavzulardan
biridir. Ushbu maqolada muallif Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanining o‘qitilishi
va har tomonalama rivojlantirish, shuningdek, fizikani o‘qitishda induksiya, deduksiya
metodlaridan foydalanish haqida batafsil bayon qiladi.

Kalit so‘zlar:

Oliy ta’lim, ta’lim sifati, induksiya, deduksiya, talaba, texnika va

h.k.

Kompetensiyaga asoslangan yondashuv talabani shaxsiy maqsadlari va

vazifalari bilan ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu yondashuv
talabani faol, ongli fao-liyatga jalb qilish, axborot, kom-munikativ, ta’lim va bilish
qobiliyat-larini, shaxsiy salohiyatini rivoj-lantirish, o‘z-o‘zining qadr-qimmatini
shakllantirish, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Talaba
qobiliyati uning kompetensiyasi orqali namoyon bo‘ladi. Talaba fazilatlari,
motivatsiyasi, qobiliyati kombinatsiyasini quyidagicha vektor shaklida ko‘rsatish
mumkin va uning tarkibi, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya to‘plami sifatida
tahlil qilinadi.

Demak, kompetentlik bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy xususiyatlar

yig‘indisidan iborat. Talabalarda kompetensiyalarni shakllantirishni quyidagi uch
turga bo‘ladilar:

1. Metapredmet kompetensiyalari (tayanch kompetensiyalar).
2. Predmet-lararo kompetensiyalar.
3. Predmetga oid kompetensiyalar.
Metapredmet kompetensiyalar – bu “premetdan oldin”, “predmet ustida” degan

ma’noni bildiradi. Buning sababi shundaki, inson jamiyatda muvaffaqiyatli yashashi
uchun ma’lum bir turdagi layoqatlarga, qobiliyatlarga, malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Jumladan, o‘z fikrini ravon tushunarli holda og‘zaki va yozma tarzda bayon qila olishi,


background image

116

zaruriy axborotlarni izlab topa olishi va undan foydalanishi, jamiyatda faol bo‘lishi,
o‘z-o‘zini doimiy rivojlantirishi va h.k. xususiyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Oliy
ta’limda tahsil olayotgan talabalar kompetentligi quyidagi uchta yo‘nalishda erishgan
natijalariga ko‘ra baholansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

1) shaxsiy natijalar; 2) tizimli faoliyatiga ko‘ra; 3) o‘quv fanlari bo‘yicha. Bu

esa ta’lim tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida olib borishni taqozo etadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy
qilish uchun zarur tizimli ishlarni hal etish lozim bo‘lgan qator masalalar ham
mavjud.Talabalarda

mazkur

kompetensiyalarni

shakllantirishda

amaliyotga

yo‘naltirilgan “muammoli masala”larni yechish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun
fizik bilimlaridan foydalanib, kundalik hayotlarida uchraydigan muammolarni yechish
bilan bog‘liq tipik masalarni ajratib olish va ularni yechish metodikasini talabalarga
o‘rgatish kerak bo‘ladi. Muammoli masala deyilganda, inson oldiga ma’lum hayotiy
vaziyatlarda ko‘p marta qo‘yiladigan maqsad tushuniladi. Insonning kasbiy faoliyatida
va maishiy sharoitda fizikadan egallagan bilimlarini qo‘llab yechiladigan muammoli
masalalarni quyidagi tiplarga ajratish mumkin:1. Berilgan xossalarga ega bo‘lgan
ob’ektlarni hosil qilish.

2. Konkret masalani yechish texnologiyasi (metodi)ni ishlab chiqish.
3. Ob’ekt parametrlarining belgilangan normadan chetlashishini yo‘qotish.
4. Ob’ektni berilgan xossalarini o‘zgartirmasdan saqlash yoki bir joydan

ikkinchi joyga ko‘chirish.5. Ob’ektni belgilangan holatda tavsiflovchi fizik
parametrlarni topish yoki baholash. 6. Ob’ektning ishlashini, texnologik jarayonni
boshqarish. 7. Texnik ob’ektni ekspluatatsiya qilish.Inson kundalik turmushida duch
keladigan muammolarda fizikadan egallagan bilimlarini qo‘llab yechadigan
muammoli masalalardan ayrimlarini keltiraylik.

1. Berilgan xossalarga ega bo‘lgan

ob’ektlarni hosil qilish bo‘yicha:

1. Xona o‘simliklari uchun tuproq namligi doimo

ma’lum bir me’yorda bo‘lishi kerak. Siz ta’tilga chiqib, dam olish uchun boshqa joyga
ketganingizda shu namlikni saqlab turuvchi qurilmaning loyihasini ishlang.

2. Ko‘pgina joylarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish bo‘lib turadi.

Sovutkichda mahsulotlar buzilmasligi uchun nima qilish mumkin?

3. Kirish eshigini unchalik kuch ishlatmasdan (bolalar uchun) ohista yopiladigan

qurilmani o‘ylab toping. 4. Pochta qutisiga gazeta yoki xatlar solinganligi haqida
yoqimli ovozda xabar beradigan qurilmani taklif qiling.

2. Masala yechish texnologiyasini ishlab chiqish.


background image

117

1.

Ko‘pgina sovutgichlarda muzlatgich qismi qor va muz bilan qalin qoplanib

qoladi. Uni tezda muzdan tushirish yo‘lini o‘ylab toping.Ma’lumki, piyoz
to‘g‘ralganda ko‘zdan yosh oqadi. Undan qutiladigan metod-larni taklif qiling.

2.

Tashqarida yo‘llar muzlagan. Uydan maktab (OTM)ga borib-kelish uchun

xavfsizlik metodlarini tavsiya qiling?Uyingizdagi tarozining o‘lchash chegarasi 5 kg.
Unda 10 kg li narsani qanday o‘lchash mumkin?Uy ichida og‘ir mebelni bir joydan
ikkinchi joyga ko‘chirmoqchisiz. Bunda ishqalanishni kamaytirishning yo‘lini taklif
qiling.Suyuqlik bug‘lanishini sekinlashtirish metodlarini taklif qiling.

3. Ob’ekt parametrlarining belgilangan me’yordan chetlashishini

yo‘qotish.

1. Elektr choynagida qisqa tutashuv yo‘qligini qanday tekshirish mumkin?
2. Sizning xonangizda namlik yuqori bo‘lsa, uni qanday qilib me’yorga keltirish

mumkin?

3. Uyda yashaydigan hayvonlardan chiqadigan yoqimsiz hidni qanday yo‘qotsa

bo‘ladi?

4. Ob’ektning berilgan xossalarini o‘zgartirmasdan saqlash yoki bir joydan

ikkinchi joyga ko‘chirish.

1. Yoz kunlaridan birida uydagi sovutgich ishdan chiqdi. Uni tuzatguncha oziq

ovqatlarni buziltirmasdan qanday saqlash mumkin?

2. Issiq yoz kunlarida dala hovliga keldingiz. Sovutkichsiz ovqatlarni qanday

saqlagan bo‘lar edingiz?

3. Kasalxonada yotgan bemorga issiq ovqat olib borish kerak. Termossiz uni

issiq holda qanday yetkazsa bo‘ladi?

5. Ob’ektni belgilangan holatda tavsiflovchi fizik parametrlarni topish yoki

baholash.

1. Sizda 0,8 l li shisha banka bor. Unga 1 kg asalni sig‘dirish mumkinmi?
2. Qarmoq yasash uchun ishlatiladigan sun’iy tolali (kapron leska) ipning

mustahkamligini qanday aniqlash mumkin?

3. Yer sirtida turib quduqning chuqurligini aniqlash mumkinmi?
4. Xona temperaturasini termometrsiz qanday baholash mumkin?

6. Ob’ekt ishlashini, texnologik jarayonni boshqarish.

1. O‘zbek xalq ertagida o‘gay ona qizchaga bir qop mosh bilan bir qop

makkajo‘xori donlarini aralashtirib, bir kechada ularni bir-biridan ajratib qo‘yishni
topshiradi. Uni ajratishga yordam bering.

2. Elektr tandiridagi temperaturani boshqaradigan qurilmani o‘ylab toping.


background image

118

3. Gaz bilan isitiladigan kolonkada suv va gaz oqimini boshqaradigan

qurilmaning loyihasini tuzing.

7. Texnik ob’ektni ekspluatatsiya qilish.

1. Printer katrijini almashtirishda bajariladigan ishlar ketma-ketligini yozing.
2. Diskka uning belgilangan hajmga nisbatan ko‘proq axborot yozish uchun

qilinadigan ishlarni ayting.

3. Mobil telefonni elektr energiyasi yo‘q joyda zaryadlash yo‘lini izlab toping.
Masalani qo‘yish jarayonida asosiy rol o‘qituvchiga beriladi. Keyingi jarayonda

esa talabalar goh adashib, goh to‘g‘ri yo‘lga tushib o‘z g‘oyalarini taklif qiladilar.
Auditoriya doskasida yoki flipchart qog‘ozda rasmlarni, sxemalarni chizib muhokama
qiladilar. Ular orasidan maqbulini ajratib oladilar. O‘qituvchi mazkur jarayonda
yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Talabalar darslikda keltirilgan texnik ob’ektlarni
eslab qolmasliklari bois, fizik bilimlar nafaqat kasbiy balki ko‘pgina maishiy
muammolarni yechishda asos bo‘lib xizmat qilishini anglab yetmaydilar. Agarda
kasbiy va maishiy masalalarni qamrab olgan tipik masalalarni ajratib olib, ularning
yechish metodlari talabalarga bayon etilsa, amaliyotga yo‘naltirib tayyorlash prinsipini
samarali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Buning uchun quyidagi ishlarni bajarish
lozim bo‘ladi:

1. Inson o‘z hayoti davomida uchraydigan qanday masalalarni fizikadan olgan

bilimlarini qo‘llab yechishi mumkinligini aniqlash.2. TOTMlarda fizika kursini
o‘rganish paytida tipik masalalarni yechishni o‘rgatish uchun masalalarni tanlab
olish3. Har bir tipik masalani yechish metodini o‘rganib olish.-masala. Konkret
masalani yechish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Faoliyatning maqsadini belgilab olamiz: Konkret masalani yechish

texnologiyasini ishlab chiqish.2. Shakllantirilgan maqsad yuqorida keltirilgan
elementlarni o‘z ichiga olganligini aniqlaymiz: faoliyat ko‘rsatilgan - ishlab chiqish;
natijaviy mahsulot ko‘rsatilgan -texnologiya (metod), ya’ni bajariladigan ishlar tizimi;
natijaviy mahsulot xossasi bo‘yicha maqsadni shakllantirish ravshan ko‘rsatilmagan,
ya’ni, harakatlar tizimini nima sababdan ishlab chiqish kerakligi aniq emas.

Faoliyat maqsadini shunday o‘zgartiraylikki, unda barcha elementlar

ko‘rsatilgan bo‘lsin. Ko‘pgina kasbiy va maishiy mazmundagi masalalarning
ifodalanishi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda berilgan xossalarga ega bo‘lgan
ob’ektlarni hosil qilish texnologiyasi va ma’lum sharoitlarda ma’lum ob’ektlar bilan
bajariladigan ishlarni bajarish metodlari mavjud. Masalan: bloklarni, texnika
elementlarini yaratish texnologiyasi, texnik qurilmalarni sozlash ishlari.


background image

119

Xorijiy mualliflarning kompetensiyaviy yondashuvga bag‘ishlangan tadqiqot

ishlarida Texnika Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimini yangilash va ta’lim
iste’molchilari bo‘lgan oliy ta’lim, ota-onalar va jamoatchilikni qoniqtirmay
qo‘yganligi uchun, muammo, talabalarning olgan bilimlarini qayta namoyon qila
olishsa-da, lekin uni mustaqil ravishda kundalik va kelajak faoliyatida, ya’ni
keyinchalik ishlashga tayyor emasligida.

Shu asosda hukumat topshirig‘iga muvofiq ko‘pgina Yevropa mamlakatlaridagi

ta’lim tizimida islohotlar o‘tkazilmoqda. Bundagi o‘zgarishlar markazida ta’lim
mazmuni, o‘qitish metodikasi va ta’lim jarayoni texnologiyasi turadi. Bugungi kunga
qadar kompetensiyaviy yondashuvning ilmiy mezonlar bazasi turlicha qarashlar,
yondashuvlar asosida boyitilmoqda. Bu yo‘nalishda turli xususiy, ilmiy-metodik
ishlanmalar mavjud. Kompetensiyaviy ta’lim bugungi kunda o‘zining yetarli darajada
ilmiy va metodik jihatdan tadqiq qilinmaganligi sababli ba’zi ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklar va turli mulohazalarga sabab bo‘luvchi mavzu hisoblanadi. Hozirgi kunda
kompetensiyaning barqaror ta’rifi mavjud emas. Kompetentlik va kompetensiya
tushunchalari turlicha talqin qilinadi. Jumladan B.A.Vedenskiyning “Ensiklopedik
lug‘at”ida shunday ta’rif beriladi: “Kompetensiya – bu vakolatlar doirasi, mazkur
shaxs bilimi, tajribasi orqali egallagan savollar doirasi”, ya’ni insonning u yoki bu
faoliyati sohasida muhokama qiloladigan va ega bo‘lgan bilimlari.

Xulosa

. Fizika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida, fizika ta’limining axborot

texnik ta’minoti, didaktik, interfaol vositalarini faollashtirish, modulli
texnologiyasidan foydalanish, tayanch kompetensiyaning kommunikativ, shaxs
sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, masalani yechishda, dars samaradorligini oshirishda
qo‘llanildi. Fizika o‘tish samaradorligini oshirish oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak
texnik

mutaxassislar

tayyorlashning

metodik

tayyorgarliklarini

bilim

va

kompetensiyaviy asoslarini oshirishda hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://baxtiyor.uz/fizika-fanini-oqitishda-yangi-pedogogik-
texnologiyalardan-samarali-foydalanishda-hamkorlikda-ishlashning-
ahamiyati/

2.

https://docplayer.gr/90609918-Fizika-fanidan-o-qitish-
texnologiyasi.html

3.

http://shax1-dimi.zn.uz/2016/04/fizikani-oqitishdan-asosiy-maqsad-
fizika-oqitish-%D0%BC%D0%B5%D1%82%D0%BEdlarining-oziga-


References