Авторы

  • Дилафруз Каримова
    Международная исламская академия Узбекистана

Биография автора

  • Дилафруз Каримова, Международная исламская академия Узбекистана
    Доцент, доктор юридических наук

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61160

Ключевые слова:

образование Узбекистан-2030 кредитно-модулная система образование профессионалная подготовка дополнителное образование

Аннотация

В данной стате анализируется тенденция развития системи непреривного образования в сегодняшнюю эпоху информационные и нових технологий. На сегодняшний ден одним из направлений модернизационной работи в сфере образования в Республике Узбекистан является изучение кредитно-модулной системи обучения в обшеобразователних учреждениях.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

158

Feyzü’l Furkan Kuran-ı Kerim Meali. (2010). İstanbul: Server Yayınları.
Kılıç, Z. A. (2017). Çokkültürlülük ve millet sistemi.

PESA Uluslararası Sosyal

Araştırmalar Dergisi

, 3(2), 44-55.

Kymlicka, W. (2007). Community and multiculturalism. In R. E. Goodin, P.

Pettit, & T. Pagge (Eds.),

A companion to contemporary political philosophy

(ss. 463-

477). Oxford: Blackwell.

Macit, A. (2019). İslâm medeniyetinin bütünlüklü, kapsayıcı ve diğer

medeniyetlerle etkileşime açık yapısı.

İslam Medeniyeti Araştırmaları Dergisi

, 4(2),

195-217.

https://doi.org/10.20486/imad.643844

Momin, A., Coşkun, A., & Okutan, B. (2014). Çoğulculuk ve çokkültürcülük:

İslami bir bakış açısı.

Marmara Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi

, 38, 203-230.

https://doi.org/10.15370/muifd.98103

Sarıçam, İ., & Erşahin, S. (2011).

İslam medeniyetinin tarihi

. Ankara.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING

YANGI BOSQICHI

Dilafruz KARIMOVA

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

dotsenti, yuridik fanlar doktori

e-mail:

d.karimova@iiau.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi O‘zbekiston Respublikasi sharoitida

ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyasi tahlil etilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlarining bir
yo‘nalishi sifatida ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning kredit-modul tizimi
o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: ta’lim, O‘zbekiston – 2030, kredit-modul tizimi, ta’lim olish,

professional ta’lim, uzluksiz ta’lim.

Аннотация: В данной стате анализируется тенденция развития системи

непреривного образования в сегодняшнюю эпоху информационних и нових
технологий. На сегодняшний ден одним из направлений модернизационной
работи в сфере образования в Республике Узбекистан является изучение
кредитно-модулной системи обучения в обшеобразователних учреждениях.

Ключевие слова: образование, Узбекистан-2030, кредитно-модулная

система,

образование,

профессионалная

подготовка,

дополнителное

образование.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

159

Abstract: This article analyzes the development trend of the system of continuous

education in today's era of information and new technologies. To date, one of the
areas of modernization work in the field of education in the Republic of Uzbekistan is
the study of the credit-modular system of education in educational institutions.

Key words: education, Uzbekiston – 2030, credit-modular system, education,

professional training, additional education.

Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi zamonda mamlakat kelajagi ta’limga

bog‘liq. Ma’lumki, hozirgi davrda axborot va yangi texnologiyalarning kuchli oqimi
kun sayin ortib bormoqda. Shu asnoda insoniyatning ilmlilik darajasi ham o‘sib
bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat jamg‘arib borayotgan bilimlar
ko‘lami har 6-7 yilda ikki barobarga ko‘paymoqda[1]. Ammo boshqa bir tomondan
olib qaraydigan bo‘lsak, bunday keskin o‘sish mutaxassislarning olgan bilimlari
«eskirishi»ga olib keladi. Ekspertlarning tahliliga qaraganda, har yili 15-20% bilimlar
amortizatsiyasini kuzatish mumkin[1]. Mana shunday faktorlar ta’lim sistemasini
zamon bilan hamnafas olib borish, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda insonning butun umrini qamrab oluvchi uzluksiz ta’limni joriy etish g‘oyasini
ilgari suradi. Hozirda ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan ta’limning yangi, zamonaviy
konsepsiyasi yurtimizda azaldan targ‘ib qilingan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla»
degan purma’no qoidani o‘zida mujassam etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois,
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan
boshlab uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida sifat ko‘rsatkichini yanada
yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Bu sa’y-harakatlar zamirida
Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek buyuk vazifalar strategik maqsad qilib
qo‘yilgan[2]. “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasida ham birinchi ustuvor
yo‘nalish aynan ta’lim sohasiga qaratilgani mamlakatimizni rivojlanishning yangi
bosqichiga olib chiqish, yuqori salohiyatli kadrlar avlodini shakllantirish, har bir
insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, ilm-
fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Ushbu ustuvor yo‘nalishda
maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq
qamrovini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit”
dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish,
pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish, umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy
sektorni keng jalb qilish, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish,
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

160

tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini
mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi
yo‘nalishlar bilan boyitish, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida
amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster
tizimini joriy etish, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy
izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng
joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash,
yoshlarning

intellektual

salohiyatini

oshirish,

ularning

ilmiy

faoliyatini

rag‘batlantirish, fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning
zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish
tizimini yaratish, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada
xizmatlar eksportini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar
qamrovini kengaytirish, Respublikada sport bilan professional va doimiy
shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish, milliy terma jamoalarga yuqori malakali va
natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, olimpiya va paralimpiya
harakatini rivojlantirish, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish,
jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni
rivojlantirish kabilar vazifa etib belgilab olindi. Bunda fuqarolarning har biri o‘zining
qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib individual yo‘naltirilgan ta’lim olishi va bunda
barcha bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. Zero, A.Mamfold
ta’kidlaganidek «Odamlarga keraksiz bilimlarni bergandan ko‘ra, ularga samarali
bilim olishlarida ko‘maklashish zarur[3]». Bugungi kun ta’lim tendensiyasi ham
talabani o‘qitish emas, balki talaba o‘qishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib
berish g‘oyasini ilgari surmoqda. Bunda talaba o‘qitilayotgan bilimning passiv
iste’molchisi emas, balki u olingan bilimlar asosida fanga doir har qanday masalada
o‘z pozitsiyasiga ega, muammoni tahlil eta oladigan, muammoga tanqidiy yondosha
oladigan va uning yechimlarini izlay oladigan bilimning aktiv ijodkoriga aylanadi.
Darhaqiqat, insonning miyasi shunday tuzilganki, u istamagan va kerakmas deb
hisoblagan axborotni tezda unutish yoki qabul qilmaslik hususiyatiga ega. Shu
sababli, talabalarning qimmatli vaqtini behuda sarflamasdan, ularning o‘z
tashabbuslari

asosida

qiziqish

va

qobiliyatlaridan

kelib

chiqqan

holda

mutaxassisliklari doirasida o‘qib - izlanishlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan

modernizatsiya ishlarining asosiy yo‘nalishi ta’limni tashkil etishning uzluksiz,
bosqichma-bosqich tizimini joriy etish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

161

Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan belgilangan «O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra
mamlakatadagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-
bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston
Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2018 yil 5
iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida
masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi 233-son va 2020 yil 10 apreldagi “Oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini masofaviy ta’lim orqali samarali davom ettirish
hamda 2019/2020 o‘quv yilini yakunlash to‘g‘risida”gi 257-sonli buyruq
mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirishga zamin yaratadi. Ushbu tub
o‘zgarishlardan asosiy maqsad – jamiyat uchun foydali, kun sayin rivojlanayotgan
mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni yetishtirib berishdir.
Mazkur konsepsiyaga erishishning ustuvor yo‘nalishlaridan eng muhimlar qatorida
professional ta’limning uzluksizligi, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim tizimining
investitsion jozibadorligini ta’minlash, sifatli ta’lim barchani birdek qamrab oladigan
darajaga olib chiqishdan iboratdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Карпенко М. П. Перспективы развития системы высшего об-

разования на основе «Концепции вуза– 2030» / М. П. Карпенко //Вестник
РЕАН. 2005. Т. 5. №3. С. 27–34

2.

Xayriddin Murod. Ta’limdagi olamshumul islohotlar. (Murojaat kilingan

sana: 12.08.2024). - URL: https://yuz.uz/news/talimdagi-olamshumul-islohotlar

3.

Проектирование

учебно-методического

обеспечения

модулей

инновационной образовательной программы: Методическое пособие / О. В.
Акулова, А. Е. Бахмутский, Р. У. Богданова, О. Б. Даутова, Е. В. Пискунова, Н.
Ф. Радионова, А. П. Тряпицына; Под ред. C. А. Гончарова. — СПб.: Изд-во
РГПУ им. А. И. Герцена, 2007. — 159 с


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

162

ҲАКИМ САМАРҚАНДИЙ – КАЛОМ ОЛИМИ СИФАТИДА

Абдуҳамидов Муҳаммаджон Абдуҳалим ўғли

ФарДУ доценти, Исломшунослик

фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)

Аннотация. Мазкур мақолада ИХ аср калом илми олимларининг етук

олимларидан бўлмиш, Ҳаким Самарқандий ҳаёти, илмий фаолияти, олимнинг
калом илми ривожига қўшган ҳиссаси, хусусан, ИХ-Х асрларда Самарқанд калом
илми мактабида ҳаким Самарқандийнинг тутган ўрни ҳақида фикрлар баён
этилган.

Калит сўзлар: Калом, ақида, ҳанафий, суннийлик, мотуридийлик,

ашъарийлик, мазҳаб, муътазилийлик, хорижийлик.

ХАКИМ САМАРКАНДЫ – КАК УЧЕНЫЙ КАЛАМ

Аннотация. В данной статье описывается жизнь и научная деятельность

Хакима Самарканди, одного из наиболее крупных учёных-теологов IХ века, вклад
учёного в развитие богословской науки, в частности, роль Хакима Самарканди в
школе богословия Самарканда в IX-Х веках.

Ключевые слова: калам, акида, ханафитизм, суннизм, мутуридизм,

ашаритизм, мазхаб, мутазилизм, хариджизм.

ḤĀKIM SAMARQANDĪ - AS A KALĀM SCHOLAR

Abstract. This article describes the life and scientific work of Ḥākim

Samarqandī, one of the most prominent theologians of the 9th century, the scientist's
contribution to the development of theological science, in particular, the role of Ḥākim
Samarqandī in the school of theology of Samarkand in the 9th-10th centuries

Key words: Kalām, ‘Aqīdah, Ḥanafīyah, Sunnism, Māturīdiyya, Ashʿariyya,

Madhhab, Mu'tazilism, Kharijism.

Янги Ўзбекистонда диний ва миллий қадриятларни қайта тиклаш давлат

сиёсати даражасига кўтарилди. Ислом ҳамкорлик ташкилоти томонидан Бухоро
шаҳрининг 2020 йилда «Ислом маданияти пойтахти» деб эълон қилиниши,
вилоятларда ҳадис, фиқҳ, калом илми, тасаввуф мактаблари, жойларда қуръон ва
тажвид курсларини очилиши ҳамда Ўзбекистондаги ислом цивилизатсияси
маркази, Ўзбекистон халқаро ислом академияси, Мир Араб Олий мадрасаси,
Ҳадис илми мактаби, Имом Термизий ва Имом Мотуридий халқаро илмий-
тадқиқот марказлари ташкил этилиши ислом илмлари соҳасида янада чуқур

Библиографические ссылки

Карпенко М. П. Перспективы развития системы высшего образования на основе «Концепции вуза- 2030» / М. П. Карпенко //Вестник РЕАН. 2005. Т. 5. №3. С. 27-34

Xayriddin Murod. Ta’limdagi olamshumul islohotlar. (Murojaat kilingan sana: 12.08.2024). - URL: https://yuz.uz/news/talimdagi-olamshumul-islohotlar

Проектирование учебно-методического обеспечения модулей инновационной образовательной программы: Методическое пособие / О. В. Акулова, А. Е. Бахмутский, Р. У. Богданова, О. Б. Даутова, Е. В. Пискунова, Н. Ф. Радионова, А. П. Тряпицына; Под ред. С. А. Гончарова. — СПб.: Изд-во РГПУ им. А. И. Герцена, 2007. — 159 с