Авторы

  • Нодирбек Шербоев
    Международная исламская академия Узбекистана
  • Дилафруз Каримова
    Международная исламская академия Узбекистана

Биографии авторов

  • Нодирбек Шербоев, Международная исламская академия Узбекистана
    Степень магистра исламского права
  • Дилафруз Каримова, Международная исламская академия Узбекистана
    Научный руководитель: доцент, к.ф.-м.н.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.txmfatbk.61175

Ключевые слова:

Ислам Шариат Муджтахид Факихы Судьи Мажаб Зафар Талфик Сахих

Аннотация

Ислам - последняя религия, которая просуществует до Судного Дня. Поэтому юристы, ученые, муфтии и судьи должны тщательно изучить правила религии своего времени и правильно донести их до уммы. Известно, что постановления шариата не ограничиваются одной сектой, но каждая секта является частью шариата. Постановления шариата распространяются среди сект. Человек, который говорит, что шариат ограничивается одной из четырех сект, явно заблуждается. Невозможно запятнать честь какой-либо секты. Поэтому муфтию одной секты разрешено издавать фетву при условии, что он не следует своему иафсу - воздуху и соблюдает условия другой секты.

background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

254

3. Сахих аль-Бухари. Достоверные предания. Из жизни Пророка

Мухаммада, да благословит его Аллах и да приветствует. Перевод с араб.
Абдулла Нирша. М.: 2008. – С. -525.

4. Fath al-Bari, Sharh Sahih al-Bukhari. Imam ibn Hajar al- Asqalani. E.: 1959. –

P. - 253.

5. Гендер тенгликни тушуниш: Халқаро ва миллий қонунчилик меъёрлари

ҳамда диний тамойилларнинг қиёсий таҳлили. Н. Юсупова, Ф. Хамдамова. Т.:
2024. – С. 55-76.

6. A Movement for Equality and Justice in the Muslim Family. Musawah. M.:

2009.

7. The Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination Against

Women. CEDAW. UN.: 1979.

8. Социально-правовой статус женщин в мусульманском обществе. Сизов,

Ю.И., Курбанова З.А. В.: 2014. – С. 145-149.

9. Turkey's Constitution of 1982 with Amendments through 2017. Constitute.:

2022. –P. -6.

HANAFIY MAZHABIDA BOSHQA MAZHAB QOIDALARI ASOSIDA

FATVO BERISH TARTIBI

Sherboyev Nodirbek

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi

Islom huquqi mutaxassisligi magistranti

Ilmiy rahbar: Dilafruz KARIMOVA

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yu.f.d.

Annotatsiya:

Islom dini qiyomatgacha bo‘ladigan oxirgi dindir. Shuning uchun,

faqihlar, olimlar, muftiy va qozilar o‘z zamonlarida din qoidalarini mukammal
o‘rganib, ummatga to‘g‘ri yetkazishlari lozim bo‘ladi. Ma’lumki shari’at hukmlari bir
mazhabga cheklanib qolmagan, balki har bir mazhab shari’atning bir juzi
hisoblanadi. Shari’at hukmlari mazhablar orasida aylanib turadi. Shari’at to‘rt
mazhabdan biriga cheklangan degan inson aniq xato qilgan bo‘ladi. Biror bir mazhab
sha’niga dog’ tushirishga imkon yo‘q. Shunday ekan, bir mazhabning muftiysi boshqa
mazhab qovlini nafsu – havosiga ergashmagan va shartlariga rioya qilgan holda fatvo
berish uchun olsa joiz bo‘ladi.

Kalit so‘zlar: Islom, Shari’at,

Mujtahid, Faqihlar, Qozilar, Mazhab,

Zofar,

Talfiq, Sahih.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

255

ПОРЯДОК ВЫДАЧИ ФАТВЫ В ХАНАФИТСКОЙ ШКОЛЕ НА

ОСНОВЕ ПРАВИЛ ДРУГИХ ШКОЛ

Аннотация: Ислам – последняя религия, которая просуществует до

Судного Дня. Поэтому юристы, ученые, муфтии и судьи должны тщательно
изучить правила религии своего времени и правильно донести их до уммы.
Известно, что постановления шариата не ограничиваются одной сектой, но
каждая секта является частью шариата. Постановления шариата
распространяются среди сект. Человек, который говорит, что шариат
ограничивается одной из четырех сект, явно заблуждается. Невозможно
запятнать честь какой-либо секты. Поэтому муфтию одной секты разрешено
издавать фетву при условии, что он не следует своему нафсу – воздуху и
соблюдает условия другой секты.

Ключевые слова: Ислам, Шариат, Муджтахид, Факихы, Судьи, Мажаб,

Зафар, Талфик, Сахих.

PROCEDURE FOR ISSUING FATWA IN THE HANAFI SCHOOL

BASED ON THE RULES OF OTHER SCHOOLS

Abstract: Islam is the last religion that will exist until the Day of Judgement.

Therefore, jurists, scholars, muftis and judges must carefully study the rules of the
religion of their time and convey them correctly to the Ummah. It is known that the
rulings of the Sharia are not limited to one sect, but each sect is part of the Sharia. The
rulings of the Sharia are distributed among the sects. A person who says that the
Sharia is limited to one of the four sects is clearly mistaken. It is impossible to tarnish
the honor of any sect. Therefore, a mufti of one sect is allowed to issue a fatwa,
provided that he does not follow his nafs - air and observes the conditions of another
sect.

Keywords: Islam, Sharia, Mujtahid, Faqih, Judges, Mazhab, Zafar, Talfiq, Sahih.

Ma’lumki shari’at hukmlari bir mazhabga cheklanib qolmagan, balki har bir

mazhab shari’atning bir juzi hisoblanadi. Shari’at hukmlari mazhablar orasida aylanib
turadi. Shari’at to‘rt mazhabdan biriga cheklangan degan inson aniq xato qilgan
bo‘ladi.

Muqallid muftiy imomining mazhabi qoidalari asosida fatvo berishi lozim. Lekin

muayyan imomga ergashish insonlar nafsu – havosiga ergashib ketishidan saqlash
uchun shari’atning maslahati va yomonliklarni oldini olish maqsadida joriy qilingan
fatvo hisoblanadi. Chunki nafsu – havoga ergashib mazhablarda kelgan ruxsatlarni
olish harom. Shunday ekan, aslida mujtahid imomlarning barcha mazhablari shari’atni
bayon qilib beradi. Biror bir mazhab sha’niga dog’ tushirishga imkon yo‘q. Chunki har


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

256

bir mujtahid dalillarni maqsadiga yetishish va undan hukm olish borasida bor
imkoniyatlarini sarflaganlar.

Bulardan kelib chiqib aytamizki, bir mazhabning muftiysi boshqa mazhab qovlini

nafsu – havosiga ergashmagan holda fatvo berish uchun olsa joiz bo‘ladi. Bu esa uchta
holatda joiz bo‘ladi, biz bularni quyida zikr qilamiz:

1.

Boshqa mazhab qovliga zarurat yoki umumiy hojat tufayli fatvo berish.

Bu holat mazhabdagi xos masalada toqat qilib bo‘lmaydigan darajada qattiq haraj

(qiyinchik) yoki saqlanish imkonsiz bo‘lgan hojat bo‘lsa, shu holatda harajni daf qilish
va hojatni ado etish maqsadida boshqa mazhab qovliga berish joiz bo‘ladi.

Misol uchun Hanafiy ulamolari Qur’on ta’limiga haq olish borasida Shofe’iylar

mazhabiga, yo‘qolgan insonning va inniyn bo‘lgan xotinlari borasida Molikiy mazhabi
qovllariga fatvo berganlar[1].

Shuningdek ommaviy ehtiyojga aylangan narsalar ham bu hukm ostiga kiradi.
Misol uchun: Mutaaxxir Hanafiy ulamolari zofar(haqqini qo‘lga kirirtish)

borasida Shofe’iy mazhabining qovliga fatvo berganlar. Ya’ni haqqini qo‘lga
kirituvchi o‘z haqqini qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, hoh u o‘z haqqini
jinsidan bo‘ladimi yoki boshqa jisndan bo‘ladimi farqi yo‘q undirib olaveradi. Buning
sababi insonlar haqlarga rioya qilmay qo‘yishdi, deb aytadilar[2].

Hojat yoki ommaviy ehtiyoj tufayli boshqa mazhab qovliga fatvo berish

quyidagi shartlarni o‘z ichiga oladi:

1.

Biror ishdagi hojat kuchli yoki ehtiyoj umumiy bo‘lsin. Bu narsalar ehtimoliy

bo‘lmasin.

2.

Muftiy hojat borligini aniq his qilib tursin. Bu holat muftiy ahli ilm va boshqa

muftiylar bilan maslahatlashish orqali yuaga chiqadi.

3.

Muftiy fatvo berayotgan mazhabi ta’kidlab ishonch bilan tekshirib chiqsin. Bu

borasida eng to‘g’ri yo‘l o‘sha mazhab ulamolariga muroja’at qilish hisoblanadi.

4.

Fatvo uchun olinayotgan qovl ummat fuqaholari jumhuriga xilof bo‘lgan shoz

(juda nodir) qovl bo‘lmasin. Ahmad inb Hanbal rohmatullohi alayh: “Agar bir inson
nabiz borasida Kufa ahlini qovlini, musiqa tinglash borasida Madina ahlini qovlini va
mut’a nikohi borasida Makka ahlini qovlini olib barcha ruxsat fatvolarga amal qilsa
fosiq bo‘ladi”, deb aytganlar.

5.

Fatvo berilayotgan mazhab o‘zining barcha mo‘tabar shartlari bilan qabul

qilinishi. Agar shunday qilinmasa bitta masalada talfiq yuzaga keladi. Shu o‘rinda
talfiq masalasi borasida ba’zi tafsilotlarni keltiramiz.

Talfiqning hukmi.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

257

Talfiq – ikki mazhabning birortasida joiz bo‘lmaydigan holatni yuzaga keltirib,

bitta masalada ikki mazhabga amal qilish. Misol uchun: bir inson ayol kishini ushlash
sababli tahorat ketmasligi borasida Hanafiylarning fatvosini va qon oqish bilan tahorat
ketmasligi borasida Shofe’iylarni fatvosini olib, bir ayolni ushlagandan va u kishidan
qon oqqandan so‘ng namoz o‘qisa, bu namoz ikki mazhabga ko‘ra ham durust
bo‘lmaydi.

Talfiq borasida Hanafiy ulamolar ko‘p bahs qilgan va bu borada ko‘plab kitoblar

ta’lif qilganlar. Talfiq joizligi borasida alloma Ibn Munla Farrux Inb Humom, Ibn
Nujaym va Xorazm ulamolari rohmatullohi alayhimni talfiq joizligi borasidagi
so‘zlarini dalil qilib keltirgan. Bir qancha bahs va dalillardan so‘ng Taqiy Usmoniy
hafizahulloh Imom Tahonaviy rohmatullohi alayhni quyidagi so‘zlarini keltirgan:
“Bizning nazdimizda talfiq borasidagi qovllarning eng to‘g’risi ijmodan tashqari
bo‘lgan bitta amal borasida bo‘lgan talfiq joiz emas. Ammo ikki xil turli amallar
borasida esa joiz hisoblanadi garchi zohiran olib qaralganda ijmodan chetlashganlik
yuzaga kelib qolsa ham”[3].

Bir kishi tartibga xilof o‘laroq tahorat olsa, uning tahorati Shofe’iy mazhabiga

ko‘ra joiz bo‘lmaydi. Agar aynan shu tahoratida boshining to‘rtdan biridan oziga mash
tortsa, Hanafiylarda tahorati joiz bo‘lmaydi. Demak bir inson tartib xilof o‘laroq
tahorat olsa vas hu tahoratda boshining to‘rtdan birining oziga mash tortsa, ikki
mazhabga ko‘ra ham tahorati joiz bo‘lmagan hisoblanadi. Bu talfiq ijmodan ajragan
talfiq hisoblanadi.

Bir kishi tahoratda boshining to‘rtdan birining oziga mash tort tortsa, so‘ngra

Fotiha surasini qiroat qilmagan imomning ortida namoz o‘qisa, garchi zohiran ijmodan
chetlashish ham joiz hisblanadi. Chunki bu kishi Shofe’iy mazhabiga binoan tahorat
olib, Hanafiy mazhabiga binoan namoz o‘qidi. Chunki tahorat alohida amal va namoz
esa alohida amal hisoblanadi. Bu holat man qilingan talfiq sifatida ko‘rilmaydi.

Talfiq borasida Xalqaro islom fiqhi akademiyasining sakkinchi davrasida qaror

qabul qilindi. Quyida chiqarilgan qarorni keltiramiz:

Mazhablarga ergashish orqali talfiq qilishning haqiqati - muqallid inson ikki va

undan ortiq bir – biriga bog’liq bo‘lgan farlarni qamrab olgan bitta masalani, aynan
o‘sha masala borasida taqlid qilayotgan imomlarining hech biri joiz bo‘lish
ko‘rinishini atymagan holatda keltirishi talfiq deyiladi.

Quyidagi holatlarda talfiq joiz bo‘lmaydi:
a.

Mazhablardagi ruxsatlarni olish faqat nafsu – havo uchun bo‘lib qolishiga yoki

ruxsatlarni olish borasida o‘rnatilgan qoidalardab biri chetlab o‘tishga olib borsa.

b.

Chiqarilgan hukmni bekor qilishga olib borsa.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

258

c.

Bir masala borasida taqlidan amal qilingan hukmni bekor qilishga olib borsa.

d.

Ijmoga yoki undan kelib chiqqan hukmlarga zid kelishga olib borsa.

e.

Hech bir mujtahid to‘g’ri deb bilmaydigan murakkab holatga olib borsa[4].

2.

Dalili kuchli bo‘lgani tufayli boshqa mazhab qovliga ko‘ra fatvo berish.

Boshqa mazhabning qovliga fatvo berish mazhabni chuqur o‘zlashtirgan,

dalillarni ajrata oladigan, garchi mujtahid bo‘lmasada Qur’on va sunnat borasida
chuqur qarashga ega bo‘lgan, dalolati ravshan bo‘lgan sahih hadis borasida faqatgina
imomining qovliga zid holatni aniqlay oladigan insongagina joiz bo‘ladi.

Alloma Ibn Obidin rohmatullohi alayh “sharhu uqudu rosmil muftiy” kitobida

Imom Biyriyni “sharhul ashboh” va Ibn Shihna Kabirni “sharhul hidoya” asarlaridan
quyidagilarni zikr qilib keltirgan: “ Agar hadis bo‘lib mazhabga zid bo‘lsa, hadisga
amal qilinadi va o‘sha hadisga amal qilish uning mazhabiga aylanadi. Bu holatda
hadisga amal qilish uni hanafiylikdan chiqarib qo‘ymaydi. Bu borasida Abu Hanifani “
agar hadis sahih bo‘lsa u mening mazhabimdir” degan so‘zlari bor”[5].

Alloma Ibn Abdulbar va Imom Sha’roniy bu qovlni Abu hanifa va boshqa

imomlardan ham naql qilganlar.

Ibn Obidin aytadilar: “Hech kimga sir emaski yuqorida zikr qilganlarimiz naslar

borasida nazari o‘tkir va nosix mansuxni ajrata oladigan inson borasida. Nazar ahllari
dalilga suyanib unga amal qilsalar, sohibi mazhhabdan izn o‘laroq mazhabga nisbat
berish durust hisoblanadi. Chunki mazhab sohibi ham dalili zaifligini bilsa, shubhasiz
undan qaytgan bo‘lar va kuchli dalilga ergashgan bo‘lar edi.”[6].

“Agar hadis sahih bo‘lsa, mening mazhabimdir” jumlasi ma’nosini zamondosh

insonlar noto‘g’ri tushunib, uni boshqa yo‘sinda talqin qildilar. Natijada mujtahid
imomlarning so‘zlarini o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Holat shu darajaga yetib bordiki
hadisga xilof da’vosi o‘laroq imomlardan kelgan ko‘plab masalalarni zaif deb e’tibor
qilishgacha bordilar[7].

Bu jumlani to‘g’ri ma’nosini tushunish uchun sizlarga bir qancha mulohazalarni

keltiramiz:

1.

Mujtahid ulamolarimizdan bu jumlani zikr qilgan ulamolarimiz mujtahidlarni

martabalarini ko‘tarish va ularga sano o‘laroq zikr qilganlar. Ulardan naslarga zid
o‘laroq kelgan qovllarga ta’na yetkazish orqali ularni martabasini pasaytirish emas.

2.

Bu jumlani ulamolarimiz ovam insonlar bahs xdqiladigan jumla emas, balki

garchi mazhabda yoki muayyan bir masala borasida mujtahid darajasiga yetgan, ahli
ilmlar uchun ishlatganlar.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

259

3.

Imomni qovliga zid bo‘lgan hadis, imomning naznida asl qoidalarida bayon

qilingan shartlar bilan sahih bo‘lishi lozim. Ya’ni hadis mujtahid imom qo‘ygan
shartlarga mos bo‘lsin, hadis rivoyat qiluvchi roviyning shartlariga emas.

4.

Bu jumlaning aynan o‘zi Imom Shofe’iy rohmatullohi alayhdangina rivoyat

qilingan. Chunki, bu jumlada u zotning mazhabining asli sahih hadisga bino
qilingangina ishora bor. U zotdan boshqa imomlardan esa bu jumlaga yaqin qovllar
rivoyat qilingan. Misol uchun Imom Abu Hanifa rohmatullohi alayhdan “Agar hadis
kelsa, bosh ustiga qo‘yamiz”, rivoyat qilingan. Imom Molik rohmatullohi alayhdan esa
“Biron bir kishi yo‘qki aytgan kalomi borasida malomat qilinmagan va raddiya
qilinmagan bo‘lsa. Lekin mana bu Ravza sohibi bundan mustasno”, deganlari rivoyat
qilingan. Bu qovllar imomlar doimo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
sunnatlarini lozim tutishgan va fiqhiy hukmlarni chiqarib olishda ustun qo‘yganlar.
Lekin imomlarni nabaviy hadislarni qabul qilishda alohida qoidalari bo‘lgan.

5.

Agar belgilari zohir bo‘lsa (fitna paydo bo‘lish, avom xalqqa tashvish

keltirish yoki musulmonlarni tafriqaga solish kabi holatlar zohir bo‘lgan vaqtda)
marjuh tomonga amal qilish joiz bo‘ladi. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning fe’llari yaqqol misol bo‘la oladi:

:اهل لاق ملسو هيلع الله ىلص الله لوسر نأ :ملسو هيلع الله ىلص يبنلا جوز ،مهنع الله يضر ةشئاع نع
دعاوق ىلع اهدرت لاأ ،الله لوسر اي :تلقف ،»؟ميهاربإ دعاوق نع اورصتقا ةبعكلا اونب امل كموق نأ يرت ملأ«

»تلعفل رفكلاب كموق ناثدح لاول« :لاق ؟ميهاربإ

[8]

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

Oisha onamizga : “Ko‘rmaysizmi qavmingiz Ka’bani qurga vaqtida, Ibrohim
alayhissalom qovaidlariga chegaralandilar”. Men aytdimki: Yaa Rasululloh Ibrohim
alayhissalomni qovaidlari qaytarmaysizmi. U zot esa : “ Agar qavmingizni kufri paydo
bo‘lmaganda edi, albatta qilar edim”, deb javob berdilar.

Yuqoridagi ma’lumotlar ko‘rinib turibdiki sahih hadisga amal qilinmagan bo‘lsa,

bunga mujtahidlarning bir nechta sabablari bo‘lgan. Shuning uchun imomlarga bu
borada hech qanday e’tirozlar bo‘lishi mumkin emas. Fatvo beruvchi muftiy ham
imomining asosiy qoidalarini yaxshilab o‘rganib, yangi paydo bo‘ladigan masalalarni
shunga qiyos qilinadi[9].

Qozi boshqa mazhab qovliga fatvo berishining hukmi.

Sulton qozi tayinlayotgan vaqtda uni hech bir mazhabga tayin qilmasdan qozilik

mansabiga qo‘ysa, shuningdek tayinlanayotgan qozi ham mujtahid bo‘lsa, shunday
holatda o‘z mazhabidan boshqa qovlga fatvo bersa, modomiki masala ijtihodli bo‘lsa,
chiqargan fatvosi ijro qilinadi. Chunki qozi so‘ralganda hukmi ijro bo‘lishi uchun
javob beradi, garchi mazhabiga xilof holda hukm qilgan bo‘lsa ham.


background image

International Islamic Academy of Uzbekistan

Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024

Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak

October, 2024 IIAU.UZ

260

Islom huquqiy tizimning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan faqih va qozilarining vakolatlari

qanchalik keng bo‘lishaga qaramasdan, hech bir o‘rinda shari’atning asl qoidalariga
daxl qila olmaydi. Faqih va qozilar zamon va makon e’tiboridan jamiyatga shari’atni
hukmlarini moslab beradi. Unga aslo o‘zgartirish kirita olmaydi. Ba’zi o‘rinlarda
boshqa mazhab hukmlari bo‘yicha fatvo berish, hukm chiqarish esa, aynan shari’atga
amal qilish hisoblanadi. Bizdan XIV asr oldin belgilab berilgan bu qoidalar, hozirgi
zamonaviy qonunchilikda ham o‘z aksini topgan. Bu esa Islom huquqiy tizimi
qanchalar mukammal ekanini anglatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Muhammadamin Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. – Qohira:

Dorul-hadis. 2016. J.12. – B. 248.

2.

Muhammadamin Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. – Qohira:

Dorul-hadis. 2016. J. 6. – B. 151

3.

Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq: Dorul-

qalam. 2018. – B. 249.

4.

Qororot va tavsiyot majmai’l fiqhil islamiy ad-duvaliy. – ad-duvarot -2-24. -

al-qororot -1-238. 2020. –B. 224-225.

5.

Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. – Damashq: Dorul-

qalam. 2018. – B. 260

6.

Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. – Qohira: Dorul-hadis. 2016. J.

1. – B. 68.

7.

Saloh Muhammadsolim Abul Hoj. Is’adul muftiy. – Umman: Dorul bashoirul

islamiyya. 2021. –B. 186.

8.

Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. – Bayrut: Muassatur-risola nashirun. 2021.

–B. 573.











Библиографические ссылки

Muhammadamin Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. - Qohira: Dorul-hadis. 2016. J. 12. - B. 248.

Muhammadamin Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. - Qohira: Dorul-hadis. 2016. J. 6. - B. 151

Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. - Damashq: Dorul-qalam. 2018. - B. 249.

Qororot va tavsiyot majmai’l fiqhil islamiy ad-duvaliy. - ad-duvarot -2-24. -al-qororot -1-238. 2020. -B. 224-225.

Muhammad Taqiy Usmoniy. Usulul-ifto va adabuhu. - Damashq: Dorul-qalam. 2018. - B. 260

Ibn Obidin. Roddul-muxtor ala durrul-muxtor. - Qohira: Dorul-hadis. 2016. J. l.-B. 68.

Saloh Muhammadsolim Abul Hoj. Is’adul muftiy. - Umman: Dorul bashoirul islamiyya. 2021. -B. 186.

Imom Buxoriy. Sahihul Buxoriy. - Bayrut: Muassatur-risola nashirun. 2021. -B. 573.