Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
23
INSON KAPITALIGA INVESTITSIYALARNING MAZMUNI VA
AHAMIYATI
Abduhalimov Shohjaxon Usmonali o’g’li
Xalilov Abdulloh Zokirjon o’g’li
Farg’ona Davlat Universiteti Iqtisodiyot
Fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar
yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: G’oziyev Murodjon Shokirjonovich
Farg’ona Davlat Universiteti Iqtisodiyot
Fakulteti Moliya kafedrasi
Iqtisodiyot fanlar o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu tezisda inson kapitaliga investitsiyalar jalb etishning
mazmuni va ahamiyati hamda xususiyatlari mavjud ilmiy nazariyalarni tadqiq etish
asosida o’rganilgan. Inson kapitaliga investitsiyalarni rivojlantirishning mavjud
muammolari va asosiy yo’nalishlari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: inson kapitali, taʼlim tizimi, sog’liqni saqlash, inson
kapitaliga investitsiyalar, taʼlim sifati, inson salohiyati.
Inson kapitali tushunchasi XIX asrdan boshlab o’rganila boshlandi va ushbi
yo’nalish iqstisodiyot fanining istiqsbolli jabhalaridan biriga aylandi. XX asrning
ikkinchi yarmiga kelib, u avvalo, iqtisodiyot taʼlimi va mehnatning asosiy yutug’iga
aylandi.
Iqtisodiy adabiyotlarda inson kapitali tushunchasining keng va tor
maʼnolardagi talqinini uchratish mumkin. Jumladan, tor maʼnoda «Inson kapitali,
shubhasiz, zamonaviy iqtisodiy o’sishning muhim omili va ijtimoiy - iqtisodiy
siyosatning ustuvor yo’nalishi sifatida namoyon bo’ladi» [1]. Keng maʼnoda esa
inson kapitali investitsiya qilish, ishchi kuchini tashkil etib, ishlab chiqarishga
tayyorlash, sog’lig’ini saqlash, migratsiya hamda narxlar va daromadlarga oid
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
24
maʼlumotlar qidirishga bo’lgan harajatlar ko’rinishida shakllanadi.
«Iqtisodiy entsiklopediya» («Ekonomicheskaya entsiklopediya»)da inson
kapitaliga «mablag’ ajratishning alohida turi, insonning qayta ishlab chiqarish
salohiyatini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar yig’indisi, sifatni oshirish va
ishchi kuchi xizmatlarini yaxshilash», deb taʼrif beriladi, umumiy maʼlumot va
maxsus xarakterdagi bilimlar, ko’nikmalar va to’plangan tajriba inson kapitali
obyektining tarkibiy qismi hisoblanadi [2].
Inson kapitalini yanada tuliq taʼriflash uchun funksional yondashuv talab
etiladi. Funksional aniqlashning negizi nafaqat ichki tuzilish ko’rinishlarini
taʼriflaydi, balki funksional belgilanishi va pirovard maqsadli foydalanishni
tavsiflaydi. Shuning uchun ham inson kapitali inson ega bo’lgan bilim, ko’nikma va
qobiliyatlarning shunchaki yig’indisi emas.
Chunki birinchidan, bu to’plangan bilim, malaka va qobiliyat zahirasi
hisoblanadi.
Ikkinchi navbatda, bu shunday zahiraki, u yoki boshqa bir muhitda inson
tomonidan ijtimoiy qayta ishlashga sarflanadi va mehnat unumdorligi hamda ishlab
chiqarishning o’sishiga imkon beradi.
Uchinchidan, to’plangan bilim, ko’nikma va qobiliyat zahirasining
maqsadga muvofiq ishlatilishi faoliyatning yuqori unumdorligida ishchi ish haqi
(daromadi) ning o’sishiga olib keladi.
To’rtinchidan esa daromadning oshishi insonni rag’batlantiradi va qiziqtiradi
hamda yangi bilim va ko’nikmalar zahirasini to’plab, kelajakda unumli qo’llashga
sabab bo’ladi.
Inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligini oshirish uchun
qo’llanilgan ixtiyoriy chora, yo’l va qarorlar yig’indisidir.
Umumiy mezonlarni hisobga olganda, inson kapitaliga investitsiyalar,
deganda quyidagi xarajatlar majmui nazarda tutiladi: sog’likni saqlash, umumiy va
o’rta maxsus taʼlim, ish qiqirish bilan bog’lik xarajatlar, ishlab chiqarishga
professional tayyorgarlik, migratsiya, bolalarning dunyoga kelishi va tarbiyasi,
narxlar va daromadlarga oid iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan maʼlumotlar qidirish.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
25
Iqtisodchi olimlar inson kapitaliga investitsiyalarning uch turini ajratib
ko’rsatadilar:
- taʼlimga xarajatlar. U umumiy va o’rta maxsus, rasmiy va norasmiy taʼlim
hamda ish joylariga ko’ra tayyorgarlikni o’z ichiga oladi;
- sog’liqni saqlashga xarajatlar. U kasallik profilaktikasi, tibbiy xizmat
ko’rsatish, parhez ovqatlanish, sog’lom turmush tarzi, yashash sharoitini yaxshilash
kabilarni o’z ichiga oladi;
- harakatchanlik xarajatlari, nisbatan past unumdor joylardan ishchilarning
ko’chishi bilan bog’liq xarajatlardir.
Shu bilan birga, inson kapitaliga investitsiyalar moddiy va nomoddiy
turlarga ham bo’lib o’rganiladi.
Moddiy turga insonning jismoniy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan barcha xarajatlar (bolaning tug’ilishi va tarbiyasi uchun chiqimlar) kiradi.
Nomoddiy xarajatlarga umumiy taʼlim va maxsus tayyorgarlik xarajatlari,
sog’liqni saqlash va ishchi kuchini taqsimlash uchun sarflangan xarajatlarning
maʼlum qismi kiradi.
Sog’liqni saqlash va taʼlimga mablag’ ajratish inson kapitaliga
investitsiyalarning muhim turi hisoblanadi. Umumiy va o’rta maxsus taʼlim sifatini
yaxshilaydi, insonning bilimlari zahirasini va darajasini oshiradi, shu bilan birga
inson kapitalining hajmi va sifatini oshiradi.
Maʼlumki, XXI asr intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab
etiladigan asr hisoblanmoqda. Darhaqiqat, taraqqiyot yo’lidan izchil rivojlanishda
hal qiluvchi muhim mezon - bu zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan
mutaxassislar hisoblanadi.
O’zbekistonda aholi intellektual salohiyatining milliy iqtisodiyot doirasidagi
ahamiyati xususida quyidagilarni taʼkidlash mumkin:
- taʼlim tizimi uy xo’jaligiga taʼsir etib, undagi mehnat resurslarining kasbiy
salohiyatini shakllantiradi;
- shakllangan mehnat resurslari bozor orqali milliy iqtisodiyotning barcha
sohalariga yo’naltiriladi, ular band bo’lganlarning kasbiy tarkibini shakllantiradi,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
26
sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat ko’rsatadi.
Taʼlim qay darajada rivojlangan bo’lsa, milliy iqtisodiyotda shunga mos
kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlar faoliyat ko’rsatadi va shunga mos
iqtisodiy o’sishga
erishiladi. Taʼlim sohasi iqtisodiy o’sishga erishishda katta imkoniyatlar
ochadi.
Taʼlim va ishlab chiqarishga qaratilgan xarajatlar bugungi kunda barcha
mamlakatlarda inson kapitaliga mablag’ ajratishning eng muhim qismi hisoblanadi.
Istalgan o’quv rejasining 80 foizigacha bo’lgan qismi mustaqil o’qishga to’g’ri
keladi. Bu, ayniqsa, tadqiqotchi, o’qituvchi, muhandis, kompyuter ekspertlari va
boshqa kasblarni egallagan mutaxassislarga tegishlidir. Ularning adabiyotlarni
mustaqil o’rganish, o’qib-o’zlashtirish yo’li bilan uzluksiz ravishda malakalarini
yangilashlari, erkin o’quv dasturlarini qo’llashlari, faoliyat, tajriba hamda
boshqalarning baholashlari (fikrlari) asosida o’qishlari talab etiladi.
Taʼlimga investitsiyalar maʼnosiga ko’ra, odatda, rasmiy va norasmiy
turlarga bo’linadi.
Rasmiy investitsiyalar - bu, o’rta, o’rta maxsus va oliy taʼlimni qamrab olish,
shuningdek, boshqa taʼlim, yangi ishlab chiqarishda professional tayyorgarlik, turli
kurslar, magistratura, doktoranturada o’qish va hokazolarga investitsiyalardir.
Norasmiy investitsiyalar – bu shaxsning mustaqil o’qishi bo’lib, bu turga
rivojlantiruvchi adabiyotlarni o’qish, sanʼatning turli ko’rinishlarida kamol topish,
sport bilan professional shug’ullanish va boshqalar bilan bog’liq investitsiyalar
kiradi.
Taʼlim bilan bir qatorda, sog’liqni saqlashga mablag’ ajratish ham muhim
hisoblanadi. Bu kasalliklar va o’lim darajasining qisqarishiga, inson umrining
mehnatga layoqatli qismining uzayishiga, shu bilan bir qatorda, inson kapitalining
faoliyat ko’rsatish vaqtining uzayishiga olib keladi. Inson salmatligining holati - bu,
tabiiy kapital bo’lib, bir qismi meros, boshqa qismi esa insonning o’zi va
jamiyatning xarajatlari natijasida olinadi. Insonning hayoti davomida inson
kapitalining yemirilishi kuzatiladi. Sog’liqni saqlash bilan bog’lik bo’lgan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
27
investitsiyalar bu jarayonni sekinlashtiradi.
Inson kapitaliga investitsiyalar investitsiyalarning boshqa turlaridan o’zining
qator xususiyatlari bilan ajralib turadi.
1. Inson kapitaliga investitsiya ajratish uning egasining hayot muddati bilan
bevosita bog’liq bo’lib (mehnatga layoqatlilik davrining davomiyligi), qanchalik
erta insonga mablag’ ajratilsa, u shunchalik tez qaytishni boshlaydi.
2. Inson kapitali nafaqat jismoniy va maʼnaviy yemiriladi, balki yig’ilishi va
ko’payishi ham mumkin.
3. Inson kapitali jamlanishiga ko’ra, yuqori chegara bilan cheklangan faol
mehnat jarayonida uning daromad berishi oshadi, so’ngra esa keskin pasayadi.
4. Insonga qilingan investitsiyalarning hammasi ham inson kapitaliga
mablag’ ajratishga qaratilgan bo’lavermaydi. Masalan, kriminal faoliyat bilan
bog’liq xarajatlar inson kapitaliga investitsiya hisoblanmaydi, chunki u jamiyat
uchun zararli.
5. Insonga mablag’ ajratishning tabiati va turlari tarixiy, milliy, madaniy
xususiyat va anʼanalar bilan shartlangan.
6. Boshqa turli shakllardagi kapitalga investitsiya qilishga nisbatan inson
kapitaliga investitsiyalar alohida inson nuqtai nazaridan ham, jamiyat nuqtai
nazaridan ham foydaliroq hisoblanadi.
Davlat, nodavlat ijtimoiy fondlar va tashkilotlar, mintaqalar, alohida
firmalar, xalqaro fond va tashkilotlar, shuningdek, taʼlim muassasalari inson
kapitaliga mablag’ ajratish manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Аlbatta, hozirgi vaqtda bu sohada davlatning roli katta. Davlat bu sohada
majburiy (undash) choralarga ham, targ’ib etish choralariga ham murojaat etmoqda.
Majburiy choralarga hamma uchun shartli bo’lgan o’rta maktab rasmiy taʼlimi,
shartli bo’lgan tibbiy profilaktik tadbirlar (emlash) va boshqalar kiradi.
Biroq tarjibot va tushuntirish (undash) choralari asosiy chora hisoblanadi.
Davlat bu borada ikkita amaliy usulga ega bo’lib, bu usullar bozor iqtisodiyoti orqali
avtomatik boshqariladigan xususiy investitsiyaning ko’lamini o’zgartirish
maqsadida qo’llaniladi. Inson kapitalining muhim sohalari bo’lmish taʼlim va
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
28
sog’likni saqlashning shakllanishida davlatning o’rni beqiyosdir. Respublikamizda
2023 yilda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablg’alar davlat byudjeti xarajatlari
tarkibining 50,4 foizini tashkil etdi. Shu mablag’lardan 44,9 foizdan ortig’i aynan
taʼlim sohasiga yo’naltirilganligi davlat taʼlim siyosatining o’ziga xosligidan darak
beradi.
Inson kapitali aktivlarini yaratishda alohida kompaniyalar, firmalar
ahamiyatli hisoblanadi. Ular ko’pincha shu kapitalning eng taʼsirli ishlab
chiqaruvchilari sifatida namoyon bo’lmoqda. Chunki ular shaxsni tayyorlashdagi
ehtiyojlarga mos sharoitga hamda taʼlim va tayyorgarlikka mablag’ ajratishning
ilg’or yo’nalishlari haqida axborotga ega. Biroq firmalar investitsiyalar sof daromad
keltirguniga qadar investitsiya qilishadi. O’z xodimlari va bo’lg’usi xodimlari
doirasida investitsiyani amalga oshirib, firmalar mehnatini faollashtirishga, uning
unumdorligini oshirishga, ish vaqti yo’qotilishlarini qisqartirishga, shu bilan birga,
o’zlarining raqobatbardoshligini mustahkamlashga intiladilar. Mablag’lar maxsus
va qayta tayyorlov kurslari tashkilot va muassasalariga, ishchilarning davolanish va
profilaktik tadbirlarga xarajatlarini moliyalashtirishga, jismoniy sog’lomlashtirish
markazlarining qurilishiga, bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalari va
boshqalarga qaratilgan bo’ladi. Xarajatlarning ko’lami bo’yicha firmada ichki
o’qitish rivojlangan mamlakatlarda kadrlar tayyorlashning boshqa sektorlari bilan
taqqoslanadi [6].
Inson kapitaliga investitsiyalar oila doirasida ham juda muhim, chunki inson
kapitalining hosil bo’lishi va ko’payishi oilaning o’z farzandiga mablag’ ajratishiga
bevosita bog’liqligi yaqqol namoyon bo’ladi. Bir tomondan, farzand ota-ona uchun
ne’mat, ikkinchi tomondan esa farzand tarbiyasi aniq va noanik xarajatlar manbai
hisoblanadi.
Oilada insonning intellektual va psixofiziologik
qobiliyatlarining
jamg’arilishi inson kapitalining kelgusida rivojlanib mukammallashuvida poydevor
(asos) bo’lib xizmat qiladi. Bolalar inson kapitalini rivojlantirish uchun qilinadigan
investitsiyalar nafaqat o’z rivojida, balki kelajak avlod inson kapitali majmuasining
rivojlanishida asos hisoblanadi. Oilalardagi taʼlim va tarbiya natijasida inson
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
29
kapitalining turli tiplari shakllanadi. Аsosiy psixofiziologik aqliy qobiliyatlar paydo
bo’lib, shaxs shakllanadi.Shundan kelib chiqqan holda oiladagi shart-sharoitlarni
yaxshilash orqali inson kapitalini rivojlantirish eng davlat byudjeti xarajatlarining
eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanishi, maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son
2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son
3.2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
4. Peregudov L.V., Saidov M.X. Oliy taʼlim menejmenti va iqtisodiyoti. - T.:
«Moliya», 2002.
5. Matqurbonov K. Kadrlar tayyorlash milliy modeli dunyo tajribasi va milliy
xususiyatlarimizni o'zida mujassam etgan o'ziga xos noyob xodisa. // «Maʼrifat»,
2013 yil 6 fevral, 11 (8556)-son.
6. Ekonomicheskaya entsiklopediya. / Gl.red. L.I.Аbalkin. - M.: «Izdatelьstvo
«Ekonomika», 1999. -S. 275.
7. Obrazovanie i chelovecheskiy kapital. Istochnik: http://www.libertarium.ru/