Jild 19 № 2 (2025)

Jild 19 № 2 (2025)
Nashr qilingan: 20-05-2025

Maqolalar

172-176 66 15

KO’CHMAS MULKKA INVESTITSIYALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O’RNI VA ROLI

Egamberdieva Mehrigul Azamat qizi

Ushbu maqolada ko‘chmas mulkka investitsiyalarning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va roli tahlil qilingan. Unda investitsiyaning turlari, ularning iqtisodiyotga ta’siri, O‘zbekiston misolida amaldagi holat va sohadagi islohotlar keng yoritilgan. Shuningdek, investitsiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar, ularni boshqarish strategiyalari va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Maqola ko‘chmas mulk sohasida ishtirok etuvchi investorlar, mutaxassislar va siyosat ishlab chiquvchilar uchun foydali tahliliy material hisoblanadi.

92-97 79 18

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDA TEXNIK TIZIMLARNING O’RNI VA AHAMIYATI

M.A.Abdusamatova, S.A.Misirova, M.J.Jamolova, Hamrayev Javlonbek Hoshim o’g’li

Axborot texnologiyalari (AT) zamonaviy jamiyatning barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, texnik tizimlar bu jarayonlarning asosi hisoblanadi. Mazkur maqolada axborot texnologiyalarida texnik tizimlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Texnik tizimlar – bu apparat va dasturiy ta’minotlarning komplekslari bo‘lib, axborotlarni yig‘ish, uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi muhim funksiyalarni bajaradi. Maqolada texnik tizimlarning tashkil etilishi, ularning axborot almashinuvi va ishlash jarayonidagi rolini aniqlashga qaratilgan ilmiy yondoshuvlar keltirilgan. Shuningdek, texnik tizimlarning amaliy misollari va ularning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati muhokama qilingan. Maqola axborot texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan texnik tizimlar va ularning kelajakdagi istiqbollari haqida xulosalar taqdim etadi.

98-103 68 16

MAKTABLARDA ZO’RAVONLIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING DOLZARB PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Ro’zimova Surayyo Rahimovna, Taxirova Sabohat Rustamovna

Maqolada zoʻravonlik muammosi, zo’ravonlik va uning kelib chiqish hamda uni oldini olish masalalariga e’tibor qaratilgan.

109-115 90 21

ANTONIMLIK VA DARAJALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

To’xtayeva Dilafruz Ashurovna

Tadqiqotchilar antonimiya tushunchasini olimlar tomonidan har doim ham aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydigan “qarama-qarshilik” tushunchasi bilan bog‘lashadi: “Qarama-qarshilik – bu asos belgisi bilan ajralib turadigan ikkilik, bir mohiyatning chegaragacha rivojlangan farqli xususiyati”. Falsafiy jihatdan qarama-qarshilik ziddiyatning tarkibiy qismi hisoblanib, antonimiya, antisemiya, enantiosemiya munosabatlarini o‘z ichiga oladi va darajalanishdan alohida hodisa hisoblanadi.

116-121 41 12

“BOSH MIYA INSULTLARI REABILITATSIYASINING GENDER VA YARIM SHARLARI LOKALIZATSIYASI BO‘YICHA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”

Masharipova Nuriya Hamro qizi, Shamuratova Gulnora Baxtiyorovna

Bosh miya insultlari — rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yetakchi nogironlik va o‘lim sabablaridan biridir. So‘nggi yillarda insultdan keyingi reabilitatsiya muammosi jahon sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, reabilitatsiya jarayonining samaradorligi insultning yarim shar bo‘yicha lokalizatsiyasiga va bemorning genderiga bevosita bog‘liq. Erkaklar va ayollarda insultdan keyingi psixomotor va kognitiv tiklanish sur’atlari farq qiladi. Ayniqsa, chap va o‘ng yarim sharlar zararlanishining klinik manzarasi hamda reabilitatsiyadagi yondashuvlar sezilarli darajada turlicha kechadi. Shu sababli, insultdan keyingi reabilitatsiyada individual va diferensial yondashuvlar, ayniqsa gender va anatomik lokalizatsiyaga asoslangan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.

122-125 45 27

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN AHOLI OMONATLARINI JALB QILISH YO'LLARI

Tuxtamishev Baxrom Yuldoshevich

Tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilishda turli strategiyalar va usullarni qo‘llaydi. Bu jarayon bank faoliyatining muhim qismidir, chunki omonatlar bankning asosiy moliyaviy manbalaridan biridir va ularning hajmi bankning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Omonatlarni ko‘paytirish orqali banklar iqtisodiyotga sarmoya kiritish imkoniyatini oshiradi va o‘z daromadlarini ko‘paytiradi.

126-129 65 16

BOLALARDA STRESS HAMDA EMOTSIONAL HOLATLARINI NAMOYON BO’LISHIGA SABAB BO’LUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR

Xo’jayeva Dilorom Otanazarovna

Bola shaxsning dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalarda ham globallashuv ta'sirida keskin o‘zgarishlar roy bermoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan ma’lumotlar ham bolalarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda qiziqishlar tizimiga ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday buzilishlardan biri stress holati bo‘lib, tan olish kerakki, to hozirga qadar mazkur tushunchaning mohiyati munozaralidir.  

130-136 41 9

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI

Turanova Shoira Shosaitovna

Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko’tarmoq lozim. Fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh kasb egalarini shakllantirish lozim bo’ladi. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishsin.

137-140 163 23

SHAXSDA HISSIYOTNI BOSHQARISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Pirimkulova Dilorom Raxmankulovna

Hissiyotni boshqarish – inson ruhiy salomatligini saqlash va hayot sifatini oshirish uchun muhim ko‘nikmadir. Har bir inson kundalik hayotda turli xil hissiy holatlarga duch keladi, masalan, stress, g‘azab, qayg‘u, qo‘rquv yoki baxt. Bu hissiyotlar o‘z navbatida insonning qaror qabul qilish jarayoniga, munosabatlariga va umumiy farovonligiga ta’sir ko‘rsatadi.  

141-145 89 16

MAKTABLARDA MUSIQA CHOLG’U ASBOBLARINI O’RGATISH YO’LLARI

Ismailova Sevinch, Yulyaxshiyev Sherali

Ushbu maqolada barcha maktablarda musiqa cholg‘u asboblarini tanishtirish, nomlanishini o‘rgatish, musiqaning tarbiyaga bo‘lgan ta’siri, musiqa cholg‘u asboblarida ijro etib berish, ularni musiqa cholg‘u asboblariga qiziqtira bilish so‘ngra  musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatish metodlari.

146-149 33 10

ONLINE LEARNING AND ITS EFFECTIVENESS IN BUSINESS EDUCATION: A POST-PANDEMIC ANALYSIS

O’rinboyeva Guliraʼno Baxtiyor qizi, Azamatova Madina Pardaqul qizi, Janiqulova Muxlisa Kamol qizi, Subhadhanu Raja

The COVID-19 pandemic has fundamentally reshaped the landscape of higher education. One of the most significant shifts has been the widespread transition from face-to-face instruction to online learning environments. This transformation has particularly impacted business education, which traditionally emphasizes interpersonal communication, experiential learning, and real-world application. This article explores the effectiveness of online learning in business education after the pandemic, considering technological advancements, pedagogical adaptations, student and faculty experiences, and long-term implications for educational delivery.

150-157 46 13

O’SMIRLIK DAVRIDA SHAXSIY IDENTIKLIK VA IJTIMOIY MOSLASHUV

Shermatova Manzura, Pulatxanova Gulnoza

Mazkur maqolada o’smirlik davridagi shaxsiy identiklik va ijtimoiy moslashuv jarayonlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O’smirlikning o’ziga xos xususiyatlari, identiklikni shakllanishi, moslashuvda uchraydigan muammolar, shuningdek, zamonaviy psixokorreksion usullar yoritilgan. Mavzu bo’yicha nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalar berilgan.

158-163 76 19

ZAMONAVIY OILANING TARBIYAVIY SALOHIYATI

Tasheva Nasiba Salimovna

Mazkur maqolada zamonaviy oilaning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi o‘rni va tarbiyaviy salohiyati keng tahlil etilgan. Unda oilaning bola shaxsini shakllantirishdagi asosiy tarbiyaviy funksiyalari, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarni singdirishdagi roli va tarbiya jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar yoritib berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda oilaviy muhitning ijobiy-psixologik sharoitlarini yaratish, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola pedagog va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodik tavsiyalar bilan boyitilgan.

164-167 125 25

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNAT UNUMDORLOGINI OSHIRISH OMILLARI

Xasanova Mohina Sherzod qizi

Ushbu tezisda ishlab chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, zamonaviy yondashuvlar, menejment strategiyalari hamda texnologik rivojlanishning o‘rni tahlil qilingan. Mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar statistik ma’lumotlar asosida keltirilib, ikki turdagi korxona misolida tahlil o‘tkazilgan. Metodologik jihatdan empirik va nazariy tadqiqot usullari uyg‘unlashtirilgan. Mazkur tezis ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

168-171 71 17

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Qosimov Rovshanjon Rustamjon o’g’li

Ushbu tezisda O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tezisda iqtisodiy mexanizmlarning samarasini oshirish uchun zaruriy islohotlar va yangi yondashuvlar taklif qilinadi. Ayniqsa, soliq siyosati, subsidiya va grantlar, investitsiya qo‘llab-quvvatlash kabi vositalarning integratsiyalashuvi va ularning biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdagi o‘rni o‘rganiladi. Bunda davlatning tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvi tartibli, ijobiy va raqobatbardosh tizimni yaratishga olib kelishi mumkin. Tezisda bu masalalarning turli jihatlari bilan birga amaliy misollar keltirilgan va ularning natijalari tahlil qilinadi.

251-256 129 41

INFLATSIYA VA UNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA'SIRI

Erkinboyev Muhammadqodir Eminjon o’g’li, Ahmadov Nurmuhammad Olimjon o’g’li, G’oziyev Murodjon Shokirjonovich

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi inflatsiya jarayonining mohiyati, asosiy sabablari va iqtisodiyotga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari, xususan, pul-kredit va fiskal siyosatdagi muammolar, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va importga bog‘liqlik singari omillar alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inflyatsiyani jilovlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks yechimlar taklif etilgan. Maqola iqtisodiy siyosat yurituvchi tashkilotlar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

177-180 38 12

INSONDA SEZGI VA XOTIRANI MUSTAHKAMLASHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Atavullayeva Maxsuda Axadilloyevna

Xotira - inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib kelishi mumkin.

181-184 40 19

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARIDA DARSLARNI O'ZLASHTIRISHDAGI MUAMMOLARNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Sharapova Firuza Amrilloyevna

Boshlang’ich sinf o’quvchilar shaxsining shakllanishi o’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.   

85-90 289 37

O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH-ZAMON TALABI

Mingbayeva Marxabo Kadirovna

Kasbni to‘g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g`ri tanlanishiga bog`liq. Kasbni to‘g`ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog`lig`ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi.

191-198 118 20

TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA RUHIY ZO'RIQISHLARNI OLDINI OLISHDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARNING ROLI VA AHAMIYATI

Umida Isaqova Abdunosirovna

Mazkur maqolada ruhiy zo'riqish holatlari va ularni oldini olish psixoprofilaktikasi shaxs faoliyatida yuzaga keluvchi stress va uning distress shakli, uning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta'sirlari, oqibatlari va ushbu holatning diagnostikasi borasidagi tahliliy ma 'lumotlar haqida so'z boradi. Maktab psixologi o‘quvchilarning ruhiy salomatligini saqlash, ularni stress holatlaridan chiqarish va zo‘riqishlarning oldini olish uchun samarali usullarni qo‘llaydi.

199-205 46 12

KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O’QUVCHILAR RUHIYATINI O’RGANISH HAMDA ULAR BILAN ISHLASHNING SAMARALI USULLARI

Dilafruz Bo‘ronova Baxtiyorovna

Kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqlagi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga, xotirasining kuchliligi, tafakkuriniig yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.

206-210 41 17

O’SMIRLIKDAGI XULQIY OG’ISHNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Nazirova Zulxumorxon Zuhriddin qizi

O’quvchilarning xulq-atvori muammosi doimo o'qituvchilar va ota-onalarni tashvishga solib kelgan. Zamonaviy oʻquvchilar o'z fikrlarini bildirishda, o'z nuqtai nazarini himoya qilishda faol, mustaqil va erkin bo'lib, o'z maqsadlariga faol erishmoqdalar. Ushbu fazilatlarning ijobiy daqiqalariga qaramay, xatti-harakatlardagi og'ishlar bilan bog'liq holatlar ta'lim jarayonida sezilarli qiyinchiliklarga olib kelishi, uning samaradorligini pasaytirishi va maktab o'quvchilarining ta'lim darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.Bunday sharoitda maktab xulq-atvori muammosini o'rganish va qayta ko'rib chiqish katta ahamiyatga ega bo'lib, bu zamonaviy ta'limning dolzarb muammolarini hal qilishning samarali vositasiga aylanishi mumkin.

211-216 680 56

XX ASRNING 80-90 YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI SIYOSIY, IJTIMOIY VOQEA VA HODISALAR

Tog’aymurodova Feruza Muqadirovna

Dolzarbligi; Bu maqola, XX asrning 80-90 yillarida O’zbekistonda ro’y beruvchi siyosiy va ijtimoiy voqealar va hodisalarni o’rganishga bag’ishlangan. Bu davrda O’zbekiston tarixida katta o’zgarishlar ro’y berdi, bu esa mamlakatning bugungi kungi  va kelajagi uchun muhim ta’sir qildi. Maqola, ushbu voqealar va hodisalar orasidagi bog’liqlikni, ularning mamlakat va uning fuqarolarining hayotiga qanday ta’sir qilganligini tahlil qiladi. Ushbu maqola, tarixchi, siyosatshunoslar, ijtimoiy fanlar mutaxassislariga va umumiy ravnaq uchun qiziqarli bo’lishi mumkin

217-220 37 10

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЙ, ПОДВЕРЖЕННЫХ ВОЗДЕЙСТВИЮ АБИОТИЧЕСКИХ СТРЕССОРОВ

Нозима Рахматиллоевна Исматова

Для жизни и развития растений важны различные условия и факторы. Их рост и развитие зависят от многих факторов абиотического стресса, которые влияют на генетические, физиологические и экологические характеристики растений. Факторы абиотического стресса включают засуху, чрезмерную влажность, перепады температуры, засоление, ультрафиолетовое излучение и другие природные условия. Эти факторы могут негативно повлиять на рост, развитие и урожайность растений.

221-224 36 19

KО’PMА’NОLILIK HОDISАSIGА KОGNITIV YОNDАSHUV

Muslimjon Nasirov, Malikaxon Nasirova

Ushbu maqolada ko‘pma’nolilik hodisasiga kognitiv yondashuv asosida nazariy va amaliy tahlil beriladi. Bunda til birliklarining bir nechta ma’noni ifodalashi ortida turgan kognitiv jarayonlarni o‘rganiladi. Asosiy e’tibor inson tafakkuri, konseptual xarita va kontekst roliga qaratiladi. Keltirilgan misollar orqali ko‘pma’nolilikning tafakkur tuzilmasi bilan qanday bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Kognitiv yondashuv asosida til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi.

225-229 27 10

KОGNITIV TILSHUNОSLIKDА PОLISEMIYА TUSHUNCHАSINING SHАKLLАNISHI

Nilufarxon Mahmudova, Malikaxon Nasirova

Maqolada dunyo olimlarining polisemiya va kognitologiya haqidagi fikrlari hamda o‘zbek tilidagi misollar asosida nazariy yondashuvlar yoritiladi. Bu yondashuv polisemiya fenomenini faqat tilshunoslik nuqtayi nazaridan emas, balki inson ongining faol kognitiv jarayoni sifatida tushunishga xizmat qiladi. Keltirilgan misollar orqali ko‘pma’nolilikning tafakkur tuzilmasi bilan qanday bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Kognitiv yondashuv asosida til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi.

230-232 30 10

ТАЛАБАЛАР МОБИЛЛИГИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА АҲАМИЯТИ

Умархўжа Мадаминов

Мазкур мақолада талабалар мобиллигининг мазмун-моҳияти, турлари ва унинг таълим сифатини оширишдаги аҳамияти таҳлил қилинади. Халқаро ва миллий мобиллик дастурларининг талабаларга бериладиган имкониятлари, шунингдек, уларнинг келажакдаги касбий фаолиятига таъсири кўриб чиқилади. Шунингдек, талабалар мобиллигини қўллаб-қувватловчи халқаро дастурлар таҳлили ҳам тақдим этилади.

233-239 32 11

ИҚТИСОДИЙ МАВЖУДЛИКНИНГ ФАЗО ВА ВАҚТ КОНЦЕПЦИЯСИ

Валиев Б.Н.

Иқтисодий мавжудликнинг фазо ва вақт концепцияси фалсафа, физика ва ижтимоий фанларнинг муҳим масалаларидан бири бўлиб, материянинг мавжудлик шакллари сифатида фазо ва вақтнинг ўзига хос хусусиятларини очиб беради

140-146 29 10

ИҚТИСОДИЙ СУБЪЕКТЛАР ФАОЛИЯТИДА ЭРКИНЛИК ВА ЗАРУРАТ ДИАЛЕКТИКАСИ

Валиев Б.Н.

Иқтисодий субъектлар фаолиятида эркинлик ва зарурат диалектикаси ижтимоий-иқтисодий тизимларнинг мураккаб табиатини тушунишда муҳим концепция ҳисобланади. Одамлар ўз хатти-ҳаракатларида мақсадли ва эркин фаолият кўрсатса-да, уларнинг қарорлари ижтимоий муносабатлар, ишлаб чиқариш шартлари ва бозор қонунлари каби объектив омиллар билан чекланади. 

247-250 47 20

INLGIZ VA O’ZBEK TILLARIDA MEHMONXONA TERMINLARINING QIYOSIY TAHLILI

Mirzoyeva Laylo Raxmonovna

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida mehmonxona xizmatlariga oid terminlarning shakllanishi, tarjima usullari, semantik mazmuni hamda ularning madaniy kontekstda qo‘llanishi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, har ikki tildagi terminlarning o‘xshash va farqli jihatlari misollar asosida yoritilgan.