Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
186
“O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI MUNOSABATLARNING
PSIXOLOGIK JIHATLARI”
Farg’ona viloyati Oltiariq tumani
9-umumta’lim maktabi psixologi
Akbaraliyeva Muqaddas Isaqjon qizi
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
munosabatlarning ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli va samarali
rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro
hurmat, ishonch, va kommunikativ aloqalar ta'limning muvaffaqiyatli bo‘lishida
muhim omil hisoblanadi. Maqolada pedagogik psixologiya, ta'lim metodikasi va
pedagogik etika aspektlari orqali bu munosabatlarning qanday rivojlanishi,
shuningdek, o‘qituvchining o‘quvchilarni tarbiyalashdagi va ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirishdagi roli o‘rganiladi.
Kalit so'zlar: O'qituvchi, o'quvchi, pedagogik munosabatlar, ta'lim jarayoni,
kommunikatsiya, o'zaro hurmat, motivatsiya, pedagogik etika, ta'lim metodikasi,
psixologik yondashuv, o'qituvchining roli, ilmiy bilimlar, tarbiya, samarali
rivojlanish, o'qitish texnologiyalari.
Ta’lim jarayoni – bu nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy va psixologik
jarayon hamdir. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar aynan shu
jihatlarni belgilab beradi. Bu munosabatlar ijobiy yoki salbiy shakllanishiga qarab
o‘quvchilarning ruhiy holati, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va
shaxsiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi psixologik aloqaning mohiyatini chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan
biridir.
Ta'lim tizimi barcha jamiyatlarning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli
kechishida muhim omillardan biridir. Ushbu munosabatlar, o‘qituvchining
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
187
pedagogik mahorati va o‘quvchining motivatsiyasi o‘rtasidagi samarali aloqalarni
shakllantirishi, ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli va samarali rivojlanishiga yordam
beradi. O‘qituvchining roli faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki
o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar, o‘zaro hurmat, ishonch va muloqot samarali
o‘qitish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta'minlashda muhim omil bo‘ladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni bir necha turlarga ajratish
mumkin: pedagogik munosabatlar, emotsional munosabatlar va ijtimoiy
munosabatlar. Pedagogik munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bilim
almashish jarayonini tashkil etadi. Emotsional munosabatlar o‘qituvchi
o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari va qiziqishlariga e'tibor qaratadi, bu esa
o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va o‘quv jarayoniga ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi. Ijtimoiy munosabatlar esa o‘qituvchi o‘quvchilarga jamiyatda o‘rin
topish, axloqiy va ijtimoiy qoidalarga amal qilishni o‘rgatadi. O‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi samarali munosabatlarni rivojlantirish uchun bir qator omillar
muhim ahamiyatga ega. Ishonch va hurmat ta'lim jarayonining samarali bo‘lishiga
ta'sir qiladi. O‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchi va hurmati
o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi.
Samarali kommunikatsiya o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ochiq, samimiy
va o‘zaro tushunishga asoslangan aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bu
o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga va o‘zining rivojlanishiga yordam
beradi. Motivatsiya o‘qituvchining o‘quvchini qiziqtirishi va unga o‘z maqsadlariga
erishish uchun undash zarurligini ko‘rsatadi. Motivatsiya o‘quvchilarning o‘quv
jarayoniga faol ishtirok etishiga va o‘z bilimlarini rivojlantirishga undaydi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘qitish uslublari o‘quvchilarga ta'lim
berishning samaradorligini oshiradi. O‘qituvchi faqat bilim berish emas, balki
o‘quvchilarning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ham e'tibor qaratishi kerak.
O‘qituvchining yondashuvi, o‘quvchilarni qanday tinglash va ularga qanday
yordam berish usullari ta'lim sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Samarali
ta'lim jarayoni uchun individual yondashuv, interaktiv metodlar va refleksiya
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
188
asosida tahlil qilish zarur.
1. Psixologik munosabatning mohiyati
Psixologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi munosabat — bu ikki shaxs o‘rtasida kechadigan hissiy, ijtimoiy va
intellektual aloqalarning yig‘indisidir. Ijobiy munosabatlar o‘quvchida o‘zini
qadrlash, faollik, mustaqil fikrlash va bilimga chanqoqlikni shakllantiradi.
Aksincha, salbiy munosabatlar esa o‘quvchida qo‘rquv, ishonchsizlik va ruhiy
tushkunlikka olib kelishi mumkin.
2. O‘qituvchining roli va shaxsiyati
O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki psixologik jihatdan qo‘llab-
quvvatlovchi shaxs hamdir. U o‘zining shaxsiy fazilatlari, muloqot madaniyati va
pedagogik yondashuvi orqali o‘quvchilarning ichki dunyosiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. O‘qituvchining sabr-toqati, adolatparvarligi, hurmatga asoslangan
muloqoti o‘quvchining psixologik holatini barqarorlashtiradi va uni o‘qishga
undaydi.
3. O‘quvchi psixologiyasiga ta’sir etuvchi omillar
O‘quvchilarning psixologik holati ularning yoshiga, oilaviy muhitiga va
individual xarakteriga bog‘liq. O‘qituvchining har bir o‘quvchiga individual
yondashuvi, uni tushunishga va qo‘llab-quvvatlashga intilishi sog‘lom munosabatni
shakllantiradi. Bunda o‘quvchining fikriga quloq tutish, uning his-tuyg‘ularini
tushunishga harakat qilish muhim o‘rin tutadi.
4. Salbiy munosabatning oqibatlari
Agar o‘qituvchi o‘quvchini kamsitsa, unga nisbatan sovuqqon yoki befarq
munosabatda bo‘lsa, bu o‘quvchining psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
holatlarda o‘quvchi o‘zini yakkalangan, e’tibordan chetda qolgan deb his qiladi. Bu
esa o‘z-o‘zini baholash darajasining pasayishiga, ijtimoiy faollikning yo‘qolishiga
va o‘qishga nisbatan loqaydlikka olib keladi.
5. Ijobiy psixologik muhit yaratish yo‘llari
Sog‘lom psixologik muhit yaratish uchun quyidagi omillar muhim:
O‘quvchining fikrini qadrlash va uni faol tinglash;
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
189
Rag‘batlantirish va tanqid orasidagi muvozanatni saqlash;
Adolatli va empatik yondashuv;
Ijobiy muloqot, ochiq va samimiy aloqa o‘rnatish;
Har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlariga e’tibor berish.
Har bir o‘quvchining o‘ziga xos ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan
holda ta'lim berish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularni o‘z maqsadlariga
erishishga undash mumkin. Interaktiv metodlar, guruhli ishlar va loyiha asosidagi
o‘quv faoliyatlari o‘quvchilarning ta'lim jarayoniga faol ishtirok etishini ta'minlaydi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning samarali rivoji ta'limning
muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Bu munosabatlar nafaqat bilim
almashish, balki o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga, ijtimoiy va emotsional
o‘sishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik mahorati, samimiy
kommunikatsiyasi va motivatsiyasi o‘quvchilarning o‘qish jarayonida
muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Shuningdek, ta'lim jarayonida
individual yondashuvlar, interaktiv metodlar va samarali kommunikatsiya orqali
o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularni maqsadga erishishga undash mumkin.
Bu holat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga
va ta'limning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim tizimida o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasida konfliktlarni yuzaga kelishi va uni korrektsiyalash hozirgi kunda
zaruriy chora tadbirlar hisoblanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi ishtirok etadigan
ziddiyatli vaziyatlarning aksariyati o‘qish va maktabdagi xatti-harakatlar qoidalariga
nisbatan ularning pozitsiyalarining nomuvofiqligi, ba’zan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qarama-qarshilik bilan ifodalanadi. Intizomning yo‘qligi, u yoki bu o‘quvchining
o‘qishiga beparvo munosabat, o‘qituvchining murosasizligi o‘tkir shaxslararo
to‘qnashuvlarning asosiy sabablari sanaladi. Ammo, ular tomonidan o‘z
pozitsiyalarini o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqish konfliktli vaziyatni hal qilishi va
uning ochiq shaxslararo mojaroga aylanishining oldini olishi mumkin. Sinfda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarning xilma-xilligi va nizolarning
o‘zaro ta’siri o‘qituvchidan konfliktni hal qilishning eng yaxshi usullarini topishni
talab qiladi. Agar o‘qituvchi o‘zi ishtirok etgan muayyan shaxslararo
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
190
to‘qnashuvning sabablarini, vaziyatga olib kelgan motivlarini, maqsadlarini,
mumkin bo‘lgan natijalarini chuqur tahlil qilsagina, nizolarni samarali hal qilish
mumkin. O‘qituvchining bir vaqtning o‘zida obyektiv bo‘lish qobiliyati nafaqat
uning professionalligi, balki o‘quvchilarga bo‘lgan qadriyatli munosabatining
ko‘rsatkichidir. Muzokaralar nizolarni hal qilishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Muzokaralar ijobiy harakatlar uchun o‘ziga xos doiraga ega, ammo ular har
doim ham nizoni hal qilishning eng yaxshi usuli emas. Muzokaralarni cho‘zish,
resurslarni jamlash uchun vaqt topish, muzokaralar orqali buzg‘unchi harakatlarni
niqoblash, muzokaralarda raqibni dezinformatsiya qilish -bular muzokaralar
jarayonining salbiy tomonlari hisoblanadi. Mojaroni hal qilish yo‘llari, ayniqsa u
uzoqqa bormagan bo‘lsa, hamma uchun ma’lum va ochiqdir. Keyinchalik qiyin
vaziyatlarda o‘qituvchilar murosaga murojaat qilishadi, bir-birlariga yon berishadi
yoki o‘zlari tahlil qilishadi, o‘zlarini va harakatlarini tushunishga harakat qilishadi
va faqat istisno hollarda majburlash va vaqtinchalik ajratishdan foydalanadilar.
O‘qituvchi nizolarni hal qilish texnologiyasiga ega bo‘lmasa, nizo yaratishga
haqli emas. Kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki: umumiy manfaatlarni izlash
va oshirish va ularni keyinchalik erishilgan kelishuvni buzish istagini keltirib
chiqarmaydigan tarzda birlashtirish qobiliyatidir. Konfliktli vaziyatlarni hal
qilishning asosiy usullarini ko‘rib chiqsak, ular ikki guruhga bo‘linganligini
aytishimiz mumkin:-salbiy, shu jumladan kurashning barcha turlari, bir tomonning
ikkinchisi ustidan g‘alaba qozonish maqsadini ko‘zlash;-ijobiy, ulardan
foydalanishda konflikt sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarning asosi saqlanib
qoladi deb taxmin qilinadi -har xil turlarimuzokaralar va konstruktiv raqobat. Salbiy
va ijobiy usullarning farqi shartli bo‘lib, ular ko‘pincha bir-birini to‘ldiradi.
Konfliktli vaziyatni hal qilish yo‘llarini tanlash konfliktdagi harakat
strategiyasini belgilaydi. O‘qituvchi mojarodan qochish, uni yumshatish, murosaga
kelish, boshqa birovning pozitsiyasini majburlash yoki rad etish uchun taktikani
tanlashi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim
jarayonining eng muhim jihatlaridan biridir. Bu munosabatlar nafaqat
o‘qituvchining bilimlarni o‘quvchiga yetkazish jarayonida, balki o‘quvchining
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
191
shaxsiy rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Samarali o‘qituvchi-o‘quvchi
munosabatlari ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishiga, o‘quvchilarning yuqori
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga yordam beradi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini
faqat ilm bilan ta'minlab qolmasdan, ularning ruhiy, emotsional va ijtimoiy
rivojlanishiga ham katta ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
munosabatlar quyidagi asosiy komponentlarga asoslanadi: ishonch, hurmat,
kommunikatsiya va motivatsiya. Ushbu komponentlar o‘quvchi va o‘qituvchi
o‘rtasida ijobiy aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi samarali munosabatlar ta'limning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun zarur
shartdir.
Ishonch, hurmat, kommunikatsiya va motivatsiya kabi asosiy komponentlar
o‘quvchilarni faol o‘qishga undaydi, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga ta'sir
ko‘rsatuvchi shaxs sifatida o‘z rolini bajarishi kerak. Bu munosabatlar o‘quvchining
o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ta'lim jarayonini yanada samarali va ijobiy qiladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ta'lim jarayonining
sifatini yaxshilaydi va uning natijalarini ta'minlaydi. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.
Ta'lim jarayonining samarali bo‘lishi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
ijobiy va konstruktiv munosabatlarga bog‘liq. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
munosabatlar, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, motivatsiyasi va o‘qishdagi
muvaffaqiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Samarali munosabatlar o‘quvchilarning
o‘z bilimlarini rivojlantirishda, ularni hayotga tayyorlashda va kelajakdagi
muvaffaqiyatlarida muhim omil hisoblanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
munosabatlar to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, ta'lim jarayoni samarali rivojlanadi. Bu
munosabatlarning shakllanishi uchun bir qator omillar mavjud. Avvalo,
o‘qituvchining professional mahorati va pedagogik yondashuvi ta'limning
muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘ziga jalb
etib, ularni ilm olishga undashi, ularning individual xususiyatlarini e'tiborga olib,
ta'lim jarayonini har bir o‘quvchiga moslashtirishi zarur. Samarali kommunikatsiya
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
192
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muvaffaqiyatli munosabatlarning asosiy tarkibiy
qismi hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan to‘g‘ri va ochiq aloqada bo‘lishi
kerak. O‘quvchilar o‘z fikrlarini ifoda etish, savollar berish, o‘zlari uchun
tushunarsiz bo‘lgan mavzularni so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lishlari zarur. Bu esa
o‘quvchilarning o‘zini ifoda etish qobiliyatini oshiradi va ta'lim jarayonining sifatini
yaxshilaydi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar faqat ilmiy yondashuvga
asoslanmasdan, emotsional va psixologik jihatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.
O‘quvchilarga hurmat ko‘rsatish, ularning his-tuyg‘ulariga e'tibor qaratish, ularni
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash ta'limda muvaffaqiyatga erishishda muhim rol
o‘ynaydi. O‘quvchilarga hurmat va qadr-qimmat berish ularning o‘z-o‘zini hurmat
qilishini va mustaqil fikrlashini rivojlantiradi. Motivatsiya ta'lim jarayonining yana
bir muhim qismi hisoblanadi. O‘qituvchining o‘quvchilarni motivatsiya qilish
usullari o‘quvchilarning o‘qishdagi muvaffaqiyatiga ta'sir qiladi. Ular o‘z
maqsadlariga erishish uchun rag‘batlantirilishi kerak. O‘qituvchi turli xil
motivatsion strategiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tish
uchun yordam berishi lozim. Bu orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini yaxshilashga va
o‘z maqsadlariga erishishga intilishadi.
Xulosa.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining
samaradorligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Ushbu munosabatlar o‘zaro
hurmat, ishonch va samarali kommunikatsiya orqali rivojlanadi, bu esa
o‘quvchilarning akademik va shaxsiy taraqqiyotiga ta'sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik munosabatlar ta’lim
jarayonining markaziy qismini tashkil etadi. Sog‘lom va ijobiy ruhda shakllangan
munosabat nafaqat bilim sifatiga, balki o‘quvchilarning ruhiy holatiga, ijtimoiy
faolligiga va kelajakdagi muvaffaqiyatiga asos bo‘ladi. Har bir o‘qituvchi bu borada
o‘zining pedagogik mahorati bilan bir qatorda psixologik sezgirligini ham
rivojlantirishi lozim.
O‘qituvchining pedagogik mahorati, psixologik yondashuvi va ta'lim
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
193
metodikalari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yordam beradi. Samarali
o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari bilan ijobiy muloqot o‘rnatish orqali ularga faqat bilim
berib qolmay, balki ularni hayotga tayyorlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan
birga, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ochiq va samimiy aloqalar ta'lim muhitini
ijobiylashtiradi, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini anglash va rivojlanishiga turtki beradi.
Umuman olganda, ta'lim jarayonida bu munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi
ta'limning sifatini va natijalarini yaxshilashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirzaahmedov, T. (2017). Pedagogik etika va estetika. Toshkent: Iqtisod-Moliya
nashriyoti.
2. Abdurahmonov, U. (2019). O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar.
Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
3. Ismoilov, N. (2017). O‘qituvchining pedagogik mahorati. Toshkent: Xalq ta'limi
nashriyoti.
4. Xudoyberganova, D. (2020). O‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi. Toshkent:
Ta'lim nashriyoti.