Jild 19 № 1 (2025)

Jild 19 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 11-05-2025

Maqolalar

3-9 49 15

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

Raxmatova Dildora Saydullayevna

Ushbu maqolada ta’limning zamon talablari asosida rivojlanib borishi, ta’lim natijalarini baholashda o‘zlashtirilgan axborotlar miqdori hisobga olinganligi, ta’lim jarayonida axborotlar bilan ishlash masalasini zamon talablari asosida doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligi bayon qilingan. Ta’lim o‘quvchilarning axborot olish va qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifasini uzluksiz bajarib boradi hamda ta’lim oluvchilar tomonidan axborotlarning o‘zlashtirilganlik darajasining oshishi, shuningdek axborotlardan foydalanish ko‘lamining kengayishi ta’lim samaradorligini belgilashga xizmat qilishibayon qilingan.

10-12 34 23

“GINKGO BILOBA O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, O’SIMLIKLAR QOPLAMIDAGI O’RNI, TARQALISHI VA AHAMIYATI”

Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi

Ushbu maqolada Ginkgo biloba o'simligining botanika tavsifi, o'simliklar qoplamasidagi o'rni, tarqalish sohasi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi. Ginkgo biloba qadimgi o'simlik bolib, uning ekologik, farmatsevtik va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi.

304-307 67 35

YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA HUQUQ SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLLAR

Ibrohimjonov Asliddin

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat va huquq sohasidagi islohotlar ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, adolatli va samarali davlat boshqaruvini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-yildan boshlab yangi bosqichdagi islohotlar natijasida davlat boshqaruvi tizimi soddalashtirildi, fuqarolik jamiyati institutlari rivojlantirildi, sud hokimiyati mustaqilligi ta’minlandi. Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar orqali xalq vakilligining kuchaytirilishi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik siyosatini rivojlantirish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu tezisda davlat va huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar ilmiy tahlil qilinadi. Islohotlarning huquqiy asoslari, ularning amaliy natijalari hamda xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashuvi haqida fikr yuritiladi. Tezis natijalari davlat xizmatchilari, huquqshunoslar va siyosatshunoslar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

308-315 194 32

INTERNET TARMOQLARINING YOSHLAR ONGIGA MA’NAVIY VA RUHIY TAʼSIRI

Abdurasulova Latofat Buriyevna

Internet tarmog`ida o`tirgan kishi ko`pincha yolg`iz bo`ladi. Internet – bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o`ziga kerakli narsani topadi. Ushbu bozorda “savdosi chaqqon”, ko`p xaridorlarni jalb qilayotgan o`yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko`p. Bularning ta’sirida yoshlarda har tomonlama begonalashish jarayoniga moyilligi ortib boradi va axloqdan uzoqlashib boradi. Abdulla Avloniy yosh avlodni go`zal qilib tarbiyalashga chaqirib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lib o`sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak, yerdan turib yulduzlarga qo`l uzatmak kabidir. Din va e`tiqodi salomat bo`lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na o`ziga va na boshqa kishilarga va na millatiga tariqcha foyda yo`qdir” - deb ta’kidlaydilar.

316-319 69 18

O'QUVCHILARNING FANLARGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shadmanova Muslimaxon Djamaliddinovna

Oʻqituvchilarni eng koʻp qiynaydigan, oʻzidan qoniqmaslik hissini tuydiradigan va kuydiradigan narsa – oʻquvchining darsga qiziqmasligi. Bugun bolalarni chalgʻituvchi, xayolini jamlab olishiga xalaqit beruvchi narsalar koʻp. Bu oʻqituvchilar oldiga ham yangidan yangi vazifalar qoʻymoqda. Endi ular oʻquvchilari darsga qiziqishi, taʼlimga motivatsiyalari saqlanib qolishi uchun turli yangi usullarni oʻylab topishi lozim.  

320-326 50 16

QADOQLASH USULLARINING QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATIGA TA’SIRI

A. M. Nazarov, M.A.Boltayev, M.R.Umaraliyeva

Ushbu tadqiqotda quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullari orqali saqlash samaradorligi o‘rganildi. Oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash va biopolimer qadoqlar orqali saqlangan namunalarning namlik, S vitamini, likopin va karotinoidlar miqdori tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash va vakuum qadoqlash usullari mahsulotning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatini yaxshilashda samarali ekani aniqlandi. Biopolimer qadoqlar ekologik jihatdan afzal bo‘lsada, namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, saqlash samaradorligi pastroq bo‘ldi.

327-338 37 12

QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASHDA QADOQLASH USULLARINING OZUQAVIY MODDALAR SAQLANISHIGA TA’SIRI

A. M. Nazarov, M.A.Boltayev, M.R.Umaraliyeva

Ushbu maqolada quritilgan tomat mahsulotlarini qadoqlash va saqlash davomida ozuqaviy moddalar — likopin, karotinoidlar va S vitaminining saqlanish dinamikasi tadqiq qilindi. Turli qadoqlash usullari (oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash (MAP) va biopolimer qadoqlash) ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash usuli eng samarali bo‘lib, ozuqa moddalarini 12 oygacha yuqori darajada saqlab qolish imkonini berdi. Vakuum qadoqlash ham samarali bo‘lib, qisqa muddatli saqlash uchun qulay ekanligi aniqlandi. Odatiy polietilen esa faqat qisqa muddatli iste’mol uchun mos keladi.

339-343 34 15

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASLARIDA TA’LIM BERISH JARAYONINI SAMARALI TASHKILLASHTIRISHNING YANGI INNOVATSION USULLARI

O'rinboyeva Nodirabegim Ilyosjon qizi

Ushbu tezisimizda maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga ta’lim berish jarayoni va uni tashkillashtirish usullari, jarayonda foydalanilishi zarur bo’lgan innovatsiyalar haqida so’z borgan. Shu bilan birga tezisimizda yosh avlodga bilim berishda maktabgacha ta’lim sohasining tarbiyachilariga qo’yiladigan talablar va ularga yaratilinayotgan imkoniyatlar ham yoritib o’tilgan.

344-346 71 11

INGLIZ, RUS, O'ZBEK TILLARIDAGI USTKI KIYIM NOMLARINING QIYOSIY CHOG'ISHTIRMA TAHLILI

Gulboyeva Zaynura Rajaboy qizi

Kiyim ijtimoiy xatti-harakatlar regulatori, kiyim-kechak, ichki makon dizayni, oziq-ovqat, musiqiy kompozitsiyalar va, ba’zan, jamiyatdagi xulq-atvor yo‘nalishini tanlash uchun o‘ziga xos qoidalar va ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning iste’molchiga ta’siri mexanizmini tu­ shuntirish uchun ushbu hodisani bilimlarning turli sohalarida o‘rganadigan kiyim nazariyotchilarining ishlariga murojaat qilaylik. 

299-303 291 39

GLOBAL MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Ro’ziboyev Dilshod A’zam o’g’li, Abdullayev Xurshid

Mazkur maqola orqali global muammolarning paydo bo‘lishi, mohiyati va ularni bashorat qilishning ahamiyati, global muammolarning rivojlanayotgan mamlakatlarga, texnika va texnologiyalarning jarayonlariga va atrof-muhitning degradatsiyasiga ta’siri yoritiladi. ijtimoiy

13-16 66 32

“ZIRKDOSHLAR OILASI: SISTEMATIKASI, O'ZIGA XOS BELGILARI, ASOSIY VAKILLARI VA ULARNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI”

Qo’ldasheva Karimaxon

This thesis presents the taxonomic position, distinctive morphological characteristics, main representatives, and economic importance of the Apiaceae (Umbelliferae) family. Special attention is given to widely used plants such as carrot, parsley, coriander, and cumin, which are used in food, medicine, and as spices.

17-19 38 13

GINKGO (GINKGO BILOBA) O’SIMLIGINI BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA AHAMYATI

Olimova Gulzira Dilshodbek qizi

Ushbu adabiyotlar Ginkgo biloba oʻsimligining botanik tavsifi, farmakologik ta’siri, ekologik ahamiyati va dorivor xususiyatlarini o‘rganilgan. Bunda bu o’simlikni guli,bargi,mevasini tuzilishi haqida bayon etilgan bo’lib yana qanday muhitda yashashi, moslanishi haqida yoritilgan.

20-22 33 12

GINGKO BILOBA O’SIMLIGINING TARQALISHI VA AHAMIYATI

Muxtorova Muslimaxon Davlatjon qizi

This study analyzes the distribution of Ginkgo biloba and its biological, medicinal, ecological, and cultural significance. The tree's ancient heritage and modern applications underscore its importance for future scientific research.

23-28 51 10

MAKTAB TA’LIMIDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHIDA NAZARIYA, METODIKA VA DIDAKTIKANING O’RNI

Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi

Tezisda Markaziy Osiyo talim soxasini rivojlanishiga oid malumotlar va takliflar kiritilgan. Umumiy orta talim maktablarida tasviriy sanat darslarini didaktik printsiplarsiz tasavvur qilib bolmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy boglangan xoldagina dars va darsdan tashqari ishlarda talim va tarbiyaning samarali bolishiga erishish mumkin.

29-32 40 14

EMANDOSH OILASINING (FAGACEAE) ASOSIY TURKUM VA TURLARI.TARQALISHI VA AHAMYATI

Usmonova Farangiz

O‘zbekcha:Emandoshlar oilasining asosiy turkumlari – Quercus (eman), Castanea (kashtan) va Fagus (buk) turlari haqida ma’lumot berilgan. Ularning tarqalish areallari, biologik xususiyatlari va inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan.

33-36 64 24

YO’SINLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Xusanova Feruza Ravshanbek qizi

Mazkur mavzuda yo‘sinlar bo‘limining asosiy sistematik guruhlari va ularning tasnifi o‘rganiladi. Yo‘sinlarning ekologik va geografik tarqalishi, yashash muhitlariga moslashuvi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, yo‘sinlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi.

37-42 43 21

INTEGRATING CONTENT AND LANGUAGE IN HIGHER EDUCATION: CHALLENGES IN TEACHING WRITING TO EFL STUDENTS

Maftuna Nurova Zayniddinovna

As higher education institutions increasingly adopt English-medium instruction (EMI), teaching academic writing to English as a Foreign Language (EFL) students poses significant challenges. The integration of content and language learning, often promoted under Content and Language Integrated Learning (CLIL), has become a common approach. However, students frequently struggle with producing coherent, critical, and disciplinary-specific writing. This paper explores the main challenges faced by EFL students in academic writing within EMI contexts, including linguistic limitations, insufficient writing strategies, and a lack of disciplinary literacy. It also discusses pedagogical implications and offers recommendations for improving writing instruction in multilingual higher education environments.

255-259 81 14

ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ В СОВРЕМЕННОМ ЯЗЫКЕ: АДАПТАЦИЯ, ВЫЗОВЫ И ЗНАЧЕНИЕ В МЕЖКУЛЬТУРНОЙ КОММУНИКАЦИИ

Хайдаров Мироншох Рустамович

Фразеологизмы — это устойчивые выражения, которые играют важную роль в языке, придавая речи образность и эмоциональную насыщенность. В статье рассматривается актуальность фразеологизмов в условиях современного общества, их адаптация к новым реалиям и использование в различных сферах жизни. Особое внимание уделено вызовам, с которыми сталкиваются фразеологизмы в эпоху изменений. Подчеркивается значимость понимания фразеологизмов для эффективного общения и передачи культурного контекста, что подтверждает их неоценимую роль в языковом развитии и межкультурной коммуникации.

211-216 74 38

TA'LIMDA JAMOAVIY VA GURUH TEXNOLOGIYASI

Aziza Yunusova, Malika G'aniyeva Murodjon qizi, Muqaddas Ro’zimuhammedova

Kollektiv o'zaro ta'sir qilish texnologiyalari guruhlar ichidagi va guruhlararo qo'shma faoliyatga asoslanadi, ularning yetakchi xususiyati ta'lim faoliyatining kooperativ natijasiga erishish, shu jumladan har bir ishtirokchining hissasidir.

217-222 66 25

РЕЗУЛЬТАТЫ, ДОСТИГНУТЫЕ В ОБЛАСТИ МОБИЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Искандарова Зиёда Абдумажидовна

В этой статье рассматривается огромное влияние мобильных обучающих приложений на современное образование. Это объясняет изменения, которые это привело в области образования.

223-226 74 14

YENGIL SANOAT KORXONALARI: MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Madaminbekov Odilbek Abduraim o’g’li

Maqolada yengil sanoat ishlab chiqarish tizimida nazorat faoliyati shaklining, uni optimal tashkil etish darajasining, usul va texnologiyalar to‘g‘ri tanlovining mahsulot ishlab chiqarish tizimining sifatiga ta’siri tahlil qilingan. Umumiy holda sanoat korxonalari faoliyatini optimallashtirish masalasini yechishda ekonometrik modellashtirishning roli va zaruriyati yoritib berilgan.

227-232 66 11

“LAPAROSKOPIK OPERATSIYALARNING TUXUMDONLAR ZAXIRASIGA TA’SIRI”

Bazarbayeva Dinara Borisovna, Jumaniyazov Kudrat Atabayevich

  Ovarian rezerv – bu tuxumdonlarda mavjud bo‘lgan follikullar soni, o‘lchami va sifatiga bog‘liq bo‘lgan reproduktiv qobiliyatni ifodalaydi. Yosh o‘tishi bilan ovarian rezerv kamayadi va bu ayollarda reproduktiv qobiliyatning pasayishiga olib keladi (Hansen et al, 2008). Ovarian rezervni baholash uchun bir nechta belgilangan indikatorlar mavjud, jumladan: yosh, ultratovush tekshiruvi (tuxumdon hajmi), Antral Follikul Hisoboti (AFC), ovaryan stroma qon oqimi, gormonal parametrlar (Folikula-Stimulyatsiyalovchi Gormon (FSH), estradiol (E2), Luteynlashtiruvchi Gormon (LH), Anti-Mullerian Gormon (AMH)), Inhibin B darajalari va FSH/LH nisbati (Sowers et al, 2010).

233-242 81 15

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MA'MURIY CHEKLASH CHORALARINI QO'LLASH FAOLIYATI

GADOYMURODOV BEKZOD OBIDJON O’G’LI, ABDUHAKIMOV OYBEK ABZAL O’G’LI

Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta'minlashdagi o‘rni, xususan, ularning ma'muriy cheklash choralarini qo‘llash faoliyati keng yoritilgan. Maqola dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida profilaktika inspektorlarining huquqiy maqomi, ularning vakolatlari, qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladigan ma'muriy cheklov choralarining mazmuni va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Profilaktika inspektorlarining faoliyati “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksi kabi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Maqolada aynan shu qonunchilik asosida inspektorlarning vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlari, ularning xizmat vazifalari doirasida ma'muriy cheklov choralarini qo‘llashdagi muammolar, mavjud to‘siqlar, amaliy tajriba va sud-huquq amaliyotidagi holatlar tahlil qilinadi. Ma’muriy cheklov choralari sifatida fuqaroga yashash joyini tark etmaslik, muayyan shaxslar bilan muloqotda bo‘lmaslik, ma'lum joylarga bormaslik, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kabi choralar qo‘llanishi mumkin. Ushbu choralar, bir tomondan, huquqbuzarliklarning oldini olish, ikkinchi tomondan esa, shaxsning erkinliklarini asossiz cheklamaslikka qaratilgan. Shuning uchun maqolada ushbu choralarni qo‘llashda qonuniylik, asoslanganlik, maqsadga muvofiqlik kabi prinsiplarning rioya etilishi muhimligi ta’kidlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ba'zi hollarda profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy cheklov choralari noto‘g‘ri yoki asossiz qo‘llanilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat inson huquqlarining buzilishiga, balki jamiyatda ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Shu munosabat bilan maqolada bu boradagi nazorat va javobgarlik mexanizmlari, shuningdek, profilaktika inspektorlarini kasbiy tayyorlashni takomillashtirish zarurligi ta’kidlanadi.

243-247 165 19

GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Otelbayev Bekzod Atabek ug`li

Ushbu maqolada giyohvandlik tushunchasi , uning jamiyatga qanday ziyon keltirishi hamda bu kabi zararli odatlarning oldini olish bo`yicha bir qancha muammolar va takliflar keltirilgan.


This article presents the concept of drug addiction , how it harms society , and several problems and suggestions for preventing such harmful habits.


В статье рассматривается понятие наркомании,ее вред обществу , а также ряд проблем и предложений по профилактике таких пагубных привычек.

248-251 70 13

MAKTABLARDA YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASIGA OID MAVZULARNI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYLARINING O'RNI

L. Jo’raboyeva, D. Sultonov

This paper explores the role of information technologies in teaching physiology and hygiene topics in schools. It examines how digital tools, such as interactive lessons, augmented reality, and mobile applications, can enhance students' understanding of key concepts in hygiene, healthy living, and physiological processes. The use of such technologies fosters student engagement, improves learning outcomes, and promotes self-awareness of health behaviors. By integrating these tools into the curriculum, schools can effectively address modern educational challenges and encourage students to adopt healthier lifestyles.

252-254 115 17

LATIFALAR TARJIMASIDA PRAGMATIK BIRLIKLARNING QAYTA IFODALANISHI (O’ZBEK VA INGLIZ LATIFALARI)

Dildora Umaraliyeva Taxirjanovna

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz latifalari va so‘z o‘yinlarining uslubiy-pragmatik xususiyatlari va o‘ziga xosligi haqida so‘z boradi. So‘z o‘yinlarining, jumladan latifalarning paydo bo‘lish tarixiga nazar solinadi.Shuningdek, so‘z o‘yinining jahon tilshunosligining tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi hamda latifalarning paydo bo‘lish tarixiga nazar solinadi. Ingliz va o‘zbek tilshunosligida latifalar matnining o‘rganilishiga oid manbalarga e’tibor qaratiladi. Latifalarning bosh qahramoni bo‘lmish Afandi obrazi bilan bog‘liq misollar tahlil qilinadi va xulosalar beriladi.

43-47 377 46

N.I. VAVILOV BO’YICHA MADANIY O’SIMLIKLAR KELIB CHIQISHINING DUNYO MARKAZLARI

Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi, Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

Ushbu maqolada taniqli rus olimi N.I. Vavilov tomonidan ishlab chiqilgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi nazariyasi yoritilgan. Vavilov oʻzining uzoq yillik ilmiy-tadqiqot ishlariga asoslanib, yer yuzida madaniy oʻsimliklarning shakllanishi va xilma-xilligi uchun muhim boʻlgan yetti asosiy markazni ajratib koʻrsatgan. Ushbu markazlar qishloq xoʻjaligi tarixini, oʻsimlik genetikasi va seleksiya sohalarini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada har bir markazda yetishtirilgan oʻsimliklar, ularning genetik xilma-xilligi va kelib chiqishi tafsilotlari bilan bayon etilgan.

260-267 58 18

СМЕХ КАК ФОРМА КОММУНИКАТИВНОГО ПРОЦЕССА НА ЮМОРИСТИЧЕСКИХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

Шарипова Нилуфар Шахрилло кизи

В статье рассматриваются роль и место смеха в коммуникативном процессе. В качестве эмпирического материала выступают элементы экранной культуры, а именно – юмористические программы, их содержание и форма подачи смеха и смехового материала. Автор приходит к выводу, что смех может занимать любое место среди элементов коммуникативного процесса, по-разному их наполняя. Более того, смех и смешное сами по себе могут выступать в качестве особой формы коммуникативного процесса.

268-272 58 11

ГЕНДЕРНАЯ АСИММЕТРИЯ В НАИМЕНОВАНИЯХ ЛИЦ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ: СРАВНИТЕЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

Файзиева С.А.

исследование анализирует гендерные различия в номинативных формах лиц в русском и узбекском языках, рассматривая грамматические, лексические и семантические аспекты. Особое внимание уделено различиям в родовых категориях и маркировке пола в профессиональных терминах. Работа показывает, что в русском языке гендерная маркировка более выражена, в то время как узбекский язык более нейтрален, что отражает различия в социальных ролях и культурных установках.

273-278 61 15

ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРЕМИИ: СИЛА НАРОДНОЙ МУДРОСТИ В ЯЗЫКЕ

Хайдаров Мироншох Рустамович

Статья исследует фразеологические паремии как важный элемент народной мудрости, передающий жизненные уроки и моральные ориентиры через поколения. Рассматриваются их символизм, многозначность и роль в формировании мировоззрения, а также использование юмора и иронии для усиления воздействия.

279-282 61 10

FENTEZI JANRIDA LIYA ARDEN ASARLARDAGI O‘ZIGA XOSLIK

Rushana Nabiyeva Ravshanovna

Mazkur maqolada zamonaviy fentezi adabiyotining yorqin vakili Liya Arden ijodining o‘ziga xos jihatlari tahlil etiladi. Muallifning asarlarida uchraydigan kuchli ayol qahramonlar, folklor va mifologik unsurlar, murakkab syujet chiziqlari hamda boy tasviriy uslub haqida so‘z boradi. Shuningdek, Ardenning hikoyalari orqali fentezi janrining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va uning ta’lim oluvchilar qalbida uyg‘otadigan hissiyotlari tahlil qilinadi. Ushbu maqola adabiyot ixlosmandlari va fentezi janri bilan qiziqadigan talabalar uchun foydali bo‘ladi.

283-286 91 18

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИГРОВЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА

Исмоилова Шахриноз Ботировна
В статье рассматривается значимость использования игровых методов обучения на уроках русского языка в условиях реализации современных образовательных стандартов. Раскрываются психолого-педагогические основы игрового метода, его влияние на мотивацию и учебную активность учащихся. Представлены виды игр, применяемых на разных этапах урока, а также практические рекомендации для учителей. Особое внимание уделено формированию речевых и коммуникативных навыков школьников. Статья может быть полезна учителям русского языка, методистам и студентам педагогических вузов.
287-291 269 38

YUSUF XOS HOJIBNING ,,QUTADG’U BILIG”ASARI SHAXS KAMOLIDA YETAKCHI O’RINDA

Sidiqova Barno Komiljonovna

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari  bu asar qaysi tilda, janrda yozilgani, nechi baytdan iborat ekanligi haqida bilimlarga ega bo’lish mumkin. Shuning bilan birgalikda asardagi asosiy g’oyalar ham yoritib berilgan..

292-298 54 24

INGLIZ VА O'ZBEK TILLАRIDА GEORTONIMLАR: TEMАTIK GURUHLАRI, DEREVАTSIYАSI

Yаrаshovа Shаxnozа Nаsimovnа

Ushbu mаqolаdа geortonimlаrning onomаstik ko‘lаmdаgi o‘rni, o‘zbek hаmdа ingliz tillаridаgi geortonimlаrning etimologik, leksik-semаntik, ingvokulturologik xususiyаtlаri hаmdа ingliz vа o'zbek tillаridа geortonimlаr: temаtik guruhlаri, derevаtsiyаsi hаqidа mа’lumotlаrgа egа bo’lаsiz.

168-171 84 14

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Karshibaeva Salamat Norkulovna

Ushbu maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar tushunchasi, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda shakllanish manbalari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, mazkur mablag‘larni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar - huquqiy-me’yoriy baza, tashkilot menejmenti, xalqaro hamkorlik, axborot texnologiyalarining roli va jamiyatda xayriya madaniyatining rivojlanish darajasi kabi jihatlar tahlil qilingan. Maqola byudjetdan tashqari resurslardan oqilona foydalanish orqali tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

133-137 53 24

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN LEARNING ENGLISH

Raxmatova Dilnozaxon Zufarjonovna, Nazarova Mohimgul Shoyimkulovna

This article discusses the significance of English proficiency in today's global landscape, highlighting the role of Artificial Intelligence (AI) in enhancing language learning methods. It introduces ChatGPT, a sophisticated AI developed by OpenAI, known for its ability to engage users in human-like text interactions, thereby improving understanding and retention of English language concepts. The article outlines various effective learning methods, such as interleaved practice and learning through teaching, both of which can be facilitated by ChatGPT. Additionally, it emphasizes the advantages of utilizing ChatGPT for students, including conversational practice, grammar assistance, and vocabulary expansion. By integrating AI into English language learning, the article argues for a more effective, enjoyable, and motivating educational experience.

138-143 79 24

INGLIZ VA O’ZBEK XALQ ERTAKLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ortiqova Zebiniso Sunnatullo qizi, Yusupova Muxayyo Irkinovna

Ushbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni yoritiladi. Asarda o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” hamda ingliz xalq ertagi “Cinderella” (Sinderella) syujeti, qahramonlari va mazmun jihatidan qiyosiy tahlil qilinadi. Ikkala ertakda ham mehribonlik, sabr-toqat, ezgulik kabi fazilatlar targ‘ib etilishi, sehrgar ayol obrazining mavjudligi va bosh qahramonlarning sinovlardan so‘ng baxtga erishishlari ularning umumiylik jihatlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ularning insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdagi rolini ochib beradi.

144-147 51 20

LEARNING FOREIGN LANGUAGES THROUGH GAMES: AN INCLUSIVE APPROACH FOR BLIND CHILDREN

Xudoyqulov Nutfillo Sohib o’g’li
Learning a foreign language presents unique challenges for blind children due to the reliance of traditional methods on visual materials. However, educational games tailored to their needs can provide effective and engaging learning experiences. This article explores various game-based strategies and tools that facilitate foreign language acquisition for blind children, emphasizing the importance of accessibility and inclusivity.
148-152 164 16

ALI IBN ABU-TOLIB HALIFALIGINING ILK YILLARI

Raxmatov Abbosbek Tolipjon o’g’li

Islom tarixining dastlabki davrlari, ayniqsa, to‘rt roshid xalifa davri, musulmonlar uchun eng ibratli va murakkab davrlardan biri hisoblanadi. Bu davrda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va diniy voqealar, keyingi islom sivilizatsiyasi shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, to‘rtinchi xalifa bo‘lgan Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu davrida yuzaga kelgan fitnalar, ichki ziddiyatlar va janglar, musulmon jamiyatining birlik va barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqolada aynan Hazrati Alining xalifalikka kelish jarayoni, voliylar tayinlanishi, fitnachilar bosimi, Muoviya bilan bo‘lgan munosabatlar, Jamal va Siffin urushlari kabi tarixiy voqealar tahlil qilinadi. Tadqiqot manbaviy asosda olib boriladi va asosiy diqqat tarixiy haqiqatlarni xolis yoritishga qaratiladi.


 Период правления праведных халифов занимает особое место в истории ислама как один из самых значимых и в то же время сложных этапов. Политические и религиозные события того времени оказали решающее влияние на дальнейшее развитие исламской цивилизации. Особенно драматичным был период халифата Али ибн Абу Талиба (да будет доволен им Аллах), который пришёл к власти в условиях нарастающих внутренних смут, отсутствия централизованной власти и усилившегося давления со стороны различных групп. Настоящая статья посвящена изучению причин, хода и последствий политических решений Али, назначения новых губернаторов, конфликта с Муавией, а также таких значимых событий, как битвы при Джамале и Сиффине. Работа основана на достоверных источниках и направлена на объективный исторический анализ.


 The era of the Rightly Guided Caliphs represents one of the most formative and challenging periods in Islamic history. The events during this time laid the foundation for much of the subsequent Islamic civilization. Among these, the caliphate of Ali ibn Abi Talib (may Allah be pleased with him) stands out for the political turmoil, internal divisions, and major conflicts it witnessed. He assumed leadership during a time of severe unrest, lack of centralized military control, and growing pressure from dissident factions. This article focuses on examining the circumstances surrounding Ali’s accession to the caliphate, his appointments of provincial governors, the opposition from Muawiyah, and the major confrontations of Jamal and Siffin. The study is based on reliable historical sources and aims to provide an impartial and scholarly analysis of these critical events.

153-157 73 23

ISLOMDA GAROV MASALALARINING KLASSIK VA ZAMONAVIY TALQINI

IRODA NOROVA

Rahn yoki garov tushunchasi zamonaviy islom moliyasi amaliyotida Shariatga muvofiq ta’minot vositasi sifatida keng qo‘llanilib, qarzlar yoki boshqa moliyaviy majburiyatlarni ribodan holi tarzda kafolatlash imkonini beradi. Rahn risklarni boshqarish va mitigatsiya qilishda muhim instrument hisoblanib, garov beruvchiga ishonch va mulk huquqi asosida moliyalashtirish olish imkonini taqdim etadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan islom moliya tizimi sharoitida rahn moliyaviy bitimlarning ishonchliligi va ishtirokchilarning huquqiy himoyasini ta’minlashda dolzarb ahamiyatga ega.

158-160 65 28

QODIR BAXSHI RAXIM O’GLI HAYOTI VA IJODI

Malikov Akbar

maskur maqolada o‘lkamizdagi dostonchilik maktablarining yirik vakillari “Qodir Baxshi Raxim O’gli ” hozirgi kungacha saqlanib kelgan o’ziga xos an’analari va xususiyatlari haqida baxs yuritga

161-163 63 21

БИЛИНГВИЗМ: ПОЛЬЗА ИЛИ ВРЕД?

Халилова Ление

Статья о положительных и отрицательных сторонах владения двумя языками в младшем возрасте. Как известно знать несколько языков может открыть перед человеком множество возможностей как в выборе профессии, так и в повседневной жизни. Но на сколько это положительно скажется на развитии ребенка в младшем возрасте – это тема еще не изучена окончательно.


Yoshlikda ikki tilni bilishning ijobiy va salbiy tomonlari haqida maqola. Ma'lumki, bir nechta tillarni bilish insonga kasb tanlashda ham, kundalik hayotda ham ko'plab imkoniyatlarni ochishi mumkin. Ammo bu bolaning yoshligida rivojlanishiga qay darajada ijobiy ta'sir ko'rsatishi hali to'liq o'rganilmagan mavzu.

164-167 52 22

AYOLLAR UCHUN MOSLASHTIRILGAN JISMONIY MASHG‘ULOT DASTURLARINING AHAMIYATI

RAXMATOVA ZUHRA AMINJON QIZI

Mazkur maqolada ayollar uchun moslashtirilgan jismoniy mashg‘ulot dasturlarining ilmiy, sog‘liqni saqlash va psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Ayollar organizmining fiziologik xususiyatlari asosida tuzilgan individual mashg‘ulotlar dasturlari salomatlik, ruhiy barqarorlik va ijtimoiy faollikni ta’minlashda qanday rol o‘ynashi yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda mavjud shart-sharoitlar va rivojlanish istiqbollari haqida ham ma’lumot beriladi.

128-132 61 15

CHET TIL DARSLARIDA MULTIMEDIYA VOSITALARI ORQALI KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH

Tairova Sevara Farxodovna

Ushbu maqola chet til ta'limida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda multimediya vositalarining ahamiyatini tahlil qiladi. Multimediya vositalari, masalan, video, audio, animatsiyalar va interaktiv materiallar, o'quvchilarning ijodiy fikrlashini, tilni amaliyotda qo'llash qobiliyatini va o'rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Maqolada multimediya vositalarining ta'lim jarayonidagi o'rni, ularning ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdagi roli va o'qituvchilar uchun tavsiyalar keltiriladi.

172-175 87 29

ZAMONAVIY DASTURIY TA’MINOTLARNI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYALARI

Mo’minov Diyorbek Kamol o’g’li, Iskandarova Ziyoda Abdumajidovna

Zamonaviy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yuqori sifatli dasturiy ta’minotni tez-tez yetkazib berish uchun dasturiy ta'minotni sinovdan o‘tkazishga tobora ko‘proq tayanadi. Bu dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish, test to‘plamlari va test holatlarida markaziy artefaktlar sifatiga yuqori talablarni qo‘yadi.

176-179 76 19

ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISHDA BOSHQARILADIGAN TIZIMLAR

Iskandarova Ziyoda Abdumajidovna, Mo’minov Diyorbek Kamol o’g’li

Maqolada texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi, avtomatlashtirilgan jarayonni loyihalashda rioya qilish tamoyillari tavsiflanadi, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.

186-193 250 26

“O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK JIHATLARI”

Akbaraliyeva Muqaddas Isaqjon qizi

Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli va samarali rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch, va kommunikativ aloqalar ta'limning muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada pedagogik psixologiya, ta'lim metodikasi va pedagogik etika aspektlari orqali bu munosabatlarning qanday rivojlanishi, shuningdek, o‘qituvchining o‘quvchilarni tarbiyalashdagi va ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishdagi roli o‘rganiladi.

194-201 65 30

THE EVOLUTION OF SYMBOLS IN EARLY CULTURES

Mohira Djumabayeva Anvardjanova, Guloyim Tolibjonova Hurshidbekovna

This article is devoted to the rise of early communicative symbols in ancient civilizations.  Also, the use of colors, shapes and symbols for human self-realization and information exchange in early societies is described and analyzed in this article. It is argued that symbols played an important role in shaping the basic concepts of humanity, such as language, culture, religion, personality and memory. This study outlines the importance of early symbols in the progress of human civilization.

202-206 51 14

ОСОБЕННОСТИ ПОСТ ЛЕЧЕБНЫХ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ МУЛЬТИ РЕЗИСТЕНТНЫХ ФОРМАХ ТУБЕРКУЛЁЗА ЛЕГКИХ И ОЦЕНКА ЕГО ПРОГНОСТИЧЕСКОЙ ЗНАЧИМОСТИ

Йитмасова Тухфа Давлат кизи, Усмонов Исомиддин Хайдарович

Мультидорогоустойчивые формы туберкулёза (МРТБ) легких представляют серьезную проблему для современной медицины ввиду высокого уровня резистентности возбудителя к основным противотуберкулезным препаратам. Эта форма заболевания сопровождается сложными клиническими проявлениями, длительными курсами терапии, а также высоким риском рецидивов и смертности. Морфологические изменения, возникающие в легочной ткани после завершения лечения, играют ключевую роль в прогнозировании исходов терапии и разработке дальнейшей лечебной тактики. Детальный анализ этих изменений позволяет оценить эффективность лечения, а также выявить факторы, предрасполагающие к осложнениям и рецидивам, что делает данный аспект чрезвычайно актуальным для фтизиатрии.

207-210 70 14

METONIMIYANING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA IFODALANISHI

Allayorova Azizaxon Olimjon qizi

Ushbu maqolada metonimiya jarayonlari, uning ifodalanish usullari, va ingliz hamda o'zbek tillarida qanday o'zgarishlar yuz berishini ko'rib chiqamiz.

211-216 128 23

TA'LIMDA JAMOAVIY VA GURUH TEXNOLOGIYASI

Aziza Yunusova, Malika G'aniyeva Murodjon qizi, Muqaddas Ro’zimuhammedova

Kollektiv o'zaro ta'sir qilish texnologiyalari guruhlar ichidagi va guruhlararo qo'shma faoliyatga asoslanadi, ularning yetakchi xususiyati ta'lim faoliyatining kooperativ natijasiga erishish, shu jumladan har bir ishtirokchining hissasidir.

217-222 53 14

РЕЗУЛЬТАТЫ, ДОСТИГНУТЫЕ В ОБЛАСТИ МОБИЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Искандарова Зиёда Абдумажидовна

В этой статье рассматривается огромное влияние мобильных обучающих приложений на современное образование. Это объясняет изменения, которые это привело в области образования.

120-127 71 22

KAYRIDDIN SULTAN'S SKILLS IN CREATING PLOT AND CONFLICT

MATYOKUBOVA GO’ZAL SALIYEVNA

This in the article writer Hayriddin Sultan's storytelling skill , especially the plot and conflict in creation approach analysis The writer 's historical from events inspired , realistic image and details based on artistic work create process open Especially Babur​​​ personality reflection " Moon " sunken like " at the moment " stories plot , composition construction , interior monologue and lyricism priority through evaluated . In the work the plot to move bringer tool as of conflict importance illuminated , Hayriddin Sultan of writing style , artistic image in creation methodological features deep analysis Also , the writer​ other writers with spiritual intimacy , aesthetics impressionism , historicity and lyricism harmony separately accent given .

116-119 46 14

ЎЗБЕКИСТОНДА ДАВЛАТ ВА НОДАВЛАТ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ИЖТИМОИЙ ҲАМКОРЛИГИНИНГ ПЕДАГОГИК ФУНКЦИЯЛАРИ

Абирова Умида Назаровна

Мақолада Ўзбекистонда ёшларни тарбиялашда  оила, маҳалла ва коллеж ижтимоий ҳамкорлигини такомиллаштириш йўллари ва тавсиялари берилган.

112-115 78 24

MUROJAAT SHAKLI IFODASINING EXTRALINGVISTIK VOSITALARI

Ziynatjon Yusupova

Ushbu tezisda murojaat shakli ifodalanishining ekstralingvistik usul va vositalaridan ishora-harakat- jestikulyatsion, tovush - fonatsion hamda   rang vositalari tahlilga tortilgan.

103-111 81 32

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM VA GIYOHVANDLIK OQIBATIDA RUHIY KASLLIKKA CHALINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI

AbduraimovErali Muzaffar o’g’li, Narzullayev Shahzod

Ushbu maqola, profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm va giyohvandlik oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tahlil qiladi. Maqolada profilaktika inspektorining rolini va mas'uliyatlarini, shuningdek, alkogolizm va giyohvandlik kabi salbiy odatlar natijasida ruhiy kasalliklarga duchor bo'lgan shaxslar bilan samarali ishlash metodlari muhokama qilinadi. Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasi bo'yicha ekspert maslahatlari, inspektorlar uchun zarur bo'lgan yuridik va psixologik bilimlar, shuningdek, muammoli shaxslar bilan muloqot qilishda kerakli ko'nikmalar ko'rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, bunday shaxslar bilan ishlashda uchraydigan qiyinchiliklar va ularga qarshi kurashishda davlatning roli haqida fikr yuritadi. Bu izlanish, profilaktika inspektorlarining malakasini oshirish va ruhiy kasalliklarning oldini olish bo'yicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

93-102 67 24

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING FOXISHALIKNING MAXSUS PROFILAKTIKASI

Ismailova Navruza Isroil qizi, Gadoymurodov Bekzod Obidjon o’g’li

Foxishalik - jamiyatda keng tarqalgan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy tizimlarni buzuvchi jinoyat turidir. Uning oldini olish uchun amalga oshiriladigan maxsus profilaktik tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Maqolada profilaktika inspektorlarining foxishalikka qarshi kurashishdagi roli va uning samaradorligini oshirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Mualliflar, ayniqsa, profilaktika inspektorlarining ijtimoiy sohada, shu jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish tizimlaridagi o‘rni va ahamiyatini yoritib o‘tadilar. Foxishalikning oldini olishda, to‘g‘ri yo‘naltirilgan, puxta tashkil etilgan maxsus profilaktika choralari yuqori samaradorlikka erishishga imkon beradi. Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘rni, ularning treninglari va malakalarini oshirish zarurati haqida so‘z yuritilgan. Bu, ayniqsa, jinoyatni oldini olish va ushbu jinoyatga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan tizimli yondashuvni ta’minlash uchun muhimdir. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar va fuqarolar bilan samarali muloqot orqali profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarning ijtimoiy ta’sirini kuchaytirish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada profilaktika inspektorlarining ish faoliyatini muvofiqlashtirish, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Ularning ishi davlatning jinoyatchilikni kamaytirish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy omillaridan biridir. Mualliflar, shu bilan birga, foxishalikka qarshi kurashishda xalqaro tajribalarni o‘rganish va ushbu tajribalardan foydalanish zarurligini ta’kidlaydilar. Shu tarzda, maqola profilaktika inspektorlarining foxishalikka qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada chuqurroq tahlil qilishga, ularga nisbatan yangilangan yondashuvlarni ishlab chiqishga va samarali strategiyalarni joriy etishga qaratilgan.

88-92 53 19

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI INKLYUZIV BOLALARNI O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abdulxamidov Izzatullo Shuhratillo o’g’li

ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi inklyuziv bolalarni o‘quv motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi – barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratishdir. Kichik maktab yoshidagi inklyuziv bolalar uchun o‘quv motivlarini shakllantirishda psixologik yondashuvlar juda muhim. Tezisda o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda motivatsiyaning oshirilishi uchun pedagogik metodlar va psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek olimlarining fikrlariga asoslanib, inklyuziv ta’limdagi o‘quvchilarning psixologik motivatsiyasini oshirishning muhimligi ta’kidlanadi. Tadqiqotda amaliy tahlillar, so‘rovlar va pedagogik kuzatuvlar metodlari qo‘llaniladi.

84-87 71 18

ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INKLYUZIV YOSHLARDA AXBOROT OLISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Abdulxamidova Moxigul Bobirjon qizi

Bugungi kunda ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi yoshlarning bilim olish jarayonini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’limga yangi imkoniyatlar yaratmoqda, bu esa barcha yoshlar uchun, shu jumladan, nogironlar va ixtiyoriy guruhlar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Inklyuziv ta’lim yoshlarni jamiyatda faollikni oshirishga undaydi va ularni axborot olish madaniyati bilan tanishtiradi. Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida inklyuziv yoshlar uchun axborot olish madaniyatini qanday rivojlantirish mumkinligi masalalari ko‘rib chiqiladi.

78-83 53 22

O’ZBEKISTON SHAROITIDA MALINA NAVLARINI O’SISH DINAMIKASINI O’RGANISH

Abdullayeva Hilola Ravshanovna, Aytbayeva Dilfuza Rustamboy qizi, Temirova Gulira’no Baxtiyor qizi

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari, malinaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqish tarixi va foydali hususiyatlari, bir yil davomida malina ko‘chatlarining o‘sib rivojlanish dinamikasi xaqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

74-77 42 19

AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA METAKOGNITIV FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan.

71-73 57 15

NILUFAR UMAROVA SHE’RLARIDAGI METAFORALARNING FALSAFIY VA PSIXOLOGIK HOLATLAR TASVIRLAR

U.N.Nusurov

Mazkur maqolada Nilufar Umarovaning she’riyatida metaforalarning falsafiy va psixologik holatlar tasviridagi o‘rnini yoritadi. Tadqiqotda shoiraning poetik uslubi, obrazlar tizimi va ruhiy kechinmalarni badiiy ifodalashdagi mahorati chuqur tahlil qilinadi. Umarovaning metaforalari nafaqat badiiy bezak, balki insonning ichki olami, iztiroblari, umid va quvonchlarini ifodalovchi ruhiy vosita sifatida qaraladi.


Tahlil davomida shoiraning “yo‘l”, “quyosh”, “tandir”, “oy”, “shamol”, “tong”, “gullar” kabi obrazlar orqali inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini qanday tasvirlay olgani ko‘rsatiladi. Metaforalarning psixologik funksiyasi sifatida ular ong osti kechinmalari, ichki dialoglar va ruhiy uyg‘onish jarayonlarini ochib berishdagi o‘rni asoslab beriladi.

68-70 29 11

SHAXS FE'L ATVORINI IFODALOVCHI SIFATLARNING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK O‘ZGARUVCHANLIGI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA

Mamadiyorova Sevara Olimjon qizi

Mazkur maqolada shaxs fe'l atvorini ifodalovchi sifatlar va ularning ingliz hamda o‘zbek tillarida morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki til doirasida sifatlarning fe'l atvorga oid semantik yuklamasi, ularning morfologik shakllanishi va gapdagi sintaktik roli tadqiq etiladi. Tadqiqot natijalari sifatlarning til strukturasi va shaxs psixologiyasini ifodalashdagi o‘rni, hamda madaniyatlararo tafovutlarni ko‘rsatib beradi. Maqolada sifatlarning o‘zgaruvchanligi, ularning zamon, daraja va holatga ko‘ra qanday shakllanishi, shuningdek, gapda aniqlovchi yoki kesim vazifasida kelish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

62-67 50 12

TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARI UCHUN ZAMONAVIY KADRLAR TAYYORLASHNING AMALIY YECHIMLARI

Magistrant Salimov Temurbek Normurod o’g’li, Jumadullayeva Muyassar Abdrazak qizi
Ushbu maqolada to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi xalqaro tajriba va amaliyot asosida tahlil etilgan. Dual ta’lim tizimi, uzluksiz kasbiy rivojlanish, texnoparklar va raqamli texnologiyalar orqali kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha yechimlar ko‘rib chiqilgan. Dunyo va O‘zbekiston statistikasi asosida mavjud holat va istiqbollar yoritilgan.
58-61 48 11

O’ZBEKISTONNING YONG’OQZORLARI VA ULARNING TABIATDAGI AHAMIYATI

Ahmadjonova Munisaxon Maqsadjon qizi

ushbu tezisda O’zbekistondagi yong’qzorlar va ularning tabiatdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan

53-57 60 14

ZIRKDOSHLAR OILASI SISTEMATIKASI, O’ZIGA XOS BELGILARI, ASOSIY VAKILLARI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Mamasidiqova Barno Adahamjon qizi, Obidova Niluzarxon Jo’raqo’zi qizi

ushbu tezisda zirkdoshlar oilasi sistematikasi, o’ziga xos belgilari, asosiy vakillari va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan

48-2 63 32

TUBAN ZAMBURUG’LAR VAKILLARINING TUZULISHI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Mirzasultonova Shaxzoda Alisher qizi

ushbu tezisda tuban zamburug’lar vakillari tuzulishi ko’payishi va sistematikasi, yashshash tarzi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.