Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
103
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM VA
GIYOHVANDLIK OQIBATIDA RUHIY KASLLIKKA CHALINGAN
SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI
O‘zbekiston respublikasi IIV akademiyasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi
faoliyati” mutaxasisligi 314-guruh kursanti AbduraimovErali Muzaffar o‘g‘li
vа “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyati” kafedrasi o’qituvchisi mayor Narzullayev Shahzod
Annotatsiya:Ushbu
maqola,
profilaktika
inspektorining
surunkali
alkogolizm va giyohvandlik oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar bilan
ishlash faoliyatini tahlil qiladi. Maqolada profilaktika inspektorining rolini va
mas'uliyatlarini, shuningdek, alkogolizm va giyohvandlik kabi salbiy odatlar
natijasida ruhiy kasalliklarga duchor bo'lgan shaxslar bilan samarali ishlash
metodlari muhokama qilinadi. Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasi bo'yicha
ekspert maslahatlari, inspektorlar uchun zarur bo'lgan yuridik va psixologik
bilimlar, shuningdek, muammoli shaxslar bilan muloqot qilishda kerakli
ko'nikmalar ko'rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, bunday shaxslar bilan ishlashda
uchraydigan qiyinchiliklar va ularga qarshi kurashishda davlatning roli haqida fikr
yuritadi. Bu izlanish, profilaktika inspektorlarining malakasini oshirish va ruhiy
kasalliklarning oldini olish bo'yicha samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga
yordam beradi.
Аннотация: Данная статья анализирует деятельность инспектора
по профилактике в работе с лицами, страдающими психическими
расстройствами, вызванными хроническим алкоголизмом и наркоманией. В
статье рассматриваются роль и обязанности инспектора по профилактике,
а также методы эффективной работы с людьми, ставшими жертвами
таких пагубных привычек, как алкоголизм и наркомания. Приводятся
рекомендации специалистов по профилактике психических заболеваний,
освещаются необходимые юридические и психологические знания для
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
104
инспекторов, а также навыки, которые им необходимы при общении с
проблемными лицами. Статья также обсуждает трудности, с которыми
сталкиваются инспекторы в работе с такими людьми, и роль государства в
борьбе с данной проблемой. Это исследование поможет повысить
квалификацию инспекторов по профилактике и разработать эффективные
подходы к профилактике психических заболеваний.
Kalitso'zlar: profilaktika inspektori, surunkali alkogolizm, giyohvandlik,
ruhiy kasalliklar, psixologik bilimlar, yuridik bilimlar, profilaktika, samarali ishlash
metodlari,
muloqot
ko'nikmalari,
muammoli
shaxslar,
davlatning
roli,
kasalliklarning oldini olish, malaka oshirish, psixik sog'liq, mehnat faoliyati.
Ключевые слова: инспектор по профилактике, хронический
алкоголизм, наркомания, психические заболевания, психологические знания,
юридические знания, профилактика, эффективные методы работы,
коммуникативные
навыки,
проблемные
лица,
роль
государства,
профилактика заболеваний, повышение квалификации, психическое здоровье,
профессиональная деятельность.
Surunkali alkogolizm va giyohvandlik bugungi kunda jamiyatning eng
jiddiy ijtimoiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu yomon odatlar
faqatgina fiziologik holatni emas, balki shaxsning ruhiy holatini ham sezilarli
darajada buzadi. Alkogolizm va giyohvandlikning oqibatida ruhiy kasalliklarga
chalingan shaxslar ko‘pincha jamiyatdan chetlashadi, ijtimoiy moslashuvda
qiyinchiliklarga duch keladilar va ba'zan jinoyatga qo‘l urishga ham moyil
bo‘lishadi. Ushbu shaxslar bilan ishlash esa nafaqat tibbiy, balki psixologik va
yuridik bilimlarni ham talab etadi.
Profilaktika inspektorlari, o‘z faoliyatida, aynan shunday muammolar bilan
yuzlashadigan shaxslar bilan bevosita ishlaydi. Ular alkogolizm va giyohvandlik
kabi yomon odatlar va ularning ruhiy salomatlikka ta'sirini bartaraf etishda muhim
rol o‘ynaydi. Inspektorlarning asosiy vazifalaridan biri – ruhiy kasalliklarga
chalingan shaxslarni aniqlash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularga zarur
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
105
yordam ko‘rsatishdir. Buning uchun ularning ish jarayonida psixologik yordam,
maslahatlar va yuridik qo‘llab-quvvatlash kabi yondashuvlar birgalikda qo‘llaniladi.
Maqolada, profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm va giyohvandlik
oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar bilan ishlashdagi asosiy faoliyati,
shu bilan birga, bu jarayonda duch kelinadigan qiyinchiliklar va muammolar haqida
batafsil tahlil qilinadi. Inspektorlarning ishlash usullari, ularga zarur bo‘lgan bilim
va ko‘nikmalar hamda davlatning bu boradagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqola, shu
bilan birga, bu kabi shaxslar bilan ishlashda profilaktika inspektorlarining
malakasini oshirish, ularning samarali faoliyatini ta'minlash bo‘yicha takliflar
beradi.
Alkogolizm
-spirtli ichimliklarga patologik mayl ,uni iste’mol qilish
to’xtatilganida abstinent (xumor) sindromining rivojlanishi , chuqurlashib ketgan
hollarda – ichki a’zolarning barqaror buzilishi va psixikaning tamoman ishdan
chiqishi bilan ajralib turadigan kasallikdir. Alkogolizmning etiologic omilini alkogol
– etil spirit tashkil etadi.
Alkogolizm nafaqat tibbiy ,balki ijtimoiy muammodir. Alkogolli ichimliklar
keng iste’mol qilinishiga qaramay ,alkogolizm bilan hamma emas, balki 5-10%
shaxslar kasallanadilar. Biroq ,alkogol iste’mol qilishning o’zi kasallikning yuzaga
kelishi va shaklanishi uchun yetarli emas , balki yana qo’shimcha omillar ham
bo’lishi zarur. Bularga ko’pchilik tadqiqotchilar shaxsning ijtimoiy ,shunngdek ,
individual psixologik va biologik (fiziologik , biokimyoviy) xususiyatlarini
kiritadilar.
Ijtimoiy omillar xilma-xil bo’lib ,muayyan individuumning ma’lumoti
darajasi , oilaviy ahvoli , moddiy ta’minoti , jamiyatdagi mavqei, davlatning
alkogolizm muammosiga munosabati kabilar bilan bog’liq . Alkogolizmning
tarqalishiga ichkilik ichish odatlari ,spirtli ichmliklarni haddan ortiq ko’p iste’mol
qilish bilan kechadiga nan’analar , bayram va tantanalar imkoniyat yaratadi .
Alkogoliklar orasida bo’ydoqlar,yolg’izlar va ajrashgan shaxslar ko’pchilikni
tashkil qiladi . oilalarda ko’pincha ichkilikbozlikka ,erlar o’z xotinlarini , xotinlar
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
106
esa erlarini tortadilar . O’smirlik va o’spirinlik davrida (14-20 yoshlarda) ota-onalar
o’rtasidagi o’zaro munosabatning yomonligi, oiladagi alkogolli an’analar ,spirtli
ichimlikni erta tatib ko’rish va keyinchalik alkogolni muntazam iste’mol qilish katta
ahamiyatga ega. Yetuklik davrida yosh bilan bog’liq omillar – “alohida mustaqil
mavqega intilishga” moyillik , oiladagi janjallar , madaniyat darajasining pastligi
bilan bog’liq bo’lan va shu tufayli qo’llab – quvvatlanadigan spirtli ichimliklarni
odat tariqasida iste’mol qilish ham qo’shiladi . Bunda psixologik omillar ,shaxsning
oilada , maktabda olgan intellectual va tarbiya darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega
. Spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiluvchi shaxslarning muayyan qismini
“aksentirlangan yok psixopatik” shaxslar tashkil qiladi .Ularda alkogolizmning
rivojlanish dinamikasi ,simptomlarining o’sishi , ularning almashishi o’ziga xos
tarzda kechadi va muayyan xususiyatlarga ega bo’ladi. Alkogozm rivojlanishida
psixologik omillar asosiy o’rin tutadigan shaxslar guruhiga –ruhiy bemorlarni
kiritishimiz lozim.
Bosh miyadagi biokimyoviy buzilishlarning alkogolizm shakllanishining
etiologic omili sifatidagi ahmiyatiga ,oxirgi yillarda ko’p e’tibor berilmoqda .
Olimlarnig fikricha , bosh miyadagi biokimyoviy buzilishlar , tarkibida morfiy
saqlagan moddali mahsulotlarning ko’payishi , kasllikning sababi emas , balki
oqibati, ya’ni alkogolga jismoniy o’rganishning shakllanishi va rivojlanishiga olib
keluvchi patogenetik omillardir.
Shunday qilib, alkogolga ruhiy va jismoniy ko’nikishning shakllanishi ,
“xumorlik sindromi”ning rivojlanishi , kasllikning boshlang’ich bosqichlarida
eyforiyaga , surunkali bosqichida esa tez o’tadigan ruhiy va jismoniy qulaylikka
intilish bo’lib , bu jarayonlarni o’rganish katta ahamiyat kasb etadi.
Alkogolizmda psixikaning buzilishi
Alkogolizmning klinik ko’rinishi kasallikning rivojlanish bosqichiga
bog’liq. Kasallikning o’ziga xos sindromlariga ,kasallikning kechish dinamikasi
bilan bog’liq holda asta-sekin o’tishning rivojlanish stereotiplariga ega bo’lgan
uchta bosqichi ajratiladi . Biroq ,alkogolizmning klinikasi turli variantlarga ega
bo’lishi mumkin . Ular shaxsning individual xususiyatlari , Yoshi , birga kechadigan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
107
kasalliklar , iste’mol qilinadigan ichimliklarning turlari bilan bog’liq va hokazo.
Birinchi bosqichda alkogolga patologik mayl yuzaga keladi ,o’zini nazorat qilish
darajasi pasayadi , ortiqcha iste’mol qilinganida tolerantlikning va alkogolli
amneziyaning kuchayishi hamda qattiq mastlik kuzatiladi . Ushbu belgilar orasida
alkogolga birlamchi moyillik eng muhimidir .Mazkur simotomlarni turlicha
namoyon bo’lishi natijasida ,kasallikning klinik manzarasi ham ancha o’zgarib
turishi mumkin . Barcha hollarning deyarli yarmida alkogolizmning birlamchi
bosqichi 25 yoshgacha shakllanadi ,qolgan kuzatuvlarning ko’pchiligi esa 25-35
yoshga to’g’ri keladi. Bu bosqich 1 yildan 6 yilgacha davom etishi mumkin .Ikkinchi
bosqichda kasallikning birinchi bosqichida shakllangan simptomlar rivojlanadi va
og’irlashadi . Shu bilan birga ,ruhiy buzilishlarning yangi turlari paydo bo’ladi . Ular
orasida eng muhimi alkogolizmning ikkinchi bosqichi shakllanishida asosiy mezon
bo’lgan abstinent sindrom (xumor)dir. Bundan tashqari,mastlikning mayxo’rlik
(surunkasiga ichish) ko’rinishidagi yoki alkogolni doimiy ichish ko’rinishidagi
o’zgargan manzaralari rivojlanadi . Ikkinchi bosqichning shakllanishi 25-30 yoshga
to’g’ri keladi va 10-15 yil davom etishi mumkin . Agar kasallik ning birinchi
bosqichida bemorlar aksariyat hollarda turli voqealar (bayramlar, tug’ilgan kunlar
,toylar va h.k.) munosabati bilan ichsalar , ikkinchi bosqichda bunga o’zlari
tashabbus va qat’iyat ko’rsatadilar , alkogol iste’mol qilish uchun sun’iy ravishda
bahonalar topadilar . Bu holatda me’yorni nazorat qilish qobiliyatini yo’qotish ,og’ir
mastikka olib keladi . Mastlik manzarasining o’zgarishi eyforiya davrining
qisqarishida ,xatti-harakat buzilishinig psixopatik va isterik shakllarini yuzaga
kelishida namoyon bo’ladi . Bemorlar umumiy tanqidiy qarashni saqlab qolgan
holda, o’zlarining ichkilikbozligiga yetarlicha tanqidiy munosabatda bo’lmaydilar,
buning oqibatida ayrim ahloqiy nuqsonlar ,shaxsning qo’pollashuvi , haddan
tashqari jizzakilik kelib chiqadi va hokazo. Abstinent sindrom astenik ,vegetative va
nevrologik buzilishlar , yurakqon-tomir tizimida , ovqat hazm qilish hamda asab
tizimidagi buzilishlar bilan kechishi mumkin . Bemorlar kunning ikkinchi yarmida
va ertalab doimiy ravishda bosh og’riqqa (xumorga) alkogol iste’mol qiladilar
.Alkogolni suiiste’mol qilish shakllari har xil bo’ladi – yo doimiy mastlik ,yo soxta
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
108
mayxo’rlik ko’rinishidagi vaqti-vaqti bilan sodir bo’ladigan , uchinchi bosqichda esa
haqiqiy mayxo’rlikka aylanadigan mastlik . Buning oqibatida ichki a’zolarda
kardiopatiya ,gastrit , jigarning yog’ bosib , shakli o’zgarishi bilan kechadigan
gepatit ko’rinishidagi o’zgarishlar kuzatiladi . Uchinchi bosqichda kasallikning
klinik ko’rinishlari yanada og’irlashadi ,alkogolga yengib bo’lmas moyillik , har
qanday vositalar bilan bo’lsada unga erishishga intilish kuzatiladi, bu esa
g’ayriqonuniy harakatlarga (qarzga botish , narsalarni sotish , o’g’irlash , yaqinlariga
nisbatan shafqatsizlik qilish kabilarga ) olib keladi.
Alkogolga tolerantlik pasayadi ,ya’ni bemor uning kichik dozalaridan ham
mast bo’ladi , shu bois alkogoli kam ichimliklarga , ko’pincha spirt qo’shilgan
vinolarga o’tadi. Mastlik manzarasi o’zgaradi :bemorlar tajovuzkor , g’azabnok
bo’lib qoladilar, yaqinlariga nisbatan tajovuzkorlik namoyish qiladilar . Ba’zi
hollarda mastlik manzarasida gangish (karaxtlik) ustunlik qiladi :bemorlar lanj ,
passiv , uyquchan , atrofdagilarga befarq , murakkab maqsadga qaratilgan ishlarni
bajarishga noqobobil bo’lib qoladilar . Ko’pchilikda alkogolning ozgina miqdoridan
ham yalpi amneziyaga tushish kuzatiladi .Shaxsning o’zgarishlari alkogoldan
tanazzulga uchrash ko’rinishida namoyon bo’ladi :o’z-o’ziga tanqidning yo’qolishi
, tashabbus va ish qobiliyatining umumiy tushib ketishi , muntazam mehnat qila
olmaslik, xotiraning yomonlashuvi , aqliy salohiyatning pasayib ketishi va hokazo.
Oilaviy majburiyatlarni to’liq bajara olmaslik, nikohning buzilishiga va oilaning
tarqab ketishiga olib keladi. Uchinchi bosqichdagi abstinent sindrom – bu jismoniy
va ruhiy buzilishlarning qo’shilishidir. Uchinchi bosqichda bemorlarda ichki
a’zolarda qaytarilmas o’zgarishlar kardiopatiya ,sirrozga aylanuvchi gepatit ,
pankreatit, atrofikgastrit, turli endokrin buzilishlar va boshqa salbiy oqibatlar
uchraydi.
Alkogolli psixozlar
Alkogolli psixozlar ko’rinishi bo’yicha har xil bo’ladi va kasallikning 2-3-
bosqichlarida yuzaga keladi .Alkogolli psixozga chalingan bemorlar jamiyat uchun
ancha xavfli bo’ladi, ular ko’pincha yaqinlariga qarshi xavfli harakatlar sodir
etadilar .
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
109
Sud psixiatriyasida alkogolli psixozlarning quyidagi asosiy turlari ajratiladi
: 1) alkogolli deliriy ; 2) alkogolli galyutsinoz; 3) alkogolli paranoid (ta’qib etish
vasvasasi, rashk vasvasasi va boshqa turli vasvasalar bilan kechadigan psixozlar ).
Psixozning eng ko’p uchraydigan shakli – alkogolli deliriy . U
rivojlanishidan oldin qo’rqinchli tush ko’rishlar ,dahshat , qo’rquv , xavotir kelishi
mumkin . So’ngra abstinensiya va uyqusizlik fonida fantastic mazmunga ega
bo’lgan hamda harakatdagi qo’zg’aluvchanlik ,yashirinishga urinish bilan
kechadigan har xil gallyutsinatsiyalar boshlanadi . Ta’qib etish va jismonan yoq
qilish bilan bog’liq vasvasalar ustunlik qiladi, bir qator hollarda er yoki xotinning
xiyonati haqidagi gap-so’zlar bilan kechadi .Deliriy 3-5 kun, ba’zan bir yarim
haftagacha davom etadi .Chuqur va davomli uyqudan keyin sog’ayish boshlanadi.
Bemor nima bo’lganini yaxshi eslay olmaydi.
Kuchli alkogolli gallyutsinoz ham xavotir ,umidsizlik , qo’rquv hissi bilan
bog’liq bo’lib, eshitish va ko’rish gallyutsinatsiyalari bilan birga kechadi. Alkogolli
deliriydan farqli ravishda ,galyutsinatsiyalar chog’ida ong buzilmaydi, talvasa
xurujlari juda kam uchraydi. Gallyutsinozlar o’zini mudofaa qilish ,jamiyat uchun
xavfli harakatlar sodir etish , o’z -o’zini o’ldirishga urinishlar bilan birga kechishi
mumkin. O’tkir alkogolli gallyutsinoz bir necha kundan bir oygacha davom etishi
mumkin.
Alkogolli paranoid ko’pincha ta’qib etish vasvasasi bilan birga kechadi va
abstiensiya davrida yuzaga keladi. To’satdan rivojlanadi- qo’rquv va xavotir fonida
bemorlar darhol jismonan yo’q qilish qurboni bo’lishlari mumkinligiga ishonch
yuzaga keladi. Bu esa qochish ,o’zini mudofaa qlish va hatto “oson o’lim topish ”
uchun o’zini o’dirish , shuningdek , hayoliy dushmanlarga hujum qilishga olib
kelishi mumkin. Alkogolli paranoid bir necha kundan bir necha haftagacha davom
etishi mumkin . Paranoid cho’zilib ketganida ,qo’rquv va ta’qib etish holati oylab
davom etadi , davomli mayxo’rlik esa paranoidni takrorlanuvchi (retsidivli) qilib
qo’yishi mumkin . Alkogolli rashk vasvasasi – yetuk yoshda paydo bo’ladigan
vasvasa g’oyalarini tipik shakli bo’lib ,alkogolli inqiroz fonida yuzaga keladi.
Shubhalar mastlik yoki “bosh og’rig’iga” ichish chog’ida rashkning epizodik
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
110
ko’rinishlaridan boshlanib ,kuchayib boradi va xotinini qiynash , “o’ynashini” ,
bolalarning “otasini” izlash kabilar bilan kechadigan vasvasa shakliga aylanadi.
Xavotir va g’amginlik kayfiyati ,bemorning xotiniva u bilan bog’liq shaxslarga
nisbatan tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishga aylanishi mumkin .Davom
etuvchi ichkilikbozlik psixozlarning kuchayishiga sharoit yaratadi. Kasallik shiddati
o’zgargan holda ,yillab davom etishi mumkin.
Sud-psixiatrik baholash. Alkogolizmga chalingan bemorning holatini sud-
psixiatrik jihatidan baholash, odatda katta qiyinchilik tug’dirmaydi .Alkogolizmga
chalingan shaxslarda ruhiyati (psixikasi) o’zgargani bilan o’z harakatlarini anglash
va boshqarish imkoniyati saqlab qolinadi, shu bois bu kasallik ularni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Abduvahitov, Sh. A.
(2015).
Alkogolizm va giyohvandlikning tibbiy va ijtimoiy
oqibatlari
. Tibbiyot va psixologiya ilmiy jurnali, 1(2), 45-56.
3.
Jumayev, U. B.
(2017).
Psixiatriya va narkologiya: Alkohollik va narkotiklar
bilan kurashishning zamonaviy usullari
. Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot
akademiyasi nashriyoti.
4.
Khalilov, R. B.
(2018).
Alkogolizm va giyohvandlikka qarshi kurashishda
profilaktika inspektorining roli
. Xalqaro huquq va jamiyat tadqiqotlari jurnali, 4(6),
112-120.
5.
Qodirov, T. A.
(2020).
Ruhiykasalliklarvaularningprofilaktikasi
. Toshkent:
Akademiyanashriyoti.
6.
Ismoilov, S. R.
(2019).
Giyohvandlik va alkogolizmning shaxs va jamiyatga
ta’siri
. Ijtimoiy sohalar tadqiqotlari, 2(3), 34-40.
7.
Shamsiyev, N. A.
(2021).
Alkogolizm va giyohvandlikning huquqiy jihatlari
.
Yuridik ilmiy-texnik nashr, 5(2), 88-97.
8.
Zaynidinov, A. M.
(2022).
Profilaktika inspektorining kasbiy malakasini
oshirish: Alkohollik va narkomaniya bilan kurashish metodlari
. Xalqaro psixologik
tadqiqotlar, 6(7), 101-110.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
111
9.
Yusufov, M. O.
(2020).
Alkogolizm va giyohvandlikning profilaktikasi:
Psixologik yondashuvlar
. Psixologiya va jamiyat, 3(2), 22-30.
10.
R. G.
(2017).
Psixiatriya va narkologiyada o‘zgartirishlar: Alkohollik va
narkomaniyaga qarshi kurash
. Toshkent: O‘zbek tibbiyot universiteti nashriyoti.
11.
Barotov, F. Z.
(2016).
Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasini yuridik
nuqtai nazardan tahlil qilish
. O‘zbekiston yuridik universiteti nashriyoti.