Mualliflar

  • Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.86685

Kalit so‘zlar:

This article describes the botanical characteristics ecological role distribution and significance of the Ginkgo biloba plant. Ginkgo biloba is an ancient plant and its ecological pharmaceutical and economic aspects are analyzed.

Annotasiya

Ushbu maqolada Ginkgo biloba o'simligining botanika tavsifi, o'simliklar qoplamasidagi o'rni, tarqalish sohasi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi. Ginkgo biloba qadimgi o'simlik bolib, uning ekologik, farmatsevtik va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

10

“GINKGO BILOBA O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI,

O’SIMLIKLAR QOPLAMIDAGI O’RNI, TARQALISHI VA AHAMIYATI”

Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ginkgo biloba o'simligining botanika tavsifi,

o'simliklar qoplamasidagi o'rni, tarqalish sohasi va inson hayotidagi ahamiyati

yoritiladi. Ginkgo biloba qadimgi o'simlik bo‘lib, uning ekologik, farmatsevtik va

iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi.

Abstract: This article describes the botanical characteristics, ecological

role, distribution, and significance of the Ginkgo biloba plant. Ginkgo biloba is an

ancient plant, and its ecological, pharmaceutical, and economic aspects are

analyzed.

Аннотация: В данной статье описаны ботанические характеристики

растения Ginkgo biloba, его роль в растительном покрове, ареал

распространения и значение в жизни человека. Ginkgo biloba является

древним растением, и в статье рассматриваются его экологические,

фармацевтические и экономические аспекты.

Ginkgo biloba – dunyodagi eng qadimiy o'simliklardan biri bo‘lib, uning

tarixi 200 million yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. U yagona tirik qolgan vakili

hisoblanib, Ginkgoaceae oilasiga mansub. Ushbu o‘simlik farmakologiya, ekologiya

va landshaft dizaynida katta ahamiyatga ega.Ginkgo biloba – balandligi 20–35

metrga yetadigan, uzoq umr ko‘ruvchi daraxt bo‘lib, yelpig‘ichsimon barglari va

ikki uyli gullash xususiyatiga ega. Uning urug‘lari yong‘oqsimon va o‘ziga xos

hidga ega. Ginkgo biloba fotosintez jarayoni va tashqi muhitga chidamliligi bilan

ajralib turadi.Ginkgo biloba turli ekotizimlarda uchrasa-da, asosan shahar

landshaftlarida keng qo‘llaniladi. U ekologik muhitni yaxshilashda, havoni

tozalashda va shaharlar estetik qiyofasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan

tashqari, u genetik jihatdan barqaror turlardan biri hisoblanadi.

Tarqalishi

.Ginkgo biloba o‘simligining tarqalishi: Ginkgo biloba tabiiy


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

11

holatda faqatgina Xitoyning janubiy-sharqiy hududlarida yovvoyi holda uchraydi.

Biroq inson tomonidan uni ko‘plab hududlarga, ayniqsa: Yaponiya, Koreya, AQSh,

Yevropa mamlakatlari, Markaziy Osiyon hududlariga introduksiya qilingan (ya'ni

sun'iy ravishda o‘tqazilgan). Xitoyda uni qadimdan madaniy, diniy va dorivor

ahamiyatga ega daraxt sifatida qadrlashgan. Hozirgi kunda ko‘plab bog‘lar,

xiyobonlar, shahar ko‘chalarida manzarali daraxt sifatida keng o‘tqaziladi, chunki u

ekologik jihatdan toza, chang va tutundan kam zarar ko‘radi, sovuqqa, ifloslanishga

chidamli.

Ahamiyati

. a)Farmatsevtika: Ginkgo biloba barglaridan tayyorlangan

ekstraktlar asab tizimini mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilash va kognitiv

funksiyalarni oshirishda ishlatiladi. b)Ekologiya: U havoni chang va gazlardan

tozalash, tuproq eroziyasini kamaytirish va biologik xilma-xillikni saqlashga

yordam beradi.d) Iqtisodiyot: Daraxt yog‘ochi va urug‘lari turli sanoat tarmoqlarida

ishlatiladi, shuningdek, dekorativ maqsadlarda ekiladi.

Xulosa

.Ginkgo biloba o'simligi noyob biologik va ekologik xususiyatlarga

ega bo‘lib, inson hayotining turli jabhalarida keng qo‘llaniladi. Uning farmatsevtik,

ekologik va iqtisodiy ahamiyati uni dolzarb o‘rganish lozim bo‘lgan o‘simliklardan

biriga aylantiradi. Kelajakda Ginkgo biloba bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar

uning yangi ilmiy va amaliy jihatlarini ochib berishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR/ИСПОЛЬЗУЕМАЯ

ЛИТЕРАТУРА/REFERENCES:

1. Qodirov A.Q., Tursunov Sh.T. "O‘simlikshunoslik". – Toshkent: O‘zbekiston

Milliy

Ensiklopediyasi, 2018. – 320 b.

2. Karimov A.A. "Dorivor o‘simliklar va ularning ahamiyati". – Toshkent: Fan,

2017. – 215 b.

3. Махмудов А.Х. "Фармакогнозия". – Ташкент: Медицина, 2019. – 280 с.

4. Singh, R. et al. "Ginkgo biloba: A living fossil with medicinal properties".

Pharmacognosy

Reviews, 2019, Vol. 13(25), pp. 39-45.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

12

5. Smith, J.V., Luo, Y. "Studies on Ginkgo biloba extract and neuronal protection".

Journal of

Ethnopharmacology, 2020, Vol. 227, pp. 1-9.

6. Китайская Фармакопея. – Пекин: Научное издательство, 2021. – 500 с.