Mualliflar

  • Raxmatova Dildora Saydullayevna

Muallif biografiyasi

  • Raxmatova Dildora Saydullayevna

    Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.86686

Kalit so‘zlar:

Axborot bilan ishlash axborot-kommunikatsiya axborotlarni qayta ishlash mexanizmlar axborotlarni o‘zlashtirish ong osti qayta ishlash axborot iste’molchisi.

Annotasiya

Ushbu maqolada ta’limning zamon talablari asosida rivojlanib borishi, ta’lim natijalarini baholashda o‘zlashtirilgan axborotlar miqdori hisobga olinganligi, ta’lim jarayonida axborotlar bilan ishlash masalasini zamon talablari asosida doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligi bayon qilingan. Ta’lim o‘quvchilarning axborot olish va qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifasini uzluksiz bajarib boradi hamda ta’lim oluvchilar tomonidan axborotlarning o‘zlashtirilganlik darajasining oshishi, shuningdek axborotlardan foydalanish ko‘lamining kengayishi ta’lim samaradorligini belgilashga xizmat qilishibayon qilingan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

3

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AXBOROTLAR BILAN

ISHLASH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH

Raxmatova Dildora Saydullayevna

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2-bosqich magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’limning zamon talablari asosida

rivojlanib borishi, ta’lim natijalarini baholashda o‘zlashtirilgan axborotlar

miqdori hisobga olinganligi, ta’lim jarayonida axborotlar bilan ishlash masalasini

zamon talablari asosida doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligi bayon

qilingan. Ta’lim o‘quvchilarning axborot olish va qayta ishlash ko‘nikmalarini

shakllantirish va rivojlantirish vazifasini uzluksiz bajarib boradi hamda ta’lim

oluvchilar tomonidan axborotlarning o‘zlashtirilganlik darajasining oshishi,

shuningdek

axborotlardan

foydalanish

ko‘lamining

kengayishi ta’lim

samaradorligini belgilashga xizmat qilishibayon qilingan.

Kalit so‘zlar: Axborot bilan ishlash ,axborot-kommunikatsiya, axborotlarni

qayta ishlash, mexanizmlar, axborotlarni o‘zlashtirish, ong osti, qayta ishlash,

axborot iste’molchisi.

Abstract. In this article, it is stated that the development of education is

based on the requirements of the time, that the amount of acquired information is

taken into account when evaluating the results of education, and the issue of

working with information in the educational process should be continuously

improved based on the requirements of the time. It is stated that education

continuously fulfills the task of formation and development of students' information

acquisition and processing skills, and the increase in the level of assimilation of

information by students, as well as the expansion of the scope of information use,

serves to determine the effectiveness of education.

Key words: working with information, information-communication,

information processing, mechanisms, information assimilation, subconscious,

processing, information consumer.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

4

Абстрактный.

В данной статье констатируется, что при развитии

образования исходя из требований времени учитывается объем получаемой

информatsiи при оценке результатов образования, а также необходимость

постоянного совершенствования вопроса работы с информatsiей в

образовательный процесс, основанный на требованиях времени. Установлено,

что образование непрерывно выполняет задачу формирования и развития у

учащихся навыков получения и обработки информatsiи, а повышение уровня

усвоения информatsiи обучающимися, а также расширение сферы

использования

информatsiи

служит

определению

эффективность

образования.

Ключевые слова: Работа с информatsiей, информatsiонно-

коммуникatsiя, обработка информatsiи, механизмы, усвоение информatsiи,

подсознание, обработка, потребитель информatsiи.

Kirish.

Axborotlar jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib, uni uzatish

va qabul qilishning XXI asrdagi imkoniyatlari samarali ravishda o‘sib bormoqda.

Axborot maydoni fan va ijtimoiy hayot taraqqiyotining muhim omiliga aylandi.

Ijtimoiy taraqqiyot barcha sohalar rivojlanishida aks etib boradi. Xususan, ta’lim

sohasi ham ijtimoiy hayotning bir qismi sifatida doimiy ravishda ijtimoiy hayot

yutuqlarini o‘zida aks ettiradi.

Darsliklarning

multimediali

ilovalari

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va

o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga,

o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz,

animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan

o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini

boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga

murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi [1].

Adabiyotlar taxlili.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida O‘zbekiston

respublikasida ta’limni rivojlantirishga axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasini


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

5

rivojlantirish ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan klaster subyektlarining

o‘zaro va o‘z-o‘zini rivojlantirishi sifatida asoslanadi, bu alohida ishtirokchilarning

ham, umuman klasterlarning ham o‘ziga xos afzalliklarini oshiradi. B.Abdullaeva ,

M.Toshpulatova, A.Sadikova, Y.Jabborova, N.Muxitdinova ta’limda axborotlar

bilan ishlash ko‘nikmasini resurslarini tashkil etishning integrativ tizimi deb

hisoblashadi. Ta’lim sifatini barqaror rivojlantirish manfaatlarida litsey, universitet

va ishlab chiqarishni integratsiyalash tizimini yaratish tajribasi V.L.Chudov,

L.M.Perminova tomonidan umumlashtirildi. Ta’lim klasterlari modellarining bir xil

tipologik tavsiflari M.Y.Baryshnikov, I.I.Chinnova, A.V.Simonovlar tomonidan

taklif

qilingan.

Ilmiy-ta’lim

klasteri

L.V.Ovsienko,

I.V.Zimina,

N.N.Klintsovalarning tadqiqotlarida ijtimoiy sheriklik doirasida, jumladan,

universitetlar, korxonalar, o‘rta kasb-hunar ta’limi ta’lim tashkilotlari, umumta’lim

maktablari doirasida tarmoq o‘zaro hamkorligini amalga oshirish uchun eng

istiqbolli tuzilma sifatida ko‘rib chiqiladi. Axborot bilan ishlash – turli

ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish jarayonlaridan iborat.

F.M.Qo‘chqorova tadqiqot ishlarida o‘quvchida axborotlarni qayta ishlash ong osti

mexanizmlarini faollashtirish hamda dalillarga asoslangan mantiqiy fikrlashni

rivojlantirish komponentlari haqida ma’lumotlar batafsil berilgan. M.M.Vahobov

fikricha “kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda

egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy kasbiy va ijtimoiy

faoliyatlarida

amaliy

qo‘llay

olish

kompetentsiyalarini

shakllantirishga

yo‘naltirilgan ta’limdir”.

Tadqiqot metotologiyasi.

Qadimgi Grek faylasufi Suqrot “o‘qituvchining

ijodkorligi, bu tayyor axborotni o‘quvchiga yetkazishga emas, balkim, o‘quvchilarni

haqiqatga intilish, mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishga qaratilganligidadir” deb

ta’kidlagan. Ko‘p holatlarda o‘zlashtirilgan axborotlar miqdori (hajmi) ta’lim

samarasi sifatida qaralib, ta’lim natijalarini baholashda o‘zlashtirilgan axborotlar

miqdori hisobga olinada. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, axborotlashgan jamiyatning

asosiy talabi o‘zlashtirilgan axborotlarni tegishli sohalar hamda hayotiy faoliyatlar

davomida qo‘llay olish darajasi bilan belgilanadi. Bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarida


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

6

ham kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limda ta’limning natijasiga

ahamiyat berilishi va bunda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlar hajmi

emas, balki turli vaziyatlarda mazkur axborotlarni qo‘llay olishiga e’tibor qaratilishi

lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.

Axborot tushunchasiga ilmiy adabiyotlar, lug‘atlarda turli ta’riflar

keltirilgan. Masalan, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi

ma’lumotlar, shu kabi obyektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar, qiziqish

uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil

va ma’lumotlar, shuningdek, “axborot” (lot. information – tanishtirish, tushuntirish)

– falsafada qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan, kibernetikaning

taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, kengroq ma’no kasb etgan markaziy

kategoriyalar sifatida maydonga chiqqan tushuncha sifatida ta’riflar keltirilgan.

Tahlil va natija.

Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida

qo‘llaniladi va ular asosida ta’lim – tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik

faoliyat boshqariladi. Axborotlar jamiyat hayotida muayyan darajada ahamiyat kasb

etib, xususan, ta’lim - tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manba bo‘lib

hisoblanadi, chunki ular obyektdan olingan axborotlarni tizimlarga (qism tizimlarga)

ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha uzatish algoritmlarini

amalda joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi. Jahon sivilizatsiyasining axborot

maydonida, jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz

ravishda axborotlardan foydalanadi. Ya’ni jamiyatning har bir a’zosi axborot

iste’molchisi hisoblanadi. Axborot iste’molchisi o‘z ehtiyojini qondirish bilimlarni

oshirish, ta’lim olish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi

shaxs va shaxslar. Demak, o‘quvchilar ham axborot iste’molchilari hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida shu bilan birga, kundalik faoliyatlar davomida o‘quvchilar

axborotlarning faol iste’molchisi sifatida o‘z o‘quv faoliyati jarayonida zarur

axborotlarni o‘zlashtirib boradi. Axborot iste’molchilari sifatida o‘quvchilarning

axborot iste’moli madaniyatini tarbiyalash yuzasidan qator ilmiy izlanishlar olib

borilgan bo‘lib ularda axborot iste’moli madaniyatining funksiyalariga alohida urg‘u

berib o‘tilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

7

Axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi

YUNESKO hulosasiga ko‘ra, axborotlashtirish – bu axborotlarni to‘plash, saqlash

va uzatish vositalarining keng qo‘llanilishidir. U mavjud bilimlarni tizimlashtirish

va yangi bilimlarni shakllantirish hamda ularni joriy boshqarish, yanada

takomillashtirish va rivojlantirish uchun qo‘llashni ta’minlaydi.

Ta’lim o‘quvchilarning axborot olish va qayta ishlash ko‘nikmalarini

shakllantirish va rivojlantirish vazifasini uzluksiz bajarib boradi hamda ta’lim

oluvchilar tomonidan axborotlarning o‘zlashtirilganlik darajasining oshishi,

axborotlardan foydalanish ko‘lamining kengayishi ta’lim samaradorligini

belgilashga xizmat qiladi.

Axborot bilan ishlash – turli ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish

jarayonlaridan iborat. F.M.Qo‘chqorova tadqiqot ishlarida o‘quvchida axborotlarni

qayta ishlash ong osti mexanizmlarini faollashtirish hamda dalillarga asoslangan

mantiqiy fikrlashni rivojlantirish komponentlari bo‘yicha o‘quv materiallarini

strukturalash va bloklarga ajratishga urg‘u bergan. Axborotlardan samarali

foydalanishning asosini axborotlar mazmuni va mohiyatini tushunish tashkil etadi.

Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot tushunchasini shakllantirish

muhim hisoblanadi. Axborotlar mazmunini tushunish orqali darslarga qiziqish,

yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish saqlanib qoladi. Boshlang‘ich sinf

o‘quvchilariga axborot atrof-muhit obyektlari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va

holatlari, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatida tushuntiriladi.

Ko‘p hollarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari axborotlarning asosiy

mazmunini, keng doirada qo‘llanadigan ma’nosini tushunadilar. Shuningdek, ularni

atrofdagi real voqeliklar mazmunini aks ettirgan axborotlardan ko‘ra to‘qima

obrazlar, hayoliy voqealar, mavhum tushunchalar mazmunini aks ettirgan axborotlar

ko‘proq jalb qiladi. Buning asosiy sababi shundaki, ular real voqea – hodisalar va

predmetlarning asl mohiyatini tushunmaydi. Ularni o‘quvchi o‘z ongida aks ettira

olmaydi. O‘quvchi uchun ma’lum hayotiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan, o‘zlari

tomonidan, yoki ular uchun to‘qib chiqarilgan voqea-hodisalar ko‘proq tushunarli.

Shuning uchun axborotlarning tub mazmuni hamda ikkilamchi ma’nosi bilan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

8

tanishtirib borish muhim.

O‘quvchilarning axborotning muloqot jarayonini ta’minlashga xizmat

qiluvchi funksiyani anglashlari muhim. Ta’lim jarayoni – bu avvalo axborot

almashinish jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchiga tegishli axborot beradi va o‘z

navbatida teskari aloqa tarzida bayon qilingan axborotlar qanday o‘zlashtirilganligi

haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi.

Katta yoshli insonlardan farqli ravishda, kichik maktab yoshidagi

o‘quvchilarda axborotlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tafakkur kabilar) ni,

nutqining ravonligini, ziyraklik, sinchkovlik kabi xislatlarini rivojlantirishi bilan

muhimdir. Haqiqatan ham, taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida

ijtimoiy rivojlanishning asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda

insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual

faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi

omillar tashkil etadi.

Xulosa.

Ta’lim jarayonida axborotlar bilan ishlash masalasini zamon

talablari asosida doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligini bugungi kun

amaliyoti ko‘rsatmoqda. Zamonaviy ta’limning talablari xususan, «mehnat

bozoridagi dinamik o‘zgarishlar, insonning nafaqat bilim va ko‘nikmalari balki,

shaxsiy fazilatlariga bo‘lgan talablarning ortishi» kompetensiyaviy yondashuvga

asoslangan ta’limni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltirdi hamda bir qancha

olimlar tomonidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muammolari

o‘rganilib, ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqildi. M.M.Vahobov fikricha

“kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan

bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy

qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir”.

ADABIYOTLAR:

1.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Умумий ўрта ва

ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини

тасдиқлаш тўғрисида» ги 2017 йил 6 апрелдаги 187-сон Қарори // Ўзбекистон


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

9

2.

Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017. 14 (774)-сон, 230-

модда // www.lex.uz.

3.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги

«Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар

стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли фармони // Ўзбекистон

Республикаси қонун хужжатлари тўплами. 2017. 6 (766)-сон, 70 модда //

www.lex.uz.

4.

Абдуллаева Б., Тошпулатова М., Садикова А., Жабборова Ю.,

Мухитдинова Н. Математика: ўқитувчилар учун методик қўлланма (1 синф).

5.

Тошкент: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси». 2014. – 176 б.