Mualliflar

  • Sidiqova Barno Komiljonovna

Muallif biografiyasi

  • Sidiqova Barno Komiljonovna

    Namangan Davlat Pedagogika Instituti talabasi

    (+99894)1601026

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.86709

Kalit so‘zlar:

Adolatparvarlik laxja fe’l atvor inson kamoloti axloq ilm-ma’rifat obraz intellektual

Annotasiya

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari  bu asar qaysi tilda, janrda yozilgani, nechi baytdan iborat ekanligi haqida bilimlarga ega bo’lish mumkin. Shuning bilan birgalikda asardagi asosiy g’oyalar ham yoritib berilgan..


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

287

YUSUF XOS HOJIBNING ,,QUTADG’U BILIG”ASARI SHAXS

KAMOLIDA YETAKCHI O’RINDA

Sidiqova Barno Komiljonovna

Namangan Davlat Pedagogika Instituti talabasi

(+99894)1601026

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari

bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi

qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari bu asar qaysi

tilda, janrda yozilgani, nechi baytdan iborat ekanligi haqida bilimlarga ega bo’lish

mumkin. Shuning bilan birgalikda asardagi asosiy g’oyalar ham yoritib berilgan..

Kalit so’zlar: Adolatparvarlik, laxja, fe’l atvor, inson kamoloti, axloq, ilm-

ma’rifat, obraz, intellektual

Krish:

Sharq adabiyoti va falsafasining durdonasi sanalgan Yusuf Xos Hojibning

“Qutadg‘u bilig” asari inson kamoloti, axloqiy poklik, ilm-ma’rifat va adolatli

jamiyat qurish g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bebaho yodgorlikdir. XI asrda

yozilgan bu didaktik doston nafaqat o‘z davrining siyosiy va ijtimoiy muammolariga

yechim bo‘lib xizmat qilgan, balki bugungi kunda ham komil inson tarbiyasida

muhim manba bo‘lib qolmoqda . Yusuf Xos Hojibning ushbu asari 1069–1070

yillar yozilgan bo’lib,bu asar qadimgi turkiy til(qoraxoniy lahjasi) da yozilgan. Va

shuning bilan birgalikda asar janri: Didaktik-doston (axloqiy-siyosiy pandnoma)

bo’lib “Saodatga eltuvchi bilim” yoki “Baxtli bo‘lish ilmi”degan ma’nolarni

anglatadi. “Qutadg‘u bilig” davlat boshqaruvi, adolat, donishmandlik, axloqiy

fazilatlar, insoniylik, ilm va odob haqidagi fikrlarni ifoda etadi. U jamiyatni tartibga

solish, rahbar va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatda ushlashni

targ‘ib qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan – 6645 baytdan iborat.To‘rt asosiy

obraz orqali g‘oyalar bayon etiladi:

1.

Kuntug‘di – adolatni ifodalaydi (hukmdor).


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

288

2.

Ayto‘ldi – baxt va davlatni ifodalaydi (vazir).

3.

Odg‘urmis – aql va donishmandlik timsoli (zohid).

4.

Uzg‘mish – aqibat va tavba ramzi (voiz yoki rohib).

Bu to‘rt obraz orqali turli fazilatlar va davlat boshqaruvi tamoyillari

tushuntiriladi.Va bu asar quyidagi to’rt asosiy g’oyalarni o’z ichiga oladi.

Adolatparvarlik

: Asarda hukmdorning eng oliy burchi – adolatni

ta’minlash deb qaraladi.

Ilm va aqlga e’tibor

: Bilimdon va donishmand insonlar qadrlanadi. Ilm

jamiyatni rivojlantiradi, deya targ‘ib qilinadi.

Axloqiy fazilatlar:

Halollik, sabr, vijdon, sadoqat, mehnatsevarlik targ‘ib

qilinadi.

Diniy va dunyoviy uyg‘unlik

: Asarda islomiy dunyoqarash asosida

dunyoviy ishlarni boshqarish muhim deb aytiladi.

Siyosiy donolik

: Asar davlatni boshqarish bo‘yicha muhim maslahatlar va

tamoyillarni o‘z ichiga oladi.

Qutadg‘u bilig” — turkiy xalqlar adabiyotidagi ilk siyosiy-falsafiy

asarlardan biridir. U Sharq Uyg‘onish davriga mansub bo‘lib, o‘z davrining

intellektual darajasini aks ettiradi. Asar uchta qo‘lyozma nusxada saqlanadi:

Namangan, Vena va Farg‘ona nusxalari. Bugungi kunda ham “Qutadg‘u bilig”dagi

fikrlar — adolatli jamiyat, bilimli rahbar, axloqiy barkamollik — dolzarb

hisoblanadi. O‘zbekistonda bu asar milliy o‘zlik, ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti

doirasida keng o‘rganiladi.

Asosiy qism:

Qutadg‘u bilig”da Yusuf Xos Hojib inson kamolotini quyidagi asosiy

fazilatlar orqali talqin etadi:

1. Adolat. Asarda adolat eng oliy qadriyat sifatida ko‘rsatiladi. Hukmdor

Kuntug‘di timsolida adolatli boshqaruvning jamiyat barqarorligiga ta’siri yoritiladi.

Muallif adolatni inson kamolotining asosi deb biladi.

2. Ilm va aql. Odg‘urmis obrazida aql va ilmning inson hayotidagi o‘rni

ta’kidlanadi. Yusuf Xos Hojib ilm-fan orqali inson o‘zini va jamiyatni yuksaltirishi


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

289

mumkinligini uqtiradi.

3. Qanoat.Uzg‘mish obrazi orqali qanoat va tavba fazilatlari targ‘ib qilinadi.

Muallif qanoatni komil insonning ajralmas xususiyati deb biladi.

4. Axloqiy poklik.Asarda halollik, sabr, vijdon, sadoqat kabi axloqiy

fazilatlar komil inson tarbiyasida muhim omillar sifatida ko‘rsatiladi.

Yusuf Xos Hojib inson kamolotini jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas

bog‘laydi. Uning fikricha, har bir inson o‘zini tarbiyalab, komil inson bo‘lishga

intilsa, jamiyatda adolat va farovonlik qaror topadi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos

Hojib “Qutadg‘u bilig” kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning

haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida

fikr yuritish. bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat

ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning

amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi.

Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb ilmli

kishilami asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli

amalga oshirilishini aytadi. 0 ‘sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo‘l

ochur” deb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli

kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yuxgizib kelgan, ana shu bilim va

zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta’riflaydi. Hatto hukmdorlar

ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q

va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi

o‘ringa qo‘yadi. Shuning uchun (ya’ni har yerda ma’lum xudo) insonni yaratti,

tanladi, Unga hunar, bilim va uquv berdi. Unga ko‘ngil (ya’ni aql) berdi, tilini yo‘riq

(ravon) qildi, Andisha, xulq hamda go‘zal fe’l ato qildi, Bilim berdi, (shu tufayli)

inson bu kun ulug‘likka erishdi. Uquv berdi, so‘ng (shu tufayli berk) tugunlar

yozildi1.

Yusuf Xos Hojib ilmli, ma’rifatli kishilami qadrlash kerak, chunki ular

mash’al kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni

o‘rgatadi, deydi. Shuning uchun olimlami hurmat etish kerakligini ta’kidlab, ilm

ahlini o‘ta qadrlasa, ilmsizlami johil kishilar deb biladi. Agar shunday johillar


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

290

mansab va amalga ega bo‘lsa, ular egallagan to‘mi poygak deb biladi. Dunyoda

inson bilim va zakovati tufayli orzu-tilaklarga, ulug‘likka erishishi muxnkinligini

aytadi. Lekin shunday bilim va zakovatning qadriga faqat xuddi o‘zlariga o‘xshagan

donolar va zakovatlilar yetadi, johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas, deydi.

Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonlik, jaholat tufayli sodir

bo‘lishidan u qayg‘uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko‘payib ketganligidan

afsuslanadi. U yurtni idora etuvchilami va xalqni boshqaruvchilami ikki toifaga

bo‘lib, birinchisi adolatli siyosatni yurituvchi beklar va ikkinchisi dono olimlar

deydi.

Chunki siyosatchilar yurtni boshqarsa, olimlar ma’rifiy yo‘l-yo‘riq

ko‘rsatadi. Olim bilimni ziyoga, tengi yo‘q javohirga o‘xshatib, u insonni

yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib olishga yordam beradi, deydi. Insoniyat

nimaga erishgan bo‘lsa, bilim tufayli erishganligini ta’kidlaydi. Ammo bu boylikni

hech kim o‘g‘irlay olmaydi, deb bilim va zakovatni muqaddas do'st, mehribon

qarindosh, kiyim va ozuqa sifatida ta’riflaydi. Lekin Yusuf Xos Hojib ilm-fanni

anglashni targ‘ib etibgina qolmasdan, uni hayotga tatbiq etish, amalda qo‘llay

bilishga ham da’vat etadi. Yusuf Xos Hojib insonga xizmat etmagan bilimni dengiz

tubida foydalanilmay yotgan injuga o‘xshatadi. Shuningdek, yer ostida yotgan

oltinni ham qazib olinsa, beklar boshiga toj bo‘lganidek, ilmni ham foydali

narsalarga sarf etishga da’vat etadi.

Olim bilimlilik va bilimsizlikning natijasi haqida ham fikr yuritar ekan,

inson bilimsiz, nodon, johil bo‘lsa, yaramas ishlar qilishi, aksincha, bilimli, dono,

zukko bo‘lsa ezgu ishlami ro‘yobga chiqarishini ta’riflash bilan kishilami tinmay

ilm olishga undaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, buyuk alloma

mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va moddiy, ma’naviy yuksalishida, el-u xalqning boy

va farovon turmushi-barchasi ilm va ma’rifatning ravnaqiga bog‘liq ekanligini

to‘g‘ri va ishonarli dalillar bilan badiiy ifodasini bera olgan va o‘zi ham ana shu ezgu

ishni amalga oshirish uchun tinmay faoliyat ko‘rsatgan. Bunda dastlab, barcha

yaxshi ishlaming manbaini ezgulik, yomon ishlaming asosini essizlik nomlari bilan

talqin etadi. U inson hayotda qilgan ishi bilan yo yaxshi nom qoldiradi, yo yomon


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

291

nom oladi, deydi.

Alloma barcha ezgulikning boshi til odobi, asar uning foyda va zararlariga

bag‘ishlanadi deya ta’kidlaydi. Til insonning qadr-qimmatini oshiradi yoki shu til

orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin. Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu

qoladi: biri xushxulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z, deydi. Insoniy

munosabatlarning eng oliy mezoni sanalgan hunnat va ehtiromni tarkib toptirishning

barcha ko‘rinishlari asarda o‘z ifodasini topgan.

Xulosa:

“Qutadg‘u bilig” asari komil inson tarbiyasida muhim manba

bo‘lib, undagi g‘oyalar bugungi kunda ham dolzarbdir. Yusuf Xos

Hojibning bu asari orqali inson o‘zini tarbiyalab, jamiyatda adolat va

farovonlikka erishishi mumkin.Bundan tashqari bu asar kelajagimiz

bo’lmish yosh avlod tarbiyasida o’zining beqiyos ahamiyatiga

egadir.Shuning bilan bilan birgalikda ushbu asar siyosiy jihatdan ham

yoshlarga kerakli bilim,tajribalarni ko’rsata oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Umumiy Pedagogika.Toshkent-2018.

2.

Pedagogika Tarixi.Komiljon Hoshimov,Sanobar Nishonova.Toshkent-2005

3.

https://cyberleninka.ru/article/n/qutadg-u-bilig-dostonining-manbalari-va-uning-

or-ganilishi

.