Mualliflar

  • Tog’aymurodova Feruza Muqadirovna

Muallif biografiyasi

  • Tog’aymurodova Feruza Muqadirovna

    togaymurodovaferuza417@gmail.com

    Chirchiq shaxar 24- sonli tarix o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.87374

Annotasiya

Dolzarbligi; Bu maqola, XX asrning 80-90 yillarida O’zbekistonda ro’y beruvchi siyosiy va ijtimoiy voqealar va hodisalarni o’rganishga bag’ishlangan. Bu davrda O’zbekiston tarixida katta o’zgarishlar ro’y berdi, bu esa mamlakatning bugungi kungi  va kelajagi uchun muhim ta’sir qildi. Maqola, ushbu voqealar va hodisalar orasidagi bog’liqlikni, ularning mamlakat va uning fuqarolarining hayotiga qanday ta’sir qilganligini tahlil qiladi. Ushbu maqola, tarixchi, siyosatshunoslar, ijtimoiy fanlar mutaxassislariga va umumiy ravnaq uchun qiziqarli bo’lishi mumkin


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

211

XX ASRNING 80-90 YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI SIYOSIY,

IJTIMOIY VOQEA VA HODISALAR

Tog’aymurodova Feruza Muqadirovna

togaymurodovaferuza417@gmail.com

Chirchiq shaxar 24- sonli tarix o’qituvchisi

Dolzarbligi; Bu maqola, XX asrning 80-90 yillarida O’zbekistonda ro’y

beruvchi siyosiy va ijtimoiy voqealar va hodisalarni o’rganishga bag’ishlangan. Bu

davrda O’zbekiston tarixida katta o’zgarishlar ro’y berdi, bu esa mamlakatning

bugungi kungi

va kelajagi uchun muhim ta’sir qildi. Maqola, ushbu voqealar va

hodisalar orasidagi bog’liqlikni, ularning mamlakat va uning fuqarolarining

hayotiga qanday ta’sir qilganligini tahlil qiladi. Ushbu maqola, tarixchi,

siyosatshunoslar, ijtimoiy fanlar mutaxassislariga va umumiy ravnaq uchun

qiziqarli bo’lishi mumkin

Sovet tuzimi davrida soxta kommunistik mafkuraga va ma'muriy buyruq

boylikka asoslangan samarasiz ijtimoiy - iqtisodiy siyosat 80-yillarning oʻrtalariga

kelib , Oʻzbekiston iqtisodiyotida inqiroz holatlarining kuchayishiga olib keldi. Bu

holat respublika aholisi turmush tarzini yanada pasaytirib uni ogʼir muammolar

iskanjasiga solib qoʻydi . [1:266]

SSSRdagi "qayta qurish" jarayoni avval boshidanoq siyosiy sohani qamrab

oldi. Iqtisodiy islohatlar esa unga boʼy sunuvchan ahamiyat kasb etdi . Oradan koʻp

oʻtmay , jaddalladshib borayotgan siyosiy jarayonlar bilan sust rivojlanayotgan

iqtisodiyot oʻrtasida katta farq koʻzga tashlana boshladi. Bu paytda SSSRning

tarkibiy qismi boʼlgan Oʻzbekiston SSR ham qayta qurishga girdobiga tortildi, uniq

qonuniyatlsrga amal qildi. [2:570] Qayta qurish siyosati markaz tomonidan 1985-

1990-yillarda amalga oshirilgan siyosat KPSS MKning Aprel (1985) prenumi sovet

jamiyati "qayta qurish " , bu jamiyat hayotining barcha sohalarini "chuqur isloh

qilish " yoʻlini eʼlon qildi. Bunda avvalo , ijtimoiy hayotni demokratlashtirish,

oshkoralik, iqtisodiy oʻsishni jadallashtirishga qaror qilindi . Biroq ilmiy jihatdan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

212

puxta asoslanmagan qayta qurish "konsepsiyasi "avval boshdanoq magʼlubiyatga

mahkum edi. Shuning uchun ham kutulgan natijani bermadi. [3:264]

Qayta qurishning birinchi bosqichi(1985-1986-yillar) asosan maʼmuriy -

tashkiliy tadbirlarning ananaviy usullarda olib borilishi bilan xarakterlanadi. Qayta

qurishning dastlabki davrlarda asosiy eʼtibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish

, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratildi shuning uchun ham 1986-yil 1-

mart kuni KPSS XXVII s'ezdining KPSS Markaziy Komiteti siyosiy maʼruzasi

yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyada fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish

masalasiga katta eʼtibor qaratilgan edi . Ammo , bunday jarayonni ijtimoiy

munosabatlarni takomillashtirmasdan amlga oshirish mumkun emasligi. Tezda

ayon boʻldi . Shuning uchun 1986-yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar

masalasiga alohida eʼtibor qaratishga majbur boʼlindi . Bunday siyosatning

markazida esa jamiyatni demokratlashtirish , maʼmuriy buyruqbozlik va

byurokratizmga qonunsizlikka qarshi kurashtirar edi. Statistik koʻrsatkichlarda

qayd etilishicha , 1986-yildan boshlab mamlakat siyosiy ahvoli battar yomonlasha

boshladi, 1987-yil yanvardan ishlab chiqarish suratlari keskin pasayib bordi.

Iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi

magʻlubiyatga uchradi.

Qayta qurishning ikkinchi bosqichi ( 1987-1990-yillar)

Jamiyatning barcha jabhalarini kampleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga

qoʼydi. Bunday vazifa konmunistik mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada

aniqlashtirildi Moskva shahrida 1987-yil 27-28-yanvarda boʼlib oʼtgan KPSS MK

Plenumida KPSS MKning bosh sekretari M.S.Gorbachyov "Qayta qurish va

partiyaning kadrlar siyosati toʻgʻrisida " maʼruza qildi. Biroq siyosiy tuzumni isloh

qilish va demokratlashtirish , keng xalq ommasining siyosiy va tarixiy

jarayonnlarda ishtirok etishi Markaz uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi

natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohatlar boshi berk ko‘chaga

kiritib qo‘ydi. Oqibatda 1990-yil nafaqat qayta qurishning 2-bosqichi , balki SSSR

axolisi balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosati

butunlay mag‘lubiyatga uchradi . Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

213

uning parchalanishiga olib keldi .Qayta qurish siyosatining mag‘lubiyatga

uchrashini 3 sabab bilan izohlanadi:

Birinchidan , qayta qurishning aniq ,izchil,ilmiy jihatdan puhta ishlab

chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi.

Ikkinchidan , kommunistik partiya raxbarlari qayta qurish g‘alabasidan

manfaatdor emas edi . Ular har qanday demokratiya va oshkoralik totalitat

tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan , M.S.Gorbochyov

g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkun emasdi. Sotsializmga hos

sinfiy munosabatlar , davlat mulkchiligi milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat

yakkapartiyaviy raxbarlik , kommunistik mafkura , mustabid boshqaruv usuli hech

qachon demokratiya bilan kelisha olmagan edi . [4:571,572,]

,, Paxta ishi ‘’ - 1983-yilda Markaz tomonidan ma’muriy buyruqbozlik

tizimini mustaxkamlashga qaratilgan va ataylab o’ylab topilgan uydirma. 1983-

yildan SSSR Bosh prokrori topshirig’iga ko’ra ., SSSR prokuraturasining alohida

muhim ishlar bo’yicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida mamlakatning turli

mintaqalaridan to’plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzulib , O’zbekiston

yuborilgan. Tergov guruhiga katta vakolat va imtiyozlar berilgan . Ular soxta

ayiblovlar bilan qonunsizlik yo’liga o’tib, tergov jarayonlarida tuhmat, ig’volar

uyushtirish , faktlarni soxtalashtirish , kishilarni soxta ma’lumot berishga majbur

etish , o’zlariga yoqmagan kishilardan o’ch olish vositasi sifatida foydalanishgan.

Shu asosda O’zbekistonda paxtani terish va qayta ishlashda ,, o’g’irlik ‘’ ,

,, qo’shib yozish’’ larda ayblanib , Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh

tomonidan 1989- yilgacha 5 mingdan ko’proq partiya va sovet raxbarlari , tashlilot

raxbarlari , kolxoz va sovhozlarning ko’plab raislari jinoiy javobgarlikka tortildi

.T.Gdlyan guruhining O’zbekistondagi faoliyati davomida O’zbekiston SSR

prokuraturasi va O’zbekiston SSR Ichki ishlar vazirliklarining 20 nafar rahbar

xodimlari, O’zbekiston Kompartiyasi MQ ning 4 nafar kotibi , viloyatlardagi

qo’mitalarning 8 kotibi , O’zbekiston SSR Ministirlar Soveti raisi , O’zbekiston

SSR Oliy Soveti prezidumi raisi , O’zbekiston paxta tozalash sanoati va boshqa bir

qancha mas’ul xodimlar , umuman 62 nafar mas’ul shaxs pora olishda ayblanib,


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

214

jinoiy-javobgarlikka tortildi . 1989-yilning may oyiga qadar javobgarlikka tortilgan

35 nafar ayblanuvchining ishi sudga oshirilgan . 1984-1989- yillar davomida

T.Gdlyan guruhi tomonidan 800 dan ko’proq ,,jinoiy ‘’ ish ko’rilib, jinoiy

javobgarlikka tortilganlarning 600 nafari rahbar xodimlar , 10 nafari Sotsialistik

Mehnat Qahramonlari bo’lgan . O’zbekiston SSR Paxta tozalash sanoati vaziri

B.Usmonovga esa 1986-yilda o’lim jazosi belgilangan

, hukm 1987-yilda amalga oshirilgan. [5;265] O’zbekist onda XX asrning

80- yillari

,, paxta ishi ’’ , keyinchalik ,, o’zbeklar ishi’’ degan ma’shum nom ostida

tarixga kirdi . Inqiroziy xolatlarni mavjud tuzum negizida emas , balki ,, yuzaga

kelgan salbiy illatlarda ‘’ deb bilgan markaz , O’zbekistonni tajriba-sinov maydoni

sifatida tanlab olindi. 1982-yil noyabrda KPSS MQ , Bosh kotibi L.I.Brejnev

vafotidan so’ng mazkur lavozimni egallagan Yu.B.Andropov mamlakatda kadrlarni

tanlash va joy joyiga qoyish siyosatida ta’qib va tazyiqqa asoslangan qattiqqo’llik

yo’lining taraftori sifatida maydonga chiqdi. Markazdagi siyosiy raxbaryat

mamlakatda yuzaga kelgan chuqur inqroziy holatlarning sabablari yechimini

aksariyat kadrlar siyosatida yo’l qo’yilgan kamchiliklar , tartib intizomning

bo’shashi , mafkuraviy hushyorlikni yo’qotish bilan izohladi . Respublika ijtimoiy

hayotda katta ,, burilish’’ yasagan O’zbekiston KP MQ 1984-yil XVI plenumi ham

markazning respublikadagi

,, sog’lomlashtirish ’’ borasida ko’rsatyotgan va belgilayotgan tadbirlarni

qo’llab- quvvatladi . Mazkur plenum markazning ,, O’zbekistonda turg’unlik davri

illatlariga qarshi kurash ‘’ ini qo’llab quvattlagan holda mahalliy raxbar kadrlarni

turli yo’llar bilan tazyiq ko’rsatish va jazolash jarayonmlarini boshlab yubordi. 1984

– yilda O’zbekiston SSR prakurori , uning muovinlaridan uchtasi , eng katta

boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga markazdan yuborilgan hodimlar

yuborildi . Mahalliy raxbarlar ,, iltimosiga binoan ‘’ yuborilgan kadrlar noqonuniy

tarzda hibsga olinganlarning manfaatlarni himoya qilishi ham qiyin edi . Aksincha

,

,,desantchilar’’ qatag’onlik siyosatining davom etishida , respublikada


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

215

nohaqlik va

qonunbuzarlik , mansabini suiistemol qilishining avj olishida zo’rovonlik

va tazyiqni kuchayishida ‘’ faol ‘’ rol oynadilar.

Xulosa. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishguncha o’zbek xalqi

juda xam og’ir qora kunlarni boshdan kechirdi .O’zbekistonda XX asrning 80-90

yillarida Sovet Ittifoqi markazi tomonidan “qayta qurish” siyosati amalga oshirildi,

lekin bu siyosatning ilmiy jihatdan puxta asoslanmagan “konsepsiyasi”

mag’lubiyatga uchradi . Sovet tuzimiga nisbatan ko’tarilgan qo’zg’alonlarni

shavqatsizlarcha bostirdi. O’zbekistonda inson huquqlari behad toptalgan , xalqqa

nisbatan taqib kuchaydi. 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent

viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u

respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab

bo’ldi . Moskvadan jo’natilgan Ivanov va Gdlyan o’zlariga yoqmagan kadrlarni

noqonuniy tarzda hibsga olgan. O’z mansabini suiste’mol qilib zo’ravonlik va

tazyiqni kuchaytirdi. Mahalliy rahbar xodimlar va ziyolilar ham taqibga olindi. ,,

Paxta ishi ’’ degan nom ,,o’zbeklar ishi’’ ga aylantirildi. Respublikamizda o’sha

davrdagi og’ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni chuqur tahlil qilib aholining, ayniqsa

qishloq aholisining moddiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun siyosat

maydoniga Islom Karimov chiqdi. O’zbekiston SSR 1990- yilning 20-iyunida

suverenitet e’lon qildi, ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik e’lon qilinib,

O’zbekiston Respublikasi deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi.

O’zbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib

ketganidan keyin tan olindi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:

1.

R.Xoliqulov , K.G’aniyev , M.Nasrullayev O’zbekiston tarixi

(Nomutaxasis yo’nalish talabalari uchun ). Samarqand – 2019 . B 264-266

2.

R.H.Murtazoyeva A.A.Odilov , A.A.Ermetov , K.D.Soipova O’zbekiston

tarixi . ,, Donishmand Ziyosi ’’ Toshkent-2020. B 570-572.

3.

Ismatillo Yuldoshov Maxfiy mahkama yoxud qonunsiz qamalganlar qissasi.

,, Turon Nashr ’’ Samarqand-2021 . B 6


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

216

4.

Toshtemir Qahramonov Iblis iskanjasida 1643kun . ,, Yozuvchi ’’ nashriyot

Toshkent. B 7-12

5.

International

House

Tashkent

http://iht.uz

slides

historyofuzbekistan › 009...

6.

O.Solimov, Q.Usmonov , D.G’aniyev Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili (

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazaryasi va amalyot kursi bo’yicha

o’quv qo’llanma’’ . ,, Sharq Nashriyot – matbaa konserni Toshkent-1999. B 9- 12