Mualliflar

  • Dilafruz Bo‘ronova Baxtiyorovna

Muallif biografiyasi

  • Dilafruz Bo‘ronova Baxtiyorovna

    Surxondaryo viloyati sherobod tumani 41- maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.87376

Kalit so‘zlar:

kichik maktab yoshi ta’lim o’quv faoliyati motiv motivatsiya korreksiya.

Annotasiya

Kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqlagi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga, xotirasining kuchliligi, tafakkuriniig yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

199

KICHIK MAKTAB YOSHDAGI O’QUVCHILAR RUHIYATINI

O’RGANISH HAMDA ULAR BILAN ISHLASHNING SAMARALI

USULLARI

Dilafruz Bo‘ronova Baxtiyorovna

Surxondaryo viloyati sherobod tumani 41- maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Kichik maktab yoshi davrda bola maktab o‘quvchilariga

qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik

va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan

darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi,

aniqlagi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga,

xotirasining kuchliligi, tafakkuriniig yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan

ajralib turadi.

Kalit so’zlar:kichik maktab yoshi, ta’lim, o’quv faoliyati,motiv, motivatsiya,

korreksiya.

KIRISH

Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatdan

va shartli barqaror bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati

o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va

shaxsning shakllanishidaga o‘rni nihoyatda katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi

rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va

insoniy an’analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z

irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyat

boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini

talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi

bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi

munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi

majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga

bo‘ysunish ham yuklatilganlignni his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

200

faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi,

unga qilinayetgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqyei o‘zgarganini

to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar

bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish,

o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shugullanishga o‘rgatadilar. Demak,

oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi,

o‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining

shakllanishida -to‘liq ijobiy asos bo‘ladi.

Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-

onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari,

majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi

mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida

bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z urnini anglay

boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman?

motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda

birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat

uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada

qo‘rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.

Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir

natijalarga erishgan, o‘zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan

o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega

bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatga-

harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi

bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon

bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar.

Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining

sog‘lomligida, uning bilish faolligida ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi,

asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Bola o‘ynab turib, olam

sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi.

Masalan, bola o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

201

esa suzishni tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u bugunchalik

ko‘p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi, Bolani qor, yomgir

qanday yo\ishi, quyosh kechasi qayerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi,

yerdan osmongacha bo‘lgan masafani bilishi juda qiziqtiradi. Bu yoshdagi bolalar

asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi

bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir.

6-10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko‘rganlariga

tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi. So‘zsiz bugungi

jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham

bog‘liq bo‘lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi.

Chunki, aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi-individ ijtimoiy

munosabatlar bilan o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga

o‘tishi uning atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini

o‘zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidash o‘quvchilarning tafakkuri

mantiqiy fnkrlash, muloxaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil

qilishning turli usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xo‘susiyatlari bilan maktabgacha

yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur

operasiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshidgi o‘quvchilarni

kamol toptirishning garovidir.

O‘quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab

etadi. Bolaning dikkati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin,

odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada

Tashqil etish hali birmuncha murakkabdir.

Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy,

barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit

yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mexnat qilish, misol-masalalar

yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy,

ongli diqqat tarkib topadi.

Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to‘plash, Tashqil qilish, uni

taqsimlash, ongli ravishda boshqarish o‘quvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

202

yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira oladi. U

o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishini so‘z bilan ifodalab

bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini Tashqil eta oladi va

rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi

bolalar so‘zsiz o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta

irodaviy kuchni va yuqori motivasiyalarni tashkil etilishini talab qiladi.

Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini yetarli

darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat manzaralari

jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi.

O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni

talab etadi. o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida

ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab solishi kerakligini takrorlaydi, uni

tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz,

ustunlik qiladi. Bolannng xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan

qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti

hisoblanadi.

Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu

holat. albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan

taqdirdagina o‘quvchi tasavvo‘rini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi

bolalar mustaqil tasavvur harakatlar qilishga qiynaladilar.

Kichik maktab yoshidagi bolalarga axborot bosimining psixologik

xususiyatlariga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab

yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emosional munosabatda bo‘ladi. Shu

davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan

bo‘lsa, endi o‘z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq

maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolliga xotirasining

muayayn darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim

jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkuri jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi

bola boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi

o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqyeini, sinf jamoasi va oila muhitidagi


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

203

o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni

egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi.

Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga

xos ehtiyojlarning mavjudligdir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra muayyan bilim,

ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks

ettirishdan ham iboratir. Shu ehtiyojlar asosida o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv

qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek

har kuni maktabga borish istagi yotadi.

Kichik maktab yoshidagi bola o‘zining tub mohiyati va vazifasini tushunib

yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi, Kattalarning

ko‘rsatishlariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan

maktabning tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni

kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga

ega bo‘lmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi.

O‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning o‘yindan farqi,

qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.

Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi o‘z aqliy mehnati

natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining

ragbatlantirishi bilan amalga oshiriladi va o‘quvchida samaraliroq ishlash moyili,

istak va ishtiyoqini shakllantiradiyu. Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga

ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy

komponetlari: o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan

(V.V.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli

harakatlar aqliy rivojlantirishda kulay bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda

muhim. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv

harakatlarini nazorat va baholash bilan bog‘lik harakatlarni bilmasligi, yoki ularni

yaxshi egallamaganligidai bo‘lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajargan

harakatlari natijalarini o‘z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

204

unda o‘z-o‘zini nazorat etish xususiyatlarini ma’lum darajada shakllanganidan

dalolat beradi. O‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish

yo‘llari bilan tanishadilar va ularni-egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda

amaliy foydalanadilar.

XULOSA

O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari

bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta"

munosabati "bola-ota-ona” munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki,

o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi.

Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘zi

xattiharakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar quyishi,

ularning xatti-xarakatlarini baholashi mumkin. O‘z xatti-harakatlarini boshqalar

bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar

o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning

qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi uning

psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning

nafaqat sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu

munosabat

esa

o‘z-o‘zidan

oilasidagi

munosabatlariga

ham

ta’sir

ko‘rsatadi.Ma'lumki, yoshlarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla,

ta'lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muhofaza qiluvchi

tashkilotlar, ilmiy-pеdagog kadrlar shug`ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha

ishtirokchilarining bahjamjixatlik bilan olib boradigan ishlarigina o‘zining ijobiy

natijalarini bеrishi mumkin.«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish

vazifalari ana shuni taqozo qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

I.A Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 yil.

2.

M.Vохidоv. Bоlаlаr psiхоlоgiyasi. Tоshkent.1974 y.

3.

V. Karimova. «Psixologiya» T.Sharq 2002 y.

4.Xamdamov,

X. (2022). МНОГОЗНАЧИТЕЛЬНОСТЬ ОБУЧЕНИЯ

ВОЕННОЙ ПСИХОЛОГИИ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ВОЕННОГО


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

205

ОБРАЗОВАНИЯ.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

2

(5). извлечено от

5.Qodirova, M. (2022). O‘SMIRLAR TARBIYASINING QIYINCHILIK

XUSUSIYATLARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI.

Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании

,

2

(5). извлечено от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/5105

6.Kamolova, S. (2022). ЁШЛАРНИ МАЪНАВИЙ БАРКАМОЛЛИК

РУҲИДА ТАРБИЯЛАШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ.