Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
191
TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA RUHIY ZO'RIQISHLARNI
OLDINI OLISHDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARNING ROLI VA
AHAMIYATI
Umida Isaqova Abdunosirovna
Namangan viloyati Chortoq tuman MMTB qarashli 19-sonli umumiy taʼlim
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ruhiy zo'riqish holatlari va ularni oldini
olish psixoprofilaktikasi shaxs faoliyatida yuzaga keluvchi stress va uning distress
shakli, uning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta'sirlari, oqibatlari va
ushbu holatning diagnostikasi borasidagi tahliliy ma 'lumotlar haqida so'z boradi.
Maktab psixologi o‘quvchilarning ruhiy salomatligini saqlash, ularni stress
holatlaridan chiqarish va zo‘riqishlarning oldini olish uchun samarali usullarni
qo‘llaydi.
Kalit so'zlar: zo'riqish, salomatlik, muhit, psixologik jarayonlar, psixostress,
eustress, distress, psixodiagnostika, prognoz, psixoemotsional holatlar, muhit.
KIRISH
.
O‘quvchilarning psixologik barqarorligi ularning o‘qish samaradorligi,
jamiyatga moslashishi va kelajakda muvaffaqiyatli shaxs bo‘lib yetishishida katta
ahamiyatga ega. Biroq, ta’lim jarayoni davomida bolalar va o‘smirlar ko‘plab
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar akademik bosim, tengdoshlar bilan
munosabat, oilaviy muammolar, o‘qituvchilar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar
kabi turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan shu sababli, maktab
muhitida psixologik xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurati ortib bormoqda.
Maktab psixologi o‘quvchilarning ruhiy salomatligini saqlash, ularni stress
holatlaridan chiqarish va zo‘riqishlarning oldini olish uchun samarali usullarni
qo‘llaydi. Uning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning psixologik muammolarini
aniqlash, ular bilan individual va guruh shaklida ishlash, o‘qituvchilar va ota-onalar
bilan hamkorlik qilib, ta’lim muhitini yanada qulay va xavfsiz qilishdan iborat.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
192
2024-2025 o’quv yilining sentabr oyi davomida ish rejasi asosida 5-11 sinf
o’quvchilaridan “Shaxs xususiyatlarini oʻrganish” diagnostik metodikasini
oʻtkazildi. Metodika natijalari asosida sinflar kesimida natijalar tahlili qilinib
o’quvchilarni korreksion guruhlarga ajratildi. Ushbu metodika natijalar tahlili
asosida korreksion mashg’ulotlar rejasi tuzib olindi. Shaxs xususiyatlarini
oʻrganish” diagnostik metodikasi natijalariga koʻra xulq-atvorida ogʻishuviga moyil
boʻlgan oʻquvchilar aniqlandi va xavfli xatti-harakatga moyilligi mavjud
oʻquvchilar guruhi (Korreksion guruhlar) roʻyxatini shakllantirildi.
Oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini sinf rahbarlari hamda ma’naviy
ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari bilan hamkorlikda oʻquvchilarning
ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirildi. O‘quvchilar bilan yakka tartibdagi
profilaktik va tarbiyaviy jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari ular ongiga
singdirish maqsadida o‘quvchilarni ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha
direktor
o‘rinbosarining
bildirishnomasi,
sinf
rahbarlarining
bildirishnomasi asosida ta'lim muassaasasi direktorining buyrug'i bilan
rasmiylashtirildi. O‘quvchilarda qat'iylik o‘ziga ishonch hissini oshirish,
sinfdoshlari bilan jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berildi.
O‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, sinfda o‘zaro hurmat va
samimiy munosabatlar paydo bo‘lishi uchun suxbat va maslahat ishlari olib borildi.
Xavf guruhiga kiruvchi o’quvchilar bilan yakka va guruhiy tarzda psixokorreksion
trening mashg’ulotlari hamda psixologik maslahat ishlari rejasi tuzib olindi.
1-sinf oʻquvchilarining oilaviy ahvolini oʻrganish, maktabga moslashib
borishini taʼminlash maqsadida ularning ota-onalari bilan majlis tashkil qilindi va
o’quvchilarning maktabga moslashishi oson kechishi uchun ota-onalarga kerakli
maslahat va tavsiyalar berildi. O‘quvchilarining ota-onalari bilan birgalikda
bolalarni ruhan va jismonan barkamol etib tarbiyalash, maktabga moslashishlari
oson kechishi uchun kerakli maslahat va tavsiyalar hamda farzandlari bilan
munosabatlarni zamonaviy usul va metodlari haqida ma’lumotlar berildi. Har bir
ota-ona farzandini nazorat qilishi ular bilan do‘stona munosabat o‘rnatishi va yaqin
do‘st va o‘rtoq sifatida munosabat o‘rnata olishi kerak. 1-sinfga moslashishi qiyin
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
193
kechayotgan o’quvchilar bilan yakka va guruhiy tarzda suxbat va maslahat ishlari
tashkil qilindi.
“Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish” mavzusida yuqori
sinf ota-onalari bilan uchrashuv va yig’ilishlar sinflar kesimida tashkil qilindi.
Farzand tarbiyasida zamonaviy pedagogik va psixologik maslahat va tavsiyalar
berildi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni ruhan va jismonan barkamol etib tarbiyalash,
yoshlarga hayotda o‘z oldilariga maqsad qo‘yishlari hamda shu maqsad yo‘lida
tinimsiz o‘qishlari, o‘z ustida ishlashlari bugungi kun talabi hisoblanishi haqida
ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarini maktabga moslashganliklari, maktab haqidagi
tasavvurlari haqida so‘rovnoma o‘quvchilardan va sinf rahbarlaridan olinib
natijalari taxlil qilindi. Natijalar taxlili yig’ilishda o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra
maktabga moslashish jarayoni sekin kechayotgan o‘quvchilarning ota-onalarga
farzandlarini maktabga moslashishi oson bo‘lishi uchun nima qilish kerakligi,
hamda ta'lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlari haqida kerakli maslahat va
tavsiyalar berildi. Zero har bir ota-ona o‘z farzandi oldidagi burch va vazifalarini
sitqidildan bajarsa ular tarbiyalayotgan farzandlar bir kun kelib albatta o‘zlari
istagandek barkamol va komil inson bo‘lib kamol topadilar. Oila tarbiyasidagi
yutuqlarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, hamda farzand
tarbiyasi bo‘yicha tajribalar almashish katta ahamiyat kasb etadi. Sentabr oyi
davomida psixologik ish reja asosida barcha vazifalar namunadagidek bajarildi va
rasmli hisobotlar qilindi.
Joriy o’quv yilining oktyabr oyi davomida 5-7-sinf o'quvchilari bilan “Inson
hayotida qoidalarning o‘rni” “Shaxs xususiyatlarini oʻrganish” , “Toʻgʻri tanlov
qiling”, “Agressiv xatti-harakatlarning paydo boʻlishiga taʼsir qiluvchi omillar”,
“Oʻquvchilarda hulq-atvor ogʻishishlarini odini olish” mavzularida trening
mashgʻulotlari o’tkazildi. Ushbu trening mashgʻulotni o`tkazishdan maqsad
o`quvchilarning ruhiy holatlarini o`rganish, xulq-atvoridagi o`zgarishlarni talqin
qilish, agar biror bir o`quvchining xulq-atvorida qandaydur o`zgarishlar sodir
bo`layotgan bo`lsa, to`g`ri yo`ldan og`ish holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, qonunga
zid hatti-harakatlarni amalga oshirish, tajovuzkorlik , o`z-o`ziga zarar yetkazish
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
194
holatlari kuzatilayotgan bo`lsa buning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish edi.
Agar trening mashgʻulotini o`tkazish jarayonida o`z-o`ziga zarar yetkazish,
qonunbuzarlik, zararli odatlarga o`rganib qolish va agressiv holatlar kuzatilayotgan
oʻquvchilarni aniqlansa, korreksion guruhlar roʻyxatini shakllantirish ham ko`zda
tutilgan edi.
Trening mashg`ulotlari natijalarini tahlil qilindi, hamda korreksion
guruhlarga kiruvchi oʻquvchilar roʻyxatini aniq, sinflar kesimida shakllantirildi.
“Maktab – oila – mahalla hamkorligi doirasida 1-sinfdan 11-sinfgacha
bo’lgan jami o’quvchilar orasidan ijtimoiy-psixologik xavfi mavjud boʻlgan oila
farzandlari sifatida ro`yhatga olingan 5 nafar o'quvchilarning har biriga alohida
alohida yig'ma jildlar shakllantirilgan bo`lib, sinf rahbari,O’IBDO’,inspektor
psixolog, psixolog hamda biriktirilgan tarbiyachi pedagog bilan hamkorlikda
korreksion ishlar amalga oshirilmoqda. O’quvchining o’zi bilan ham yakka
suhbatlar tashkil etilib borilmoqda. “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini
oshirish” haftaligi tashkil etildi. Haftalik doirasida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, tadbirlar doirasida mahalla hududidagi namunali oilalar ro`yhatida
turuvchi hudayberdiyevlar oilasidan Hudayberdiyeva Fotimaxon aya taklif etilib ,
aya ishtirokida ota-onalar bilan davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbati davomida
oilalarga , ayniqsa yosh ota-onalarga farzand tarbiyasida ota ham ona ham huddi
ta`lim dargohidagi ustozlar kabi mas`ul ekanligi, oila va maktab birgalikda
farzandlar tarbiyasi masalasiga katta e`tibor berishi lozimligi , bir bolaga yetti
qo`shni ota-ona ekanligi, tarbiyasiz bolaga ta`li berib bo`lmaydi, shu bois ham
avvalo bolalarning tarbiyasi masalasida aloxida e`tibor berish kerakligi haqida
tushuncha berdilar.
Pedagogik jamoa oʻrtasida kasbiy stress va emotsional soʻnish holatlarini
aniqlash va profilaktikasi bo‘yicha ishlash” doirasida bir qator ishlar amalga
oshirildi.
Xususan, jamoadagi barcha pedagoglar ishtirokida trening mashg`uloti
tashkil etildi. Trening mashg`uloti pedagoglar bilan samimiy tilaklar, bir-biriga
bo`lgan muomala, o`qituvchi va ustoz o`rtasida bo`ladigan suxbat jarayonlari
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
195
bo`yicha qiziqarli tarzda o`tkazildi.
Joriy o’quv yilining noyabr oyining birinchi haftasida Voyaga
yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari boʻyicha oʻquvchilar, pedagoglar
hamda ota-onalar oʻrtasida Respublika tashxis markazi tomonidan taqdim qilingan
soʻrovnomalar oʻtkazildi.
Maktabda zo`ravonlikni oldini olish ‘‘,,Zo‘ravonliksiz dunyoni birgalikda
yaratamiz‘‘, ,,Biz zo‘ravonlikning har qanday turiga qarshimiz‘‘ mavzularida
targ‘ibot ishlari olib borilda va Respublika Tashxis Markazi tomonidan maktab
amaliyotchi psixologlari uchun ish jarayonida qo‘llashlari uchun taqdim etilgan
bukletlar o‘qituvchi va o‘quvchilarga tarqatildi.
Delinkvent (qonunga zid), autodestruktiv, deviant, tajovuzkor, xulq-atvorga
ega xavf guruhiga kiruvchi oʻquvchilar bilan reja asosida belgilangan trening
mashg’ulotlari o’tkazildi. Kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.
Maktab pedagog hodimlari bilan “Ranglarni top” trening mashg’ulotini
tashkil qilishda avvaldan tayyorlab qo’yilgan stol o’qituvchilar xonasiga qo’yildi.
Stoldagi 5 tadan 10 ta rang li qog’ozchalar mavjud bo’lib ikki nafar ishtirokchiga 3
xil rang nomi curator tomonidan aytib turildi. Ishtirokchilar kim birinchi bo’lib
ushbu aytilgan ranglarni ushlashi kerak bo’ldi. Birinchi bo’lib barcha ranglarni
ushlagan ishtirokchi g’olib sanaldi. Trening 3 raundda o’tkazildi. Ustozlar trening
jarayonlariga qiziqish bilan ishtirok etdilar.
Sinf rahbarlariga Belgilangan sinf soatlari asosida tegishli mavzularning
oʻtilishi boʻyicha amaliy yordam berib borilmoqda jumladan noyabr oyinida har
juma kunining 1-soatlarida tashkil qilingan sinf soatlarida asosiy mavzu
“Zo’ravonlik va bulling bo’lganligi uchun maktab pedagogik jamoasiga mavzularni
o’tish bo’yicha belgilangan videoyo’riqnoma, multfilmlar, va videodarslar bir so’z
bilan aytganda darslar bo’yicha materiallar o’qituvchilarga yetkazildi.
Joriy o’quv yili davomida 5-7-sinf o'quvchilari bilan “To‘g‘ri ovqatlanish
tartibi”, “Gʻazabni boshqarish” , “Stress-menedjment va konfliktologiya”, “Biz va
jamiyat”, 8-9-sinf o`quvchilari bilan “Mening tanlovim” , “Muammoga yеchim
topish”, “Hayotiy maqsadlar”, 10-11-sinf o`quvchilari bilan “Salomatlik va
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
196
salomatlik komponentlari”, “Muloqot va muloqot qobiliyatlari” , “Biz bir-birimizni
tushunamiz!”, “Men va ijtimoiy rollarim” mavzularida trening mashgʻulotlari
o’tkazildi. Ushbu trening mashgʻulotni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarning ruhiy
holatlarini o`rganish, xulq-atvoridagi o`zgarishlarni talqin qilish, agar biror bir
o`quvchining xulq-atvorida qandaydur o`zgarishlar sodir bo`layotgan bo`lsa, to`g`ri
yo`ldan og`ish holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, qonunga zid hatti-harakatlarni amalga
oshirish, tajovuzkorlik , o`z-o`ziga zarar yetkazish holatlari kuzatilayotgan bo`lsa
buning oldini olish chora-tadbirlarini ko`rish edi. Agar trening mashgʻulotini
o`tkazish jarayonida o`z-o`ziga zarar yetkazish, qonunbuzarlik, zararli odatlarga
o`rganib qolish va agressiv holatlar kuzatilayotgan oʻquvchilarni aniqlansa,
korreksion guruhlar roʻyxatini shakllantirish ham ko`zda tutilgan edi. Trening
mashg`ulotlari natijalarini tahlil qilindi, hamda korreksion guruhlarga kiruvchi
oʻquvchilar roʻyxatini aniq, sinflar kesimida shakllantirildi.
“Muvafaqiyatga erishish” fleshmoblari tashkil etildi. Fleshmoblarni tashkil
etish uchun “Muvaffaqiyat formulasi”ni ifodalaydigan videokontent (fleshmob)lar
tayyorlandi. Yaratilgan fleshmoblarni maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalarida yoritildi, shuningdek, barcha o`quvchilar uchun namoyish etildi. Ushbu
fleshmoblarni o`tkazish orqali o`quvchilarga ular ham qolgan tengdoshlari kabi
muvafaqiyatga erishishlari mumkinligi , faqat buning uchun puxta bilim egallashlari
va o`z qiziqishlari bo`yicha qo`shimcha mashg`ulotlarga qatnashishlari kerakligi
tushuntirildi. “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish” haftaligi
tashkil etildi. Haftalik doirasida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Davra suxbati davomida oilalarga , ayniqsa yosh ota-onalarga farzand
tarbiyasida ota ham ona ham huddi ta`lim dargohidagi ustozlar kabi mas`ul ekanligi,
oila va maktab birgalikda farzandlar tarbiyasi masalasiga katta e`tibor berishi
lozimligi , bir bolaga yetti qo`shni ota-ona ekanligi, tarbiyasiz bolaga ta`li berib
bo`lmaydi, shu bois ham avvalo bolalarning tarbiyasi masalasida aloxida e`tibor
berish kerakligi haqida tushuncha berdilar.Har hafta juma kunlarining 1-soatiga dars
jadvali bo`yicha sinf soati darsi qo`yilgan. Sinflar kesimida o`quvchilarning sinf
soatlarida qanday ishtirok etayotgani, mavzu bo`yicha o`quvchilarga qanday
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
197
tushunchalar berilayotgani nazorat qilindi. Mavzularni yoritishda sinf rahbarlarga
amaliy yordam ko`rsatildi. Sinf o`quvchilarining ruhiy holatidan kelib chiqib,
o`quvchilar bilan qiziqarli trening mashg`ulotlari tashkil etildi. “Farzand tarbiyasida
ota-onaning masʼuliyatini oshirish” ishlari amalga oshirish natijasida ichki
ro’yhatga olingan o’quvchilar barchasi ichki ro’yhatga olinganlar chiqarildi.
Psixoemotsional holatlarning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy
ta'sirlarini kamaytirish va buning oldini olish choralarini ishlab chiqish va hayotga
keng tatbiq etish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. Inson hayotida yuzga keluvchi
psixoemotsional holatlar ichida stressing o'rni o'zgachadir. Ko'plab insonlar
boshidan kechirayotgan doimiy stressga, oilaviy, ishhonadagi muammolar,
shuningdek, hayotning iqtisodiy muammolari bilan ham bog'liqligini taxmin qilish
mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan bu stress omillari mikroijtimoiy
stressorlar asosida rivojlanib kelmoqda. Stress -so'zi inglizcha so'zdan kelib chiqib
- "zoriqish", "keskinlik", "bosim" -ma'nolarni bildiradi. Stress tushunchasini birinchi
bo'lib Kanadalik fiziolog Gans Selye fanga olib kirgan.
U stressing shaxs faoliyatiga ijobiy va salbiy ta'sirlarini va stress vaziyatida
moslashuv(adaptatsiya) jarayonlarini tadqiq etgan. G.Selye stressga sabab bo'luvchi
omillami - stressorlar nomi ostida birlashtirgan.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktab psixologi ushbu jarayonda muhim
rol o‘ynaydi. U o‘quvchilarning ruhiy zo‘riqishini erta aniqlash, stressni kamaytirish
bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘qituvchilar va ota-onalar
bilan hamkorlikda sog‘lom psixologik muhit yaratishga xizmat qiladi.
Shu sababli, maktabda psixologik xizmatni takomillashtirish va ruhiy
zo‘riqishlarni oldini olishga yo‘naltirilgan dasturlarni joriy etish bugungi kunda
dolzarb masalalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. T. : Toshkent-2010.
2.
Jalolova M.O. "O'smirlik davrida stress holatlari diagnostikasi va
korrektsiyasi" .Magistrlik dissertatsiyasi, Andij on-2017.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
198
3.
G' oziyev.E.G'.Umumiy psixologiya. T. : -2003.
4.
https://mymedic.uz.
5.
http:// library.ziyonet.uz.
6.
Saviya.uz