Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
185
O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH-ZAMON
TALABI
Mingbayeva Marxabo Kadirovna
Toshkent viloyati Ohangaron tumani 20-umumiy oʻrta ta’lim maktabi
psixologi
Annotatsiya: Kasbni to‘g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir,
yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik
to‘g`ri tanlanishiga bog`liq. Kasbni to‘g`ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining
qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning
sog`lig`ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy
foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon
bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: kasb, layoqat, jamiyat, malaka, ko‘nikma.
KIRISH
Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu
insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va
ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda
ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim
yo‘nalish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash
fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu
mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o‘qituvchining
kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni
olg‘a surganlar. O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin
ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy
hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini
tavsiflaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida
to`g‘ri kasb tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning insonga qo`yadigan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
186
talablarini; kasblar olami, kasblar shajarasi, O`zbekiston xalq xo`jaligidagi muhim
kasblar, kasblar tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar,
mehnat shartsharoitlari, vositalari, fani, maqsadi bo`yicha shajaralanishi,
o`quvchilarni o`z qiziqish va moyilliklari, o`z xarakterining o`ziga xos
xususiyatlarini, o`z nerv tuzilishi, psixikasi, o`z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar
to`ғrisida ma’lumot olish maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida
ehtiyojning o`zgarib borishini, salomatligining tanlagan kasbiga mos kelishi,
hududda joylashgan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarida ta’lim yo`nalishini
ixtiyoriy tanlashi; o`qishni davom ettirish imkoniyatlari. Kelgusi mavqeini bilishi
zarur.
Kasbni to‘g`ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning
butun hayotidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan kasbning qanchalik to‘g`ri tanlanishiga
bog`liq. Kasbni to‘g`ri tanlash har bir maktab o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga,
qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog`lig`ini,
o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va
unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘proq qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Odam
bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo‘lib, mehnat unumdorligini doimo
oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo‘r qiziqish bilan qarasa, o‘z ishining ijtimoiy
ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa,
o‘shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo‘ladi, bunday hoolda
har bir shaxs jamiyatga eng ko‘p naf keltiradi. Mana shu aytgan gaplardan kasb
tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash
juda katta ahamiyatga ega. Odam shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko‘rsa, bundan u
xursand bo‘ladi, qoniqish hosil qiladi, zo‘r tashabbus ko‘rsatadi, toliqmay mehnat
unumini oshiradi. Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi va
ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot
yo‘lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada
ma`lumotli bo‘lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam
taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo‘lgan
qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob`ektiv zaminga ega bo‘lib,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
187
voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda
Kasbga yo‘naltirish – bu har bir individumning o‘ziga xos individual
xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy
o‘rnini topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va
vositalar tizimidir. U insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning
aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga
yo‘naltirilgandir.
Kasbga yo‘naltirish – mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga
ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo‘naltirishni hal etish vazifalari
bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatga
ega muammodir. Kasbga yo‘naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli
rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon
yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat
siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. kasbga
yo‘naltirish shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va
kasbiy faolligini oshirish hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol
o‘ynaydi. Kasbga yo‘naltirish tadbirlari inson tomonidan o‘z kasbiy malakasini
oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual
va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama
va barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning
ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o‘quv-tarbiya
jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasbga yo‘naltirish quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy
moslashish.
Kasbiy axborot – ma’lum bir kasbni egallash hohishi bo‘lgan shaxsga, turli
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o‘sish
imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning
shakllanishiga, shaxsning istak va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar hamda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
188
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash,
targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash yoki faoliyat turinio‘zgartirishda yordamga
muhtoj bo‘lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari,
kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish
asosiyda psixologik-maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot
tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik
darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash)
asosida shaxsni har tomonlama o‘rganish tizimidir.
Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-
psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni
muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga
yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.
Professiografiya (axborot, tashxis, korreksiyalovchi, shakllantiruvchi) va
kasbiy tashxis (shaxsni o‘rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiy va boshqa
usullarining majmui) kasbga yo‘naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining
asosi hisoblanadi.
O`quvchilar kasblarni tahlil qila olishi; o`zlarining shaxsiy sifatlarini,
qiziqishini va salomatlik darajalarini to`g‘ri baholay olishlari, kasblarning insonga
qo`yadigan talablari bilan o`zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari,
shaxsiy kasbiy rejalarini tuza olishlari zarur.
O`quvchilar Xalq xo`jaligi asoslari bo`limi bo`yicha xalq xo`jaligi
sohalarini, xalq xo`jaligida ro`y berayotgan islohotlarni, bozor iqtisodiyoti
talablarini, davlat xususiy korxonalarini, kooperasiya, firma, shirkat, konsernlar,
ularda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, texnologik jarayonlar, mahsulotlarni
tayyorlash bosqichlari, tabiatni ishlab chiqarishning zararli ta’siridan muhofaza
qilish, mahsulot qiymatini arzonlashtirish yo`llari, qishloq xo`jaligida ishlab
chiqarishning davriyligini, maromli, oqimligi; ishlab chiqarishni rejalashtirish,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
189
irrigasiya va meliorasiya ishlarini; mehnat qonunchiligini.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari.
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini rivojlantirishning asosiy bosqichlari
quyidagicha:
Birinchi bosqich (maktabgacha ta’lim yoshi) – maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda (katta guruh) mehnat bilan band bo‘ladigan insonlarga, ularning
mashg‘ulotlariga, shuningdek, qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha
dastlabki mehant ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy-ta’sirchan shakllantirish;
Ikkinchi bosqich (1-4 sinflar) – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
bilishga oid va o‘yin ko‘rinishidagi ijtimoiy-foydali mehnat faoliyatini amalga tatbiq
qilish orqali, mehnatga hurmat, uning inson hayotida va jamiyatda tutgan o‘rnini
anglashini, ota-onalarining kasblariga hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan
qiziqishini rivojlantirish;
Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) – o‘smirlar kasbiy yo‘naltirilganlik bo‘yicha
kasb tanlash va jamiyatdagi o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishi,
qobiliyati, ijtimoiy qadriyatlarning izlanuvchan – sinchkov ko‘rinishlarini
shakllantirish;
To‘rtinchi bosqich (8-9 sinflar) – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni
shakllanish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga
egaligini tushunib yetishi, qadriyatlar to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini, faoliyat
sohasini tanlashning jamiyat maqsadlari bilan qiyoslay olshini shakllantirish davri;
XULOSA
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta’minoti,
tegishli toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijitmoiy-iqtisodiy,
psixologik-pedagogik
va
tibbiy-fiziologik
muammolari
bo‘yicha ilmiy
tekshirishlarni muvofiqlashtirish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining O‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
respublika Tashxis markazi amalga oshiradi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past
bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
190
ham katta boylikdir. Umumta’lim maktablarining oqsoq tomonlari haqida gapirar
ekanmiz, bir muhim muammoni ta’kidlamasdan o‘tolmaymiz. Bu muammo – bugun
9-sinfni bitirayotgan bolalarimiz taqdiri. Respublikamizda taxminan 5 million 200
ming maktab o‘quvchisidan 9-sinfni bitirayotganlar 450 ming nafar bolani tashkil
qiladi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR
1.
Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T.,
2004.
2.
Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiya. T., 1998.
3.
Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1970
4.
G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994
5.
Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976