Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
181
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARIDA DARSLARNI
OʻZLASHTIRISHDAGI MUAMMOLARNING PSIXOLOGIK
YECHIMLARI
Sharapova Firuza Amrilloyevna
Buxoro viloyat Peshku tumani 10-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Boshlang’ich sinf o’quvchilar shaxsining shakllanishi o’quv
faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining
yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham
imkoniyat yaratadi.
Kalit so’zlar: aqliy mehnat, boshlang’ich sinf, yetakchilik qobilyati
KIRISH
Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar o’yin,
muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bogliq bo’lgan
shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi
bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek,
tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana
shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi
mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zlari erishgan muvaffaqiyatini
boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.
Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida
bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu
motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha
davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek
o’smirlik davrida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar
kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o’zlariga o’zlari baho
beradilar. O’quvchining o’ziga-o’zi beradigan bahosi, asosan, to’g’ridan-to’g’ri
o’qituvchining beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
182
bog’liq. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’z-o’ziga beradigan baholari
turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo’lishi mumkin. Bu yoshdaga bolalarda
mavjud bo’lgan ishonuvchanlik,ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik,
itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi
imkoniyat yaratadi.
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga
erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va
mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish
motivlari tarkib topishi bilan bir qatorda, mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar
rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o’qish
va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada o’zi
qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada
mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq. Agar bola haddan
ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo’lsa, unda asta- sekinlik bilan
bo’ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq bolani vaqtli
mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi
mumkin, chunki hayotiy tajribalari, asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda
o’zlashtiradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan
ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir.
Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga
biror bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida
bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana
shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
Baho
o'quvchi o‘zlashtirishiga ta’sir qiladimi?
Birinchi sinf o'quvchisining har qanday intilishini qadrlash lozim.
Dabdurustdan yomon bahosi bilan maktabga endigina qadam qo'ygan bolaning
orzularini bir zumda yo'qqa chiqarishga hech bir o'qituvchining haqqi yo'q. Shuning
uchun har bir bolaga individual yondashib, o'qish istagidagi barcha harakatlarini
rag'batlantirish zarur. Bu borada joriy qilingan ball sistemasida baholash eng oqilona
yo'ldir. Biroq birinchi sinf o'quvchisiga «1» baho emas, ball deb tushuntirsangiz-da,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
183
u baribir baho deb tushunadi. Shuning uchun har gal birinchi sinfni qabul
qilganimda ularni maktab ta’limiga moslashgunlaricha baholamayman. Balki
rag'batlantiraman. Ya’ni, gul — «5», gulning yaprog'i — «4», shunchaki aylana —
«3», uchburchak — «2»ni anglatadi. Rangli uchburchakni qo'lga kiritgan
o'quvchimga bu uchburchak «ikki»ni anglatadi deb hech qachon izoh bermayman.
Har bir predmet ball hisoblanishini, faqat ular yaxshi yoki sustroq javob berilganiga
qarab turlicha bo'lishini tushuntirish zarur. Shuning uchun turli rangdagi aylana yoki
uchburchak olgan bolalarni ham xafa qilmaydi. Uning o'rniga «gul»ni qo'lga kiritish
istagida yaxshiroq harakat qiladi. 1- sinfda bolani ana shunday rag'bat usuliga
o'rgatib, ikkinchi sinf boshidan raqamli baholashga ko'niktirish, ularning o'qishga
bo'lgan ilk qiziqish va ishtiyoqini so'ndirmaslik uchun xizmat qiladi.
Darsga tayyorlanmagan bolani yaxshiroq harakat qildirish, mas’uliyatni
chuqurroq his qilishi uchun ham har doim a’lo baho qo'yib bo'lmaydi. Har bir
o'quvchini mehnatiga yarasha baholash kerak. Har qanday vaziyatda ham bola
rag'batlantirib turilsa, tushkunlikka tushmaydi. Uning o'rniga xatolarini
takrorlamaslikka tirishadi. Buning uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin:
hafta mobaynida «to‘rt» olmagan o'quvchiga yulduzcha sovg'a qilinadi. Agar
birikkita «to‘rt» olsa-da, bolaning intilishlari namunali bo'lsa, uni ham yulduzcha
bilan taqdirlanadi. Bir oy oxirida 4ta yulduzcha, ya’ni har haftada yulduzcha olgan
bolaga kitob sovg‘a qilish ularga o’ziga xos motivatsiya beradi. Buni ko‘rgan
sinfdagi yaxshi yoki o'rta o'qiydigan o'quvchilar ham qiziqadi, havas qiladi va o'zlari
ham qatorasiga rag'batlarni qo'lga kiritishga harakat qiladi. Chunki o'quvchi uchun
o'qituvchining e'tibori hamma narsadan ustun turadi.
XULOSA
O'qituvchi har bir darsda imkoni boricha butun sinf jamoasini baholay olishi
kerak. Hech bo'lmaganda, bolaning darsga qanday tayyorgarlik ko'rganini nazorat
qila olishi darkor. Shundagina har bir o'quvchi berilgan vazifaga jiddiy qaraydi.
Yana sinfdagi yetakchi bolalarda o'zlarini ko'rsatish, birinchi bo`lish istagi yuqori
bo`lganligi uchun ham ular topshiriqlarni dars jarayonining o'zidayoq bajarib, tezda
baholanishni xohlaydilar. Biroq bunda o'zlashtirish sayoz bo'lib qolishi mumkin.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
184
Chunki tez qabul qilingan ma’lumotlar inson xotirasidan qisqa muddatda o'chib
ketadi. Shuning uchun, boladagi har bir qilingan harakatni hurmat qilgan holda
unchalik faol bo'lmagan bolalarni ham bahslarga, savol- javoblarga ko'proq jalb
qilish kerak. Ularni ham fikri teran, har qanday vaqtda vazifaga yechim izlaydigan
faol o'quvchiga aylantirishda o'qituvchi ter to'kishiga to'g'ri keladi. Shu mehnat
ortidan esa, albatta, sinf jamoasining ko'rsatkichlari yuqori bo'lishiga erishiladi.
Bola olayotgan har bir bahoda ota-ona omilining o‘rni bo’lishi zarur. Ayniqsa, har
bir qo'yilgan «2» dan ota-ona xabar topishi, kerak bo'lsa, o'qituvchi tomonidan
aytilishi kerak. Bu o'quvchining yo'l qo'yayotgan kamchiligini to'g'rilashga va
ruhining tushib ketmasligiga xizmat qiladi. Ota-onalarning bu o'rinda bolani asossiz
ravishda «nimaga ikki olding?» deb koyiyverishidan hech qanday naf yo'q.
Boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun tanqid yoqimsiz narsadir. Xuddi shu kabi
«ikki» ham u uchun muvaffaqiyatsizlik, ojizlik belgisidek tuyuladi. Shu bois
birinchi sinf o'quvchisiga «2» baho qo'yilmasa maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki har
bir past bahoni ham bolaning ko'nglini o'ksitmagan holda, ehtiyotkorlik bilan
qo'yish zarur. Sababi birgina baho o'quvchining umumiy bilim olish darajasiga ta’sir
qilmay qolmaydi. Yoxud matematikadan misol yechishga qobiliyati zo'r bolani
she’rni ifodali o'qib bera olmaslikda ayblab, u fandan «5», bu fandan «2» qo'yilsa,
o'quvchida fanlarni ajratish hissi paydo bo'ladi. Bora-bora shu bola «adabiyotdan
mening iqtidorim yo'q», deb o'ziga- o'zi xulosa chiqarishi mumkin. Bu esa
gullamoqchi bo'lgan gulni uzib olish bilan barobardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent
1997 y.
2.
Goliza M.V. “Возристная и педагогичеслая психология”
3.
Gafarov A.E, “ Pedagogik amaliyot”. Toshkent 2002 y.
4.
Gurova A. “Диагностика психочесткого разбитая детей”.