Mualliflar

  • Shermatova Manzura
  • Pulatxanova Gulnoza

Muallif tarjimai holi

  • Shermatova Manzura

    “University of Business and Science” Pedagogika va psixologiya kafedrasi kata o’qituvchisi (PhD),

  • Pulatxanova Gulnoza

    “University of Business and Science” Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.87385

Kalit so‘zlar:

O’smirlik identiklik ijtimoiy moslashuv psixologik rivojlanish psixokorreksiya zamonaviy yondashuvlar.

Annotasiya

Mazkur maqolada o’smirlik davridagi shaxsiy identiklik va ijtimoiy moslashuv jarayonlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O’smirlikning o’ziga xos xususiyatlari, identiklikni shakllanishi, moslashuvda uchraydigan muammolar, shuningdek, zamonaviy psixokorreksion usullar yoritilgan. Mavzu bo’yicha nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalar berilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

150

O’SMIRLIK DAVRIDA SHAXSIY IDENTIKLIK VA IJTIMOIY

MOSLASHUV

“University of Business and Science” Pedagogika va psixologiya kafedrasi

kata o’qituvchisi (PhD), Shermatova Manzura

“University of Business and Science” Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi

talabasi Pulatxanova Gulnoza

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada o’smirlik davridagi shaxsiy identiklik

va ijtimoiy moslashuv jarayonlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.

O’smirlikning o’ziga xos xususiyatlari, identiklikni shakllanishi, moslashuvda

uchraydigan muammolar, shuningdek, zamonaviy psixokorreksion usullar

yoritilgan. Mavzu bo’yicha nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: O’smirlik, identiklik, ijtimoiy moslashuv, psixologik

rivojlanish, psixokorreksiya, zamonaviy yondashuvlar.

ЛИЧНАЯ ИДЕНТИЧНОСТЬ И СОЦИАЛЬНАЯ АДАПТАЦИЯ В

ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

Старший преподаватель кафедры педагогики и психологии (PhD) “University

of Business and Science” Шерматова Манзура

Студентка направления начального образования “University of

Business and Science” Пулатханова Гульноза

АННОТАЦИЯ: В статье анализируются процессы личностной

идентичности и социальной адаптации в подростковом возрасте с

психологической точки зрения. Освещены особенности подросткового

возраста, формирование идентичности, проблемы адаптации, а также

современные психокоррекционные методы. По данной теме даны

теоретические взгляды и практические рекомендации.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

151

Ключевые слова: Подростковый возраст, идентичность, социальная

адаптация, психологическое развитие, психокоррекция, современные подходы

PERSONAL IDENTITY AND SOCIAL ADAPTATION DURING

ADOLESCENCE

Senior Lecturer at the Department of Pedagogy and Psychology (PhD),

“University of Business and Science” Shermatova Manzura

Student of Primary Education program, “University of Business and

Science” Pulatxanova Gulnoza

ABSTRACT: This article analyzes the processes of personal identity and

social adaptation in adolescence from a psychological perspective. The specific

features of adolescence, the formation of identity, problems encountered in

adaptation, as well as modern psychocorrectional methods are highlighted.

Theoretical views and practical recommendations on the topic are given.

Keywords: Adolescence, identity, social adaptation, psychological

development, psychocorrection, modern approaches.

KIRISH.

Bugungi kunda yoshlar, ayniqsa o’smirlik davridagilarning ruhiy

holati, shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga moslashuvi psixologiya fanining eng

dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. O’smirlik davri inson hayotida muhim o’tish

davri bo’lib, unda shaxsiy identiklikni shakllantirish va ijtimoiy muhitga moslashish

jarayonlari kechadi. Shu bois, ushbu davr psixologiyasini chuqur o’rganish amaliy

psixologiyada muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsiy identiklik insonning o’zini anglash, hayotda o’z o’rnini topish va

ijtimoiy muhitda moslashish jarayonida muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, o’smirlik va

ilk yosh davrida bu jarayon faollashadi. Zamonaviy psixologiyada identiklik

nazariyasi muhim mavzulardan biri hisoblanadi.[1]

O’smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi.

Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

152

birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik

o’sisholdinroq namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga

o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o’smir bola emas, biroq katta ham

emas” ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O’smirlik —

bolalikdan kattalikka o’tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos

xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik

taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi

ortadi,

xarakteri shakllanadi

, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.

O’smirlik balog’atga yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga

taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda

o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik

hamda psixologik o’zgarishlardir.Bo’yga o’sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7

sm o’ssalar, o’g’il bolalar 5-10 sm o’sadilar. Bo’yiga qarab o’sish paysimon ilk

suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro’y

beradi. [2]

O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil

nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz.

O’smirlik yoshiga xos yorqin Psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning

boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya

bo’lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va

tarixiy o’zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning

interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyotning o’zaro masalasini

ko’rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi

qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi, demak muloqot nisbatan

tizimlashtirilgan shaklda – o’qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik

ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim

psixikaning shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish

jarayonida o’zgaradi.

Psixologiyada identiklik bu insonning o’zini yaxlit va doimiy shaxs sifatida

anglashidir. E. Erikson – identiklik nazariyasining asoschilaridan biri. Unga ko’ra,


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

153

identiklikning shakllanishi ayniqsa o’smirlik davrida muhim bo’ladi. Bu bosqichda

shaxs o’zligini topish (identiklik) yoki rol chalkashligi (rol confusion) holatlariga

duch keladi. E. Erikson identiklikni psixosotsial rivojlanishning asosiy bosqichi

sifatida ko’radi. Unga ko’ra, o’smirlikda shaxs o’zligini anglashga harakat qiladi.

Psixologiyada identiklik (lotincha identitas – “o’zlik”, “o’xshashlik”) bu

shaxsning o’zini biror doimiy, yaxlit, mantiqan izchil individ sifatida anglashidir.

Identiklik o’z-o’zini tanib olish, ijtimoiy guruhlarda o’z o’rnini topish va o’z hayot

yo’lini belgilashda asosiy rol o’ynaydi.

J. Marcia – Erikson nazariyasini rivojlantirib, identiklikning to’rt tipini taklif

qilgan:

1. Yakunlangan identiklik (Identity Achievement): shaxs izlanish olib borib,

o’z yo’lini tanlagan.

2. Identiklik inqirozi (Moratorium): izlanish bosqichida, lekin yakuniy

qarorga kelmagan.

3. Qabul qilingan identiklik (Foreclosure): izlanmasdan, boshqalarning

fikrini qabul qilgan.

4. Diffuz identiklik (Identity Diffusion): na izlanish bor, na qaror mavjud.

Identiklikni bir necha turlari mavjud bo’lib ular:

Shaxsiy identiklik – bu insonning “men kimman?” degan savolga javob

topish jarayonidir. U shaxsning o’zini qanday anglashini, boshqalar bilan

farqlashini, ijtimoiy rolini, e’tiqodini, qadriyatlarini, maqsad va kelajak rejasini

belgilashiga asos bo’ladi. [2]

Ijtimoiy identiklik – o’zini muayyan guruh (millat, din, kasb, jins) vakili deb

his qilish.

Madaniy identiklik – o’z madaniy qadriyatlari va an’analariga asoslangan

o’zlik hissi.

O’smirlar o’zlarini anglash, qiziqishlarini aniqlash, kelajak kasbini tanlash

kabi masalalar bilan shug’ullana boshlaydilar. Bu davrda shaxsiy identiklikning

shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi,

ommaviy axborot vositalari, shaxsiy tajriba va madaniy muhit kabi omillar ta’sir


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

154

qiladi.

Oila – birinchi ijtimoiy guruh bo’lib, qadriyat va e’tiqodlarni uzatadi.

Shaxsning dastlabki identiklik tajribalari oilada shakllanadi.

Do’stlar va tengdoshlar – ijtimoiy taqqoslash orqali o’zini anglashni

shakllantiradi. Do’stlar va tengdoshlar bilan muloqot identiklikni mustahkamlashda

muhim rol o’ynaydi

Madaniyat: Madaniy qadriyatlar va an’analar identiklikni shakllantirishda

asosiy omillardan biridir.

Ta’lim tizimi – dunyoqarashni kengaytiradi, kasb tanlashga ta’sir qiladi.

Ommaviy axborot vositalari va internet – turli identiklik modellarini taqdim

etadi.

Shaxsiy tajriba – muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar orqali o’zini anglash

chuqurlashadi. Insonning hayotiy tajribalari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklari

identiklikni rivojlantiradi.[3]

Identiklik inqirozi insonning o’zini anglay olmasligi, hayotiy yo’lini

topolmasligi bilan bog’liq. Bunday holat o’smirlikda ko’proq uchraydi. Identiklik

inqirozi – bu inson o’zini anglashda chalkashlikka tushgan holatdir. Bu holat

ko’pincha o’smirlik davrida yuzaga keladi va insonning kimligini, hayotdagi o’rnini

aniqlay olmasligi bilan tavsiflanadi. Bunday inqirozdan chiqish uchun psixologik

yordam, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va shaxsiy tajriba muhim ahamiyatga ega.

Identiklik inqirozining belgilari: o’z rolini aniqlay olmaslik, hayotiy

maqsadsizlik, o’ziga nisbatan ishonchsizlik, ijtimoiy yakkalanish.

Psixologik yordam va ijobiy ijtimoiy muhit bu inqirozdan chiqishga yordam

beradi.

O’smirlik – bu bolalikdan kattalikka o’tish bosqichi bo’lib, jismoniy, ruhiy

va ijtimoiy o’zgarishlar bilan tavsiflanadi. Bu davrda shaxsning mustaqil fikrlashi,

o’zligini anglash va o’z o’rnini topishga bo’lgan intilishi kuchayadi. Eriksonning

psixososial rivojlanish nazariyasiga ko’ra, aynan o’smirlik bosqichida identiklik va

rolga aniqlik masalalari hal qilinadi [4].

Ijtimoiy moslashuvda uchraydigan psixologik muammolar

ijtimoiy


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

155

moslashuv – individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu

jarayonning natijasi.

Ijtimoiy moslashuv

uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga

qaramasdan, uni odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy

davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar. Moslashish jarayonining

ijtimoiy muxitga faol taʼsir etish koʻrinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni

kelishuvchanlik bilan, passiv qabul qilish koʻrinishi boʻladi.

Ijtimoiy moslashuv

shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir.

Ijtimoiy

moslashuv

ning samaradorligi koʻp jihatdan individ oʻzini va oʻzining ijtimoiy

aloqalarini qanchalik oʻxshash (adekvat) anglashiga bogʻliq. Oʻzi toʻgʻrisidagi

ijtimoiy tasavvurning notoʻgʻriligi yoki yetarlicha emasligi

ijtimoiy moslashuv

ning

buzilishiga olib keladi, bu holat (voqelik) ning eng ayanchli koʻrinishi autizm

individning atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochib, oʻzining ichki kechinmalari

dunyosiga gʻarq boʻlishidir.

Ijtimoiy moslashuv

muammosi jahon psixologiyasida

psixoanaliz, autizm, deprivatsiya kabi ilmiy yoʻnalishlarda tadqiq etib kelinadi.

Bunda asosiy eʼtibor moslashuvning buzilishiga (ruhiy sohadagi buzilishlar,

begonalashish, apatiya, alkogolizm, giyohvandlik va b.) va uni tuzatish

(korreksiyalash) ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening

vositalariga yoʻnaltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati,

muomalasi orqali sodir boʻlsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi.

Shaxsning katta yoki kichik guruxlar muhitiga moslashishi

ijtimoiy moslashuv

samaradorligini oshiradi, taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi.

O’smirlar ko’pincha o’z tengdoshlari bilan munosabatlarda muammolarga

duch keladilar. Ijtimoiy bosim, o’ziga bo’lgan ishonchsizlik, o’qishdagi

qiyinchiliklar va oiladagi ziddiyatlar moslashuv jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Bu

holatlar ayrim hollarda depressiya, xavotir va hattoki tajovuzkorlik kabi holatlarga

sabab bo’lishi mumkin.

Bugungi kunda farzand tarbiyasi va yoshlardagi agressiv xulq atvor

normalarining nomoyon bo’lishida oilalardagi psixologik muhitning nosog’lomligi,

ota-onalarning farzand tarbiyasini ikkinchi o’ringa qo’yishi va noto’liq oilalar

sonining ortib borayotgani sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

156

mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi yoshlar balki ularning

ota-onalari bilan ham psixologik pedagogik bilimlar targ’ibotini olib borishni taqazo

etadi.

Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida o’smirlarning ijtimoiy moslashuvida

o’zaro munosabatlarning ahamiyatini o’rganishda biz Rene Xill metodikasidan

foydalandik. Tadqiqotda foydalanilgan Rene Xill metodikasi kichik maktab

yoshidagi bolalarda o’zaro munosbatni shakllanishini o’rganishda qo’llanilgan, biz

esa o’smirlarning ijtimoiy moslashuvini o’rganishda foydalandik.[5]

Quyidagi jadvalda Rene Xill metodikasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot

natijalari keltirilgan.

Ishtirokchilar

Oila iqlimi

Muloqot
darajasi

Empatiya
darajasi

Moslashuv
ballari

Moslashuv
darajasi

1

1-o’quvchi

Iliq

Yaxshi

O’rta

75

Yuqori

2

2-o’quvchi

Sovuqqon

Past

Past

48

Past

3

3-o’quvchi

Iliq

Yuqori

Yuqori

82

Juda yuqori

4

4-o’quvchi

Moʻtadil

O’rta

O’rta

65

O’rta

5

5-o’quvchi

Sovuqqon

Past

O’rta

50

Past

6

6-o’quvchi

Iliq

Yuqori

Yuqori

85

Juda yuqori

7

7-o’quvchi

Moʻtadil

O’rta

O’rta

63

O’rta

8

8-o’quvchi

Iliq

Yaxshi

Yuqori

78

Yuqori

Moslashuv ballari va darajalar:

past darajadagi moslashuv 0-49 ball;

o’rta darajadagi moslashuv 50-69 ball;

yuqori va juda yuqori darajadagi moslashuv 70-100 ball.

Oila, maktab va jamiyatning roli, o’smirlarning sog’lom psixologik

rivojlanishi uchun oila muhitining iliqligi, maktabdagi psixologik xizmatning

samaradorligi va jamiyatdagi ijobiy ijtimoiy muhit muhim omillardandir. Ota-onalar

bilan ochiq muloqot, maktab psixologlari bilan doimiy ishlash va jamiyatdagi

konstruktiv faoliyatlarda ishtirok etish o’smirning ijtimoiylashuvini yengillashtiradi.

Xulosa

qilib aytganda, shaxsiy identiklik inson hayotida muhim psixologik

jarayon bo’lib, uning shakllanishi jamiyatda muvaffaqiyatli moslashuv uchun

muhimdir. Psixologlar, pedagoglar va ota-onalar ushbu jarayonga ongli yondashib,

yoshlarning o’zligini shakllantirishga ko’maklashishlari kerak, o’smirlik davrida

shaxsiy identiklik va ijtimoiy moslashuv muammolari har bir jamiyat uchun muhim

masala hisoblanadi. Oila, maktab va psixologlarning hamkorligi, zamonaviy


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 2-son May 2025

157

psixologik yondashuvlardan foydalanish o’smirlarning sog’lom shaxs sifatida

shakllanishini ta’minlaydi. Shu bois, har bir pedagog va psixolog bu davr

xususiyatlarini chuqur o’rganib, mos strategiyalar ishlab chiqishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Erikson E. Identichnost: yunost i krizis. – M.: Progress, 1996.[1]

2.

Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – T.: O’zbekiston, 2020. [2]

3.

Musurmonova O. Yosh davrlari psixologiyasi. – T.: Fan va texnologiya,

2019. [3]

4.

Murodova M. Psixologiya asoslari. – T.: Iqbol, 2021. [4]

5.

Nurmatova S. Bolalar va o’smirlar psixologiyasi. – T.: Ilm ziyo, 2022. [5]

6.

Marcia J. Development and validation of ego-identity status. Journal of

Personality and Social Psychology, 1966.