Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
141
MAKTABLARDA MUSIQA CHOLG’U ASBOBLARINI
O’RGATISH YO’LLARI
Способы обучения игре на музыкальных инструментах
Teaching musical instruments in schools tracks
Ismailova Sevinch Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:Yulyaxshiyev Sherali Guliston Davlat Pedagogika instituti
o‘qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada barcha maktablarda musiqa cholg‘u
asboblarini tanishtirish, nomlanishini o‘rgatish, musiqaning tarbiyaga bo‘lgan
ta’siri, musiqa cholg‘u asboblarida ijro etib berish, ularni musiqa cholg‘u
asboblariga qiziqtira bilish so‘ngra musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatish
metodlari.
Kalit so‘zlar: Musiqa, ta’lim, tarbiya, o‘rganish, izlanish, harakat, qobiliyat,
qiziqish, aqliy, jismoniy, ruhiy rivojlanishi, ijodiy tomonlama yondashuvi .
Аннотация: В данной статье мы рассмотрим введение музыкальных
инструментов во всех школах, обучение их названию, влияние музыки на
воспитание, игра на музыкальных инструментах, умение заинтересовать их
музыкальными инструментами, а затем методы о6учения игре на
музыкальных инструментах.
Ключевые слова: музыка, образование, воспитание, обучение, поиск,
движение, способности, любопытство, умственное, физическое, развитие,
творческий подход.
Abstract: This article will introduce musical instruments in all schools, teach
naming, influence of music on upbringing, play on musical instruments, be able to
interest them in musical instruments and then teach musical instruments methods.
Key words: Music, education, learning, exploration, action, ability, interest,
mental, physical, mental development, creative factual approach.
KIRISH
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
142
Musiqa madaniyati fani o‘quvchilarga eng kerakli fan hisoblanganligi
tufayli hamma e’tibor qaratilyabdi. Musiqa fani o‘quvchilarning tarbiyasi,
madaniyat ila muomala qilishi, odobi, xulq- atvori va madaniy saviyasini
yuksaltirishga, ularning qobiliyatini, iste’dodini rivojlantirishda yordam beradi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev barcha maktablarga e’tibor qaratib,o‘zgarishlar
kiritmoqda. Maktablarda musiqa cholg‘u asboblarini o‘rganishi uchun ko‘plab shart-
sharoitlar yaratib kelmoqda. Maktablarda o‘quvchilarga musiqa bo‘yicha bilim
olishi uchun tajribali, oliy ma’lumotli kadrlar ishga olinmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2017–yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida” gi 187 – sonli qarori bilan Musiqa madaniyati fanidan Davlat ta’lim
standarti tasdiqlandi. Ushbu qarorda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa
madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy
madaniyatini rivojlantirish, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiya qilish, ijodiy
mahorat, nafosat va badiiy didini shakllantirish, o‘zbek hamda jahon musiqa cholg‘u
asboblarini tushuntirish va uni o‘rgatish hamda musiqa sadolaridan zavqlanishini
o‘rgatishidan iborat, deb belgilab qo‘yilgandir, shuningdek yurtimizda hozirgi
zamonda musiqa fani oldida turgan muhim muammolaridan biri bu ta’lim - tarbiya
jarayoni samaradorligini oshirish va uning qobiliyatini, iste’dodini rivojlantirish
hisoblanadi. Musiqa madaniyati fani bolalar uchun ta’lim- tarbiyasi, ma’naviy-
madaniy yuksaklikka erishadigan muhim omillardan biri bo‘lib, insoniy his –
tuyg‘ulariga ta’sir qilishi bilan ularning ma’naviy–axloqiy hislatlarni
tarbiyalayalashda muhim hisolanadi.
MUHOKAMA
Hozirgi kunda respublikamiz ta'lim tizimida "Ta'lim to‘g‘risida" gi qonun va
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning eng asosiy sifat bosqichida belgilangan
vazialarni
ro‘yobga
chiqarish
bo‘yicha
chuqur
o‘zgarishlar
amalga
oshirilmoqda.Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev
rahbarligida 2019– yil 19- martdagi “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
143
madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish
bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida“ o‘tkazilganligi tufayli
mamlakatimizda maktablarda musiqa madaniyati faniga ko‘proq e’tibor berilmoqda
va chunki musiqa madaniyati hamma soha, kasblar uchun kerak hisoblanadi.
Musiqa madaniyati fanini o‘qitishning oldiga esa o‘quv fani bo‘yicha egallagan
bilim, ko‘nikma, tajriba va malakalarni amaliyotida qo‘llash orqali o‘quvchilarda
kuzatuvchanikni, musiqa xotirasini, obrazli tasavvur qilishlikni, tashabbuskorlikni,
idrokni, tafakkurni rivojlanishi, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish asosida fikr
doirasini kengaytirish, etika va estetikasini rivojlantirish, o‘zbek va jahon
kompozitorlari, bastakorlari asarlarini, kuylarini, qo‘shiqlarini hamda turli janrlarni
bir-biridan farqlay olishi, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish
hamda rivojlantirish kabi vazifalar qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
maktablarda musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatishga, avvalambor ularni qiziqtirish
va ularning his-tuyg‘ularini yanada boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maktabda
bolalar musiqa cholg‘u asboblariga: fortepiano, rubob, dutor va boshqa cholg‘u
asboblari kiradi. Ushbu musiqa cholg‘u asboblari yordamida bolalarning eshitish
qobiliyatini, iste’dodini, his–tuyg‘ularini rivojlantirishda hamda shakllantirishda,
ularni idrok eta olishida yordam beradi .
Musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatishning oson yo‘lidan biri bu o‘zi bilgan
qo‘shiqlarni ijro etib, so‘ngra u qo‘shiqni mazmun–mohiyatini tushuntirish, ushbu
qo‘shiq bilan savol –javoblar yordamida idrokini, tafakkurini, tevarak atrofdagi
narsalarni tasavvurida shakllantirishga yordam beradi so‘ngra ushbu qo‘shiqni
biror–bir musiqa cholg‘u asbobida o‘rgatish natijasida bolalarda qiziqish va izlanish
rivojlanib hamda shakllanib boradi .
Maktablarda hatto musiqa cholg‘u asboblarini ijro etgan holatda
repertuarlar ijro etsa ham bo‘ladi lekin bunday darajaga yetishish uchun avvalambor
ularda musiqa cholg‘u asboblarini ijro etgan holatda kuylashga, eshitishga,
o‘rganishga qiziqtirish turli xil ko‘rgazmalardan, metodlardan, materiallardan
kompetensiyalardan foydalanish maqsadga muvoqfiq bo‘ladi. Maktablarda bolalarni
turli hil konsertlarga, tadbirlarga qatnashtirish lozim, chunki o‘shanda bolalarda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
144
musiqaga bo‘lgan his –tuyg‘ulari, qiziqish uyg‘onadi va o‘rganishga talabi ortadi,
izlanadi.
Musiqa cholg‘u asboblarining mutaxassislari bilan maktab o‘quvchilari bilan
qiziqarli ochiq uchrashuvlar, mahoratli darslar o‘tkazishlari natijasida cholg‘u
asboblari haqida tafakkurlari, fikrlari, idroklari rivojlanishi, turli hil his tuyg‘ularga
ega bo‘lishi hamda o‘rganishga qiziqishi ortib boraveradi. 2022- 2023- o‘quv
yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va
ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatini
orttirish, shakllantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab – quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
Mazkur qarorga 1-ilovasiga ro‘yhatda kiritilgan milliy musiqa cholg‘ularida
kamida 1 tasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda ta’lim to‘g‘risidagi
hujjatiga ya’ni shahodatnomasiga tegishli qayd kiritiladi. Musiqa madaniyati fani
uchun 2023- 2024–o‘quv yilidan boshlab esa kamida 3 tasidan kuy ijro etish
mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiydir. Bizning
o‘ylashimizcha, musiqa madaniyati fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida
hamda to‘garaklar soatida “Hayotimning mazmunini biri cholg‘udir “ shiori ostida
cholg‘u ijrochiligi hamda qo‘shiq kuylash dars mashg‘ulotlari o‘tilishi natijasida
bolalarda o‘sish yanada rivojlanadi va shakllanib boraveradi deb o‘ylaymiz. .
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mening o‘ylashim bo‘yicha maktablarda
musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatish yo‘llari orqali bolalarning ma’naviy, ruhiy,
jismoniy, his tuyg‘ulari, idrokni, tafakkurni rivojlanishi, badiiy va musiqiy didini
rivojlantirish asosida fikr doirasini kengaytirish, etika va estetikasini rivojlantirish,
bolalar uchun ta’lim- tarbiyasi, ma’naviy - madaniy yuksaklikka erishadigan
muhim omillardan biri bo‘lib hisoblangan holatdi insoniy his – tuyg‘ulariga ta’sir
qilishi bilan ularning ma’naviy – axloqiy hislatlarni tarbiyalashga yordam
beradi.Musiqa madaniyat fani bo‘yicha cholg‘u asboblarini o‘rganish natijasida
ularning eshitish qobiliyatlari shakllanib rivojlanish natijasida o‘sib boradi va hamda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
145
iste’dodlari rivojlanishi ortib boradi. Maktablarda bolalarga musiqa madaniyat fani
o‘tilishi kerak deb hisoblayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “Umumiy o’rta va o’rta maxsus , kasb – hunar ta’limining davlat ta’lim
standrtlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187 – sonli qarori . (Musiqa madaniyati
fanidan Davlat ta’lim standarti) . 2017-yil 6-aprel
2. Ma’lumotlardan foydalanilgan
3. B. Mustafoyev “Musiqa o‘qitish metodikasi”.
4. D.T.Nomozova "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.2019
5. G. S H A R I P O V A, S H. Y A K U B O V A MAKTABGACHA TA’LIM
MUAS SASALARIDA MUSIQA 0 ‘QITISH METODIKASI
6. S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning
ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.
7. F.Mashrabboyeva. "Cholg'u ijrochiligini o'rganishda an'anaviy va zamonaviy
metodlar", Journal. "Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash"
2022 yil