Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
109
ANTONIMLIK VA DARAJALANISHNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
To’xtayeva Dilafruz Ashurovna
BuxDU O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika
kafedrasi o‘qituvchisi
dilafruztukhtayeva1988@gmail.com
Anotatsiya: Tadqiqotchilar antonimiya tushunchasini olimlar tomonidan
har doim ham aniq chegara qo‘yib bo‘lmaydigan “qarama-qarshilik” tushunchasi
bilan bog‘lashadi: “Qarama-qarshilik – bu asos belgisi bilan ajralib turadigan
ikkilik, bir mohiyatning chegaragacha rivojlangan farqli xususiyati”. Falsafiy
jihatdan qarama-qarshilik ziddiyatning tarkibiy qismi hisoblanib, antonimiya,
antisemiya, enantiosemiya munosabatlarini o‘z ichiga oladi va darajalanishdan
alohida hodisa hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: antonimlik, darajalanish, antonimiya, antisemiya,
enantiosemiya, kontrar qarama-qarshilik, komplementar qarama-qarshilik,
kontekstual antonimiya.
Bir qator ilmiy ishlarda nutqdagi muayyan kommunikativ-kognitiv
vazifadagi har qanday farq teskarisiga aylanishi mumkinligi haqidagi fikrlar
bildirilgan. Masalan, V.A.Mixaylov antonimiyani: “Tilda tasniflanish jarayoni va
qarama-qarshilik tamoyilini belgilovchi operativ tuzilma” deb hisoblaydi
1
va unga
quyidagi ta’rifni shakllantiradi: “Antonimiya – bu ma’lum antonim so‘zlarning
immanent va berilgan xossasi emas, balki umuman til tizimining xususiyati bo‘lib,
u muayyan nutq sharoitida ma’lum holatlarda amalga oshiriladi va boshqalarida
neytrallanadi”. Grammatik antonimiyani uning barcha darajalarida, shu jumladan,
sintaksisda ham tan olgan N.B. Boyeva shunday xulosaga keladi: “Antonimlar
1
Михайлов, В. А. Генезис антонимических оппозиций : (Антонимия и отрицание) [Текст] : учеб. пособие /
В. А. Михайлов ; ЛГУ им. А. А. Жданова. – Л. : ЛГУ, 1987. – 79 с.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
110
obyektiv voqelikning o‘zaro qarama-qarshi muhim jihatlarini belgilashga xizmat
qiladi va bu obyektiv zidlik xususiyatlari antonimlarda aks etadi”
2
.
Antonimlarni paradigmatik munosabatlarning amalga oshirilishidan biri
sifatida ko‘rib, olimlar antonimik paradigmaga quyidagi ta’riflarni beradilar:
M.L.Kusova antonimik paradigma haqida gapirar ekan, quyidagilarni yozadi:
“A’zolari bir xil semantik komponentlar bilan qarama-qarshi qo‘yilgan antonimik
qarama-qarshiliklar to‘plami”
3
. E.A. Borovix antonimik paradigmani leksik qarama-
qarshilikni tashkil etishning boshlang‘ich bo‘g‘ini deb hisoblaydi va quyidagi
ta’rifni shakllantiradi: “Bu ma’lum bir kontekstdagi qarama-qarshilik munosabatini
ifodalovchi til birliklarining semantik va grammatik xususiyatlari yig‘indisidir
4
.
E.I.Dibrovaning fikricha, antonimik paradigma “qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning
birikmasidir. Ularning semantik munosabati umumiy integral xususiyat (yoki
xususiyatlar) va qarama-qarshi ma’nolarni o‘z ichiga olgan differensial xususiyat
(yoki xususiyatlar)ga asoslanadi
5
.
Antonimik sinonimik qatorga kiruvchi sememalar umumiy semantik
yadroga ega bo‘lib, til tizimidagi umumiy semantik makonda (LSG) ishlaydi, lekin
bosqichma-bosqich semantik xususiyatning qarama-qarshi namoyon bo‘lish
darajalarini ifodalaydi, bu esa “sinonimik qator antonimiyasi yoki antonimik
qarama-qarshilik sinonimiyasi” haqida gapirishga imkon beradi.
N.V.Prekina
6
antitezani maqollarda darajalanishni shakllantiruvchi vosita
sifatida sanab o‘tadi. Shundan kelib chiqib, maqollarda antonimlikni hosil qiluvchi
lug‘aviy birliklarni ham darajalanish doirasiga kiritadi.
O.Bozorov
o‘z
tadqiqotida
antonimiya
va
graduonimiya
2
Боева, Н. Б. Грамматическая антонимия в современном английском языке [Текст] : дис. … д-ра филол. наук
/ Н. Б. Боева. – М., 2001. – 366 с.
3
Кусова, М. Л. Семантические модели глагольной антонимии [Текст] / М. Л Кусова // Лексическая
семантика : сб. науч. статей. – Екатеринбург : УГПУ, 1991. – С. 55
4
Боровых, Е. А. Антонимическая парадигма в русских и английских паремиях : структурно-семантический
и культурологический аспекты [
Текст]
: автореф. дис. … канд. филол. наук / Е. А. Боровых. – Челябинск,
2007. – 9 с.
5
Диброва, Е. И. Современный русский язык : теория, анализ языковых единиц [Текст] : учебник : в 2 ч. Ч. 1 /
Е. И. Диброва. – 2-е изд. – М. : Академия, 2006. – 223 с.
6
Прекина Н. В. Градуальная семантика русский пословиц [Электронный ресурс]: Дис. ... канд. филол. наук : 10.02.01
.-М.: РГБ, 2006, 169 c.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
111
munosabatlariga to‘xtalib ko‘p hollarda antonimiya graduonimiya asosida
shakllanishini, shu sabab graduonimiya bilan antonimiyani sifat jihatdan boshqa-
boshqa hodisalar sifatida bir-biriga qarshi qo‘yib bo‘lmasligini qayd etadi. “Аslida,
graduonimiya semantik darajalanishlarga asoslangan bir umumiy yo‘nalishli qator
(zanjir) bo‘lsa, antonimiya shu zanjirning (qatorning) turli qismlari (a’zolari)
orasidagi semantik farqlanuvchanlik-zidlanuvchanlik munosabatlaridir. Bundan shu
narsa ko‘rinib turibdiki, antonimiya tushunchasi doim juftlikka nisbatan,
graduonimiya esa juftliliklar tizimi bo‘lgan qatorga nisbatan ishlatiladi”
7
. Olim
fikrini davom ettirib, antonim tushunchasi farqlovlikka, graduonim atamasi orqali
esa shu farqlovchanliklarning ma’lum belgi miqdorining oshishi yoki kamayishi
orqali shakllanishiga urg‘u beradi.
Ra’no Sауfullауеvа vа b.lаr hаmmuаllifligidаgi оliу о‘quv уurtlаri tаlаbаlаri
uchun mо‘ljаllаngаn dаrslikdа a’zоlаri оrаsidаgi munоsаbаtgа kо‘rа ziddiyatning
quyidagi ko‘rinishlari keltirilgan: 1) darajali (gradual) ziddiyat
[ninni]-[chаqаlоq]-
[gо‘dаk]-[bоlа]...; [turq]-[bаshаrа]-[bеt]-[уuz]-[chеhrа]
8
...; 2) nоtо‘liq ziddiуаt
[bоlа] vа [о‘g‘il
]
9
; 3) muntаzаm (prоpоrsiоnаl) ziddiуаt “jins” bеlgisiga ko‘ra
farqlanuvchi so‘zlar
[оtа]-[оnа], [аkа]-[оpа], [singil]-[ukа], [tоg‘а]-[xоlа]
10
.
Demak, lisoniy ziddiyat keng qamrovga ega hodisa bo‘lib, uning tarkibiga teskari
ma’no ifodalashdan tashqari farqlilik,
darajalanish
kabilar ham kiradi. Yana darslik
muallifi antonimlik haqida gapirib uning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshiligi
tashkil etishini ta’kidlaydi:
a) kontrar qarama-qarshilik;
b) komplementar qarama-qarshilik
11
.
Ma’lumki, kontrar qarama-qarshilik darajalanuvchi leksema qatoridagi
7
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Монография. Т., Фан. 2023 – B. 102
8
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 49.
9
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 47.
10
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 49.
11
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 114.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
112
tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi
natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvidir. Masalan,
[kichik] -
[o‘rta]- [katta]
,
[yosh]-[o‘smir
]
[o‘rta yosh]-[qari]
12
kabi. Draslikda
[kichik]
va
[katta], [yosh]
hamda
[qari]
leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori
a’zolari
o‘rtasida ikki antonim a’zo belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan
bog‘lovchi bo‘g‘inligi hamda
[o‘rta]
leksemasida
[kichik]
va
[katta]
leksemalarining qarama-qarshiligi so‘nishi aytiladi. Bundan shunday xulosaga
kelish
mumkinki,
leksemalarning
kontrar
qarama-qarshiligi
darajalanish
(graduonimik) qatorda yotar ekan, bu yana bir bor yondosh hodisalarning bir-biriga
o‘zaro ta’siri va aloqadirligini isbotlasa, komplementar antonimiyada qarama-
qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘lishi:
[rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat],
[oson]-[qiyin]
13
komplementar antonimiyaning darajalanishdan alohida hodisa
ekanligini ko‘rsatadi. Bu kabi til hodisalaridagi umumiylik va xususiyliklar ularni
o‘zaro solishtirib bir-biridan farqlash imkoniyatini yaratadi. Maqollar tarkibida
antonimlik va darajalanish hodisasiga quyidagicha yondashish mumkin.
Yoy
egriligi
tufayli shoh yonidan joy olar,
O‘q
to‘g‘riligi
tufayli uzoqqa borib tushar.
Dushmaningga
kimxob kiygiz,
do‘stingga
– alak.
Do‘sting
kelsa dalonda kut,
Dushmaning
kelsa ayvonda kut.
Ushbu maqollardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro darajalanishni
aks ettirmaydi, faqat qarama-qarshilik xususiyatiga ega leksemalar munosabati
(komplementar qarama-qarshilik) asosida shakllangan.
Igna
o‘g‘irlashga jur’at qilgan –
sigir
o‘g‘irlashga o‘tadi;
Ignadek
teshikdan
tuyadek
sovuq kiradi maqollaridagi so‘zlar katta-kichik belgisiga ko‘ra bir-biriga
zid; Kundosh kundoshga
paxta
otadi, Ovsin ovsinga
tosh
otadi –
paxta
va
tosh
so‘zlari qattiq-yumshoqlik belgisiga ko‘ra; Kundoshlar
kul
otishar, ovsinlar
igna
otishar – bu maqolda esa
kul
va
igna
so‘zlari insonga ziyon yetkazish belgisiga
12
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 114.
13
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. –
T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 114.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
113
ko‘ra;
Ignaning
ishini
nayza
qilolmas – vazifani bajara olish yoki bajara olmaslik
nuqtayi nazaridan;
Kuchiga
ishongan – yiqilar,
Aqliga
ishongan – yiqitar maqolida
jismoniy va aqliy faoliyat;
Ko‘rlikka
chidab bo‘ladi,
xo‘rlikka
chidab bo‘lmaydi
maqolida esa inson qadr-qimmatining toptalishi jismoniy ojizlikka nisbatan zid
qo‘yilgan. Bunda qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi leksemalar kontekstual
antonimlar bo‘lib, ular matndan tashqarida o‘zaro zidlikni ifodamaydi. Yuqoridagi
maqollardan bir xil vazifani turli darajada bajara olish bajara olmaslik belgisiga
ko‘ra
Ignaning
ishini
nayza
qilolmas maqolidagi
igna → nayza
so‘zlarida
kontekstual antonimlikdan tashqari darajalanish hodisasi kuzatiladi. Qolgan
maqollar tarkibidagi leksemalar bundan mustasno.
Xo‘tikligida
savag‘ich taqiladi,
eshak
bo‘lganda yuk ortiladi.
Xo‘tik
– eshakning bolasi; yosh eshak
14
.
Eshak
– yakka tuyoqlilarga
mansub, quloqlari uzun, sutemizuvchi, otdan kichik ish hayvoni
15
. Bu maqol, garchi
qo‘pol tashbih qilingan bo‘lsa ham, bolaga taalluqli. Xo‘tikni erkalatib, bo‘yniga
savag‘ichlarni ipga taqib bog‘lab qo‘yadilar. Yurganda shildiragan tovushidan
xo‘tikning zavqi kelib, diringlab o‘ynay boshlaydi. Katta bo‘lganda esa ayamay yuk
ortadilar. Ya’ni bolani yoshligida erkalatish, ayash kerak, ammo voyaga yetgach,
uning zimmasiga tirikchilik “yuk”ini yuklash lozim. Bunda yoshga qarab
qilinadigan munosabat asosida qarama-qarshilik (
xo‘tik ↔ eshak
–) yuzaga kelgan
bo‘lsa, bir turdagi hayvon yoshining o‘sishi (
xo‘tik → eshak)
darajalanish
hodisasini yuzaga keltirgan. Darajalanish uchun giponomik munosabat asos bo‘lgan.
Arslonning
o‘ligi –
sichqonning
tirigi.
It
hurisa,
bulbul
to‘xtaydi.
Kaptar
bo‘lib tug‘ilgansan,
Qarg‘a
bo‘lib o‘lma.
Laylakning
yurishini qilaman deb,
chumchuqning
chanog‘i yirtilibdi.
Maqollardagi ajratib ko‘rsatilgan birliklar o‘zaro semantik jihatdan
14
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. IV жилд. – Т.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – 438 б.
15
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. V жилд. – Т.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020. – 63 б.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
114
qarama-qarshilikka kirishgan. Leksemalarning paradigmatik oppozitsiyasiga ko‘ra
mazkur zoonim va fitonimlar qarama-qarshilikni keltirib chiqarmaydi, ammo
sintagmatik nuqtayi nazardan, ya’ni ayni matn tarkibida ular orqali ifodalangan
ma’no semantik konflikt tusini olgan.
Xalqimiz dunyoqarashiga ko‘ra
arslon↔sichqon,
kaptar↔qarg‘a,
it↔bulbul, laylak↔chumchuq
kabi leksemalar turli ma’no qirralari jihatidan nutq
talabi bilan o‘zaro qarama-qarshi qo‘yiladi hamda kontekstual antonimiya
hodisasini yuzaga keltiradi. Bunday maqollarda esa doim ham darajalanish hodisasi
kuzatilmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, maqollar anglatgan ma’noda
ayrim vaziyatlarda darajalanish bilan bir qatorda lingvistik antonimiya ham
kuzatilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. IV жилд. –
Т.:Ўзбекистон нашриёти, 2020. – Б. 604.
2.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. V жилд. – Т.:
Ўзбекистон нашриёти, 2020. – Б. 591.
3.
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Монография. Т., Фан. 2023 – B.
156
4.
Боева, Н. Б. Грамматическая антонимия в современном английском
языке [Текст] : дис. … д-ра филол. наук / Н.Б. Боева.– М., 2001. – 366с.
5.
Боровых, Е. А. Антонимическая парадигма в русских и
английских паремиях : структурно-семантический и культурологический
аспекты [
Текст]
: автореф. дис. … канд. филол. наук / Е. А. Боровых. –
Челябинск, 2007. – 39 с.
6.
Диброва, Е. И. Современный русский язык : теория, анализ языковых
единиц [Текст] : учебник : в 2 ч. Ч. 1 / Е. И. Диброва. – 2-е изд. – М. : Академия,
2006. – 223 с.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 2-son May 2025
115
7.
Saуfullaуеva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonov M., Yunusova Z.,
Abuzalova M. Hоzirgi о‘zbеk adabiу tili. – T.: Fan va texnologiya, 2009. – B. 414.
8.
Кусова, М. Л. Семантические модели глагольной антонимии [Текст] / М.
Л Кусова // Лексическая семантика : сб. науч. статей. – Екатеринбург : УГПУ,
1991. – С. 55
9.
Михайлов, В. А. Генезис антонимических оппозиций : (Антонимия и
отрицание) [Текст] : учеб. пособие / В. А. Михайлов ; ЛГУ им. А. А. Жданова.
– Л. : ЛГУ, 1987. – 79 с.
10.
Прекина Н. В. Градуальная семантика русский пословиц [Электронный
ресурс]: Дис. ... канд. филол. наук : 10.02.01 .-М.: РГБ, 2006, 169 c.