Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
27
OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLALARNING
PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI HAMDA IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Baxtiyorov Axror Baxtiyorovich
Samarqand viloyati Payariq tumani 44-umumtaʼlimm maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA: Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga kuchli
ta’sir etuvchi omillarning asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu
bolaning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning
ota-onasi, qarindoshlari, tengdoshlari, maktabgacha ta’lim muassasasasi
tarbiyachilari, maktab pedagoglar jamoasi va boshqalardir.
Kalit so’zlar: shaxs, an’ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit,
tarbiya, oila.
KIRISH
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi,
avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek,
millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash,
kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada
shakllanadi. Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant xulq-atvor
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligi oqibatida kelib chiqmoqda. Yosh oilalarimizda bolalar,
o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ shaxslar aro
muloqat qoniqarli emasligi xozirga vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa
o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Mikromuhit insonga
ikki yoqlama ta’sir ko’rsatadi:
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
28
-
jamiyat tomonidan tashkil etilgan stereotiplar ya’ni, an’analar,
qoidalar, me’yor va kundalik hayotdagi odatiy sharoitlar orqali;
-
shuningdek, yaqin muhitning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari
natijasida bolalarda xarakter xususiyatlarining shakllanishiga eng muhim omil
sifatida birinchi navbatda oila muhiti eng kata tasir ko’rsatadi.
Birinchi rezidentimiz ta’kidlaganidek, “Oila hayotining abadiyligi,
avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni
saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita
ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor. Bola
tug’ilganidan boshlab oila muhitida yashaydi, ulg’ayadi, oilaga xos an’analar,
qadriyatlar, urf-odatlar o’smir zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar
oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi”.
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi,
avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek,
millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash,
kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada
shakillanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
bolalarda
xarakter xususiyatlarining
shakllanishiga ta’sir etuvchi bir qator komponentlari oilada shakllanib
borishi bilan birgalikda, nosog’lom bo’lgan oila sharoitida tarbiya topayotgan
farzandlar xulqatvorida o’ziga xos bo’lgan salbiy individual psixologik
xususiyatlarning shakllanishiga sabab bo’lmoqdadir.
Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini
yuzaga kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning
uchun ham xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi,
degan fikr mavjud. Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas.
Jumladan, bolalik yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”,
“boshqacharoq bo’lib qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni,
atrofdagilarga nisbatan munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish
natijasida namoyon bo’la boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
29
hisobga olmaslik ziddiyatli va nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu
davrda bola xarakterida aktsentuatsiya xususiyatlari, jumladan, emansipatsiya
reaktsiyasi kattalar qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish
reaktsiyasi, ishtiyoq reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.
Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-
atvor ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi
turli jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning
to’g’ri tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari
tarbiyasiga befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini
to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan
psixologiyasini, ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi
bilimlarini yetishmasligi tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning
yuzaga kelayotganligi, natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar
o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.
Birinchidan
,
ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir
qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan
,
tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq
bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,
yoshlik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu
hattiharakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar
oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro
munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.To’g’ri, hozirgi globallashuv va
integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan oilaning
etnopsixologik xususiyatlaridagi milliy barqarorlik susayib, zamonaviylashish
tendentsiyasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko ham qo’shilib,
bolalarda xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning o’ziga xos
xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko’rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin
va farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
30
avlodli oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos
ijtimoiypsixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga
ta’sir etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va
vaziyatlar ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida
bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini
oshiradi. Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab,
bolalar ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit,
ham individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki,
zamonaviy oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun
insonparvarlik tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa
shaxslarga nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z
aksini topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish
chegaralangan, to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy
axborot vositalari bilan aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz»
tushunchasi va unga munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.
Ko’pgina holatlar oqibati sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi»,
ya’ni oila davrasida bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining
haqligini ta’kidlash, o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi
harakatlar qilish, ularning qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan
maslahatlardan to’liq foydalanmaslik orqali namoyon bo’lmoqda.Bu esa bola
xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim shakllarini yuzaga
kelishiga sabab bo’lmoqda.
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning
boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band
bo’lishiga olib kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning
cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
31
ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo’shilish, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan
shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin. Bunday bolalar va ota – onalar
o’rtasidagi o’zaro ta’sir munosabati jarayonidagi ayrim negativ holatlarni yuzaga
kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi.
Oiladagi o’ta qat’iy chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda,
ota – onalarning o’ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli
xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan
munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil bo’lishiga olib keladi. O’zaro
munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik,
qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg’otadi
va o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishini
kuchaytiradi.
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi
bolalar kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda
boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi
boladada o’z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan
tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini
chetga tortishiga, o’z-o’zini himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob
qaytara olmaslik holatiga va o’zini tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi.
Bolalarrning bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga,
boshqalarga tobe bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga, mustaqil bo’la olmasligiga
sabab bo’ladi. Ketma-ket bo’lmagan munosabatlar. Bunda ota-onalarning bola
tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi vabolaga nisbatan talabchan bo’lmasligi
bilan ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo’yilgan noto’g’ri talablar yo o’zini
oqlamagan yoki o’ta yumshoq ko’rinishda bo’lib, muayyan bir harakati uchun bir
safar jazolasalar, keyingi safar e’tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday
holatlarda bolalar hulq-atvor normalarida, burch, ma’suliyat hissi kabi tushunchalar
haqida o’ylamaydi va muayyan tasavvurlarga ega bo’lmaydi.Yuqorida keltirilgan
tarbiya usullari,shakllariga bola tarbiyasida quyidagi xususiyatlarini yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi:
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
32
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, oiladagi turli tuman tarbiya usullarini qollash
tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar,
tarbiyachilar bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya
usullarini va shakillarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning
xarakter xususiyatlarida tarbiyasi o’g’ishish kabi nomaqbul ko’rinishlarni yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: ma’naviyat, 2008.
2.
Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издательство «Союз»,
2002.
3.
Shoumarov G’.B. “Oila psixologiyasi” “SHARQ” 2008yil
4.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun
o‘quv qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. –
194 s.
5.
Dostmuhammedova
Sh.A.,
Tillashayxova
X.A.,
Baykunsova
G.,
Ziyavitdinova G. “Umumiy psixologiya”. Toshken, 2020-yil