Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
23
TA’LIM MUASSASALARIDA HODIMLAR O’RTASIDA
IJOBIYLIK VA SAMIMIYAT TUYG’ULARINI SHAKLLANTIRISHDA
RAHBARNING O'RNI VA AHAMIYATI HAMDA PSIXOLOGIK
VAZIFALARI
Tillaboyeva Umida Teshabayevna
Toshkent viloyati Parkent tumani 26-umumta'lim maktabi
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya. Rahbar degan nomga ega bo‘lgan har bir shaxs o‘z tashqi
qiyofasi, madaniyat kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan
atrofdagilarga hamisha ibrat namuna bo‘lmog’i lozim.
Kalit soʻzlar: ta'lim, muassasa, boshqaruv, madaniyat, menejment,
kreativlik, kompetensiya, rahbar, lider, ijtimoiy, iqtisodiy, uslub, ijodkorlik.
KIRISH
Rahbar degan nomga ega bo‘lgan har bir shaxs o‘z tashqi qiyofasi,
madaniyat kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan atrofdagilarga
hamisha ibrat namuna bo‘lmog’i lozim. Biz yuqorida ta’kidlangan mulohazalardan
kelib chiqib, bugungi maktabgacha va maktab ta’limida sohasida faoliyat olib
borayotgan rahbarning kompetentligi yo‘nalishidagi ba’zi kamchiliklari haqida
quyidagi holatlarni tahlil qilib o’atamiz:
-maktablarda boshqaruv ishlarini samarali darajada emasligi bugungi kunda
ko’zga tashlanadigan holatlardan kam sonli uchratish mumkin; maktab jamoasi
oldida har bir xodim uchun zarur bo’lan fidoyilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, kreativ
bo’lishi; -huquqiy madaniyat va savodxonlikning yuqori darajada aks etishi; -ish
jarayonida mahalliylikning ustuvorligi; -metodik birlashmalarga yetarli darajada
e’tibor bermaslik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning yetishmasligi;
Yuqoridagi mulohazalarni o‘qib o‘rganib, bugungi ta’lim-tarbiya sohasidagi
qabul qilayotgan qarorlar asosida bugungi ta’lim jarayoniga menejerlik qilaman
degan har bir iqtidorli shaxs o‘zining kasbiy kompetentligiga tayanib, rahbarlik
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
24
ishlarini tashkil qilishi lozim. Umuman olganda, ta’lim muassasalaridagi
muvoffaqiyatlar rahbarning ijrochilar mexnatiga bo‘lgan munosabatlaridan
qanchalik manfaatdorliklarni anglata bilish. Qobiliyatiga sezilarli darajada
bog’liqdir.
Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish uchun bugungi pedagog
namunaviy intellektga ega bo‘lishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini
mukammal bilishi va shu asosda o‘z kasbi bilan bog’liq ijodkorlik qilish qobiliyatiga
ega bo‘lishi lozim.
Hozirgi
zamondagi
yosh
avlodni
tarbiyalayotgan
professor-
o‘qituvchilarimiz o‘z shogirdlariga Vatanga sadoqat, mehr-oqibatlilik,
mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik
kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda mantiqiy fikrlashga
odatlantirish va ijod qilishni o‘rgatishi kerak bo‘ladi. Bo‘lajak pedagoglarga
kreativlik bo‘yicha ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha
bo‘ladi.Kommunikativ kompetensiya -o‘qituvchidan to‘laqonli muloqot-chanlikni
talab etadi. Har qanday vaziyatda ta’lim oluvchi va jamoa a’zolari bilan ijobiy
munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o‘qituvchi o‘z fani
va unga bog’liq holda bo‘lgan barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishi zarur. Shuning
uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik takt va pedagogik etika mavzusi bo‘yicha talabalarga nazariy
materiallar beriladi, seminar mashg’ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar
beriladi. Talabalar o‘z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi
topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy
faoliyatda qo‘llay olishlari darajasiga yetishgan, ya'ni pedagogik kompetentliklar
shakllanishi kerak.
O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda
pedagogik takt va pedagogik etika mavzusini yoritishda o‘qituvchi faoliyatida
muomala madaniyatining o‘ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligi, pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
25
funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o‘qituvchi
etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo‘yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy
va seminar mashg'ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida
talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul
bo‘yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo‘yicha bilim
va ko‘nikmalari shakllantirib, bo‘lajak o‘qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik
kompetentligi shakllantirib boradi
Jumladan, yosh pedagogning o‘zitanlagan kasbga mehr qo‘yishi,
o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rganishi va unda o‘z kelajagiga
nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlanishida ham maktab direktori katta ta’sir kuchiga
ega shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, rahbar jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lib, u
bilimi, muomalasi, ilmiy dunyoqarashi, pedagogik xodimlar bilan o‘zaro
munosabati, maqsadga intilish, ijtimoiy xulq va boshqalarda namuna bo‘lishi zarur.
Bundan jamoaning a’zosi o‘ziga xos ta’sirlanadi. Rahbar boshqaruv faoliyatida
o‘zaro ta’sirning ikki yo‘nalishi — pedagogik jamoaga jamoaning pedagogik
ta’sirini va bu o‘zaro ta’sir har qanday holatda ijobiy bo‘lishini ta’minlashi zarur.
Pedagogning jamoaga ta’siri uning orttirgan obro‘si, bilimi, dunyoqarashi, o‘zi
tanla-gan kasbga qiziqishi va qobilyati, o‘z fanini puxta bilishi, jamoa bilan
munosabati, o‘z ustida ishlashi tashkilotchilik qobiliyati va tashabbuskorligi singari
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, obro’ga ega bo‘lgan mutaxassis
shaxslararo munosabatlarda yuqori mavqega ega bo‘ladi, jamoada uning fikr-
mulohazalari qadrlanadi, undan fikr, mulohaza so‘raladi. Ammo obro‘ orttirishda
shaxsiy sifatlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay, u yoki bu mutaxassis haqidagi
jamoatchilik fikri ham rol o‘ynaydi. Bu esa jamoaning pedagogga bo‘lgan ta’siridir.
Ya’ni jamoa pedagogning ayrim sa’y-harakatlarini rad etishi, qabul qilmasligi yoki
aksincha, unga intilishi mumkin.
XULOSA
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jamoa bilan mutaxassisning ta’siri ikki xil,
ya’ni ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Bunda rahbarning roli yaqqol namoyon
bo‘ladi. Ijobiy ta’sirni vujudga keltirishda rahbar pedagogik jamoa va ta’lim
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
26
muassasasining manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, xodimlarining
muvaffaqiyat va kayfiyatlari bilan qiziqish, tabassum bilan muomala qilish,
xodimlarga hurmat bilan murojaat qilish, har qanday vaziyatda ham ularning
shaxsiyatiga tegmaslik, ularning kamchiliklarini aytganda, albatta, ularning
muvaffaqqiyatini ham e’tirof etish kabi eng maqbul uslublarni o‘z faoliyatiga tatbiq
etishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. -
Toshkent: "O‘zbekiston", 2017. - 488 b.
2.
Kenjaboyev A, Kenjaboyeva D. Pedagogik deontologiya va kompetentlik.
Termiz 2022 yil. 100 bet.
3.
Kenjaboyev A.E. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va pedagogik
mahorati.
Zamonaviy ta'lim jur. 2020 № 10. 83 bet.
4.
Kenjaboyev A.E. "Zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va
kreativligi -bugungi kun talabidir". Xalq ta'limi jurnali 2020 yil № 5.9-11 bet.
5.
Bayjonov, F. (2021). CHARACTERISTICS OF THE CONCEPT OF
GENDER CULTURE
AS A
SOCIAL
EVENT.
InterConf, (79). вилучено із
https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/interconf/article/view/15139.
6.
Ongarov M.B., Integrative Effektivnes of the Organization of field Practice
of Students oh the
Faculty Natural Science. (Biology, Geography) As An Example of Education 2022
ISSN: 1856-4194 31,12,2022
https://www.provinciajournal.com/index.php/telematique/article/view/1097.