Mualliflar

  • Shaismatova Nadira Abduvajitovna

Muallif biografiyasi

  • Shaismatova Nadira Abduvajitovna

    Angren shahar 29-oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90048

Kalit so‘zlar:

psixologik jinsiy balogʻat ruhiy yetuklik oʻsmir yoshlar oʻzgarishlar individual inqiroz.

Annotasiya

Oʻz-oʻziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ular ong va dunyo qarashining shakllanishini tushuntirish orqali bolalarni oʻz-oʻzini anglashga, tahlil qilishga va tarbiyalashga oʻrgatish darkor.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

14

O’SMIRLIK YOSHIDAGI BOLALARDA XULQ-ATVOR

BUZULISHINING SABABLARI HAMDA PSIXOLOGIK KORREKSIYASI

Shaismatova Nadira Abduvajitovna

Angren shahar 29-oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

:

Oʻz-oʻziga baho berish tizimining rivojlanish

xususiyatlari, ular ong va dunyo qarashining shakllanishini tushuntirish orqali

bolalarni oʻz-oʻzini anglashga, tahlil qilishga va tarbiyalashga oʻrgatish darkor.

Kalit soʻzlar: psixologik, jinsiy balogʻat, ruhiy, yetuklik, oʻsmir yoshlar,

oʻzgarishlar, individual, inqiroz.

KIRISH

Inson umrining oʻsmirlik bosqichida asosan ikkita xarakterli jihati

farqlanadi. Uning bittasi- kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi-oʻsmirning oilada va

maktabda eʼtibordan chetda qolishi, shu ikki jihat katta yoshdagi odamlarning

eʼtiboridan tashqari, oʻz oqimida, maqsadga muvofiq tarzda kechadigan boʻlsa,

oqibatda tarbiyasi qiyin deb ataluvchi yoshlar paydo boʻlishiga olib keladi.

Oʻsmirlar asta-sekin oʻzini katta odam deb his qila boshlaydi, lekin koʻp odat

va xususiyatlari bolalarcha boʻlib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va

oʻsmirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his oʻsmirlarda oʻziga, atrof

muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy pozitsiyasi yuzaga keltiradi. U bolalar

xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta moslashtira boshlaydi. Oʻsmir

oʻz huquq doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni xohlaydi.

Oʻsmir yosh davridagi oʻzgarishlar quyidagi nomlar bilan farqlanadi:

1.

Tarbiyasi qiyin, xotirasi past, diqqatining koʻlami tor, beqaror,

agressiv;

2.

Deviant xulqli bolalar borliq, nizoli oilalarda shakillanadi;

3.

Asotsiallik koʻchaga yoʻnalgan bolalar;


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

15

4.

Delikvent xulqli bola-oilasida mahkum qilgan shaxslar bilan

munosabatlar asosida yuzaga keladi;

5.

Nuqsonli bolalar- jismoniy nuqsonlarga ega.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan

gipofizning aktivlashishi tufayli oʻsmir organizmida sifat jihatidan oʻzgarishlar yuz

beradi. Bu holat qizlarda 11-13, oʻgʻil bolalarda 13-15 yoshda boʻlib, ikkilamchi

jinsiy belgilar paydo boʻladi, oʻsmirning tashqi koʻrinishi oʻzgaradi, muskullar

massasi va muskul kuchi oʻsadi, bu holat jinsiy yetilishning oxriga borib

jadallashadi. Ichki organlar xususan yurak, baʼzan yurak qon tomir sistemasida

patologik oʻzgarishlar yuz beradi. Tashqi olat, urugʻdon va urugʻ hujayralari, qin

tuxumdon va tuxum hujayralariga bir qadar rivojlanishida jadalliklar yaqqol koʻzga

tashlanadi.

Oʻsmirlar muammosiga eʼtiborni kuchaytirib tarbiyasiga befarq boʻlmaslik

kerak. Oʻsmirlar muammosiga eʼtiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari

quyidagilardan iborat:

1)

Fan va texnika rivojlanishi natijasida, madaniyat, sanʼat va adabiyot,

ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning oʻzgarayotganligi;

2)

Ommaviy axborot koʻlamining kengayishi tufayli oʻsmirlar ongliligi

darajasining koʻtarilganligi;

3)

Oʻgʻil va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat, fan va

texnika rivojlanishi natijasida ijtimoiy qonunlaridan, tarixdan yetarlicha

xabardorligi;

4)

Akseleratsiya ( jismoniy va aqliy kamoloti jadallashagani);

5)

Oʻsmirlar bilan ishlashda gʻoyaviy siyosiy, vatanparvarlik va

millatlararo totuvlik tarbiyasiga alohida yondashish zarurligi;

6)

Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy

hayotga chuqur kirib borayotgani;

7)

Oʻquvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, oʻzini-oʻzi

boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.

Bularning barchasi yoshlarning keng imkoniyatlardan foydalanish


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

16

yoʻriqnomasi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oʻsmirlik davri-- Insonni bolalikdan yoshlikka oʻtuvchi, oʻz navbatida

boshqa davrlardan oʻzining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan

farqlanib turuvchi omildir. Shu bilan birgalikda oʻsmirlik faoliyati natijasi natijasi

haqida bir necha olimlar fikr bildirishgan, xususan:

Biogenetik yoʻnalish vakillari S. Call va Z. Freyd bu inqiroz biologik

shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblaydi. Amerikalik antropologlar M.Mid

va R. Benedikt oʻsmirlik inqiroziy ijtimoiy munosabatlarning natijasi deb qarashadi.

Xarakter asentuatsiyasi- K. Leonhard tomonidan kiritilgan tushuncha

boʻlib, xarakter baʼzi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter

aksentuatsiyasini bilish oʻsmirlarga individual yondashish, kasbga yoʻnaltirish

kabilarda zarurdir. Oʻz-oʻzini baholash- shaxsning boshqalar bilan taqqoslash va

refleksiya natijasida oʻz-oʻzini baholash murakkab va oʻzgaruvchan boʻlib, shaxs

strukturasida katta oʻrin tutadi.

Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari oʻsmirlik davrini baholashda

insonga azaldan berigan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan oʻz

mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu

intilish goʻyoki hudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo boʻlishga, atrof

muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari

mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Rus psixologlari Z. Freyd nazariyasini

mutlaqo asossiz hisoblab, oʻsmirda imkoniyat bilan talabchanlik oʻrtasidagi

kelishmovchilik, oʻzini koʻrsatishga moyillik va oʻz ichki dunyosiga qiziqishning

namoyon boʻlishi bilan xarakterlanishini asoslab berdilar. Amerikalik K. Kulon

oʻsmirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, oʻsmirlik davri

ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degsnilgari suradi. Uning fikricha oʻsmirlik davrida

uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy kategoriya mavjud boʻlib, ular:

1.

Emansipatsiya ( kattalar ta’siridan qutilish);

2.

Mustaqillikka erishish;


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

17

3.

Hayotiy yoʻli va kasb- hunar tanlashda jiddiy munosabatda boʻlish

zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni oʻzlashtirshdan iboratdir.

Bola yuqoridagi muammolarga eʼtibor bermas ekan, oʻsmirlik davri qancha

boʻlishidan qatʼiy nazar, u bolaligicha qolaveradi. Oʻsmir oʻzini nazorat qilmas ekan

bu borada trio yoʻldan adashishi muqarrar boʻlib qoladi.

Xulq-atvor — bu odamlarning psixologik jarayonlarini kuzatishimiz

mumkin bo’lgan aniq shaklda ko’rsatadigan harakatlar. Xulq-atvor odamlarning

atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarini aks ettiradi va ularning ichki dunyosining

tashqi ko’rinishidir. Xulq-atvorni o’rganish orqali psixologlar odamlarning hissiy

holatini, fikrlash jarayonlarini va motivlarini tushunishga harakat qiladilar.Xulq-

atvorni o’rganish uchun kuzatish, tajribalar, anketalar va klinik baholash kabi usullar

qo’llaniladi. Xulq-atvorni o’rganish odamlarning ijtimoiy o’zaro munosabatlarini,

muammolarni hal qilish qobiliyatini, o’rganish jarayonlarini va shaxs xususiyatlarini

tushunishda muhim rol o’ynaydi.

XULOSA

Psixologik jarayonlar va xulq-atvorni o’rganish inson ongining tubiga

sayohatdir. Psixologiya bu jarayonlar va xulq-atvorni ilmiy usullar bilan tekshiradi,

bu bizga odamlarning fikrlari, his-tuyg’ulari, motivatsiyasi va qarorlarini

tushunishga imkon beradi. Bu tushuncha bizga insonning xulq-atvori, ruhiy

salomatligi va farovonligini individual va jamiyat darajasida tushunish va

yaxshilashga yordam beradi. Psixologik jarayonlar va xulq-atvorni o’rganish

psixologlarga shaxslar hayotida ijobiy o’zgarishlar yaratish, ruhiy kasalliklarni

davolash, munosabatlarni mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashning samarali

usullarini taqdim etadi. Binobarin, psixologik jarayonlar va xulq-atvorni o‘rganish

inson ongi va xulq-atvorini tushunish va takomillashtirishning muhim vositasi

hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T.

2004.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

18

2.

Yartsev D.V. Zamonaviy oʻsmirlarni ijtimoiylashtirishning xususiyatlari,

1999- yil.

3.

Gipheneiv Yu. B. Bola bilan suhbat. Qanday?-3- tuzatilgan va toʻldirilgan-X

drayveri :.Chero, 2002.

4.

Jumanazarov Yo. Youth and pedagogical psychology. Methodical complex

Namangan 2009. 72-80-153-160.b

5.

Маклаков А.Г. Общая психология. Учебник для вузов. С. Пб. 2008. – 283

с.