Mualliflar

  • Xurramova Nuriya Toirovna

Muallif biografiyasi

  • Xurramova Nuriya Toirovna

    Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani 28- maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90050

Kalit so‘zlar:

Pedagogik maqsad va vazifa metod pedagogik faoliyat ta’lim-tarbiya

Annotasiya

Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘lik xislatlariga qaratilganligidir.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

3

PEDAGOGLARDAGI ISHDAN QONIQQANLIK DARAJASINI

ANIQLASHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Xurramova Nuriya Toirovna

Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani 28- maktab psixologi

ANNOTATSIYA: Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un

talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va

boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada,

ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bosh va ikkilamchi

pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar

kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va

uning kasbi bilan bog‘lik xislatlariga qaratilganligidir.

Kalit soʻzlar: Pedagogik maqsad va vazifa,metod, pedagogik faoliyat,

ta’lim-tarbiya

KIRISH

Maqolada o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan

mezon va talablar, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi

hamkorligining o‘rni, pedagogik faoliyatda,shaxslararo munosabatlar jarayonidagi

muloqot ko‘nikmalari, bo‘lajak

o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik

nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash xususida to’xtalindi. Shu boisdan bu mavzu

tadqiqotchilar, tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga

ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida

qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet

manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa

chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

4

MUHOKAMA

Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya

hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha

ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir

narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va

natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik

vaziyatdagi turli-tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv,

mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu

turlituman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik

funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan obyektiv va

subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks

etadi:

1.

Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning

maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, ayniqsa yosh

psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsixologik

bilimlarni egallashi, hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi, hozirgi zamon

pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi, maktab yoshidagi

bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o‘z fanini o‘qitish

metodikasini bilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini

bilishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning

mazmunini bilishi.

2.

O‘z kasbiga xos xislatlari: o‘qituvchining kuzatuvchanligi, o‘z

diqqate’tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi,

o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi,

pedagogik takt, nutqning emotsional ifodalanishi;

3.

Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlari uchun zarur

materiallarni tanlay bilishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi,

ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda

rejalashtira olishi, pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni

rejalashtira olish, bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

5

rejalashtirishni bilishi, o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi; o‘zining ta’lim-

tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.

4.

Tashkilotchilik malakalari: bolalar jamoasini uyushtira bilishi, turli

sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi, bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib,

ularni faollashtira olishi, amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va

tajribalarini ustalik bilan tez qo’llay olishi.

5.

Kommunikativ malakalari: bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;

bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni

bilishi, bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga

solishni bilishi, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.

6.

Gnostik malakalari: bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini

aniqlay bilishi, o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil

qila olishi, boshqa o‘qituvchilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va

amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi, psixologik-pedagogik

adabiyotlardan foydalanishni bilishi, o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularninig

xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi.

7.

Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi,

o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish

qobiliyati, o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari

bilan qaray olishi; avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga

yangicha qaray olish qobiliyati, o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini

oldindan ko‘ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida

quyidagilar keltiriladi: shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi; pedagogik

mahorat va qobiliyati; xarakterining psixologik xususiyatlari; bilish faoliyati;

o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy

taraqqiyoti. Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik

kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘qitishni tashkil qilishda ta’limning

samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa,


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

6

shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta

ko‘rsatish zarurdir. Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida

N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga boladi:

1.

Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda

muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.

2.

Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo

pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.

3.

Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik qobiliyatini

egallamaydi.

N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida

qaraydi. A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta’lim muammolari ko‘zga

tashlanadi. O‘qituvchi shaxsi yo‘nalganligining shakllanishi masalasida to‘xtalar

ekan, muallif o‘qituvchilarni tayyorlash va o‘qitish jarayonida e’tiborga olish zarur

bo‘lgan vaziyatlar xususida o‘z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo‘lajak

o‘qituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Pedagog doimo psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi kerak. Uni

muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar

bilan tanishib borishi darkor, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita

bog‘liqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari

psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi

shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya,

psixofiziologiya va psixoterapiya. Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda

zarur jiddiy jihat - bu o‘zo‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-

atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil

harakatlana olishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish

jarayonini o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq

shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati.

XULOSA

Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

7

bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol

pedagoglarni talab qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni oqilona hal

qilishning eng muhim omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi

jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz

ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri

ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir.

O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,

o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi.

O‘qituvchining shaxsiy namunasi va obro‘-e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida

bolada qat’iy nuqtayi nazarning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. O‘qituvchi eng

avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan

chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o‘rgatishi,

o‘quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o‘zining kimligini namoyish

etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy

sifat va fazilatlarni to‘liq egallagan bo‘lishi lozim, bunday o‘qituvchilar

o‘quvchilar bilan ko‘proq do‘stona muloqotda bo‘ladilar, o‘zaro fikr almashadilar,

mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. O‘qituvchi bu

o‘rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini o‘quvchilarga singdirishga qaratib,

o‘quvchilar e’tiborini kechinmalarini va o‘zlashtirish imkoniyatlarini alohida

e’tiborga oladi. O‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lgan bilimdonlik, ijodkorlik,

mustaqillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur

his etish o‘quvtarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashning eng muhim

omillaridir. Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va

javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog‘liqdir. Ularda ana shunday sifat va

kechinmalar to‘la shakllangan bo‘lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti

uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

8

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.:

O‘zbekiston, 2020.

2.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

quramiz. –

T.:O‘zbekiston, 2017.

3.

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya».

— Т.: TDPU. 2009.

4.

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.:

Sharq.

2000.