Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
152
O’QUVCHILARGA RUHIY SOG’LOM MUHITDA TA’LIM
BERISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAMDA ULARDAGI
QOBILIYATNI NAMAYON ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Kamilova Nafisaxon Ergashevna
Angren shahar 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabi amaliyotchi pstxologi
ANNOTATSIYA: Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun
nihoyatda katta hayotiy burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng
beg‘ubor onlariga bir qadar cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat
oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki, uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy
vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan uning oiladagi roli bir qarashda
kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat
oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z shaxsiy
harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi.
Kalit so’zlar: pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya,
pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter.
KIRISH
Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn
zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа
yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi.
Endilikdа zаmоnаviy o’quvchi o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn
fоydаlаnib emаs, bаlki ulаrgа mustаqil bilim оlish hаmdа egаllаgаn bilimlаrini
tаkоmillаshtirishgа intilish mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi
zаrur.Ushbu maqolada pedagogikada bolalarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash
usullari tadqiq etilgan.
Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual-
psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan
xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik
hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
153
va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik
xususiyat yigʼindisi tushuniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga
borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi.
Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham
bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan,
maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki,
mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan
topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.
O‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib
yaxshi shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat
qilmaydigan shaxs boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning,
maktab va oila tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib
borilishi jiddiy e’tiborga molik.
Maktab bolani kengroq jamiyatga kirishiga yordam beradi. Maktabda bola
oʼzining individual qobilyati va qiziqishiga qarab kengroq bilimga ega boʼla
boshlaydi. Maktabda bolaning olgan taʼlim tarbiyasiga qarab dunyoqarashi kengaya
boshlaydi va shu bilan birga uning ochilmagan qirralari yaʼni xar xil soxaga boʼlgan
qiziqish va qobilyatlari namoyon boʼla boshlaydi. Qiziqish qobilyat bolaning
individual hususiyatlari qatoriga kiradi. Qiziqish va qobilyatdan tashqari,
temperament va xarakter ham individual hususiyatlar qatoriga kiradi.
NATIJALAR
Har bir bolaning oʼziga yarasha individual hususiyatlari mavjud boʼladi.
Individual xususiyatlarga toʼxtalib oʼtamiz;
Qobiliyat—insonning individual salohiyati va imkoniyatlaridir. Qobilyat
bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning
psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʼnikma,
malakadan farq qiladi. Аksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
154
anglashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʼnikma va malakalarning egallanishi
jarayonida takomillashib boradi.
Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik
tushunchadan tashkil topgan boʼlib, u faoliyatning talablariga mutanosib
xususiyatlar tizimini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta
xususiyatning oʼzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan
va shu faoliyatda yuqori koʼrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat
beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobilyat uchun tayanch
xususiyat kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼektdan u yoki bu
alomatlarni koʼra bilish, ajrata olish koʼnikmasidir.
Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri narsa va hodisalar mohiyatini
ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʼlishi
bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʼpincha zehn tushunchasi
bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʼpgina narsalarga nisbatan
ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʼladi. Zehn nishonalari
deganda qobilyat ichki imkonyatlarning mohiyatini tushunish lozim.U ishtiyoq,
moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir.
Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat
deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda
shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum
faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash,
mutaxassis
rahbarligida
uzluksiz
faoliyatga
jalb
etish,
qobiliyatni
takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʼllash, shaxsning faollik alomatlarini
maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy
talablar bilan uygʼunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud.
Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholikda namoyon boʼladi.
MUHOKAMA
Xarakter – (yunoncha tamgʼa, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit
taʼsirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va oʼz - oʼziga boʼlgan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
155
munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni
belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yigʼindisidir.
Xarakter termini fanga qadimgi yunon olim va faylasufi Teofrast tomonidan
kiritilgan. Xarakter tugʼma oʼzgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot
sharoitlarga bogʼliq holda tarkib topib, oʼzgaruvchan va tarbiyalanuvchandir:
maxsus sharoitda, maxsus taʼlim-tarbiya taʼsirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf
qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin.
Yendi individual hususiyatlarni taʼlim jarayoniga bogʼlaymiz. Bolalarni
taʼlimga oʼrgatish avvalo uning qiziqish va qobilyatidan kelib chiqsa maqsadga
muvofiq boʼladi. Shu masalaga pedagoglar alohida ahamiyat berishlari kerak. Har
bir bola oʼz individual hususiyatiga qarab oʼzi qiziqqan va qobilyati boʼlgan sohani
tanlaydi. Qaysidir bola aniq fanga qiziqsa qaysidir bola gumanitar sohaga qiziqadi.
Shuning uchun aniq fanni bilmagan bolani biz qobilyatsiz bola deb ayta olmaymiz.
Biz ular qaysi sohaga qiziqishi va qobilyati mavjudligini aniqlab uni oʼsha soxaga
yoʼnaltirishimiz darkor.
Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, oʼz imkoniyatlari haqida
oz boʼlsa-da tasavvurga ega boʼla boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar feʼl-atvori
haqida oldin ota-onalari, keyin esa atrofdagilari oʼz munosabatini bildira boshlaydi.
Tashqi taʼsir natijasi oʼlaroq, har bir insonda oʼziga-oʼzi baho berish qobiliyati
shakillana boshlaydi. Qaysidir bola oʼziga juda yuqori baho bersa, yana qaysidir bola
oʼzi haqida salbiy fikrga ega boʼladi. Oʼziga yuqori baho bergan bolalar ham past
baho beradigan bolalar ham taʼlim dargohida bilim olishga qiynaladi. Yuqori baho
bergan bolalarning qiynalishini sababi shundaki, uning oʼzi haqidagi fikri real
imkoniyatlaridan koʼra ilgarilab ketgan boʼladi. Bunday bolalar atrofdagilaridan
norozi boʼlishadi, ularning oʼzi haqidagi fikrini ijobiy tomonga o;zgartirgandan
soʼnggina u bilim olishga qiynalmaydi. Ularning oʼzi haqidagi fikirlarini oʼzgartirish
ham qiyin kichadi. Buning uchun oʼzgalarning yutigʼini koʼrib, u bilan oʼz
imkonyatlarini taqqoslash, atrofdagilarining unga nisbatan toʼgri muomila qila olishi
muhum ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish darkor.
Oʼzi haqida salbiy fikirga ega boʼlgan bolalarga ham oson emas. Ularning
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
156
boshqalar bilan muomilaga kirishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kichadi shu
bilan birgalikda taʼlim olishlari ham qiyin kechadi. Ularni doim bir ishni
boshlashdan oldin “men toʼgʼri yoʼl tutyapanmikin” kabi shubhali savollar qiynaydi.
Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun bolalarga avvalambor oʼzlariga chettan
nazar solish kerakliligini tushuntirish kerak. Ularga hech kimdan kam emasligini shu
bilan barobarda boshqalardan ustun jihati mavjudligini tushuntirish va shu jihatni
his qila bilishni oʼrgatish kerak. Аna shundagina bola hayotda oʼz oʼrnini topa oladi.
Maktab oʼquvchilarining qaysi sohaga qiziqish va qobiliyati mavjudligini
aniqlab ularni shu sohaga yoʼnaltirish uchun oʼqituvchilar quydagi inovatsion
metodlardan foydalanishsa yuqori natijalarga erishadilar;
-“qobiliyatni aniqlash testi” bu test oʼquvchilarning hayotda oʼz
yoʼnalishlarini toʼgʼri tanlashga yordam berishi bilan birgalikda, oʼqituvchilarga
oʼquvchilarning qobilyatini aniqlab qiziqishlariga qarab dars samaradorligini
oshirsh imkoniyatini beradi.
-“ijodiy qobiliyatlarni aniqlash soʼrovnomasi” mazkur soʼrovnoma shaxsda
ijodiy faollik bilan bogʼliq boʼlgan 4ta asosiy xususiyat- qiziquvchanlik, yaxshi
rivojlangan xayol, murakkab hodisalarni yechishga intiluvchanlik, tavakalchilikka
moyilik darajasini aniqlashga imkon beradi.
-“Gottshald shakllari” mazkur metodika shaxsning bilish faoliyatida ikki
kognetiv uslub maydonga tobe va maydondan mustaqil uslubning qaysi biri
ustunligini aniqlash uchun qoʼlaniladi. Bunda maydonga tobelik odamning olamni
bilish jarayonida tashqi chalgʼituvchi omillar taʼsiriga kuchli berilishini, maydondan
mustaqil uslub esa bunday taʼsirdan yetarlicha holi ekanligini anglatadi.
XULOSA
Bolalarning qobiliyatiga qarab ularni oʼz xayotida oʼzi qiziqqan soha
mutaxasislari boʼlishlari uchun ularga toʼgʼri yoʼnalish berish kerak. Baʼzi bir
bolalar judayam qobiliyatli boʼlishadi leki judayam qaysar boʼlishadi ular bilan
koʼproq shugʼullanish kerak. Аna shundagina ular ham oʼz hayotida oʼz oʼrniga ega
boʼlishadi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
157
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION
OF THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION
LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO
ACCOUNT REGIONAL
FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
2.
Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT
YOUTH IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY-
TECHNICAL LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald
pedagogiki. Nauka i
Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
3.
Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE
TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION.
Теория и практика современной
науки
, (5), 29-31.
4.
KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M.
THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT