Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
129
DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA
YOSHDAGI BOLALAR LIDERLIK QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI INNOVASION METOD VA
TEXNOLOGIYALARI
Azizova Ziroat Bahadirovna
Qo‘qon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Mazkur
maqolada
differensial
yondashuv
asosida
maktabgacha yoshdagi bolalar liderlik qobiliyatini rivojlantirishning samarali
innovasion metod va texnologiyalari hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon
etilgan. Ma’lumki, har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etishi,
qolganlari esa ayni holat uchun birmuncha samarasiz bo‘lishi ham mumkin.
Universal ta'lim metodlari mavjud bo‘lmagani bois mashg‘ulotlarda turli ta'lim
metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Kalit so’zlar. Metod, texnologiya, differensial yondashuv, ta’lim jarayoni,
rivojlanish, liderlik qobilyati.
ЭФФЕКТИВНЫЕ ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ И
ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ЛИДЕРСКИХ НАВЫКОВ У ДЕТЕЙ
ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА НА ОСНОВЕ ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНОГО
ПОДХОДА
Азизова Зироат Бахадировна
Независимый исследователь Кокандского ГУ
Абстрактный.
В
статье
представлены
некоторые
идеи
эффективных инновационных методов и технологий развития лидерских
качеств у детей дошкольного возраста на основе дифференцированного
подхода. Известно, что каждый метод может успешно решать
определенную образовательную задачу, в то время как другие могут
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
130
оказаться неэффективными для той же ситуации. Поскольку универсальных
методов обучения не существует, на уроках можно использовать разные
методы обучения или их комбинацию.
Ключевые слова. Метод, технология, дифференцированный подход,
образовательный процесс, развитие, лидерские качества.
EFFECTIVE INNOVATIVE METHODS AND TECHNOLOGIES OF
DEVELOPING LEADERSHIP SKILLS OF PRESCHOOL CHILDREN ON
THE BASIS OF A DIFFERENTIAL APPROACH
Azizova Ziroat Bahadirovna
Independent researcher at Kokand State University
Annotation. This article presents some ideas on effective innovative methods
and technologies of developing leadership skills of preschool children on the basis
of a differential approach. It is known that each method can successfully solve a
certain educational task, while others may be somewhat ineffective for the same
situation. Since there are no universal educational methods, it is possible to use
various educational methods or a combination of them in classes.
Keywords. Method, technology, differential approach, educational process,
development, leadership skills.
Ijtimoiy muayyan shaxsning turli faoliyati rivojlanishi bolalikdan, ya'ni-
maktabgacha yoshdan boshlab shakllanishi maqsadga muvofiq. Inson hayotidagi bu
davr kelajakdagi shaxsning poydevorini qo‘yish uchun eng maqbul hisoblanadi, bu
bosqichda bolalarda faoliyat turlari odamlar, umuman jamiyat va o‘zi uchun
muayyan munosabatlar rivojlanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faoliyatning namoyon bo‘lish
xususiyatlari va shartlarini, shuningdek liderlik potensialini shakllantirishda maqbul
innovasion metod va texnologiyalarni tanlash muhim o‘rin tutadi. Ushbu innovasion
metodlar maktabgacha yoshdagi bolalarni maqsadli shakllantirish, shuningdek,
hozirgi va kelajakdagi muhitda o‘zini o‘zi anglash va rivojlantirishda, zamonaviy
madaniyat bilan tanishtirishda hamda ijtimoiylashuvi uchun samarali maqbul
shakllardir. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovasion
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
131
metodlarni o‘rinli qo‘llash tarbiyalanuvchilarda nizolarni oldini olish va hal qilish
ko‘nikmalari, jamoada muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishda ham ulkan hissa
qo‘shadi [1.B.100].
Innovasiya - bu tubdan yangi komponentni yaratish va keyinchalik amalga
oshirish, buning natijasida atrof-muhitda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.
Texnologiya - bu har qanday biznes, mahorat, san'atda ishlatiladigan
texnikalar to‘plami [2.B.104].
Ta'lim metodlari – ta'lim jarayonining murakkab tarkibiy komponenti bo‘lib,
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarining barcha yo‘nalishlarini yoritishga
xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli aloqa hamda bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi.
«Ta'lim
metodi
–
belgilangan
maqsadga
erishishni
ta'minlovchi,
algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir», deydi
P.I.Podlasiy. Olim bu boradagi qarashlarini davom ettirib, yozadi: «Ta'lim metodlari
tasnifi ularning ma'lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi
vaqtda ko‘plab ta'lim metodlari ma'lum. Biroq bugun yetakchi sanaluvchi didaktik
g‘oya, yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz
ekanligini ta'kidlab turibdi. O‘qitish – favqulodda harakatchan dialektik jarayon.
Ta'lim metodlari tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin
bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi
kerak» [3.B.475-476]. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ta'lim metodlari dogma
emasligi va ulardan ta'limiy faoliyatlarning har bir ko‘rinishida o‘ziga xos ravishda
foydalanish mumkinligini ta'kidlash joiz.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim amaliyotida ta'lim metodlarining
quyidagi turlaridan keng foydalaniladi:
ko‘rgazmali metodlar - (rasmlar, fil'mlar, taqdimotlar, mul'timedialar,
komp'yuter dasturlari)ni namoyish etish, namuna ko‘rsatish kabi metodlarni qamrab
oladi;
og‘zaki metodlar - hikoya, suhbat, savol-javob
amaliy metodlar - mashq, tajriba, modellashtirish kabi metodlar o‘rin oladi.
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etishi, qolganlari
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
132
esa ayni holat uchun birmuncha samarasiz bo‘lishi ham mumkin. Universal ta'lim
metodlari mavjud bo‘lmagani bois mashg‘ulotlarda turli ta'lim metodlaridan yoki
ularning majmuasidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
-
didaktik maqsadga ko‘ra;
-
ta'lim mazmuniga ko‘ra;
-
bolalarning ko‘nikmalarni egallash va rivojlanish darajasiga ko‘ra;
-
tarbiyachining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'limiy faoliyatlarda tarbiyachi tomonidan
qo‘llanilayotgan ta'lim metodlari majmuasi kichik guruhdan o‘rta guruhga, undan
yuqori va maktabga tayyorlov guruhlariga o‘tish asnosida ham o‘zgarib, murakkab
xususiyat kasb etib boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlardan ko‘proq
foydalanilsa, ba'zilarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim metodlaridan
foydalanish ko‘lami tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga
bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Ta'limning ko‘rgazmali metodlari o‘rganilayotgan ob'ektni har tomonlama
ochib berishda qo‘l keladi va predmetning tashqi ko‘rinishi, ichki tuzilishi haqida
to‘laqonli ma'lumot olish nazarda tutilgan holda ulardan maktabgacha ta'lim
muassasalari o‘qitish tizimida keng foydalaniladi. Tabiiy ob'ektlarni namoyish
qilishda, odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari,
ularning o‘zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki
alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda
o‘rganilayotgan ob'ektlarning o‘zi yoki rasmi yoxud chizmasi yordamida kuzatiladi.
Tajribalar namoyishi esa chizib ko‘rsatish yoki tarbiyachining maxsus jihozlar
yordamida namoyish etishi hisobiga amalga oshadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko‘proq didaktik samara beradi. Biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har
doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli tarbiyachilar tabiiy predmetlarni
namoyish qilishda sun'iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, sayyoralar maketlari
va rasmlari, hayvonlar bilan “Hayvonot bog‘ida”, sabzavotlar bilan “Dalada”,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
133
mevalar bilan “Bog‘da” nomli rangli suratlar orqali tanishish) yoki sun'iy ravishda
yaratilgan ob'ektlar (maket, model, mulyaj va boshqalar)dan foydalaniladi.
Ko‘rgazmali metod yordamida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni mustaqil
ravishda ob'ektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni
aniqlash, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, bir so‘z bilan
aytganda, faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim bo‘ladi.
Ko‘rgazmali
metodlardan
bolalarda
liderlikni
shakllantirishda
foydalanilganda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-
ko‘rgazmali materiallarning bolalar yoshi va rivojlanish darajasiga mos
kelishi;
-
tavsiya etilayotgan ob'ektning guruhdagi borcha bolalar uchun qiziqarli
bo‘lishi;
-
namoyish etilayotgan ob'ektlar barcha tarbiyalanuvchilarga yaxshi
ko‘rinib turishi;
-
namoyish ob'ektga qo‘shimcha ravishda maket, jihoz yoki tajriba
sxemasini chizib ko‘rsatish asnosida amalga oshirilishi;
-
namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un
bo‘la olishi;
-
namoyish ob'ektining liderlikni shakllantirishga yo‘naltiruvchi
o‘rinlariga alohida e'tibor qaratilishi;
-
bolalarga o‘ylab ko‘rish va mulohaza aytib, munosabat bildirish uchun
ma'lum vaqt ajratilishi va hk.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida differensial yondashuv asosida bolalarda
liderlikni shakllantiruvchi metodlar qatoriga kiruvchi ta'limning og‘zaki
metodlaridan foydalanish (suhbat, hikoya, tushuntirish, ko‘rsatma berish, ma'ruza)
tarbiyalanuvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi, shu
bilan birga og‘zaki metodlarida bilimlarni uzatish vositasi sifatida pedagog nutqi
muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda tarbiyachining tarbiyalanuvchilar faoliyatiga
rahbarligi mavzuni to‘g‘ri tanlash, tushunarli ochib berish, bolalar faoliyatini
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
134
boshqarishdan iborat bo‘ladi [4.B.358].
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish, uning yangi sifat darajasiga o‘tish
innovasion shakllar, usullar, vositalar va innovasion texnologiyalarsiz amalga
oshirilmaydi. Tarbiyachining innovasion faoliyati o‘quv jarayonining zaruriy
qismidir. Innovasiyalarni joriy etish tarbiyachilarga o‘z faoliyatini o‘zgaruvchan
sharoitlarga moslashtirish va maktabgacha ta'lim jarayonlarida nostandart
usullardan foydalanish zarurligini anglatadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarida liderlikni shakllantirishda tarbiyachidan ta'limiy faoliyatga
diffferensial yondashuv asosida turli innovasion metodlarni qo‘llash talab etiladi.
Zamonaviy ma'noda innovasiya - bu "biror narsaning yangi shakllari yoki
eementlarining
namoyon
bo‘lishidir.
Maktabgacha
ta'lim
tashkilotlari
tarbiyachisining innovasion faoliyati rivojlanayotgan davrdagi yangiliklarni ishlab
chiqish, ta'limiy faoliyat jarayoniga yangi shakllar, usullar, texnikalar, vositalar,
texnologiyalar, variativ dasturlarni kiritishdan iborat. Shuningdek, innovasiyalarni
amalda qo‘llash, uzluksiz kasbiy rivojlanish, kasbiy bilimlardan o‘rinli foydalanish
ham pedagog mahoratining ajralmas qismi hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida innovasion metod va texnologiyalardan
foydalanishning maqsadi bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim muhitini yaratishdir, bu
nostandart va ijodiy fikrlashga qodir maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy va
shaxsiy fazilatlarini tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, liderlik,
o‘zini ijodiy namoyon qilish qobiliyatini, intellektual fikrlash va ijodiy tasavvur
darajasini oshirishga qaratilgan zamonaviy innovasion texnologiyalarni qo‘llash
ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli tadbirlarda bolalarning kommunikativ, kognitiv,
o‘yin va boshqa kompetensiyalarini, ota-onalar, tarbiyachilar va mutaxassislarning
to‘liq jismoniy, ma'naviy, psixo-emosional salomatligini ta'minlash, shaxslararo
munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, an'anaviy ish
shakllari yordamida bu muammoni to‘liq hal qilish mumkin emas.
Maktabgacha ta'limdagi innovasion texnologiyalar zamonaviy tarkibiy
qismlar va texnikalarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi ta'lim
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
135
jarayonini modernizasiya qilishdir. Buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagoglar bolalarni tarbiyalash va intellektual rivojlantirishning eng yangi
modellarini ishlab chiqadilar. Kasbiy faoliyatida tarbiyachilar qabul qilingan
modelga to‘liq mos keladigan uslubiy vositalar, o‘qitish usullaridan foydalanadilar.
Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllari, usullari, vositalarining maxsus
to‘plami va tartibini belgilaydigan psixologik va pedagogik munosabatlar majmui.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuzdan ortiq ta'lim texnologiyalari
qo‘llanilmoqda, jumladan:
-
zamonaviy pedagogik texnologiyalar;
-
muammoli ta'lim texnologiyalari;
-
axborot-kommunikasiya texnologiyalari;
-
shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyalari;
-
o‘yinli texnologiyalar
-
TRIZ texnologiyasi va hokazo.
Zamonaviy
ta'lim
texnologiyalari
O‘yinli
texnologiyalar
Muammoli
ta'lim
texnologiyalari
Konstruktiv
texnologiyalar
Loyiha
texnologiyalari
TRIZ
texnologiyasi
axborot-
kommunikasiya
texnologiyalari
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
136
1-rasm. Pedagogik texnologiya tiplari
Pedagogik texnologiyaning asosiy talablari (mezonlari):
- Konseptuallik
- tizimlilik
- Boshqarish
- Samaradorlik
- Reproduktivlik
Ta'lim texnologiyasining tuzilishi uch qismdan iborat:
* Konseptual qism texnologiyaning ilmiy asosidir, ya'ni uning poydevoriga
qo‘yilgan psixologik va pedagogik g‘oyalar.
* Kontent qismi - bu o‘quv materialining umumiy, aniq maqsadlari va
mazmuni.
* Amaliy qism - bu bolalarning o‘quv faoliyatining shakllari va usullari,
materialni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha pedagogning faoliyati, o‘quv
jarayonining diagnostikasi.
O‘yin texnologiyalari pedagogik yo‘nalishiga ko‘ra, muayyan konseptual
ta'lim texnologiyalari zamirida qo‘llanadi. Xususan, shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim
umume'tirof etilgan konseptual ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyasi bola shaxsini butun bir ta'lim
tizimi markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini ro‘yobga
chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. U ta'lim
oluvchi shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy
fikrlash kabi xususiyatlarn sifatlarini tarbiyalaydi. Ta'lim oluvchi o‘ziga xos
takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga
intiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim texnologiyasi quyidagilarni qamrab oladi:
-
shaxsga insonparvarlik yondashuvi; hamkorlik texnologiyasi;
-
o‘yin texnologiyasi;
-
kommunikativ ta'lim texnologiyasi;
-
bolani qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
137
Xulosa.
Demak, texnologiyalar yuqorida sanab o‘tilgan barcha talablarga
javob berishi kerak. Maktabgacha ta'limning zamonaviy texnologiyalari barcha
ishtirokchilari (bolalar, xodimlar, ota-onalar) hamkorligida amalga oshiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda liderlikni shakllantirishda loyiha
texnologiyasidan faol foydalanish tavsiya etiladi, chunki ushbu texnologiya
yordamida turli hayotiy vaziyatlar asosida bolaning ichki dunyosiga kirib borish
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Савенкова Т. Д. К вопросу о развитии лидерства у детей в старшем
дошкольном возрасте / Т. Д. Савенкова, С. И. Карпова // Современная наука:
актуальные проблемы теории и практики. Серия: Гуманитарные науки. 2020.
№ 8. С. 100–105
2.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent,
O‘qituvchi. 2004, 104 b.
3.
Подласый И. П. Педагогика. Новый курс. В 2 кн. Кн. 1: Общие основы.
Процесс обучения. –Москва: Владос, 2001. –C. 475 – 476
4.
Berdaliyeva G. Maktabgacha ta’limda badiiy matn bilan ishlash
metodikasi. Darslik. Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020, 358 b.