Mualliflar

  • Qurbonova Muattar Shavkatjonovna

Muallif biografiyasi

  • Qurbonova Muattar Shavkatjonovna

    Angren shaxar 6-maktab amalyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90072

Kalit so‘zlar:

xarakter tamgʻa fiziologiya shaxs faoliyat xususiyatlar

Annotasiya

Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.    


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

147

PSIXOLOGIYADA XARAKTERNING O’ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Qurbonova Muattar Shavkatjonovna.

Angren shaxar 6-maktab amalyotchi psixologi

ANNOTASIYA: Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan

bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan

belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas.

Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki

jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida,

ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-

o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.

Kalit soʻzlar: xarakter,tamgʻa, fiziologiya,shaxs,faoliyat,xususiyatlar

KIRISH

"Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi" degan

ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan har qanday

shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib

turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.Xarakter borasidagi

ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi

xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Ularning

xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotardi.

Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish

tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan

aynan bir xil deb qarash kerak edi.

Xarakterning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining

qat'iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning

rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-to’g’ri

bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning qavariq va chuqurcha

joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

148

uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki boshning "Bo’rtik

joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak.Bu ta'limotda umuman miya

yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri

boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat darajada noto’g’ridir.Organizmning

nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir.

Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy

qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari

jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi.

Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin,

shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi.

Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola

mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib

tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri

bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan

taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.

Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining

rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.Psixologiya fanida xarakterga turlicha

ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga

muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat

muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror

xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan

munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Xarakter

deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida

namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan

individual

psixologik

xususiyatlari

yig’indisi

tushuniladi.

Xarakter

xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning

individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning

intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda

shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida,

atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

149

individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari

odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana

shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam

xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv

sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini

qo’llaydi.

Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi,

hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual

xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoqlik,

puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa

omillarga: diqqatning to’planishiga; harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;

irodaviy zo’r berishga; usullar mahsuldorligiga; aqlning ishtirokiga bog’liq

xisoblanadi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy

fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu

sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib

qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham

individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat.

hayvon asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon

tug’ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch

keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki,

ko’pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi.

Shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan

tashqari muhit ta'siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip

xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan

xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nervfiziologik asosidir.

Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal

tizimi haqidagi ta'limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va

tafakkurning fiziologik asosi bo’lish bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi.

Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari,


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

150

chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga

olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining

kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan

tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.

Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri -

xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi

o’rtasida o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I.P.Pavlov

ilmiy maktabi materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish

orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli mustahkamlashda

aynan bir hayvonda bir xil shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotipni

hosil qilish mumkin. Xarakter stereotiplar va so’lak ajralishidan iborat ijobiy va

tormozlanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta'sir

qilish sharoitda esa qo’zg’ovchilarning o’ziga mudofaa harakatlari stereotiplari

reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm

ko’chirish mexanizmi deyiladi. Ko’chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga

bog’liq tarzda markaziy nerv sistemasida har xil funksional holat paydo bo’ladi,

chunonchi, ovqatlanishning markazlarida kuchli qo’zg’alish yuzaga keladi va bunda

ovqatlanish bilan bog’liq dominanta tug’iladi. Teriga elektr toki bilan ta'sir qilishda

mudofaa bilan bog’liq harakat markazlari kuchli qo’zg’alish tufayli muhofaza

(mudofaa) dominantasi vujudga keladi.

Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq nerv tizimining shartli

reflektor funksional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha munosabatiga

bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati o’zgartirilsa,

unda nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi, harakatchanligi, to’xtalishi

kuchayadi, demak nerv tizimining funksional holati o’zgaradi. Shunday qilib,

xarakter xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan

keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat

kasb etadi.

XULOSA


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 4-son May 2025

151

Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan

iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi.

Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis

qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum

bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson

kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi

ko’nglimizga keladi. Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning

sifatlari uchun o’zi javobgardir o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi

fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim. O’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini

yo’qotishga boshlaydi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1.

1Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

2.

Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение»

1986г

3.

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

4.

Джемс В. Психология.- М., 1991

5.

Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989.

6. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари