Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
190
DARSLARNI BOʻSH O‘ZLASHTIRUVCHI OʻQUVCHILAR BILAN
ISHLASHDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING
VAZIFALARI
Adiba Rajabova Rasulovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 52-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
psixologi
Annotatsiya: Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan
shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim
jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar
bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki
ixtisoslik bo‘yicha o‘quvtarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining
predmeti sifatida yuzaga chiqadi.Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik
faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi
kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini
yaxshi bilishi kerak.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, ta’lim, tarbiya, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma,
malaka, kompitensiya, interfaol yondashuv, faollikni oshirish.
KIRISH
Kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida
o‘yin faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning
vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv
qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan
vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni
o‘zlashtiradi. O‘quvchi tobora mas’uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar bolaning
saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining
o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror
bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
191
O‘quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p
qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat
qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining xotirasi takomillashadi,
tafakkuri o‘sadi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo‘ladi.
Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar.
Mantiqiy tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Uchinchiva
to‘rtinchi sinflarda o‘quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham
o‘zlashtirib oladilar. Bu davrda o‘quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz
beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish
yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida
o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlik,
iftixor kabi hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Ammo o‘quvchilar orasida fanlardan
orqada qolish, o‘zlashtirishi past baholanadiganlari ham uchrab turadi. Ushbu
o‘quvchilar bilan har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi alohida ishlarni olib borishi
va ulardagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, imkon qadar bunga yechim topishi
zarur. Shunday ekan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir
diplamat, o‘z kasbini ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart.
Har bir boshlang‘ich sinfda dars berish jarayonida fanlarni o‘zlashtirishi past
bo‘lgan o‘quvchilarga duch kelamiz. Bu o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchidan
yuqori malaka talab qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi metodikalari
qo‘llashi,past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning faolligini oshirishi va bu orqali past
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning boshqa tengdoshlari qatoriga yetib olishini
ta’minlash lozim. Shundagina har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z faoliyatini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan va har bir o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonini
amalga oshiradi olgan hisoblanadi.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi
samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak.
Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
192
biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.
Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim
maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining
imkoniyati hisobga olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni
to‘la “eslab qolib” bajarishdir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini
tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e’tibor
beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni
tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir.
Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish
o`ziga xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko`rishadi va nimani
istashadi?” degan savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda
tanishib oladilar – o`yinlar, hikoyalar, o`zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana
shunday instinkning belgilaridir.
Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo`zg`aluvchanlik, oxiri
ko`rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko`rish, ushlab ko`rish, tatib
ko`rishga intilish sababi ana shunda.
Bolalar o`zini ko`rsatib turgisi keladi, o`zi haqida, o`z taassurotlari haqida
gapirgisi, o`rtoqlashgisi keladi. O`z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana
shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo`ladi – bu bolalar ijodkorligi
instinktidir.Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g`ayrioddiy
narsalarni to`qib chiqarishni yaxshi ko`rishadi.
Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol
o`ynaydi.
Boshlang`ich ta’lim jarayonida bo‘sh o‘zlashtirishni vujudga keltiruvchi
omillar, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish
ta’lim jarayonida o‘quvchi o‘zlashtirmasligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora
– tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. bo‘sh o‘zlashtirishning oldini
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
193
olish bo‘yicha tadbirlar tizimi har bir o‘quvchi real o‘quv imkoniyatlarining barcha
asosiy tarkibiy qismlarini kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual,
irodaviy, hissiy sohalarini bir vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini
ta’minlash, o‘qishga va jamoaga ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga
qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘quvchi real o‘quv
imkoniyatlaridan birining shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu
tizimning yaxlitligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bo‘sh o‘zlashtirishning
muvafaqqiyatli oldini olishga olib kelmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni zo‘riqish va turli psixologik
ta’sirlardan asrash,qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlash muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi o‘quvchilarni ziyraklik va chaqqonlikka hamda
fikrini to‘g‘ri va aniq ifoda etishga undovchi o‘yinlardan foydalanishi samarali natija
beradi. Masalan, “G‘oyib bo‘lganini top” o‘yinida turli geometrik shakllar yozuv
taxtasi yoki magnitli doskaga tartibsiz joylashtiriladi.O‘quvchilar shakllarni ko‘rib
bo‘lgach, o‘qituvchi “Tun”, deydi. Bolalar ko‘zini yumadi. O‘qituvchi shakllardan
bir nechtasini olib, yashiradi va “Kun”, deydi. O‘quvchilar ko‘zini ochib, qaysi
shakllar g‘oyib bo‘lganini aytishi kerak.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash
o‘qituvchidan alohida sabot va mas’uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar
bilan shug‘ullanish uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning
qiziqishlarini aniqlash lozim. Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o‘zlashtirishini
muntazam monitoring qilib borilishi, o‘quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida
mashg‘ulotlar daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi. Shuningdek
o‘quvchilardagi
ijobiy
o‘zgarishlar
rag‘batlantirilishi
muhim.Bo‘sh
o‘zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash
qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. Bunda turli ertaklardan foydalanish
mumkin. O‘qituvchi dars o‘tishda boshqa ko‘plab usullardan ham foydalanishi
lozim. Eng muhimi, ular samara berishi.
Shuningdek, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun O‘qish darslarni tashkil
etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali nafaqat o‘quvchining o‘qish
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 4-son May 2025
194
savodxonligi ortadi,shu bilan birgalikda dunyoqarashi ham kengayadi.
Ayniqsa,boshlangich sinf o‘qish darsligida juda ham ko‘plab hikoyalar beriladi.
Boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar davlat ilg‘or ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Chunki o‘sha o‘quvchi
an’anaviy darslarda,yoki har doim jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan darslarda ta’limni
o‘ziga qabul qila olmagan. Shunday ekan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan
dastlab barcha metodikalari individual qo‘llab,keyin ularni jamoaviy metodikalar va
doimgidek ta’lim-tarbiyada jarayoniga jalb qilish kerak.
XULOSA
Xulosa qilib aytsak,boshlang‘ich sinflarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
bilan
ishlash
jarayonini
tashkil
etishda
zamonaviy
ta’lim-tarbiyada
texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shunday ekan, yangi
metodikalar fan foydalanish bilan bir qatorda ta’lim texnologiyalarini ham bu
jarayon bilan uzviy ravishda bog‘lab borishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz shu orqali
pedagogik faoliyatga va o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishga to‘g‘ri
yondashgan bo‘lamiz va passiv o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va
kompitensiyalarini o‘z o‘rnida shakllantirishga erishamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston,
2017. – 104 b.
2.Intizor Jumaniyozova. "Boshlangich ta’lim jurnali.2022-yil 8-apreldagi soni.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". 1997. – 31-60-betlar.
3.Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi».
«Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.
4.Musurmonov A. “Ta’lim-tarbiyada xalq og‘zaki ijodidan foydalanish”. T.:
O‘qituvchi, 1993.
5.Mavlonova. A.R."Umumiy pedagogika".166-bet.